Kompyuter huquqbuzarliklari uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bo‘yicha choralari.
O‘zbekiston Respublikasida axborotlashtirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish muammolarni xal etish va axborotlarni himoyalash to’g’risida qonun doirasida turli masalalar 90- yillarning boshlarida hal etila boshlandi.
1994-yil 6-mayda O‘zR ОМ «ЕНМ va MB uchun dasturlarni huquqiy himoyalash to’g’risida»gi O‘zR qonunini qabul qildi (o‘zgartirish va qo‘shimchalar: 2002-yil 5-aprel va 8-avgustda). Malliflik huquqlarini buzganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortilish qonunning 15-moddasida nazarda tutilgan.
2002-yil 12-dekabrdagi «Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to’g‘risida»gi, 2003-yil 11 -dekabrdagi «Axborotlashtirish to’g‘risida»gi qonunlarda AT sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashda qonunchilikning asosini tashkil etadigan ko'plab huquqiy va texnik atamalar qayd etilgan.
MJtK(Jinoyat kodeksi)ning 155-moddasi «Axborotdan foydalanish qoidalarini buzish» va 155'-moddasi “Kompyuter tizimidan foydalanish qoidalarini buzish” deb nomlanadi.
«Axborotlashtirish va та ’lumotlar uzatish sohasida qonunga xilof harakatlar sodir etganlik uchun javobgarlik kuchaytirilganligi munosahati bilan O'zRning ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida»gi O'zRning 2007-yil 25-dekabrdagi qonuniga muvofiq JK 6 moddadan iborat yangi mazmundagi XX1 bob. ya’ni AT sohasidagi jinoyatlar bilan to'ldirildi.
Unda:
axborotlashtirish qoidalarini buzish;
kompyuter axborotidan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish;
kompyuter tizimidan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish uchun maxsus vositalami o'tkazish maqsadini ko‘zlab tayyorlash yoxud o'tkazish va tarqatish;
kompyuter axborotini modifikatsiyalashtirish;
kompyuter sabotaji;
zarar keltiruvchi dasturlarni yaratish, ishlatish yoki tarqatish bo'yicha sodir etilgan jinoyatlarga jazo belgilangan.
Jinoyat kodeksining «Axborotlashtirish qoidalarini buzish» (2783-modda); «Kompyuter axborotidan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish» (2783- modda); «Kompyuter tizimidan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish uchun maxsus vositalarni o'tkazish maqsadini ko'zlab tayyorlash yohud o'tkazish va tarqatish» (2785-modda);
«Kompyuter axborotini modifikatsiyalashtirish» (2746- modda);
«Kompyuter sabotaji» (2787-modda);
«Zarar keltiruvchi dasturlarni yaratish, ishlatish yoki tarqatish» (2788-modda hamda 2441 -modda)
- Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga taxdid soladigan materiallarni tayyorlash yoki tarqatish, 244-modda
- Diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish, (130-modda )
- Pornografik maxsulotlar tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish, (1301 -modda)
- Zoravonlik yoki shavqatsizlikni targ'ib qiluvchi maxsulotni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish. (1302-modda)
Ushbu tartibni buzgan shaxslar Huquqni muhofaza qiluvchi organlar oldida shaxsan javob beradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |