Mavzu: Yurak- qon tomir va nafas tizimlari kasalliklarida tibbiy reabilitatsiya



Download 1,54 Mb.
bet8/12
Sana20.04.2020
Hajmi1,54 Mb.
#45996
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Fizioterapiya 3-mavzu

Bronxial astma . Bronxial astma kasalligi ekspirator nafas siqilishi (bo‘g‘ilish) tutishi (pristupi) bilan xarakterlanib (ta'riflanib), bronxlar va kichik bronxlarni ichining torayishi va ularda ekssudatning paydo bo‘lishidan kelib chikishidir.

Shifobaxsh jismoniy tarbiyasini qo‘llashga qarshi dalillar:

nafas olish va yurak funksiyalarining yetishmasligi,

tana xaroratining ko‘tarilishi (37°).

ShJT ning vazifalari:

bronx va bronxiollarni spazmini (qisilishini) kamaytirish va yo‘qotish, o‘pkaning ventillyasiya va drenaj funksiyalarini yaxshilash nafas olish muskullarini mustaxkamlash va ko‘krak qafasini ko‘zgaluvchanligini oshirish, o‘pka emfizemasining (kengayishining) o‘sishini oldini olish,to‘qimalar-da kon va limfa aylanishlarni yaxshilash, markaziy asab sistemasida tormozlanish va qo‘zgalish jarayonlarini vazminligini tiklash, usib boruvchi jismoniy xarakatlarga moslashish butun organizmni sog‘aytirish va mustaxkamlash. Shifobaxsh jismoniy tarbiyasi usuli bemorning yoshi, xolatining og‘irligi, nafas siqilishining tezligi, kardiorespirator sistemalarining funksional xolatiga karab yakka tartibda tuziladi.

Qo‘llanadigan dastlabki xolatlar:

krovatning bosh tarafini ko‘tarilgan xolatda orqada yotish, stulning suyanchigiga suyalib utirish, bu esa ko‘krak qafasini yaxshi ekskursiya bo‘lishiga yordam beradi va nafas chiqarishni yengillashtiradi.Nafas olish gimnastikasi (ko‘krak, diafragmal, tovushli), oddiy gimnastika mashklari va orqani massaj kilish ishlatiladi.

Kichik guruxli vv guruxli darslar kuyidagi dastlabki xolatlarda o‘tkaziladi: o‘tirgan stulni ushlab turgan va turgan xolatlar.

Darslar kuyidagi shakllarda o‘tkaziladi: davolash gimnastikasi muolajasiertalabki badantarbiya, bemorlarga beriladigan o‘ziga xos topshiriqlar, dozali sayr qilish.

Davolash gimnastika muolajasi darslarida quyidagi maxsus mashqlar qo‘llaniladi: nafas olish mashqlari nafas chiqarishni uzaytirgan xolda, unli va undosh xarflarni aytib, diafragmal nafas olish, qo‘l muskullarini bo‘shashtirish uchun mashqlar, korin muskullarini mustaxkamlaydigan mashqlar.Nafas olishning ritmini, chukur nafas olish va nafas chikarish davomatining oshirishini tiklaydigan maxsus nafas olish mashqlaridan tashkari darslarga oddiy, yengil bajariladigan gimnastika mashqlari, quyidagi ko‘rinishlarda oyok va qo‘llarning bukilishi, yozilishi, keltirish- qaytarish, aylantirish mashqlari, shuningdek tananing yozilishi,oldinga va yon tomonga engashish mashqlari kirgizilishi kerak.Asta-sekin kuchlantiruvchi (medbollar, gantellar) snaryadlar bilan (gimnastika yog‘ichi va koptoklar) va snaryadlarda (gimnas­tika narvoni va skameykalari) mashqlari qo‘shiladi.Ko‘krak qafasi qovurg‘alar orasi, bilak va orqa muskullarini massaj qilish tavsiya etiladi. Bemorniig kasalxonadan chiqqanidan so‘ng shifobaxsh gimnastika darslarini shifokor nazorati ostida poliklinika yoki shifokorlik jismoniy tarbiya dispanserida davom etiriladi.Shifobaxsh gimnastika bilan birga dozali eshkak eshish, chang‘ida va konkida yurish, yugurish, suzish, volleybol, basketbol, terrenkur za boshkalar qo‘llanishi kerak.


Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish