2- topshiriq.
“
Adabiyot janrlari” bo‘yicha klasterni davom ettiring
.
Adabiyot
janrlari
3- topshiriq.
“
Tushunchalar asosida matn tuzish” metodi bo‘yicha matn tuzish.
Quyida berilgan kalit so‘zlar yordamida matn yarating.
Kalit so‘zlar: Pifagor, tenglik,matematik, kasr sonlar, uchburchak, teorema, katet,
gipotenuza, kvadrat, bo‘lish, ko‘paytirish, qo‘shish, ayirish, tub sonlar.
Abdulla Qodiriy
Abdulla Qodiriy 1894 yilda Toshkent
shahrida dehqon oilasida tug’ildi.U avval
madrasada, keyin rus-tuzem maktabida
o‘qidi.
Adibning
ilk
ijodi
1913-1914
yillarda boshlangan bo‘lib, dastlab u shoir
sifatida qalam tebratgan. Uning “Ahvolimiz”, “Millatimga”, “To‘y”, “Fikr aylagil”
(1914-1915) kabi she’rlari “Sadoi Turkiston” gazetasi va “Oina” jurnalida bosilgan.
A.Qodiriy bu she’rlarida millatdoshlarini jaholat va hurofotga qarshi kurashga
chaqirib, ma’rifatparvar shoir sifatida maydonga chiqqan. Bu yillarda u “Baxtsiz
kuyov” (1915), “Hech kim bilmasin” kabi sahna asarlarini ham yozgan. Uning
“Juvonboz” (1915), “Uloqda” (1916) kabi hikoyalarida o‘z xalqini savodli, bilimli,
madaniyatli va ozod ko‘rish istagi sezilib turadi.
Adib dastlabki asarlarini turli taxalluslar ostida e’lon qilgan. Shu
taxalluslardan biri va xalq o‘rtasida mashhur bo‘lgani Julqunboydir.
1924 yili Abdulla Qodiriy Moskvaga borib, Jurnalistlar institutida tahsil oldi.
Moskvadan qaytib, “Mushtum” jurnalida ishlay boshladi. Qodiriy “Mushtum”
jurnalining asoschilaridan sanaladi, u mazkur jurnal nashriyotida ancha yil mehnat
epik
qildi. Uning “Toshpo‘lat tajang nima deydi?” va “Kalvak mahzumning xotira
daftaridan” turkumidagi hajviy hikoyalari shu jurnalda ilk bor bosildi.
1925 yilda bosilib chiqqan Qodiriyning “O‘tgan kunlar” romani o‘zbek
adabiyotidagi dastlabki yirik nasriy asarlaridan biridir. Asarda XIX asrning 1-
yarmidagi xalqimiz hayoti aks etadi.
1928 yilda Qodiriyning yana bir romani “Mehrobdan chayon” nashr etildi.
Muallif unda Turkistonning eng so‘nggi xonlaridan biri Xudoyorxon davri
voqealarini aks ettirdi.
1934 yilga kelib, A.Qodiriy qishloq xo‘jalik mavzuiga bag’ishlanagan “Obid
ketmon” qissasini yaratdi. Undan tashqari, u Gogolning “Uylanish” komediyasi va
G’arb yozuvchilarining satirik hikoyalarini o‘zbek tiliga tarjima qildi.
Qodiriyning mazkur asarlari xalqimiz tomonidan hamon sevib o‘qib
kelinadi.Ular asosida badiiy filmlar suratga olingan.Yoshlarimiz Qodiriyning
Anvar, Ra’no, Otabek va Kumush kabi qahramonlariga o‘xshashni orzu qilishadi.
Sevimli yozuvchimiz qatag’onga uchrab, 1939 yilda vafot etgan.
Istiqlol yillarida adib xotirasi yanada e’zoz topdi. Endilikda Toshkent Davlat
san’at instituti, metro bekati va boshqa ko‘plab muassasalar Qodiriy nomi bilan
atalgan.
Matn yuzasidan savol va topshiriqlar.
1.Matnni o‘qing. Matn bo‘yicha savollar tuzing.
2.Matn mazmunini gapirib bering.
3.Yozuvchining birorta asari qahramonini ta’riflab bering.
5-topshiriq.
Badiiy asar tur va janrlari raqamlarini jadvalning javob
raqamlar qismiga yozing.
1)
G’azal; 2) Komediya; 3) Ruboiy; 4) Qissa; 5) Fard; 6) Hikoya; 7)
Tragediya; 8) Roman; 9) Qo‘g’irchoqbozlik; 10) Qasida; 11) Drama; 12)
Ocherk
Javob raqamlar
Badiiy asar tur va janrlari
Epik asarlar
Lirik asarlar
Dramatik asar
Do'stlaringiz bilan baham: |