v) Giyohvandlik. Giyohvand yoki unga tenglashtirilgan vositalarga muntazam ruju qoyish va tibbiy korsatmalarsiz iste`mol qilish.
g) Fohishabozlik. Fanda rasmiy nikohsiz jinsiy aloqa ikki turga bolib organiladi: 1. Konkubinat - nikohsiz birga yashash. 2. Fohishabozlik- pul uchun oz tanasini sotish.
Garbda asosan ikkinchisi qoralansada, SHarkda ikkala holatga ham me`yordan ogish sifatida qaraladi.
Byurokratiya. «Byurokratiya» termini aslida «hokimiyatga ega bolgan xodim» degan ma`noni anglatadi. Biroq davrlar otishi bilan «byurokratiya» mahalliychilik, qogozbozlik, torachilik, mansabni suiste`mol qilish kabi salbiy ma`nolarda qollanila boshladi.
3. Shaxs sotsial ozaro ta`sir va munosabatlarning birlamchi omili bolib hisoblanadi. Shu jihatdan qaraganda shaxsning ozi nima? Bu savolga javob berish uchun, avvalo, «odam», «inson», «individ», «shaxs» tushunchalarini bir-biridan farqlab olish kerak. 1. Odam tushunchasi. Odam barcha jonzodlarning eng yuqori pogonasida turadigan mavjudot, ijtimoiy jarayonlar sub`ekti. Odam ijtimoiy mehnat asosida shakllangan tafakkur va nutqqa ega bolishi, mehnat qurollarini yasash va atrof-muhitga faol ta`sir korsata olish bilan boshqa tirik mavjudodlardan farq qiladi. Boshqacha aytganda, odam - fikrlash, sozlash va mehnat qilish qobiliyatiga ega bolgan, shu tufayli boshqa hamma maxluqotdan ustun turuvchi jonli zot, kishi, inson. Odam ota, Odam alayhissalom diniy afsonalarga kora er yuzida birinchi yaratilgan erkak. Moma Havoning jufti... Odam Yerdagi tirik organizimlar taraqqiyotining oliy bosqichi, ijtimoiy-tarixiy faoliyat va madaniyat sub`ekti. Odamni antropologiya fani organadi. Odam ozini-ozi anglab, insonga aylanishning quyidagi shakllari mavjud:
1) Oz-ozini his etish, sezish.
2) Idrok etish (fahmlash).
3) Odam muayyan madaniyat va ijtimoiy guruhga ozi mansubligini anglashi.
4) Odam oz «men» iga ega bolishi («men» uchun namuna kerak).
«Inson» tushunchasi: Inson - ozini anglagan, jamiyatda yashash qobiliyatiga ega bolgan ulug zotdir. Inson atamasi umumiy, hamma uchun xos bolgan sifat va qobiliyatini izohlash uchun qollaniladi. Bu tushuncha dunyoda mavjud bolgan, tarixan oziga xos shunday rivojlanayotgan birlikki, insoniyatni anglatib, u boshqa hamma moddiy tizimlardan farqli olaroq oziga xos ijtimoiy faoliyat usullari bilan farq qiladi. Ushbu hayotiy faoliyat usuli tufayli inson tarixiy rivojlanishning hamma bosqichlarida, dunyoning barcha nuqtalarida oziga oxshash bolgan antologiyaga oid holatni saqlab qoladi.Demak
Do'stlaringiz bilan baham: |