GLOSSARIY
Buxoroda 17-19 asrlarda adabiy hayot - zullisonaynlik an’anasi rivojlandi. Buxoro adabiy muhitidagi har bir ijodkorda fors tili ustuvor o‘rin egallaydi. Ushbu davrda maydonga kelgan tazkiralar 17-19 asrlarda ham adabiy hayot gullab-yashnaganini, yuzlab shoirlar badiiy ijod bilan shug‘ullanganini ko‘rsatadi. Samarqandda XVII asr boshlarida yaratilgan Mutribiyning ,,Tazkirat ush-shuaro" kitobida XVI— XVII- asrlarda Samarqand va Buxoroda yashagan 320 dan ortiq ijodkor haqida ma'lumot keltiriladi. Maleho Samarqandiyning 1692-yilda yozilgan ,,Muzakkir ul-as'hob" (,,Do‘stlarni zikr etuvchi") tazkirasida XVII asrda Markaziy Osiyo va Eronda yashagan 160 shoir haqida ma'lumot berilgan. 1871-yilda Buxoroda Qori Rahmatullo Vozeh tomonidan tuzilgan “Tuhfat ul-ahbob...”(“Do‘stlar sovg‘asi”) tazkirasida 18-19 asrlarda Buxoro va Qo‘qonda yashagan 145 shoir haqida ma’lumot beriladi.
Qul Ubaydiy kulliyoti -Uch devon tartib berib, bir muqova ostida joylashtirib “Kulliyot” deb atagan. Uning yagona qo‘lyozmasi O‘zRFASHIda 8931 inventar raqami ostida saqlanadi. 1994 yilda A.Hayitmetov tomonidan turkiy devonini “Vafo qilsang”nomi bilan nashr qildirdi. 2000 yilda “Ishq daftari” ostida E.Ochilov forscha ruboiylarni tarjima qilib nashr qildirdi.
Qul Ubaydiy ruboiylari -forsiy devonda 418 ruboiy mavjud. Ruboiylar mavzu jihatdan 4 guruhga bo‘linadi:
1.Diniy mazmundagi ruboiylar.
2.Tasavvufiy ruhdagi ruboiylar.
3.Tarjimai hol xarakteridagi ruboiylar.
4.Ilohiy va dunyoviy ishq haqidagi ruboiylar
Qul Ubaydiy nomalari - 4 noma yozgan “G‘ayratnoma” – 52 misradan iborat, inson mehnati, o‘z g‘ayratiga ishonchni rag‘batlantirishga bag‘ishlangan “Shavqnoma” – 23 bayt, shavq fazilatlari va xususiyatidan bahs etadi. “Sabrnoma” – 50 misra, sabr xosiyati va foydalaridan bahs etadi.“Omonatnoma” – 88 misra, axloq komilligi masalasiga bag‘ishlangan.
Muhammad Shayboniy(1451-1510)- Dashti Qipchoqda koʻchmanchi oʻzbeklarning yirik davlatini vujudga keltirgan Abulxayrxonning nabirasidir. Abulxayr oʻlgandan keyin uning toj-taxtini egallash uchun boshlangan kurashlar chog`ida Shayboniy (shoh Budog`ning oʻg`li) Buxoroga qochib keladi. Shayboniy bir necha yil Buxoroda oʻqiydi hamda bobosining davlatini tiklash maqsadida Turkiston atrofiga qaytib keladi. Biroq yetarli harbiy kuch toʻplay olmaydi. Keyinchalik Temuriylar davlatining inqirozidan foydalanib, Movarounnahrning ichki rayonlariga (Samarqand, Buxoro va boshqa joylarga) bostirib kira boshlaydi. U ayniqsa Bobirga qarshi uzoq va qattiq kurash olib boradi. Shayboniy qonli kurashlar bilan Movaraunnahr hokimiyatini qoʻlga kiritadi, uzoq tayyorlik va koʻp urinishlardan keyin 1507 yilda Xurosonni egallaydi, soʻngra Eronni ham istilo qilmoqchi boʻladi. Biroq Eron shohi Ismoil bilan 1510 yilda Marv yaqinida uni 17 ming kishidan iborat qoʻshini bilan birga qamal qilib, mag`lubiyatga uchratadi va Shayboniyni oʻldiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |