L. Pasterning mikroorganizmlarning tabiatdagi ahamiyati toʻgʻrisidagi gʻoyalarini umumiy M. asoschilari S. Ch. Vinofadskiy va M. Beyerink rivojlantirishdi. Ular tomonidan mikroorganizmlarning elektiv kulturasi (bitta organizmning rivojlanishiga sharoit yaratish) metodining ishlab chiqilishi va moddalarning biologik aylanishi jarayonida ishtirok etadigan mikroorganizmlar guruhining koʻrsatib berilishi bilan eksperimental M. rivojlana boshladi. - L. Pasterning mikroorganizmlarning tabiatdagi ahamiyati toʻgʻrisidagi gʻoyalarini umumiy M. asoschilari S. Ch. Vinofadskiy va M. Beyerink rivojlantirishdi. Ular tomonidan mikroorganizmlarning elektiv kulturasi (bitta organizmning rivojlanishiga sharoit yaratish) metodining ishlab chiqilishi va moddalarning biologik aylanishi jarayonida ishtirok etadigan mikroorganizmlar guruhining koʻrsatib berilishi bilan eksperimental M. rivojlana boshladi.
- M.ning asosiy oʻrganish obʼyektlari bakteriyalar, achitqi zamburugʻlar, aktinomitsetlar va viruslar hisoblanadi. Lekin M. metodlaridan zamburuyelar va boshqa mikroorganizmlarni hamda yuksak tuzilgan koʻp hujayralilar hujayralarini oʻstirishda ham foydalaniladi. Zamonaviy M. bir qancha mustaqil fanlarga ajratiladi. Sanoat (texnik) M. ogʻir, yengil va, asosan, oziq-ovqat sanoati tarmoqlarida uchraydigan zararkunanda hamda oziq mahsulotlarini ishlab chiqarish da foydalaniladigan mikoorganizmlarning faoliyati va biologik xususiyatlarini oʻrganadi. Sanitariya M.sining vazifasi suv, havo, oziq-ovqatlar sifatini nazorat qilish, kasallik tugʻdiruvchi mikroorganizmlar tarqalishining oldini olishdan iborat. Umumiy M. mikroorganizmlar morfologiyasi, fiziologi-yasi, biokimyosi, genetikasi, sistematikasi va ularning tabiatdagi ahamiyatini oʻrganadi. Yashash muhitiga koʻra umumiy M. tuproq, sanoat, suv, geologik, kosmik M.ga ajratiladi. Tuproq, yaʼni qishloq xoʻjaligi M.si tuproq mikroorganizmlari tarkibini, ularning oʻsimliklar qoldigʻini oʻzlashtirishda va oʻsimliklar paraziti sifatidagi ahamiyatini oʻrgatadi. Ekinlarning mikroorganizmlar paydo qiladigan kasalliklariga, qishloq xoʻjaligi zararkunandalariga qarshi kurashning mikrobiologik usullarini ishlab chiqadi. Geologik M. mikroorganizmlarning geokimyoviy jarayonlardagi ahamiyatini oʻrganadi. Suv M.si shoʻr va chuchuk suv mikroflorasining son va sifat tarkibini oʻrganadi, ichiladigan suvning sifatini nazorat qiladi. 1965-yildan kosmik M. rivojlana boshladi. U bir hujayrali organizmlarning kosmik fazodagi hayot faoliyatini oʻrganmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |