Mavzu: “Zamonaviy tilshunoslik muammolari” kursining boshqa fanlar bilan aloqasi.
Reja:
1.
2.
3.
4.
5.
Milliy istiqlol tufayli oz taraqqiyot yoliga tushib olgan ona tilining tabiatiga mos mezonlarni ishlab chiqish, unut bolgan boyliklarini qayta tiklash, sofligini taminlash, kelajak istiqbollarini belgilash kabi ustivor jihatlarga «Davlat tili haqidagi», Talim togrisidagi qonunlarda, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi hamda boshqa kopgina hujjatlarda alohida etibor qaratildi. Ozbek tilshunosligi songgi yillar davomida malum darajada osib, taraqqiyot tasirida paydo bolayotgan masalalarni hal etishga diqqatini qaratdi. Jahon tilshunosligidagi singari ozbek tilshunosligida ham endilikda etibor til strukturasi muammosidan tilning inson faoliyatining turli sohalaridagi vazifasiga kocha boshladi. Tilning sistem xarakteri, til birliklarining paradigmatik va sintagmatik xususiyatlari, ozaro munosabatini atroflicha tahlil etish kun tartibidan barqaror joy oldi. Bugun zamonaviy jahon tilshunosligidan muhim orin olayotgan jihat bu inson faoliyatining turli sohalar bilan uzviy bogliq bolgan ilmiy malumotlar singishi va ozaro tasiri hisoblanadi. Lingvistikaning turli fan sohalari bilan munosabatga kirishi natijasida tilshunoslikda etnolingvistika, sotsiolingvistika, psixolingvistika, matematik lingvistika, kompyuter tilshunosligi kabi paydo bolgan yangi yonalishlarning oziga xos xususiyatlari haqida talabalarga puxta bilim berish, yosh istedodlarni mazkur sohalarga dadil yollash lozim. Bugun oliy oquv maskanlarida ozbek tilini oqitish jarayonida unga tizim sifatida yondashish, tizim qonunyatlari negizida til va uning birliklari hamda hodisalarini talqin etish, shakl va mazmun asimmetriyasi, ona tilining funksional kopqirraligi haqida chuqur ilm berish, nazariy jihatdan etuk lingvistlar tayyorlashda tarixiy tilshunoslik tutgan mavqeini aniq belgilash zarur. Oliy talim tizimini tashkil etishning ustuvor vazifalaridan biri tarzida talaba bilimining sintezi, fanlararo aloqa omilining etirof etilishdir. Ozbek lingvistlari oldida hozirgi vaqtda tilni ham nazariy, ham amaliy jihatdan mukammal ozlashtirishni taminlovchi talim maqsadiga mos dastur, qollanma va darsliklar, oquv-metodik ishlari barpo etishdek dolzarb vazifa turibdi. Ushbu masalani ijobiy hal qilish uchun oliy oquv yurtlari hamda OzRFA tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlari ortasidagi aloqalar samaradorligini oshirish, salohiyatli kuchlarni birlashtirish, moddiy-texnika bazasini hamkorlikda yaratish va undan unumli foydlanish zarur boladi. Oliy talim tizimida til oqitishdan bosh maqsad talabaning orta maktab talimida egallagan togri sozlash, savodli yozish, aniq tafakkur qilish malakasini yuqori bosqichga kotarishdir. Bunda, shubhasiz, ozbek tilining unga xos fonetik, leksik, grammatik xususiyatlarini puxta egallash, ogzaki va yozma nutqda ularga qatiy rioya qilish, adabiy tilning meyorlariga oid bilimlardan yaxshi xabardor bolish alohida ahamiyatga ega. Jahon tilshunoslari safida XXI asrga shaxdam qadam qoygan ozbek olimlari oldida ham otgan asrda oz echimini uzul-kesil topmagan Til va jamiyat, Inson va uning tili kabi masalalar bilan bogliq vazifalar kondalang bolib turibdi. Xosh, tilshunoslardan tinimsiz mehnat, ulkan chidam va iqtidorni talab qiluvchi lisoniy masalalarni ijobiy hal etish maqsadida avvalambor til qurilishining qaysi jihatlariga diqqatni qaratish, qanday izlanishlarni royobga chiqarish lozim boladi? 1) zamonaviy lingvistikadagi yangi yonalishlar boyicha olib borilayotgan izlanishlar kolamini aslo sekinlatmagan tarzda, ananaviy tilshunoslik doirasidagi tadqiqotlar suratini yanada kengaytirish; 2) XVIII asr oxiridagi I.Gerder hamda umumiy tilshunoslik fanining asoschisi V.Gumboldt tomonidan ilgari surilgan tilning xalq madaniyati, urf-odati, rusumi, xarakteri bilan chambarchas bogliqlikda organuvchi etnolingvistikani shakllantirish va rivojlantirish; 3) komparativistika, yani qiyosiy-tarixiy tilshunoslik nuqtayi nazardan qardosh turkiy tillarni ozbek tili bilan muqoyasa qilish borasida keyingi paytlarda yol qoyilayotgan sustkashlikka barham berish, nafaqat ozbek va turk, shuningdek ozbek, qozoq, turkman, qirgiz, qoraqalpoq, tatar tillari materiallarini qiyoslashga jiddiy etiborni qaratish, natijada turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasini ozbek tilida yaratish; 4) ozbek tilshunosligini uning bosh yonalishlaridan biri turkologiyasiz aslo tasavvur etib bolmaydi. Ozbek turkologlari erishgan yutuqlar turkologiyada munosib baholangan. Ular haqida mavridi kelganda alohida mulohaza bildirish mumkin. Hozir esa, mazkur yonalish oldida oz echimni kutayotgan jihatlargagina diqqatni tortmoqchimiz: a) skiflar, saklar, sarmatlar, kushonlar, toxarlar davriga taalluqli onomastikani atroflicha organish, qadimgi yunon, xitoy olimlari , muarrixlarining turkiy qabilalar haqidagi malumotlarini sinchiklab tahlil qilish; b) oltoy tillarining genetik qarindoshligi, turkiy, mogul, tungus-manjur tillarining yagona til asosida shakllanganligi togrisidagi mavjud dunyoqarash kesimida chuqur ilmiy izlanishlar olib borish; d) turkologiya boyicha bibliografik sravochnik tayyorlash, keng jamoatchilikni turkologiyaning tarixi, hozirgi holatidan xabardor qilish va h.k.; 5) XX asrning 20-30 yillari ozbek matbuoti tili, milliy uygonish davri alifbo va imlo masalalari, adabiy til va jonli sozlashuv tili muammolari boyicha olib borilayotgan ilmiy izlanishlarni jadallashtirish; 6) muayyan tilning rivojlanishi darajasi undagi lugatlarning rang-barangligi, miqdori bilan olchanishini etibordan qochirmagan holda, lingvistikaning turli sohalariga xizmat qiluvchi lugatlar tuzish, songgi texnika vositalari bilan taminlash, xalqaro axborot tizimiga integratsiyalashish va undan foydalanish; 7) ozbek tilining dinamik holatini tadqiq etishda bebaho manba hisoblanuvchi yozma obidalarni atroflicha, chuqur ilmiy asosda organish, yoshlarni bu yonalishga dadil jalb etish; 8) belgilar sistemasidan iborat sifatida etirof etilyotgan tilning kommunikativ va ekspressiv funksiyalarini ochib beruvchi izlanishlarga jiddiy etiborni jalb etish; 9) songgi paytlarda oz holiga tashlab qoyilgan terminalogiyada mavjud boshboshdoqlikka barham berish, terminlarni muvofiqlashtirish va unifikatsiya qilish va h.k. Jahon lingvistikasi yutuqlarini organayotgan, ularni har tomonlama tahlil etayotgan, ayni chogda, tilshunoslikda yuz berayotgan keskin metodologik bahslarda munosib orin egallashga intilayotgan til haqidagi fanimizmning XXI asrda jiddiy yutuqlarni qolga kiritishiga shak-shubha yoq.
Do'stlaringiz bilan baham: |