2-topshiriq.
Tushunchalar tahlili metodi jadvalini to‘ldiring
.
Taqriz
Annotatsiya
Esse
Matn
Uslub
Referat
3- topshiriq.
Quyida keltirilgan
klishelangan iboralarni davom ettirib, gaplar tuzing.
1) Maqola (matn) muallifi – mashhur olim.....
2) Maqola (matn) …….mavzusiga bag’ishlangan.
3) Kirish qismida (matn boshida) ….ta’rifi shakllantiriladi.
4) Muallif …..haqida xulosa chiqaradi.
5) Shunday qilib, …. haqida xulosa chiqarish mumkin.
6) Taqdim etilgan ma’lumotlar yangiligi bilan farq qiladi va … foydalanish mumkin.
7) Ishning (maqolaning) afzalliklari (kamchiliklari) quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Tushunchalar
Tushunchalar tahlili
4- topshiriq
.
“Jonli kutubxona”
“Jonli kutubxona”lar (ing.Human Library) aynan shunday imkoniyatni
beruvchi noodatiy kutubxonalaridan biridir. Bu kutubxonalarning boshqalardan
yagona farqi shundaki, unda siz kitoblar o‘rniga jonli insonlarni tanlaysiz, mutolaa
esa tanlangan insonlarni tinglash hamda ularning hikoyalari bo‘yicha turli savol-
javoblar o‘tkazishdan iborat.
“Jonli kutubxona” tashkil etish g‘oyasi 2000-yili Daniyaning Kopengagen
shahrida Ronni Abbergel va uning jamoasi tomonidan yoshlar o‘rtasida
zo‘ravonlikni kamaytirish maqsadida to‘rt kun davomida o‘tkazilgan festivaldan
so‘ng paydo bo‘lgan. Ijobiy natijalarga boy ushbu festival birozdan so‘ng “Jonli
kutubxona” uyishmasini tashkil etishga turtki bo‘ldi. Dastlab Daniyada
muvaffaqiyatga erishgan bu turdagi kutubxonalar tashabbuskorlar va Yevropa
kengashi kabi jamoat kutubxonalari institutlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi
natijasida dunyo bo‘ylab keng miqyosda tarqalmoqda.
Bugungi kunda 70dan ortiq davlatlarda “Jonli kutubxona” kutubxonalari
tashkil etilgan bo‘lib, bu harakatlar butun dunyoning ijtimoiy hayotiga sezilarli
darajada ta’sir etmoqda. Dastlab o‘quv dargohlari, san’at ko‘rgazmalari hamda
yoshlar kongresslarida inson huquqlariga bag‘ishlagan festival sifatida tashkil
etilgan bu tadbir, keyinchalik alohida kutubxona sifatida faoliyat yuritishga o‘tdi.
2006-yili esa Avstraliyaning Lismore shahrida birinchi doimiy faoliyat ko‘rsatish
uchun jonli kutubxona binosi qurib foydalanishga topshirildi.
“Jonli kutubxona”larda kutubxonachilar ko‘ngilli ravishda ishlab, ularning
asosiy vazifasi jonli kutubxonalarni kitobxonlarning qiziqishiga ko‘ra tanlashga
ko‘maklashish, ularga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish, yangi kitobxonlarga bu kutubxona
haqida ma’lumot berishdan iboratdir. Kitob bo‘lib xizmat qiluvchi insonlar ham
ko‘ngilli sifatida o‘z hayot tajribalari bilan o‘rtoqlashadi, kitobxonlarning
savollariga ochiq-oydin javob berishadi.
Yaqinda o‘tqazilgan tadqiqot natijalari ushbu kutubxonalarning yaratilishi
oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun ijobiy ta’sir o‘tkazib, ulardagi noto‘g’ri
tushunchalarning kamayishi, o‘qish real aloqalarni rivojlantirish, insonlarga
ko‘maklashish kabi insoniy fazilatlari ortib borayotganini ko‘rsatadi.
Xulosa o‘rnida aytish joizki, bugungi kunda zamonaviy texnologiyalar rivoji
hayotimizni tubdan o‘zgartirdi, telefon, kompyuter va ijtimoiy tarmoqlarning paydo
bo‘lishi insonlarni real hayotdan virtual olam tomon yetaklab borayotgani ayni
haqiqat. Buning natijasida insonlar o‘rtasida yuzma-yuz muloqot keskin kamayib,
o‘zimiz yaratgan aqlli qurilmalar go‘yoki bizlarni boshqaruvchi kuchga aylanadi.
Insonlar endi bilimlarni kitobdan emas, balki turli qidiruv tizimlari yoki boshqa
internet saytlaridan izlashmoqda. Bu esa, kitob o‘qish madaniyatiga ta’sir etibgina
qolmay, kitoblarga bo‘lgan talabning kamayishiga olib keldi. Kitob mutolaasiga
talab qanchalik pasaygani sari, kutubxonalardan kitobxonlarni jalb etishning yangi-
yangi yo‘llarini topish taqozo etiladi. “Jonli kutubxona”lar yuqorida keltirilgan
muammolarga yechim bo‘lsa ajab emas.
Matn yuzasidan savol va topshiriqlar:
1. Matnni o‘qing. Matnga reja tuzing.
2. Reja asosida matn mazmunini so‘zlab bering.
3. Matndan klishelangan so‘zlarni aniqlab, ko‘chirib yozing.
4. Dunyodagi mashhur kutubxonalar haqida taqdimot tayyorlang.
5- topshiriq
. Fan rivojiga katta hissa qo‘shgan taniqli o‘zbek olimlari haqida
referat tayyorlang.
Nazorat savollari
1.
Referat – bu ……
2.
Referatning tuzilishi va tarkibiy qismlari.
3.
Referatdagi klishelarga misollar keltiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |