Shaxs ijtimoiylashuvning 2 fazasi mavjud:
Sotsial adaptatsiya (moslashish). Bunda individning sotsial sharoitlarga, funktsiyalarga, sotsial normalarga, sotsial guruhlarga, tashkilot va institutlarga, ya`ni muhitga moslashishdir. Sotsial adaptatsiya jarayoni, asosan oilada boshlanadi va shakllanadi. Oiladagi har qanday munosabatlar shaxsning ijtimoiylashuvida oz aksini topadi. SHu boisdan individning shaxs sifatida shakllanishida oila asosiy rol oynaydi.
Sotsial interiorizatsiya, ya`ni sotsial norma va qadriyatlarning individ ichki dunyosiga kirishish jarayonidir. Shaxs sotsial muhitga qorishib ketmaydi, balki unga mustaqil birlik sifatida kiradi, Kopgina nazariyalarda shaxsning ijtimoiylashuvi, tashqi ta`sir ob`ekti sifatidagina qaraladi. Bu nazariyalarda asos qilib faqatgina ijtimoiylashuv yordamida sotsial ozgaradigan insonning tabiiy mohiyati olinadi; shaxsning aktivligi va unga beriladigan biologik xususiyatlar hisobga olinmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |