Mavzu: zahiriddin muhammad boburning hayoti va adabiy merosi


Zamona kulfatidin bu koʻngil dogʻ oʻldi, dogʻ oʻldi



Download 417,3 Kb.
bet82/91
Sana23.07.2022
Hajmi417,3 Kb.
#842275
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   91
Zamona kulfatidin bu koʻngil dogʻ oʻldi, dogʻ oʻldi,
Bu charxi bemuruvvatdin koʻngil dogʻ oʻldi, dogʻ oʻldi
Jarohat boʻldi bagʻrim tigʻi bedodi raqiblardin,
Bu koʻtohfahm mardumdin koʻngil dogʻ oʻldi, dogʻ oʻldi.
Uvaysiy «mehnat, alam, gam-gʻussaga giriftor boʻlgan dard eli»ning shoirasi sifatida:
Mehnatu alamlarga mubtalo Uvaysiyman.
Qayda dard eli boʻlsa, oshno Uvaysiyman.
Kechalari figʻonimdin tinmadi kavokiblar,
Arz to samo uzra mojaro Uvaysiyman…
deb yozadi.Uvaysiyning 4 nushada koʻchirilgan devonlari ma’lum, 1960 yillarda topilgan bir devoni 404 betliq-5628 bayt, Ikkinchi nusxa 161 betlik-2093 bayt, 1870-1871 yillarda koʻchirilgan uchinchi nusxa 228 betlik boʻlib, ular tarkibida she’riy janrlarning keltirilishi bir xil emas. CHunonchi, Holjonbibi Magʻziy otin qalami bilan koʻchirilgan qoʻlyozmalar fondida saqlanayotgan «Devon»ida 269 gʻazal, 29 muxammas, 55 musaddas, 1 murabba’ va «Qarbalonnoma» yoki «Dostoni Hasan va Husayn», «Voqeoti Muhammad Alixon» nomidagi asarlar bor. «Devon»dagi baytlarning hammasi ham bir xil emas.
Uvaysiyning «Devon»ida ma’shuqaning oʻz oshigʻiga qarata aytgan latif va chiroyli misralar bor:
Jon tasadduq boshing uzra chirmagan dastoringga
Bosh tasadduq soʻzlagan shahdu shakar gʻuftoringga
Koʻz tasadduqdur sening hurshid tal’at husningga,
Qaddi dolim ham tasadduq chun alif raftoringga.
Qoʻl tasadduqdur seni ul qaddi abroʻyingga ham,
Jon tasadduq, yetmagan kim koʻzlari xummoringga.
Bu misralar, ehtimol, shoiraning yoshligida bitilgan yoki yangi turmushga chiqqan paytlarida Hojihonga qaratilgandir. Ammo bu haroratli misralar, qachon toʻqilgan boʻlmasin, ularning xotin-qizlar haq-huquqsiz boʻlgan, doimo tahqir ostida tutilgan bir sharoitda ma’shuqqa qarata yozilganligi shoiraning mardligi va zoʻr jur’atidan dalolat beradi. Chunki oʻtmish adabiyotida, jumladan XIX asr Oʻzbek adabiyotida, shoirlar koʻpincha ma’shuqani maqtab yozar edilar. Uvaysiy esa gʻazalnavislikda an’anaviy boʻlib qolgan bu odatni buzib, ma’shuqaning oshiqqa boʻlgan ishqini vasf etadi, ma`shuqaning jasorati, pok muhabbati, samimiy va begʻubor his-tuygularini tarannum qiladi, bu tuyg`ularini qalbining nozik torlaridan chiqqan yurak soʻzlari bilan ravon ifodalaydi.
Uvaysiy «Devon »idagi koʻpchilik she’rlarining lirik qahramoni ayol obrazi ekanligi Uvaysiy poeziyasini saroy shoirlarining poeziyasidan ajralib turgan eng muhim xususiyatdir. Ularda goʻzallar vasf etilgan. Misol uchun uning nozik dilbar haqidagi latif baytlarini koʻzdan kechiraylik:
Qading nozik, qoshing nozik, qoʻzing nozik, labing nozik,
Tiling nozik, soʻzing nozik, tishing durri Adan nozik.
Hatingdur sabzai rayhon, labingdur kavsar andomi,
Mijang boʻston, yuzing gul, misli gulzori chaman nozik
Uvaysiy, oʻz-oʻzingcha soʻzlama, tiygil zaboningni,
Mabodo kelmasin nozik diligʻa soʻzlagan nozik.
Saroy adabiy muhiti hamma shoir va shoiralardan, hatto Gulhaniy va Mahmur singari Shoir lardan ham hon she’rlariga naziragoʻyliq, radifgoʻyliq qilishni talab etar edi. Honning oʻzi esa she’rlarida oʻz huqmdorligini maqtash bilan birga, qoʻproq gul, bulbul haqida va oʻz ayShu ishrati, zavqu safosi haqida quylar, goʻzallarni madh etar edi. CHunonchi, Umarhonning
Lab oʻgur taqallumga, zulfingni parishon qil,
Qand kimmatin sindur, narhi anbar arzon qil
misralari bilan boshlanuvchi gʻazaliga oʻnlab Shoir lar nazira bogʻlaganlar:
Ey qoʻz, oyla mardumlugʻ, ul sanamni mehmon qil,
V-ey shararfishon ashkim yoʻligʻa charogʻi qil. (Ado)
Qelgʻil, ey quyosh yuzliq, fiqri shomi hijron qil.
Furqatning mariziman, vasling ila darmon qil. (Hijlat)
Gul yuzingda zulfingni bogʻ aro namoyon qil,
Lola birla sunbulni dogʻ etib parishon qil. (Fazliy)
Dilbaro, yuzing uzra qoqulung parishon qil,
Husninga niqob oʻlsun, maqsadimni pinhon qil. (Uvaysiy)
Lekin bu misollarni durustroq tahlil qilmay, ularning mazmunini uqmay turib, Uvaysiy ijodi bilan saroy Shoir lari ijodi orasidagi farqni aslo anglab boʻlmaydi. Uvaysiy gʻazalnavisligida, jumladan radifgoʻyliqlarida mazmun, shar-hayo, nomus va iffat masalalariga alohida e’tibor berilgan. Shoira «qoqulni husniga niqob aylab, maqsadni pinhon tutish»ni hotirdan chiqarmaydi, chegaradan chiqib qtemasliq uchun oʻzi «tiygʻil zaboningni» deb uqtirmaydi. U «har kimsaga hasrati dil» qilavermay, «sohibi asror» soʻzlashni maqsad qilib qoʻyadi:
Vaysiy,dema har kimsaga sen hasrati dildan,
Hol anlaguchi sohibi asror qelurmish.
AdabiyotShunosligimizda Uvaysiyning saroy Shoir lari davrasiga qirib qolishi sabablari haqida turli hil fiqrlar bor. Ba’zi manbalarda Uvaysiyning eri juda johil edi, Shu ning uchun Uvaysiy eridan ajralib, ma’lum vaqt otasi qyalida qolgan va oʻz iltimosiga koʻra, Qoʻqonga yuborilgan. Qoʻqonda otasining bir doʻsti uni «qampir» libosida saroyga qiritib yuborib, Shoir lar davrasidan joy oldirgan, deb Yoz ilgan boʻlsa, boshqa manbalarda, uning saroyga qelishiga Nodira sabab boʻlgan, deyiladi. Ayrim manbalarda esa Shoiraning oʻzi toʻppa-toʻgʻri saroyga qelib, she’rini ichqariga qirittirib yuborgan va Umarhonni ham, uning dargohidagi Shoir larni ham qoyil qoldirganidan soʻng saroyga dohil boʻlgan, deb Yoz ilgan. Leqin bu farazlarning qaysi biri toʻgʻriligi hali aniqlanmagan.Har holda, Uvaysiyning she’rlaridan Shu narsa ravshanqi, u Shoir lar muhitiga dohil boʻlishni istagan, bunga Nodirahonimning umr yoʻldoshi. Margʻilon hokimi Umarhon bilan (1800-1809) Shu erda yashagan yillari, oʻz she’rlari orqali ta’sir oʻtqazib, doʻst tutinib, imqoniyat ajratgan: Umarhon saroyidagi Shoir lar bilan «quch sinashmoqchi» boʻlgan. Hullas, Uvaysiy saroy Shoir lari orasidan oʻrin olgan. Uvaysiy zamondoshlaridan farqli oʻlaroq, Navoiy va Fuzuliy gʻazallariga ajoyib muhammaslar bogʻladi, ularning gʻoyalari, san’at va mahoratlarini ta’rifladi. Ammo bu iste’dodli Shoira saroy doirasidan durustroq moddiy yordam ololmadi. CHunonchi, u hon tomonidan bir tanob er berish toʻgʻrisidagi qilingan va’da ham yolgʻon boʻlib chiqqanligini zoʻr alam bilan Shu nday Yoz adi:
Bir tanobona uchun mana senga muhtoj oʻldum,
Na uchun ahli hirad elimga men toj oʻldum.
Bargi saba ilkima olmoqqa taroaddud etdim,
Ey gʻani, davlating oldidaqi qalloj oʻldum..
Hasratim minnatidin nuqton sharh etasm man,
Lashqari gʻamga ajab turfaqi toroj oʻldim.
Haddim ermas sagi qoʻyungga Uvaysiy oʻlsa duchor.
Bir tanobona uchun man senga muhtoj oʻldim.
Koʻrinib turibdiqi, Uvaysiyning saroyga faqat Shoir lar bilan «quch sinash» istagi emas, balqi tiriqchiliq oʻtqazish tashvishi ham boshlab qelgan edi. U «aqli hirad eliga toj» boʻlgani holda muhtojliqda qolib, ilgiga «bargi sabz» ham ololmay, bir tanob erga ham erisholmay, cheqsiz gam ostida qolgan va huqmroning «sagi qoʻyi»ga duchor qilingan edi.
Shu ndan keyin Uvaysiy saroyidan qetib, oʻgʻli Muhammad va qizi Qoʻyoshhon bilan birgaliqda dehqonchiliq bilan qun qechira BOSHLAYDI. Endi Shoira dunyoning vafosizligindan nolib, Shu nday misralarni toʻqiydi:
Avvalo,men ushbu dunyoning vafosin bilmadim,
Vojgun zolim falauning muddaosin bilmadim.
Shoira qoʻp she’rlarida, saroy Shoir lari she’riga, hatto honning suyangan togʻlaridan biri boʻlgan Shoir Vazir she’riga bogʻlagan mujammasida ham oʻzining «ojizu zaru hazin»ligini bayon qilgan:
Donadeq qoʻmdi oʻzim tufroq aro boʻldi nihon,
Ojizu, zoru, hazin, garchi zaifu notavon.
Barham urdi to jahon boʻldi Uvaysiyi zamon,
Shu qurkim shah oldida boʻldi Vaziri qomron,
Ostoni dargahida qadri miqdorim koʻring.
Vazir qomronligidan «shah oldidaShu qur» qilib dabdabali misralar bitganida. Uvaysiy bu aristoqratiq tuygʻuga qarshi oʻzining «notavon» liqlaridan shikoyat qilgan, vazirni maqtash oʻrniga, dardli misralari bilan uning sharmandasini chiqargan.
Ilgʻor Shoir lar turli haqsizliqlarni ochiqdan-ochiq aytishga, zolimlarni fosh qilishga jur’at etganlar. Haqsizliq, adolatsizliq oldida oʻzini chorasiz, «notavon» sezgan Uvaysiy singari Shoir lar esa zamon, sharoit va huqmdorga nisbatan oʻz davrlarini bayon etish uchun ba’zan nazira Yoz ish an’anasidan ham foydalanganlar. CHunonchi, Shoir ning «faryod», «ruh», «garaz», «hat», «halos», «hayf» radifli liriq gʻazallariga: «laziz», «ma’roj» radifli falsafiy she’rlariga bogʻlangan muhammaslarida, «bahs» radifli gʻazaliga bitgan musaddasida, qisman boʻlsa-da, bu holni koʻrish mumqin. Masalan, Shoira Navoiy ning «faryod-shamshod» qofiyali gʻazaliga bogʻlangan muhammasida quyidagi misralarni toʻqiydi:
Men hastau zoringni biror aylamading yod,
Sultonsanu hokimsanu, bas, men kima dey dod.
Oʻz devonida Shoira ulugʻ ayyomlardan birida «toʻn» yoʻqligidan oʻgʻli «Majnun» (Muhammad) qoʻchaga chiqa olmaganligi, «qoʻylaq-la roʻmol debon» qizi Quyoshhon yigʻidan bosh qoʻtarmaganligi sababli she’riy aranoma Yoz ib, «shahanshoh»ni oʻzidan ham, «xalq dilidan» ham ogoh boʻlishga da’vat etganligi, uning oldiga borganligi haqida quyidagilarni Yoz di:
Id oʻldi bu qunqi, ey shahanshoh, Boʻlgilqi bu xalq dilidan ogoh.
Toʻn deb toʻqadi yoshini Majnun, Qildi mani onchunon jigarhun.
Quylaqla roʻmol debon Quyoshim, Oning yigʻisidin qotti boshim,
Oz boʻlsa ham alarda giryon, Qilgʻay edim ushbu sirni pinhon.
Oldingga qelibman ushbu soat, San-sanqi muqarrarbi sahovat.
Vaysiy soʻziga qilmagin shaq, Oʻgʻlimga toʻnu, qizimgʻa mursaq…
Bu masnaviyda Shoiraning shahsiy hayotini va xalqning oʻsha vaqtdagi hayotini oʻrganishga aloqador boʻlgan yana ikki moment qoʻzga tashlanib turadi. Birinchidan, «Oldingga qelibman ushbu soat» misrasidan Shoiraning umrbod saroy muhitiga bogʻlanib qolmagani, Ikkinchi dan
Oz boʻlsa ham alarda giryon, Qilgʻay edim ushbu sirni pinhon
misralaridan qoʻz yoshi toʻqqәn Muhammad va Quyoshhon moddiy ahvolining ogʻirligi namoyon boʻladi. Ma’lumki, Oʻrta Osiyo honlari, jumladan Qoʻqon honlari, lozim koʻrganlarida, oʻzlariga yoqmagan amr-farmonlaridan chetga chiqqan, oʻzlarining yaramas sirlarini fosh qilgan kishilarni darhol surgun qilish, qamchilash, darralash, hatto dorga osishdan qaytmas edilar. Holjon otin (Shoira Magʻziy)ning aytishiga qaraganda, oʻsha vaqtlarda Uvaysiyning oʻgʻli Muhammadga ham bir joyda tinch bosh qoʻtarib yurishiga mone’liq qilganlar. Bu alamli koʻrgiliq munosabati bilan Shoira farzandi: jonining «darmoni», «qoʻzu qoʻngli»ning ziyosini sogʻinib, nola va figʻon tortib, quyidagilarni Yoz gan edi:
Buqun, ey doʻstlar, farzandi joninimni sogʻindim,
Gado boʻlsam na ayb, ul shohi davronimni sogʻindim.
Musofirman, gʻaribman, beqasu ham benavodurman.
Vujudim dard toʻldi, zmdi darmonimni sogʻindim.
Tilimning ziqriyu, qoʻnglimning fiqri, yahshi farzandim,
Azizim, yolgʻizim, davlatli sultonimni sogʻindim.
Qecha-qunduz yoʻligʻa muntazirdurman, tiqarman qoʻz,
Qelib holim soʻrubon qtesa, mehmonimni sogʻindim.
Qorongʻu boʻldi olam qoʻzima ushbu judoligʻdin,
Qoʻzu qoʻnglum ziyosi mohi tobonimni sogʻindim.
Buning ustiga Uvaysiyning oʻtiz yoshlardagi qizi Quyoshhonning qiz koʻrib, dunyodan oʻtishi gʻoyat qattiq fojia boʻldi. Endi ona yurtida oʻzini «bavatan», qulbasi «baytulqazan» qabi his etgan gʻarib ona vijdon va dil azoblarini quyidagicha bayon etadi.
Seningdeq shahga mendeq bir garibi bevatan yigʻlar,
Sabab uldur koʻrib ahvolimi baytulhazan yigʻlar.
Agar dardi dilim izhor qilsam bazm arosinda.
Qaroru sabr etolmay ulfatu ham anjuman yigʻlar.
Uvaysiy ham qizi, ham oʻgʻli oʻrnida qolgan yolgʻiz nabirasi Hadichabibini (Holjon otining onasini) bagʻriga olib, tarbiyalay boshlaydi. Leqin nevarasini 11 yoshga ham etqazmay, 60 yoshlarida (tahminan 1850 yillarda) vafot etadi.Yuqorida Uvaysiyning hayotiy faoliyati va qisman ijodiyoti bilan tanishgan ediq. Shoiraning:
Tonmadim izlab bu olm ahlidin bir dardmand,
Yigʻlasam men senga diydamdin toʻqub qon, qilma ayb…
Ey rafiqo, qulfati olamdin arz etgan zamon,
Nutqi beta’sirmi qildim farovon,qilma ayb…
Meni misqinni bilmon xalq doim imtihon aylar,
Qoʻnglni beqaroridin tavahhumli gumon aylar.
Holimgʻa yigʻlar barcha bagʻri tosh,
Qon boʻlib oqdi qoʻzdan toʻlgan yosh
Qabi baytlarni Yoz ish bejiz emas edi. Bunday baytlar «mehmatu gʻam-alam»lari, «noahil bedil»lar tufayli bunyod etilgan baytlar boʻlib, ularda «asiru garibu gado»liq sadolari aqs etgan. Uvaysiy she’riyatining hamma turlarida (masnaviy, ruboiy, gʻazal, muhammas, musaddas va boshqalar) ijod qilishga qobil edi. Uning muammo va muvashshahlari ham diqqatga sazovordir. CHunonchi, quyidagi baytning soʻzlaridagi harflar va mazmun yordamida Shoira oʻz ismini («Jahon»ni) chiqara olgan:
Jimu, hoyu alifkim men kimu darding yuqi birla
Dilida nuqtasi bagʻrimda dogʻim loyiqi hun men.
Tasmiya – qitobat san’ati asosida ishlangan bu muammoning birinchi misrasidagi oldingi uch soʻzning yigʻindisi (jim-ho—Q alif-boʻlsa, keyin gi misrasidagi «dilida nuqtasi, bagʻrimda dogʻim» soʻzlari n (nun shaqlining tasviri boʻlib, mazmun e’tibori bilan bagʻir bogʻini, qoʻngil gʻussalarini ifodalab qelgan. Demaq, Shoira muammo va mauvashshah shaqllarida she’rlar Yoz ganda ham shaqlbozliqqa berilmay, hayotiy mazmunni ifodalashga e’tibor bergan, yuu jihatdan ham uning she’rlari saroy Shoir larining tuturuqsiz she’rlaridan farq qiladi.Ammo Uvaysiy she’rlarining hammasi ham qamchiliqsiz, baquvvat emas. Shoiraning ba’zi she’rlarida turli badiiy nuqsonlar bor. Chunonchi, quyidagi misralarda «Agʻyorim qoshida hor ra’nolanmasin» gapi oʻrinli tushmagan:
Yor ruhsorin koʻrib gulzor ra’nolanmasin,
Ushbu agʻyorim qoshida hor ra’nolanmasin.
Uvaysiy butun umri davomida tinch va totuv, toʻq va osoyishta, «hush hol» va «hush dil» hayot qechirishni orzu qildi. Ammo Uvaysiyning bu orzusi ushalmadi. Zotan, oʻshanday notinch feodal tagʻonizmi sharoitida tinch va osoyishta hayotning boʻlishi mumqin ham emas edi. Shu ning uchun bir vaqtlar:
«Dunyoni bugun davr ila davroni gʻanimat», -
deb ne-ne orzular bilan qalam tebratgan Shoiraning qeyiroq:
Kunduzim-tun, koʻkragim –xun, qomatim-nun, doʻstlar,
Mehnatu gʻam birla chun dashti gʻaribon man bukun. –
deb yozishi tabiiy edi. Ayniqsa, Muhammad Alixon (1822-1842) hukmronlik qilib turgan yillarida shoiraning boshiga tushgan mushkul kunlar: sevikli qizi Quyoshhon (Shoira Hokiy)dan judo boʻlishi, oʻgʻlining sarbozlar qatorida xon tarafidan Qashqarga joʻnatilishi, yodgʻizliqk «dashti garibon»da sargardonliklari shunday g`amgin baytlarni toʻqishga olib keldiki, bu faqat Uvaysiyninggina emas, oʻsha notinch, sergʻalva sharoitda barcha mushtipar onalarning ahvoli ruhiyati tasviri edi.
Uvaysiy «Shahzoda Hasan», «Shahzoda Husayn» nomli dostonlarni hamda «Voqeoti Muhammad Alixon» nomli she’riy manzumasini yozdi. Ikkala dostonning temasi ham sharq adabiyotida Uvaysiyning oʻnlab-yuzlab shoir va yozuvchilar (ayniqsa islom dini muhiblari) tomonidan qalamga olingan edi. Bu temaning Uvaysiy tomonidan «ne maqsad bilan qalamga olingani» haqida oʻrni bilan mulohaza yuritamiz.
«Voqeoti Muhammad Alixon» - Bu asarda Muhammad Alining tugʻilishi, uning yurish qilishi voqealari tasvirlangan. Dostonda tasvirlanishicha, Muhammad Alixon Qashqarda roʻy bergan «gʻazot» munosabati bilan u erga harbiy yurish qiladi. Bunga ayrim vazirlari va saroy ahllari qarshilik koʻrsatishiga qaramay, u onasi Nodirahonimdan ruxsat olib, yoʻlga tushadi. Onasi oʻz oʻgʻlini Margʻilongacha kuzatib borib, safar natijasini shu yerda toqatsizlik bilan qutib qoladi. Dostonda Nodiraning sabrsizlik bilan Xudoga sigʻinib, oʻgʻlining salomat kelishini soʻraganligi, uning kechalarni uygʻoq, qunduzlarni betoqat boʻlib oʻtqazganligi tasvirlanadi. Chunonchi:
Ul kecha uyda boʻldi bador, Hazrat Oyimki sarvraftor.
Xurshid kabi yuzni oʻshal kun Qoʻydi, misoli boʻldi majnun.
Asosan, masnaviy formasida yozilib, ora-sira gʻazallar ham keltirilgan bu manzuma tugallanmay qolgan. Asarda Qashqardagi “gazot” voqeasining natijasi nima bilan tugaganligi-Muhammad Alixon va boshqalarning safari haqida hech narsa bayon qilinmagan. Shuningdek, dostonning xom va soxta oʻrinlari, koʻp baytlarining boʻshligi sezilib turadi.
Bu dostonda diniy rivoyatlar koʻpligidan qat’i nazar, unda Nodiraxonimning hamsuhbat zamondosh tomonidan Nodiraga xos ayrim xususiyatlar ishonarli qilib tasvirlanishi gʻoyat muhimdir. Chunonchi, dostonda Qoʻqondan Margʻilonga kelgunga qadar Nodiraxonimning ayrim kishilarga “sarupo” berib, “gʻaribu gʻurabo”larni toʻydirganligi, “ehson” qilishda himmatli ekanligi, rahmdilligi, shafqat-muruvvati bilan darhol koʻzga tashlanib qolganligi hikoya qilinadi:
Ul kuni turib berib sarupo,
To qildi ulugʻligʻin bar a’lo,
Ser ayladi har gʻarib gʻurabo.
Ehsoneki beadad qilib ul,
To tushti Margʻilona gʻul-gʻul.
Margʻilonda intizorlikda qolgan Nodiraning ham, Tunqator onasining ham, Uvaysiyning oʻzining ham farzandlarini sarosima bilan kutishi tasvirlangan hayotiy lavhalarda oʻsha davr onalarining onalik dramatizmi ifodalangan.
Sharq adabiyotida Robiyati, Ismati va Oysha (XI asr), Munisa Xoʻjandiy, Sittixonim Mutriba (XII asr), Jahonxotun (XIV asr), Munajjim va Mehri, Gulbadanbegim, Gulchehrabegim (XVI asr), Nurjahonbegim va Zebunuso (XYI-XYII asrlar), Mahzuna va Uvaysiy (XYIII-XIX asrlar), Muazzamxon va Nazmixon (XIX-XX asrlar), shoira Anbar va Boshqa oʻnlab shoiralar singari shuhrat topgan.
Mohlaroyim Nodira XIX asr oʻzbek adabiyotida quvonch va gʻazabni, visol xursandliklari va hijron alamlarini tinch hamda asoyishta yashash umidlar va bu umidlar qarshisidagi fojiali hollarni oʻz ijodida aks ettirganligi bilan mashhurdir.
Jahon adabiyoti tarixi xotin-qizlar orasida etishib chiqib ma’naviyat rivojiga munosib hissa qoʻshgan koʻpgina iste’dodli davlat sohiblarini biladi. Buning yorqin misolini sharq adabiyotida ham uchratamiz. Birgina XIX asr boʻsagʻasi va birinchi yarmida Qoʻqonda Uvaysiy, Dilshod, Mahzuna va Nodiradek taniqli shoirlarining ijod etganligi buning yorqin dalilaridir. Shularning ichida Nodira ham iste’dodli shoira ham madaniyat va adabiyotning homiylaridan biri sifatida ajratib turadi.
Shoira 1792- yili Andijon hokimi Rahmonqulibiy oilasida tugʻildi. Oʻtkir zehnli Mohlaroyim otin oyi qoʻlida ta’lim oldi, xususan mutolla bilan shugʻullandi. Sharq mumtoz adabiyotining jiddiy oʻrgandi, she’rlar mashq qilib, yoshlarigidayoq shoira sifatida tanildi. Uning ulugʻayish yillari adabiyot ahli davrasida kechadi. 1808 yili Qoʻqon xoni Norboʻtabiyning oʻgʻli Umarxon bilan oila qurdi. 1810 yilgacha Margʻilonda, undan keyin umrining oxirigacha Qoʻqonda yashadi. Mohlaroyim Muhammadalixon va Sultonmahmudxon ismli oʻgʻillar tarbiyalaydi. Amiriy taxallusi bilan ajoyib she’rlar yaratgan Amir Umarxon 1822 yilda vafot etib, umr yoʻldoshi Nodirani yolgʻizlatib ketdi.
Yirik shoir Amiriy bilan oʻtkazgan hayot davri Nodira qismatining baxtli onlarini tashkil etadi. Saroydagi xon kutubxonasidan unumli foydalanib, sharq mumtoz she’riyatining Sadiy, Hofiz, Jomiy, Navoiy, Fuzuliy va Bedil singari ustozlari asarlarini yanada chuqurroq oʻrgandi. Ularning an’analarini oʻz she’rlariga singdirdi.
Umarxon Nodira uchun faqat hukmdor va sevikli yor emas, balki she’riyatda ustoz maqomiga boʻlgan Nodira she’riyatining kamol toptirishida, bir tomondan, Umarxonning maslaxatlari, ikkinchi tomondan, saroydagi she’riyat anjumanlari oʻz ta’sirini oʻtkazgan. Shoira oʻzining eng goʻzal gʻazallarini Umarxon asarlariga taxmis (muxammas)lar bogʻladi.
Umarxon saroyida tashkil etilgan she’riyat majlislarida ayollar ishtirok etmasa ham Nodiri tegrasida shoiralar toʻplana boshladi. Jahon otin Uvaysiy, Manzura, Dilshod Barno kabi shoiralarning olga tanilishida va iste’dodlarining kamol topishida Nodiraning xizmatlari alohida qadrlidir.Amir Umarxonning nagohoniy oʻlimi tufayli Nodira nazmidagi Shodlik va baxt tuygʻulari oʻrnini olam va ayriliq iztiroblari tasviri egalladi.Haqiqiy ishq tasviri kuchaydi, tasavufiy ramzli ta’msollar chuqur ishlandi, sogʻinch va armon nolalari rivoj topdi. Mahlaroyim badiiy ijod bilan astoyidil shugʻullandi. Nodira, Maxnuna, Komila taxalluslari bilan she’rlar yozib mukammal devor yaratishga muyassar boʻldi.
Amir Umarxon vafotidan keyin Muhammadalixonga homiylik qildi: U ijtimoiy umrini ezgu ishlarga safarbar etdi. Shoiraning mana bu dono soʻzlari uning ijtimoiy faoliyatida oʻzining amaliy ifodasini topdi:
Xumo oqilki, aylab yaxshilik bunyodini mahkam,
Oʻtar bu dayri foniydan oʻzini neknom aylab.
Nodira eng ishlar bunyod etdi va oʻtar dunyoda yaxshi nom qoldirdi. Mohlaroyim Nodira islom diniga samimiy e’tiqod qoʻygan, tasavvuf maslagiga mehr bogʻlagan komil musilmon shoira edi. U islom va tasavvuf yoʻnalishida katta kitoblar yaratmagan, tafakkur tarixida iz qoldurgulik kashfi karomatlar koʻrsatmagan boʻlsa-da, ijtimoiy faoliyatini bu ezgu yoʻlida shu qadar fidoyilik bilan safarbar etdiki; uning sa’y harakati bilan bir hamda millat takomili uchun tabiiy sharoit vajudga keldi. Shoiraning amaliy faoliyati nazariy va ma’rifiy yutuqlar omili boʻldi. Nodira ushbu tarixiy xizmatlarini devoni deborchasida iftixor va qoniqish hislari bilan yozadi: “Ulamoyiden rivojlarigʻa imdod etkurdim, to shar’i sharif rivoj topdi, zuhd ahliga ixlos va aqidatan zohir qildim, to den va millat kamol topdi. Fazlu donish qabilasiga shafqat va marhamatdin ochsa inoyatlar koʻrguzdimkim, e’tibor darajasiga taraqqiy qildilar, Soyil va gadolarni talablariga etkuzib karam va ehson eshikidir noumid yubormadim. Mushafi va kutubr diniy va rasoyili yaqiniy koʻp yozdirdim. Barchasin xolisanlilloh vaqf qildim”. Bunday iftixor izxori Nodira gʻazallaridan ham sado beradi:

Download 417,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish