Xavfsizlik siyosati.
Bilamizki, har qanday davlatning axborot resurslarini iqtisodiy va harbiy salohiyatini belgilovchi omillaridan biri hisoblanadi. Ushbu resursdan unumli foydalanish mamlakat xavfsizligini va demokratik axborotlashgan jamiyatni muvaffaqiyatli shakllantirilishini ta’minlaydi. Bunday jamiyatda, axborot almashinuv tezligi yuksaladi, axborotlarii yig‘ish, qayta ishlash, saqlash va ulardan foydalanish bo‘yicha ilg‘or axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalarini qo‘llash keng ko’lamda amalga oshiriladi.
Axborotlashgan jamiyat hozirda jadallik bilan shakllanib bormoqda. Axborot dunyosida mamlakat chegaralari degan tushuncha yo‘qolib bormoqda. Dunyo kompyuter tarmog‘i davlatlar boshqaruvini tubdan o'zgartirib bormoqda.
Kundalik hayotimizda hududiy joylashishidan qat'iy nazar, turli xildagi axborotlar Internet va xalqaro kompyuter tarmog’i orqali kirib kelmoqdi. Shu sababli ham mavjud axborotlarga noqonuniy kirish, ulardan ruhsatsiz foydalanish va o‘zgartirish, yo'qotish kabi xavflardan himoya qilish dolzarb masala bo‘lib qolmoqdi.
Axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati axborot tizimlari, axborot resurslari va axborot texnologiyalarini rivojlantirish hamda takomillashtirishning zamonaviy jahon tamoyillarini hisobga olgan holda milliy axborot tizimini yaratishga qaratilgan.
«Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonunning qabul qilinishi har kimning axborotni erkin va to’siqlarsiz olish hamda foydalanish huquqlarini amalga oshirishda, shuningdek, axborotning muhofaza qilinishi, shaxs, jamiyat va davlatning axborot borasidagi xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etdi». Darhaqiqat, 2002- yil 12-dekabrda qabul qilingan bu qonunda axborot xavfsizligini ta’minlash sohasidagi davlat siyosati, axborot sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan bo'ladi hamda shaxs, jamiyat va davlatning axborot borasidagi xavfsizligini ta’minlash sohasida davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining asosiy vazifalari hamda faoliyat yo'nalishlarini belgilaydi deb belgilangan.
Kompyuter tizimlari va tarmoqlarida axborotni ximoya qilish deganda, saqlanayotgan, qayta ishlanilayotgan va uzatilayotgan axborotlarni ishonchliligini tizimli tarzda ta’minlash maqsadida turli usullar va vositalarni qollash, xavfsizlik choralarini ko'rish va tadbirlarini amalga oshirishni tushunish qabul qilingan.
Davlatning axborot xavfsizligini ta’minlash, muammolarini xal etish, milliy xavfsizlikni ta’minlashning asosiy va ajralmas qismi bo‘lib, axborotni va axborot tizmlarini muhofaza qilish esa davlatning birlamchi masalalariga, davlat siyosati darajasida qarashga aylanmoqda.
Har bir taraqqiy etgan jamiyat hayotida axborotning ahamiyati kundan kunga uzluksiz ortib bormoqda. Uzoq o‘tmishdan davlatning harbiy-strategik ahamiyatiga ega bo‘lgan ma'lumotlar qat'iy sir tutilgan va muhofaza qilingan . Hozirgi vaqtga kelib ishlab chiqarish texnologiyalariga va mahsulotlarni sotishga tegishli axborot tovar ko'rinishiga ega bo‘lib, mamlakatlar ichki va tashqi bozorlarida unga bo'lgan talab ortib bormoqda. Axborot texnologiyalarini avtomatlashtirish va axborotni ximoya qilish yo‘nalishlari muntazam ravishda mukammallashib bormoqda.
Zamonaviy axborot texnologiyalarining kundan kunga jadal suratlarda taraqqiy etayotgani sanoat shpionaji, kompyuter jinoyatchiligi, konfedensial ma'lumotlarga ruxsatsiz kirish, o'zgartirish, yo'qotish kabi salbiy hodisalar bilan birgalikda kuzatilmoqda. Shu sababli axborotni ximoya qilishning har qanday mamlakatning muhim davlat vazifasi hisoblanadi.
O‘zbekistonda axborotni muhofaza qilishning zaruriyati, axborot xavfsiz-ligining davlat tizimini yaratishda va axborot ximoyasining huquqiy bazasini rivojlantirishda o‘z ifodasini topmoqda.
Mamalakatimiz tomonidan axborotlashtirish va axborot ximoyasi to’g’risida qonunlar hamda bir qator hukumat qarorlari qabul qilindi va amalga tatbiq etildi.Ular «Axborotlashtirish to‘g‘risida», «Davlat sirlarini saqlash to‘g‘risida», «Elektron hisoblash mashinalari dasturlari va ma'lumotlar bazalarini huquqiy himoya qilish to‘g‘risida» gi qonunlar shular jumlasidandir.
Axborotni muhofaza qilishni taminlash, axborotni ixtiyoriy ko'rinishda yo'qotishda (o‘g‘irlash, buzish, qalbakilashtirish) ko'riladigan zararning oldini olish lozim. Axborotni muhofaza qilish choralari axborot хаvfsizligiga oid amaldagi qonun va me'yoriy hujjatlar asosida va axborotdan foydalanuvchilarning manfaatlariga ko‘ra tashkil etilishi zarur. Yuqori darajada axborotni muhofaza qilishni kafolatlash uchun muntazam ravishda murakkab ilmiy-texnik choralarni va vazifalarni hal etish va himoya vositalarini takomillashtirish talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |