Mavzu: yunon-baqtriya madaniyati



Download 313,5 Kb.
bet3/3
Sana05.07.2022
Hajmi313,5 Kb.
#740429
1   2   3
Bog'liq
MADANIYAT

«Shohlar shohi» deb e`lon qilgan.Shuhon podhlogi tashkil topgach u Parfiya bilan zafarli urushlar olib boradi. Kanishka davrida Qashqar, Yorkent va Xutan ham Kushon saltanati tarkibiga kiradi. Shu davrda Kushon saltanatining yerlari Hindistondan Orol dengizigacha, Parfiyadan Xutongacha yoyilgan edi. Bu davrda Kushonlaf saltanatining poytaxti Baqtradan Peshavarga ko`chirilgan.Aynan Kushon podsholigiga ham Baqtrya asosan tasir o’tkazgan.Unda Baqtryada bo’lgan siyosiy tizim joriy qilingan..
Xo’jalik rivojlangan davrida xo`jalikning hamma tartnoqlari rivoj topdi. Gang, Hind, Oks, Jamna kabi katta-kichik daryolarning bo`ylaridagi unumdor yerlar dehqonchilikning markazlari edi. Yunon Baqtrya davrida suv omborlari, kanallar, ariqlar va suv inshootlari qurilishiga katta e`tibor berilgan. Ziroatkorlar bug`doy, arpa, sholi, g`o`za, tariq, kunjut, mosh, no`xat kabi dan mo`1 hosil olganlar. Dehqonlar podsholikning O`rta Osiyo qismida qovoq, bodring, qovun, tarvuz ekib polizchilik bilan shug`ullanganlar. Podsholikning ko`p joylarida, ayniqsa tog` va tog` oldi yerlarida, bog`bonlar olma, nok, o`rik, gilos, shaftoli, anor, anjir kabi mevali daraxtlarni ekib parvarish qilganlar. Kushonlar pod-sholigi davrida chorvachilik ham ancha rivoj topadi.
Baqtrya davrida hunarmandchilik ham rivoj topgan. Podsholikda temirchilik, to `qimachilik,ozlik, me`morchilik, zargarlik, kemasozlik ancha rivoj topgan edi. Hunarmandchilikning yirik markazlari – shaharlar va yirik qishloqlar bo`lgan.
Baqtrya davrida savdo-sotiq ham rivoj topgan edi. Hind savdogarlari «Buyuk Xitoy yo`li» va boshqa savdo yo`llarining tarmoqlari orqali Xitoy, O`rta Osiyo, Old Osiyo mamlakatlari bilan savdo qilganlar.
Yunon Baqtrya podsholigida juda ko`p xalqlar va elatlar yashaganlar. Shuning uchun ularning madaniyati rang-barang bo`lgan. Bu narsa tasviriy san`atda, diniy e`tiqodda ham o`z aksini topgan. Yunon Baqtrya podsholigidagi qabila va elatlar buddizm, zardushtiylik va ibtidoiy din shakllariga e`tiqod qilganlar.
Yunon Baqtrya 
vv. XVIII asrdan er.avv. II asrgacha davom etdi. Yunonlar o'zlarining vatanini Ellada deb ataganlar. qadimgi Yunon madaniyatining eng yuqori darajaga ko'tarilgan davri er.avv. V-IV asrlarga to'g'ri keladi. qadimgi Yunon madaniyati jahon madaniyati tarixida favqulodda hodisa sifatida o'zini namoyon etdi.Yunonlar uchun erkinlik eng yuqori qadriyat hisoblanib, uning uchun hatto o'limga ham tik borganlar. Leonid jasorati yoki Prometey haqida afsona bunga misoldir.Insonni tarbiyalash uchun ikki yo'nalish bo'yicha ta'lim tizimi vujudga keltirilgan: a) «gimnastika»; va b) aqliy yo'nalishdagi barcha madaniyat turlari, chunonchi, tabiiy fanlar, falsafa, notiqlikni o'rganish. Ozod yunonlarning bolalari 7 yoshdan boshlab boshlang'ich maktabga borganlar . Badavlat xalq kishilarning bolalari esa 18 yoshgacha bolalar gimnaziyalarda o'qishni davom ettirganlar. Bolalar maktablarda chiroyli yozishga, aniq va ravon so'zlashga o'rgatilgan. Ular Gomer, Gesiod va boshqa shoirlarning she'rlarini va dostonlarini yod olganlar. Yunonlar ashula aytish, raqsga tushish, lira sozini chalishni bilmaydiganlarni o'qimishli deb hisoblamaganlar.Bolalar ulg'aya borgan sari yugurish, kurashga tushish, sakrash, disk, nayza otish va qilich chopish bilan shug'ullanganlar. Shu tariqa,ularni vatan himoyachilari sifatida tayyorlangan.
Qadimgi Yunon madaniyati beshta davrga bo'linadi:
1)Egey madaniyati ( er.avv. 2800-1100 yillar).
2)Gomer davri (er.avv. XI-IX asrlar);
3)Arxaik madaniyat davri (er.avv. VIII-VI asrlar);
4)Klassik (yuqori darajadagi)davri (er.avv. V-IV asrlar);
5)Ellinizm davri (er.avv. 323-146 yillar).
Egey madaniyatini ko'pincha Krit-Miken madaniyati deb ham atashadi. Bu
3ning sababi Krit oroli va Miken Yunon madaniyatining asosiy markazlari sanalgan. Shuningdek bu davrni afsonaviy podsho Minosning nomi bilan Minoy madaniyati deb ham atashadi.Eramizdan avvalgi uch minginchi yillarning oxiri, ikki minginchi yillarning boshlarida Krit orolida Knoss, Festa, Mali va Kato-Zakro shahar davlatlari vujudga keldi. Shaharlarning tutgan o'rnini hisobga olinib, ba'zida ularni «Saroy madaniyati» deb ham atashadi. Bu davrda asosiy mashg'ulot qishloq xo'jaligi bo'lib, bunda don, uzum, zaytun yetishtirilgan. Xo'jalikda chorvachilik, xunarmandchilik va savdo ham muhim o'rin tutgan.
XI-IX asrlarning Gomer asri deb atalishi sababi shuki, bu davrni yoritib beruvchi asosiy manba Gomerning «Odisseya», «Illiada» dostonlari bo'lgan. Bu davrda davlatchilik, shahar – saroy turmush madaniyati va yozuv yo'q bo'lib boradi, mehnat qurollarini temirdan yasashga o'tilishi natijasida mehnat unumdorligi ancha o'sadi, dehqonchilik va chorvachilik rivoj topadi.Savdo-sotiqda esa ayirboshlash vositasi qoramollar hisoblangan. Arxaik davrga xos xususiyatlari shundani boratki ki, Yunonistonda uch asr davomida qishloqdanshaharga,urug'-qabilachilik, urug’chilik patriarxatning munosabatlaridan klassik qulchilik bosqichiga o'tish uchun zamin yaratildi.
«Gretsiya mo''jizasi» nomi bilan tarixga kirgan klassik davrda (er.avv. V-IV asrlar) qadimgi yunon sivilizatsiyasi va madaniyati yashnab eng yuqori cho'qqiga chiqdi. Bu davrda yunonlar eronliklar ustidan g'alabaga erishgach, iqtisodiyot, savdo keng rivojlanadi. Afina O'rta Yer dengizida eng katta savdo markaziga aylanadi. Afina, Misr, Karfagen, Krit, Suriya, Finikiyaliklar bilan savdo aloqalarini olib boradi.Xuddi shu davrlarda «Tarix fanining otasi» Gerodot (er.avv. 490-430 yy), atom nazariyasining asoschisi Demokrit (er.avv. 460- 370 yy), mashhur tabib, 72 ta kitob muallifi Gippokrat (er.avv. 460-375 yy) kabi mashhur olimlar yashab ijod qilganlar.Taniqli arxitektura inshootlari ichida dunyoning yetti mo''jizasidan biri Efesdagi Artemida ibodatxonasi bo'lib, unga yovuzlik timsoli bo'lmish Gerostrat tomonidan o't qo'yilgan edi. qayta tiklangan ibodatxona qurilishida haykaltaroshlar Praksitel va Skopaslar tomonidan ishlangan 127 ta ustun ajoyib haykallar va rasmlar aks ettirilgan edi.
Qadimgi Yunon madaniyatidagi teatr sohasida tragediya, komediya janrlarining paydo bo'lishi va ravnaqi muhim voqea hisoblanadi. Yunon teatri qishloq xo'jaligi xomiysi bo'lgan Dionis sharafiga o'tkaziladigan bayramlar vaqtida ijro etiladigan xalq qo'shiqlari va o'yinlari asosida vujudga kelgan. Dionis bayramlari toklar, daraxtlar barg chiqargan bahorda va kuzda o'tkazilgan. «Tragediyalar otasi» Esxil (525- 458 yy) 90 dan ortiq tragediya yozgan. Esxil o'z tragediyalarida afsonaviy voqealardan foydalangan bo'lsada, ularda o'z davrining muhim masalalari keng o'rin tutgan.Yana bir buyuk tragediya shoirlaridan biri Sofokl (496-406yy) bo'lib, u 120 dan ortiq tragediyalar yozgan. Ulardan bizgachaagediya janri bilan birgalikda komediya1 janri ham vujudga kelib, rivojlanadi. Komediya janrining otasi Aristofan (450-388 yy) bo'lib, uning asarlari sodda, tushunarli, xalq tilida yozilgan va hayotning muhim masalalari, jumladan, tinchlik muammosi aks ettirilgan. Jumladan, uning «Tinchlik», «Ayollar xalq yig'inida», «Suvoriylar» asarlari o'z davrida mashhur bo'lgan.
Qadimgi Yunon madaniyatining sunggi davri-bu Ellinizm (323-146yy.) dir. Bu davrda madaniyatning ba'zi sohalarida, jumladan, filsafada erishilgan yutuqlar darajasidan pasayish holatlari yuz beradi. Bu davrda yunon madaniyatining boshqa mamlakatlarga, jumladan, O'rta Osiyoga ta'siri kuchayadi. hatto bu jarayon Yunonistonning Rimga qaram bo'lganidan keyin ham davom etadi. Rim Yunonistonni siyosiy jihatdan tobe etadi.Bu davrda arxitektura sohasida ko'plab hashamatli saroylar, kutubxonalar, gimnaziyalar, uy-joylar qurildi. Jumladan, Aleksandriyada 799 ming o'ramli kitoblar turadigan kutubxona qurilgan. Arxitektor Sostratning loyihasi asosida dunyoning yetti mo''jizasidan biri, 120 metr balandlikdagi Aleksandr mayog'i barpo etilgan.Haykaltaroshlik sohasida ellinizm davrida ba'zida yirik shakllardagi haykallar ham yaratilgan. Xususan, Xeros tomonidan yaratilgan quyosh xudosi Gelios haykali, yoxud dunyoning yetti mo''jizasidan biri 36 metr balandlikda bo'lgan Rodos orolidagi Koloss Rodosskiy haykali bunga misoldir (mazkur haykal yer silkinishlari natijasida qulab tushgan). O'sha davrda yaratilgan Afrodita (Venera), Milosskaya va Nika Samosskaya haykallari hozirgacha dunyo madaniyatining noyob durdonalari hisoblanadi.
1.Sodiqlik er.avv. V asrda ibodatxona qurilgan bulib, unda (fuqarolar o'rtasidagi munosabat, askarlarning o'z boshliqlariga sodiqligi-yorqin aks ettirilgandi);
2.Jasorat – o'z ishini bajarishda botirlik, har xil aldov va va'dalarga berilmaslik, sotilmaslik;
3.Shon-shavkat – jasorat uchun taqdirlanish va ulug'lanish;
4. Erkinlik – 238 yili unga atab ibodatxona qurilgan.
Bularga misollar:
1.Yuniy Brut haydab yuborilgan podsho Tarkviniya tomonidan uyushtirilgan suiqasdda qatnashgani uchun o'z o'g'illarini o'limga hukm qilib o'ldirtirgan.
2. Mutsiy Ssevola – Etrussk podshosi Parsenaning harbiy lageriga josuslik maqsadida borganida qo'lga tushib, o'z irodasining qat'iyligini ko'rsatish uchun o'z qo'lini olovda kuydirgan edi.Rimliklar nisbatan jangovor bo'lganlar va harbiy jasorat ular uchun oliy qadriyat hisoblangan. Jangchilarning bosqinchilik yurishlari tufayli Rim imperiyaning poytaxtiga aylandi. Rim huquqi, ajoyib yo'llar, turar joylar, jamoat uylari Rimning ulkan yutuqlari hisoblangan. Davlat qurilishi sohasida respublika va imperiya boshqaruvi shakllari yaratilib, bular takomillashtirib borilgan.Rimliklarning dam olishi ham asosan bir xil bo'lgan: hammomlarga borish va u yerdagi mashqlar maydonchalarida bo'lish, falsafiy sohada suhbatlar o'tkazish, kutubxonalarda shug'ulanish yoki basseynlarda hordiq chiqarish ular uchun odatiy hol bo'lgan.
Milodning I asrida gladiatorlik janglari uchun qurilgan Kolizey amfiteatri o'zining ulkanligi bilan ajralib turgan. Amfiteatrga bir vaqtning o'zida 50 ming tomoshabin joylasha olgan. Amfiteatr arenalariga 11 ming yirtqich chiqarilgan, 10 ming gladiator bir- biri bilan jang qilgan va yirtqich hayvonlar bilan olishgan. Omma yaralangan gladiatorning tirik qolishi yoki o'ldirilishi manzarasini tomosha qilgan.Rimliklar orasida sirk o'yinlari, ayniqsa 4 ta yoki 6 ta ot qo'shilgan ikki g'ildirakli aravalar poygasi mashhur bo'lgan. Rimliklarda quyidagi ommaviy yirik bayramlar bo'lgan:
Saturnaliya – har yili dekabr oyida Saturn xudosiga atalib o'tkaziladigan bayram bo'lib, u karnaval bilan boshlangan, bayram vaqtida tabaqaviy farqlarga rioya qilingan. Kambag'allarga sadaqalar berilgan, bir- birlariga o'zaro tuhfalar ulashganlar. Luperkaliya - xudo Favkaga atalib (chorva homiysi), qadimgi hosildorlik sehrgarligi bilan bog'liq bayram bo'lgan.

Tallashqon yodgorligi to‘liq tadqiq qilingan. Bu yodgorlik doira shaklida bo‘lib, diametri 135 metr, 5 metrli devor bilan o‘ralgan, tashqi tomondan 15 ta burj bilan mustahkamlangan. Qal’a devori hamda burjlarda shaxmat kataklari tarzida qurilgan, ikki qator shinaklar joylashgan. Qal’a darvozasi uzun yo ‘lak shaklda bo‘lib, harbiy jihatdan juda mustahkam. Tallashqon qal’asining ichki qismidagi uylar qal’a devoriga taqab qurilgan, o‘rtasi hovli sifatida ochiq qoldirilgan. Bu erdan ko‘plab o‘q-yoy, temir bo‘laklari, sopol buyumlar va boshqa turdagi hunarmandchilik ashyolari topilgan.
Sho‘rchi tumanida joylashgan Qizilcha, Pishaktepa yodgorliklari ham to‘liq o‘rganilgan. Bu obidalardan ham qadimgi Baqtriya madaniyatiga oid muhim ma’lumotlar olingan. Qadimgi Baqtriya madaniyatining
Turon xalqlari tarixida tutgan o‘rni beqiyosdir, baqtriyaliklar nafaqat o‘zlari rivojlangan san’at, hunarmandchilik va shahar madaniyati sohibi bo‘lganlar, balki bu madaniyatni qo‘shni hududlarga ham tarqatgan. Qarshi vohasidagi Erqo‘rg‘on, Samarqanddagi Afrosiyob va boshqa shaharlar Baqtriya madaniyatining bevosita ta’siri ostida shakllangan. Bu yodgorliklardan Qadimgi Baqtriya madaniyatiga oid hunarmandchilik ashyolari topilgan, hatto shahar qurilish uslublari ham aynan Baqtriya me ’morchiligiga monand.
Baqtriya madaniyati miloddan avvalgi IV asrning 30-yillarida boshlangan Aleksandr Makedonskiy istibdodi oqibatida inqirozga yuz tutadi. Makedoniyalik Aleksandr va uning lashkarboshilari voha aholisini birma-bir qilichdan o‘tkazgan desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Viloyatdagi qadimgi Baqtriya madaniyatiga oid 36 yodgorliqdan 33 tasi bosqinchilar hujumi tufayli yondirilgan va vayronaga aylantirilgan. Kushonlar davri O‘rta Osiyo, Afg‘oniston, Pokiston va Hindiston balki butun dunyo madaniyatining taraqqiyotida alohida o‘rin egallaydi. Bu davrda etnik madaniyati, tili va dinlari har xil bo‘lgan xalqlarningsiyosiyjihatdan birlashishi ayniqsa, muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Turli xalqlar madaniyatining chatishishi natijasida bu erda o‘ziga xos yangi madaniyat shakllandi va rivojlandi. Baktriyada hind madaniyatining, ayniqsa budda dini bilan bog‘liq bo‘lgan san’atning ta’siri orta bordi. Buning asosiy sababi taxminan to‘rt asr davomida Baqtriya va ushonlar podsholigi tarkibiga kirganligi va Kanishka tomonidan budda dinining kushonlar saltanatining davlat dini deb e’lon qilinishidir.
O‘rta Osiyo xalqlari, jumladan baqtriyaliklar orasida din erkinligi mavjud edi. SHuning uchun aholi har hil dinlarga topingan. Baqtriyaaholisi orasida ayniqsa, budda va zardushtiylar diniga e’tiqod qiluvchilar ko‘p bo‘lgan. Bu erda ko‘mish marosimi ham turlicha bo‘lgan.
Chunki har bir din o‘ziga xos ko‘mish qoidalarini ishlab chiqqan. Dalvarzintepa yaqinidan tadqiqotchilar sag‘ana qoldig‘ini o‘rganishlari natijasida, uning eng pastki qatlamida odamlar yotgan holda xumga ko‘milganliklari aniqlangan. O‘rta qatlamda avval daxmada tozalangan odam suyaklari qayd qilingan va o‘rta qatlamda ko‘milgan odamlar zardushtiy diniga mansub kishilar ekanliklari ma’lum bo‘lgan. Shuning uchun ularni zardushtiylarning odatiga binoan ko‘mganlar.
Yuqori qatlamda odamlar bir-birlari ustiga ko‘milganlar. Mazkur sag‘ana miloddan oldingi II-I asrlarda qurilgan bo‘lib, undan kushonlar davrida ham foydalanganlar Kushon davlatida turli dinlarga e’tiqod qiluvchi xalqlarning birlashtirilishi natijasida Kushon shohlari diniy bag‘rikenglikka katta e’tibor holat Kanishka va Xuvishka tangalarida Avestodagi xudolar, Baqtriya va hind aholisining e’tiqod qiluvchi boshqa xudolarining aks ettirilishida ko‘zga tashlanadi.
Ular Otash, Oxsho, Mihra, Moh, Nana, Ardoxsho va boshqalardir. Vima Kadfiz va Vasudeva I tangalarida xindlar xudosi SHiva tasvirlangan. Kushonlar davrida budda dini bilan birga O‘rta Osiyoga hinduizmnig elementlari xam kirib keldiki bular san’atda yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Hinduizm Hindistonda I ming yillik o‘rtalarida vujudga kelgan bo‘lib, o‘zida muqaddas hayvonlarga, tabiat hodisalariga, ajdodlar ruhiga sig‘inish kabi ko‘plab ibtidoiy tasavvurlarni mujassamlashtirgan. Hinduizmning uch asosiy xudosi bo‘lib, h, Brahma va Vishna bo‘lgan. Ularning o‘z vazifalari bo‘lib, SHiva urush xudosi sifatida tasvirlangan.
Vaqtlar o‘tishi bilan Brahmaga sig‘inish deyarli yo‘qolib borib Braxma va SHivaning funksiyalari qo‘shilib ketadi. Shivaga sig‘inuvchilar uni barcha mavjudotlarning yaratuvchisi va vayron etuvchi, abadiy hayot va harakat manbai deb hisoblaydilar. Ko‘plab tadqiqotchilar Shivani chorvalar homiysi va qo‘riqlovchisi deb talqin etadilar.

Shivaga atab Hindistonda ibodatxonalar qurilgan, uning tasviri tushirilgan buyumlar ishlangan. Kushonlar davrida Baqtriya tasviriy san’atiga xam SHiva obrazi kirib keldi. Buni Dilberjindagi xona devorlarining biridagi rasmlardan ko‘rish mumkin. Unda hindlar xudosi SHiva va uning rafiqasi Parvatining ho‘kiz — Nandi ustida o‘tirgani tasvirlangan. Ho‘kiz SHivaning hayotbaxsh kuchini ifodalovchi hayvon bo‘lib, u oyoqlariniyig‘ib yotgan tarzda chizilgan va tanasi oq bo‘yoq bilan bo‘yalgan.


Shiva va Parvati yarim yalang‘och holda tasvirlanganlar.Ularning ikki tomonida ikki odamning rasmi bo‘lgan. Odamlardan birining rasmi deyarli saqlanmagan, ikkinchi odamning tasviri juda yaxshi saqlanib qolgan. Uning egnida uzun oq kiyim. Ko‘ylakning old qismi yo‘l-yo‘l chiziqli bo‘lgan. Uning o‘ng qo‘li yuqoriga ko‘tarilgan.
Ho‘kizning oyoqlari tagida yana bir necha odamlarning rasmi bor. I.T. Kruglikovaning taxminicha, bu rasmlar Kushon shohi Vima Kadfiz zamonida chizilgan.2 Ma’lumki, Kushon shohlaridan birinchi bo‘lib, Vima Kadfiz o‘z nomidan zarb qilingan tangalarning orqa tomoniga SHiva va Nandining rasmini joylashtirgan.
Kopincha Shiva xudosi ho‘kiz tasviri bilan birga ishlangan. Bunday tasvirlar O‘rta Osiyoning kushonlar davri yodgorliklaridan ko‘plab topilgan. Shiva kultining qadimiy Choch hududida vujudga kelishi ham o‘z navbatida O‘rta Osiyoning kushonlar davlati tarkibiga kirishi bilan bog‘liq. Ma’lumki kushonlar davrida Hindistondan buddizmning kirib kelishi bilan birga Shiva e ’tiqodi xam kirib keladi. Choch hududlarida yashagan chorvador qabilalar orasida Shivaning ho‘kiz bilan birga ishlangan tasviri chorvalar homiysi va qo‘riqlovchisi sifatida qabul qilingan.
Qadimdan Chochda ho‘kiz muqaddas hayvonlar sirasiga kirgan. Toshkent vohasidan topilgan ko‘plab yodgorliklardan ho‘kizning shohli boshi tasvirlangan o‘choq tagliklari, dastasiga ho‘kizning boshi tasviri tushirilgan sopol idishlar ko‘plab topilgan. 2 CHochda Shiva e’tiqodining chorvador aholi orasida mavjud bo‘lganligini bu hududdan topilgan Shiva xudosi tasviri tushirilgan metall buyumdan xam yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Qadimiy Baqtriya va Choch shaharlari antik davrlarda nafaqat ma’muriy va mafkuraviy markazlar bo‘lgan, balki savdo va hunarmandchilik markazlari hamdir.Mil.avv. II asrdayoq Chjan-Szyan Dax aholisi (Baqtriya) juda mohir savdogar bo‘lganliklarini, poytaxtda esa turli mamlakatlardan keltirilgan mollar sotiladigan bozor bo‘lganini ta’kidlaydi. Bu erda xalqaro savdoni, bu hududdan O‘rta Er dengizi mamlakatlarini Uzoq Sharq bilan bog‘lovchi Buyuk ipak yo‘lining o‘tganidir. Bu yo‘lning bir tarmog‘i Polien tomonidan tasvirlanishicha, Baqtriyadan shimolga Amudaryo orqali Tarmitaga o‘tilgan, so‘ng shimoliy-sharq tomonga burilib Surxondaryo voxasi bo‘ylab Qoratog‘ va Qorategin orqali komedlaryurtiga o‘tilgan Yo‘lning boshqa tarmog‘i Tarmitadan so‘ng Sheroboddaryo tomoniga o‘tgan va Temir Darvozadan chiqib So‘g‘dga o‘tgan. Buyo‘llar O‘rta Osiyoni markaziy va shimoliy hududlari bilan va SHimoliy Baqtriyani Hindiston bilan bog‘lagan.
Bundan tashqari Shimoliy Baqtriyani Parfiya va Xorazm bilanbog‘lovchi Amudaryodan o‘tuvchi suvyo‘li ham bo‘lgan. Chjan
 — Szyan ma’lumotiga ko‘ra, Guy-shuy (Amudaryo) daryosi orqali savdogarlar o‘z mollarini, boshqa hududlarga olib o‘tganlar. SHu bilan birga Baqtriyani o‘zini ichki tumanlari bilan bog‘lab turuvchi va ichki savdoda muhim o‘rin tutuvchi yo‘llar ham mavjud bo‘lgan. Amudaryo bo‘ylab joylashgan qishloqlar (Kampirtepa, Xotinrabod, Ayvadj) o‘z navbatida savdo manzilgohlari yoki bojxona vazifasini ham o‘tagan bo‘lishlari mumkin.
Bu hududlarning xalqaro savdo aloqalarining rivoji haqida ko‘plab arxeologik topilmalar guvohlik beradi. Bular Hindistondan haxmat donalari, folbinllik buyumlari, oltin buyumlar, fil suyagidan ishlangan buyumlar (Dalvarzintepa), Rimdan
 — shisha (Xolchayon), marmardan tayyorlangan bosh tasviri (Ilontepa), maskaron (Shaxri Gul-gul), Neron sestersiyi (Xayrobodtepa); Misrdan- havorang misr pastasidan ishlangan taqinchoqlar va tumorlar (Boysun, Kampirtepa, To‘pxona), papirus (Kampirtepa), Xitoydan-ipak mato parchalari (Kampirtepa, Xolchayon) ko‘zgu (Ayrtom, Barattepa)dir.
Choch shaharlaridan biri bo‘lgan Banokat shahri esa YU.F.Buryakov ma’lumotiga ko‘ra milodiy II-III asrlarda So‘g‘ddan Chochga, undan Hindiston va Xitoyga boradigan janubiy karvon yo‘lida joylashgan. Bundan ko‘rinadiki Choch shaharlari kushonlar davrida Shimoliy Baqtriya kabi Hindiston bilan madaniy aloqalar olib borganliklari shubhasiz.
Download 313,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish