-
- Kalit so’zlar: energetika, elektrlashtirish, tarmoq, uzgichlar, podstantsiyalar, qisqa tutashuv toklari, kam moyli, vakumli.
- Uzgichlar podstantsiyalarda asosiy kommutatsion apparat xisoblanib, ular liniyalarni istalgan rejimlarda uzib ulash va liniyalarni o'ta yuklanish va qisqa tutashuv toklaridan ximoyalash uchun xizmat qiladi. Qisqa tutashuv toklarini uzish va mavjud qisqa tutashuv toklariga ulash eng og'ir mahsuliyatli operatsiya xisoblanadi shulardan kelib chiqib
- Yuqori kuchlanish uzgichlariga quyidagi talablar qo'yiladi:
- - belgilangan kattalikdagi toklarni ishonchli uzish;
- - tez tahsir etish, yahni uzish vaqtining eng kichik bo'lishi;
- - avtomatik qayta ulash uchun yaroqligi, yahni uzgichni uzilgan zaxoti qayta tez
- ulash
- - kontaktlarni qarash va reviziya qilish qulayligi;
- - yong'in va portlashga xavfsizlik;
- - transportirovka qilish va ishlatishning qulayligi.
- Kam moyli uzgichlar xozirgi kunda barcha kuchlanishdagi ochiq va yopiq taqsimlash qurilmalarida keng qo'llaniladi. Bu uzgichlarlarda moy asosan yoyni so'ndiruvchi sifatida ishlatilib, faqat ajralilgan kontaktlar orasida qisman izolyasiya muxiti bo'lib xizmat qiladi. Tok o'tkazuvchi qisimlar bir-biridan va yerga tutashtirilgan konstruktsiyalardan chinni yoki boshqa qattiq izolyasiyalovchi materiallar yordamida izolyatsiyalanadi. Xona ichiga o'rnatish uchun uzgichlarning kontaktlari po'lat bochkada joylashadi. Kam moyli uzgichlar chinni korpusga ega 610 kV li osma tipdagi uzgichlar eng ko'p tarqalgan bo'lib bu uzgichlarda uchchala qutublar uchun krpus chinni izolyatorlarda umumiy ramkaga maxkamlanadi. Har bir qutubda kontaktlarning bitta uzilishi va yoy so'ndiruvchi kamera nazarda tutilgan
- Kam moyli uzgichlarning kamchiliklari: yong'in va portlashga xavfliligi, tez ishlovchi avtomatik qayta ulashni tashkil etib bo'lmasligi, moyni tez-tez nazorat qilib, uni almashtirib turish zarurligi, nisbatan kichik uzish qobiliyatiga egaligi.
Vakuumli uzgichlar ochiq va yopiq taqsimlash qurilmalarida va komplekt taqsimlash qurilmalaring yacheykalarida qo'llaniladi va u yuradigan aravachaga montaj qilinadi. Bunday uzgichlar 2000 A li uzish tokiga mo'ljallangan. Vakuumli uzgichlarning asosiy afzalliklari - konstruktsiyasi sodda, yuqori uzish qobiliyatiga ega, tashqariga o'rnatishga yaroqli tashqi muxit omillariga chidamliligidir.
Yuqoridagilarga asoslangan xolda xozirda ishlab turgan podstantsiyalarni o'timal ish rejimlarida ishlatish va barcha elektr qurilmalarni energiya tejamkor zamonaviy ti'lariga o'zgartirish talab etiladi. Jadvalda manan eskirgan kam moyli va zamonaviy ti'dagi vakuum uzgichlarni texnik parametrlari va ularga qo'yilgan talablar keltirilgan.
- Vakuumli uzgichlarning asosiy afzalliklari - konstruktsiyasi sodda, yuqori uzish qobiliyatiga ega, tashqariga o'rnatishga yaroqli tashqi muxit omillariga chidamliligidir.
- Yuqoridagilarga asoslangan xolda xozirda ishlab turgan podstantsiyalarni o'timal ish rejimlarida ishlatish va barcha elektr qurilmalarni energiya tejamkor zamonaviy ti'lariga o'zgartirish talab etiladi. Jadvalda manan eskirgan kam moyli va zamonaviy ti'dagi vakuum uzgichlarni texnik parametrlari va ularga qo'yilgan talablar keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |