3. Yangi mavzu bауоni
Ikki pallali molluskalar dengiz va chuchuk suvlarda tarqalgan. Ulardan baqachanoqning tuzilishi bilan tanishib chiqamiz.
Y ashash muhiti va tashqi tuzilishi. Baqachanoq tinch oqadi-gan daryolar va sayoz ко'liar tubidagi loy yoki qumga tanasining yarmigacha ko'milib yashaydi. Chig'anog'i tuxumsimon, uzunligi 10—15 sm, oldingi tomoni to'mtoq, keyingi tomoni esa suyri shaklida (32-rasm, A). Chig'anoq pallalari orqa tomondan elastik paylar yordamida tutashgan. Qorin tomonining oldingi qismida chig'anoqlar orasidagi tirqishdan muskulli ponasimon oyog'i chiqib turadi. Molluska harakat qilganda oyog'ini chig'anoqdan chiqarib, suv tubiga tiraydi va tanasini oyog'i tomonga tortib oladi. Ana shu tarzda harakatlanganda baqachanoq bir soatda atigi 20—30 sm yo'l bosadi.B aqachanoq chig'anog'ining sirti muguz moddadan iborat, ichki yuzasi har xil rangda tovlanadigan sadaf bilan qoplangan. Chig'anoq pallalarining ichki yuzasida bir juft yopuvchi muskullar joylashgan. Bu muskullar qisqarganida pallalar yopiladi. Muskullar bo'shashganda esa orqa tomondagi elastik paylar torti-lib, chig'anoq pallalari ochiladi.
Chig'anoq keyingi uchining yuqori va pastki tomonida tirqish-simon ikkita teshik — sifon bo'ladi. Pastki kirish sifoni orqali mantiya bo'shlig'iga suv kirib, ustki chiqarish sifoni orqali chiqib ketadi. Chiqarish sifoniga orqa chiqarish, ayirish va jinsiy organlarining teshiklari ochiladi.
Oziqlanishi. Og'iz teshigi oyoqning asosida joylashgan. Kirish sifoni orqali mantiya bo'shlig'iga suv bilan birga organik zarra-lar, sodda hayvonlar va boshqa mikroskopik jonivorlar kiradi. Og'iz oldida joylashgan ikki juft paypaslagichlari oziqni tutib qoladi va hazm qilish sistemasiga yo'naltiradi.
Nafas olish sistemasi. Nafas olish organi — jabralar oyo-g'ining ikki yonidagi mantiya bo'shlig'ida joylashgan (32-rasm, B). Jabralarning sirtida va mantiya pardasida joylashgan kiprikchalaming harakati tufayli suv mantiya bo'shlig'iga kiradi va jabra-larni yuvib, chiqarish sifoni orqali chiqib ketadi. Suvda erigan kislorod jabralarga o'tadi, jabralardan esa karbonat angidrid suvga ajralib chiqadi. Kislorod jabradan qon oqimi bilan hamma or-ganlarga tarqaladi.
Qon aylanish, ayirish va nerv sistemalari suv shillig'inikiga o'xshash. Tanasidagi uch juft nerv tugunlari nerv tolalari yordamida o'zaro tutashgan. Maxsus sezgi organlari bo'lmaydi.
Ko'payishi va rivojlanishi. Baqachanoq ayrim jinsli, lekin erkak va urg'ochisini farq qilib bo'lmaydi. Tuxumlari jabralar sirtida rivojlanadi. Tuxumdan chiqqan lichinkalar suvga chiqadi. Bu lichinkalar chig'anog'idagi tishchalar yoki yopishqoq iplari yordamida baliqlarning terisiga yopishib, parazit hayot kechirishga o'tadi. Parazit ta'sirida baliq terisida shish hosil bo'ladi. Shish ichida lichinka juda mayda baqachanoqqa aylanadi va suv tubiga tushib, voyaga yetadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |