Mavzu yuzasidan mashq va topshiriqlar
1- topshiriq. Konseptual jadvalni to‘ldiring.
Nutq uslublari
|
Terminlar
|
Yozma nutq
|
Dialek tizmlar
|
Badiiy vositalar
|
Badiiy
uslub
|
|
|
|
|
Ilmiy
uslub
|
|
|
|
|
So‘zlashuv uslubi
|
|
|
|
|
Rasmiy
uslub
|
|
|
|
|
Publitsistik uslub
|
|
|
|
|
1- mashq. Matnni ko‘chiring. Qaysi nutq uslubiga mansub ekanligini va o‘ziga xos uslubiy vositalarini aniqlang.
Atomlar kimyoviy bo‘linmaydigan zarralardir. Bir xil turdagi atomlardan tashkil topgan moddalar oddiy moddalar deyiladi. Ularga vodorod va kisloroddan tashqari grafit, oltingugurt hamda barcha turdagi metallar: temir, mis, magniy va boshqalar kiradi. Har xil turdagi atomlardan tashkil topgan moddalar murakkab moddalar deyiladi. Suv, karbonat angidrid, mis (II) oksidi shular jumlasidandir.
2- mashq. Matnni o‘qing, uni uslubiy jihatdan tahlil qiling. Gaplarni qaysi nutq uslubiga mansubligini va o‘ziga xos uslubiy vositalarini aniqlang.
Ultra tovushlar kashf etilgunga qadar har qanday tovushni qabul qilish vositasi insonning eshitish a’zosi bo‘lgan quloq deb hisoblangan. Tovush to‘lqinlarining vujudga kelishi va tarqalishi bilan bog‘liq hodisalar akustik hodisalar deb yuritiladi. Hozirgi paytda tovushning havodagi tezligi normal sharoitda 33m/sekundga teng bo‘lsa, suvdagi tezligi 1500 m/sekund, po‘latda esa 6000 m/sekund ekanligi o‘lchov asboblari yordamida aniqlangan.
3- mashq. Quyidagi so’zlarasosida ilmiy matn tayyorlang. Tayyor maningizda qo’llanilgan til vositalarini toping va tahlil qiling.
Til, nutq, madaniyat, kishilar ongi, tafakkur, tushuncha, borliq, ijtimoiy,hodisa, tabiiy, jarayon, soflik, aniqlik to’rilik, maqsadli, bilish, o’rganish, odob, aql, mantiqiylik, izlanish, o’qish, og’zaki, yozma, shakl, iborat.
2- topshiriq. Klaster usuli orqali ilmiy uslub janrlarini ko’rsating.
Ilmiy uslub
3- topshiriq. Termin so’ziga sinkveyn tuzing.
1.Bir so’z
2.Ikkita sifat
3. uchta fe’l
4. To’rt so’zdan iborat gap
5. Birinchi so’zga sinonim
Уй вазифаси.
4- mashq. Quyidagi matnni o’qing. Uni ma’no jihatdan qismlarga ajrating va reja tuzing.
Matndagi tayanch so’z, ibora va terminlarniyozib chiqing.
Tayanch so’zlar:ekologiya, texnika taraqqiyoti, tabiat, ... .
Ekologik muammolar
Aholi sonining yildan yilga oshib borishi sanoat va transportning rivojlanishi, fan -texnikaning taraqqiy etishi, insonning biosferaga ko‘rsatayotgan ta’sir doirasini kengaytirib bormoqda. Bu esa o‘z navbatida u yoki bu ekologik muommolarning kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda.
Ekologik muammo deganda insonning tabiatga ko‘rsatayotgan ta’siri bilan bog‘liq holda tabiatning insonga aks ta’siri, ya’ni uning iqtisodiyotiga, hayotida xo‘jalik ahamiyatiga molik bo‘lgan jarayonlar, tabiiy hodisalar bilan bog‘liq (stixiyali talofatlar, iqlimning o‘zgarishi, hayvonlarning yalpi ko‘chib ketishi va boshqalar) har qanday hodisa tushuniladi. Ekologik muammolar 3 guruhga bo‘linadi.
1. Umumbashariy (global)
2. Mintaqaviy (regional)
3. Mahalliy (lokal)
Dunyo bo‘yicha kuzatiladigan tabiiy, tabiiy antropogen yoki sof antropogen hodisalar umumbashariy muammolar deb qaraladi. Ana shunday umumbashariy muammolarga ba’zi bir misolar keltirish mumkin:
Ozon qatlamining siyraklanishi. Ozon qatlami atmosferaning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi, u iqlimga va yer yuzasidagi barcha tirik organizmlarni nurlanishdan saqlab turadi. Ozon quyosh nurlari ta’sirida kislorod, azot oksidi va boshqa gazlar ishtirokida hosil bo‘ladi. Ozon kuchli ultrabinafsha nurlarni yutib olib, yer yuzidagi tirik organizmlarni himoya qiladi. Ultrabinafsha nurlarning ortishi tirik organizmlarga salbiy ta’sir etadi. Ultrabinafsha nurlar ta’sirida nurlanish odamlarda terining kuyishiga olib keladi. Bugungi kunda teri raki bilan kasallanish ushbu nurlar ta’sirida kelib chiqayotganligi aniqlangan.
Chuchuk suv muammosi. Chuchuk suvning biosferadagi roli juda katta. Gidrosferada chuchuk suv miqdori juda oz bo‘lib, u 2,8 % ni tashkil etadi. Chuchuk suv zahirasi asosan qutblardagi muzliklardir.
Jamiyatning rivojlanishi bilan aholining chuchuk suvga bo‘lgan talabi ortib bormoqda. Bizning asrimizda chuchuk suvdan foydalanish 7 marta ortgan. Yiliga 3 – 3,5 km3 suv sarflanmoqda. XXI asrga borib ushbu ko‘rsatkich 1,5 – 2 marta ortish imkoniga ega. Daryolarning umumiy yillik oqimi yer yuzi bo‘yicha 50 ming km3. Ammo bunday foydalanishda chuchuk suv yetishmasligi aniq.
Qurg‘oqchil mintaqalarda daryolardan to‘liq foydalanilganda ularning suvi yetmay qolmoqda. 1980 yillarda bunday holat Afrika, Avstraliya, Italiya, Ispaniya, Meksika davlatlari, Nil, Sirdaryo, Amudaryo va ba’zi bir boshqa daryolarda kuzatila boshlandi. Daryolarning sanoat va maishiy zaharli moddalar bilan ifloslanishi o‘sib bormoqda. Sanoat yiliga 160 km3 sanoat oqova suvlarini daryolarga tashlaydi. Bu ko‘rsatkich daryolarning umumiy suv miqdorining 10 % ni, ba’zi rivojlangan mamlakatlarda 30 % ni tashkil etadi. Daryo toza suvlarida yildan yilga har xil erigan moddalar, zaharli kimyoviy moddalar va bakteriyalarning miqdori ortib bormoqda.
Tirik tabiatdagi o‘simlik va hayvon turlari sonining qisqarishi muammosi. Yer yuzidagi hayotni ta’minlashda o‘simliklar dunyosi, ayniqsa, o‘rmonlarning ahamiyati beqiyosdir. Hozirgi vaqtda yer yuzi quruqligining 25 % ni o‘rmonlar tashkil etadi. Ular shimoliy yarim sharda va tropik mintaqalarda tarqalgan. Biroq hozirgi kunda o‘rmonlarning holatini yaxshi deb bo‘lmaydi. Chunki, har yili 3 mlrd. m3 hajmda o‘rmonlar qirqilmoqda. FAO ma’lumotlariga ko‘ra bu ko‘rsatkich yaqin yillar orasida 1,5 martaga ortishi mumkin.
Insoniyatni, ayniqsa, tropik va subtropik o‘rmonlar muammosi tashvishga solmoqda. U yerlarda yiliga dunyo miqyosidagi qirqilishi kerak bo‘lgan o‘rmonlarning yarmidan ko‘pi kesib tashlanmoqda. 160 mln. gektar tropik o‘rmonlar vayron bo‘lgan, atiga yiliga 11 mln. gektar maydon tiklanmoqda. Floraning kamayib ketishi «Qizil kitob» yaratilishiga sabab bo‘ldi.
Matn yuzasidan savollar:
1. Matn mazmuni haqida qanday fikrdasiz?
2.Ekologik muammolarning qanday guruhlarini bilasiz?
3. O’zbekiston hududida ularning qaysi turlari kuzatiladi?
3. Tabiat haqida xalq maqollaridan namunalar yozing.
4-topshiriq. “Qanday?” sxemasini to‘ldiring
Davrimizning qanday global muammolari bor ? Ularni qanday bartaraf qilish mumkin?
Davrimizning qanday global muammolari bor?
Qanday?
Qanday?
Qanday?
Vizual axborotlar.
Biz qanday ko'ramiz: vizual munosabatlar. Har safar biz ma’lumotlarni ko'rish orqali qabul qilganimizda, o'zimiz ko'rayotgan narsalarning o'xshash va farqli tomonlarini aniqlashga harakat qilamiz. Buning yordamida obyektlarni obrazlar orqali ajratish mumkin, balki ularning ahamiyatini ham tushunish mumkin. Masalan, ranglardagi farq oldimizda 2 ta turli obyekt borligini anglatadi, masshtablardagi farq shuni anglatadi-ki, bir obyekt boshqasiga nisbatan bizdan uzoqroqda joylashgan va h.k. Obyektlar o'rtasidagi munosabatni bizning miyamiz tahlil qilgandan keyin, obrazning barcha qismlarini yaxlitlaymiz hamda nimani ko'rayotganimizni tushunamiz.
Bu jarayon bizning obyektlarni ko'rish yordamida guruhlash qobiliyatimiz yordamida yanada tezlashadi. Biz o'simlik bargini kuzatayotganimizda, atrofdagi obyektlarni, (xuddi shunday rang, shakl, o'lcham va holatda) birgalikda guruhlanadi, bu bilan “ko'lmak” tushunchasi yaratiladi. Shu bilan birga biz barcha o'simliklarni bir-biri bilan taqqoslaymiz.
Qabul qilishning bu prinsiplari biz axborotni qanday guruhlashni tushunishimiz uchun kalit vazifasini o'taydi. Masalan, yonma-yon joylashgan obyektlar sifatida, biz ularni yaqinlik belgisi yordamida guruhlaymiz, xuddi shunday bir xil obyektlarni o'xshashlik belgilari bilan guruhlaymiz.
Yaqinlik, o'xshashlik, oradagi masofa, tugallanganlik.Ammo, vizual axborotning psixologik jihatlarini tushunish samarali vizual obraz yaratish uchun yetarli emas. Buning uchun biz quyidagilarni tushunishimiz zarur:
- Bu jihatlarni (aspektlarni) biz o'z ishimizda qanday ishlatishimiz mumkin?
- Qanday vositalar yordamida obyektlar har xil bo'ladi?
Variantlar ko ‘p bo‘lishiga qaramay, obyektlarga vizual tasvir berishning 5 ta bosh kategoriyasi mavjud:
Bu kategoriyalardan biri bo'yicha obyektning o'zgarishi vizual kontrast yaratadi. Ikki obyekt o'rtasidagi kontrast qanchalik kuchli bo'lsa, ularni 2 ta alohida o'zaro bog'liq bo'lmagan obyektlar sifatida qabul qilinadi.
Boshqa elementlar “iyerarxiyasi" butun kompozitsiya bo'ylab ko'z yuritadi, syujetga o'z qo'shimchalarini kiritadi. Har bir elementning holati ko'rayotgan shaxsga yaxlit kartinada bu elementning muhimlik darajasi to'g'risida axborot beradi.
Sirkning vizual jihatdan dominant bo'lgan reklama plakatidagi eng qiyin element - bu artistlar va sarlavhani tasvirlashdir. U umumiy kartina yaratadi, ya’ni - shaharga sirk keldi. Kamroq darajada dominant bo'lgan yangiroq elementlar - biletning narxi va namoyish ishtirokchilarning ro'yxati. Agar iyerarxiya boshqacharoq bo'lsa, ko'pchilik shaharga sirk kelganini tushunmagan bo'lar edi. Tartibga solingan iyerarxiya nafaqat axborotni qabul qilish tartibini belgilaydi, balki sahifaning tarqoq elementlarini birlashtirishga ham yordam beradi. Shunday qilib, tartib va balans tuyg'usi paydo bo'ladi. Vizual iyerarxiyasiz ^^ sahifaning har bir elementi foydalanuvchining diqqatini tortadi, natijada tarqoq e’tibor yo'qoladi.U yoki bu elementning iyerarxiyasidagi holati siz nimani aytishni xohlayotganingizga bog'liq bo'ladi.
Sahifaning u yoki bu elementi yukini kamaytiramiz. Bu bilan biz sahifani ko'rayotgan shaxsning diqqatini jalb qiladigan yo'lni belgilaymiz. Elementning vizual og'irligi o'ziga qaratilgan ko'z qarashning e’tibor darajasi yoki qiziqarliligi bilan o'lchanadi.
Masalan, qizil rangli yirik sarlavha, oq fon bilan ko'proq kontrast paydo qiladi (och kulrang nuqtaga nisbatan). Qizil sarlavha ko'proq og'irlikka ega, chunki u birinchi bo'lib qarayotgan shaxsning diqqatini jalb qiladi. Ammo u chapdagi suratdan ko 'ra ko 'proq diqqatni ushlab tura olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |