Mavzu yuzasidan mashq va topshiriqlar 1-topshiriq. Abu Rayhon Beruniy



Download 0,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana09.11.2022
Hajmi0,57 Mb.
#862671
1   2
Bog'liq
15-topshiriq

 
2-topshiriq. 
Tushunchalar tahlili metodi jadvalini to‘ldiring

Taqriz
 
 
Annotatsiya 
Esse 
Matn
 
 
Uslub 
Referat 
3- topshiriq. 
Quyida keltirilgan
 
klishelangan iboralarni davom ettirib, gaplar tuzing. 
1) Maqola (matn) muallifi – mashhur olim..... 
2) Maqola (matn) …….mavzusiga bag’ishlangan. 
3) Kirish qismida (matn boshida) ….ta’rifi shakllantiriladi. 
4) Muallif …..haqida xulosa chiqaradi. 
5) Shunday qilib, …. haqida xulosa chiqarish mumkin. 
6) Taqdim etilgan ma’lumotlar yangiligi bilan farq qiladi va … foydalanish mumkin. 
7) Ishning (maqolaning) afzalliklari (kamchiliklari) quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
Tushunchalar


Tushunchalar tahlili


4- topshiriq
.

“Jonli kutubxona” 
 
“Jonli kutubxona”lar (ing.Human Library) aynan shunday imkoniyatni 
beruvchi noodatiy kutubxonalaridan biridir. Bu kutubxonalarning boshqalardan 
yagona farqi shundaki, unda siz kitoblar o‘rniga jonli insonlarni tanlaysiz, mutolaa 
esa tanlangan insonlarni tinglash hamda ularning hikoyalari bo‘yicha turli savol-
javoblar o‘tkazishdan iborat.
“Jonli kutubxona” tashkil etish g‘oyasi 2000-yili Daniyaning Kopengagen 
shahrida Ronni Abbergel va uning jamoasi tomonidan yoshlar o‘rtasida 
zo‘ravonlikni kamaytirish maqsadida to‘rt kun davomida o‘tkazilgan festivaldan 
so‘ng paydo bo‘lgan. Ijobiy natijalarga boy ushbu festival birozdan so‘ng “Jonli 
kutubxona” uyishmasini tashkil etishga turtki bo‘ldi. Dastlab Daniyada 
muvaffaqiyatga erishgan bu turdagi kutubxonalar tashabbuskorlar va Yevropa 
kengashi kabi jamoat kutubxonalari institutlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi 
natijasida dunyo bo‘ylab keng miqyosda tarqalmoqda. 
Bugungi kunda 70dan ortiq davlatlarda “Jonli kutubxona” kutubxonalari 
tashkil etilgan bo‘lib, bu harakatlar butun dunyoning ijtimoiy hayotiga sezilarli 
darajada ta’sir etmoqda. Dastlab o‘quv dargohlari, san’at ko‘rgazmalari hamda 
yoshlar kongresslarida inson huquqlariga bag‘ishlagan festival sifatida tashkil 
etilgan bu tadbir, keyinchalik alohida kutubxona sifatida faoliyat yuritishga o‘tdi. 
2006-yili esa Avstraliyaning Lismore shahrida birinchi doimiy faoliyat ko‘rsatish 
uchun jonli kutubxona binosi qurib foydalanishga topshirildi. 


“Jonli kutubxona”larda kutubxonachilar ko‘ngilli ravishda ishlab, ularning 
asosiy vazifasi jonli kutubxonalarni kitobxonlarning qiziqishiga ko‘ra tanlashga 
ko‘maklashish, ularga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish, yangi kitobxonlarga bu kutubxona 
haqida ma’lumot berishdan iboratdir. Kitob bo‘lib xizmat qiluvchi insonlar ham 
ko‘ngilli sifatida o‘z hayot tajribalari bilan o‘rtoqlashadi, kitobxonlarning 
savollariga ochiq-oydin javob berishadi.
Yaqinda o‘tqazilgan tadqiqot natijalari ushbu kutubxonalarning yaratilishi 
oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun ijobiy ta’sir o‘tkazib, ulardagi noto‘g’ri 
tushunchalarning kamayishi, o‘qish real aloqalarni rivojlantirish, insonlarga 
ko‘maklashish kabi insoniy fazilatlari ortib borayotganini ko‘rsatadi. 
Xulosa o‘rnida aytish joizki, bugungi kunda zamonaviy texnologiyalar rivoji 
hayotimizni tubdan o‘zgartirdi, telefon, kompyuter va ijtimoiy tarmoqlarning paydo 
bo‘lishi insonlarni real hayotdan virtual olam tomon yetaklab borayotgani ayni 
haqiqat. Buning natijasida insonlar o‘rtasida yuzma-yuz muloqot keskin kamayib, 
o‘zimiz yaratgan aqlli qurilmalar go‘yoki bizlarni boshqaruvchi kuchga aylanadi. 
Insonlar endi bilimlarni kitobdan emas, balki turli qidiruv tizimlari yoki boshqa 
internet saytlaridan izlashmoqda. Bu esa, kitob o‘qish madaniyatiga ta’sir etibgina 
qolmay, kitoblarga bo‘lgan talabning kamayishiga olib keldi. Kitob mutolaasiga 
talab qanchalik pasaygani sari, kutubxonalardan kitobxonlarni jalb etishning yangi-
yangi yo‘llarini topish taqozo etiladi. “Jonli kutubxona”lar yuqorida keltirilgan 
muammolarga yechim bo‘lsa ajab emas. 
Matn yuzasidan savol va topshiriqlar: 
1. Matnni o‘qing. Matnga reja tuzing.
2. Reja asosida matn mazmunini so‘zlab bering. 
3. Matndan klishelangan so‘zlarni aniqlab, ko‘chirib yozing. 
4. Dunyodagi mashhur kutubxonalar haqida taqdimot tayyorlang.
5- topshiriq
. Fan rivojiga katta hissa qo‘shgan taniqli o‘zbek olimlari haqida 
referat tayyorlang. 


 
Nazorat savollari 
 
 
1.
Referat – bu …… 
2.
Referatning tuzilishi va tarkibiy qismlari. 
3.
Referatdagi klishelarga misollar keltiring. 

Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish