Innovatsiyalar tarixida (moliyaviy va boshqa istalgan sohalarda) biror -bir potensial iqtisodiy foydali g‘oyani ishlab chiqishda ko‘pincha birinchi bo‘lgan firma bundan katta foyda olmasligi holati takrorlanib turadi. Bu kredit kartochkalariga nisbatan ham adolatli (tegishli)dir. Xalqaro sayohatlarga kredit kartochkasini ishlatishni taklif qilgan birinchi kompaniya Ikkinchi jahon urushi tugashidan so‘ng darhol asos solingan Diners Club bo‘lgan. Ushbu firmaning muvaffaqiyati boshqa ikki kompaniyani, bular American Express va Carte Blanche edi, kredit kartoch-kalaridan foydalanishning o‘xshash dasturlarini taklif qilishga undadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |