Mavzu: Yul qurilishi ishlarini tashkil qilish
Reja
1. Avtomobil yoʻllarini qurish va uni tashkil etish
2. Yoʻl qurilish ishlarini tashkil etish bosqichlari
3. Tayyorgarlik tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha koʻrsatmalar.
4. Yo‘l poyini qurishda sifat nazorati
Tayanch so‘zlar va iboralar: ishlab chiqarish nazorati, qabul qilish nazorati mualliflik nazorati, davlat arxitektura – ta’mirlash nazorati, kirish nazorati, operatsion nazorat, qabul qilish gazorati, noorganik va organik bog‘lovchi materiallar, sanoat chiqindilari, chaqiqtosh va shag‘allardan asos, qoplamali, YuFM.
Yo‘llarning butun uzunligi, yoki uning qismlarida, shuningdek ayrim turdagi yo‘l-qurilish ishlarini bajarishda uzluksiz ketma-ket ta’mirlash uslubini qo‘llash lozim.
Qurilish ob’ektlari tarqoq holatda, qisqa uzunlikda, bajariladigan ishlar bir xilda bo‘lsa, bir ob’ektdan boshqasiga navbatma-navbat o‘tadigan, ixtisoslashgan uzluksiz ishlaydigan guruhlar tashkil qilinishi kerak, ular, odatda, yo‘l-qurilish tashkilotining birlashgan tashkiliy tizim kompleksida bo‘lishi lozim.
Ketma-ket ta’mirlashning tezligi, ayrim bajariladigan ish bosqichlari orasidagi tashkiliy va texnologik tanaffuslar kattaligi ta’mirlashning o‘ta murakkab va ko‘p mehnat talab qiluvchi jarayonlarini va boshqa tashkiliy va iqtisodiy omillarni hisobga olib, texnik-iqtisodiy variantlarni solishtirish natijasida qabul qilinadi (texnik resurslarning tayyorligi va undan foydalanish darajasi, resurslardan tezkor va oqilona foydalana bilish, mumkin qadar ta’mirlash jarayonini mexanizasiyalashtiradigan qurilma va materiallarni qo‘llash, joylardagi bor materiallardan foydalanish va hokazo).
Avtomobil yo‘llarini qurilishda maxsus yo‘l mashinalari va jihozlardan, ko‘chma qurilish uchastkalardan, zarur bo‘lgan transport va alo-qalardan, shuningdek quruvchilar uchun ko‘chma va oson ko‘cha oladigan vaqtinchalik qurilmalardan, omborlardan, ustaxonalardan va xokazolardan foydalanish zarur.
Qurilayotgan yo‘l bo‘yida ABZ va SBZ larni joylashtirish ularning xizmat ko‘rsatadigan yo‘l qismlari ko‘lamiini, ta’mirlash tezligini hisobga olib, loyihaning ta’mirlashni tashkil etish qismida aniqlanadi.
Yo‘l to‘shamasining asosi va qoplamasiga materiallarni taqsimlashda, asosan I va II toifali yo‘llarda, avtomatik nazorat olib boruvchi, yo‘nalishni va vertikal belgilarni tekshirib turuvchi uskunalar bilan jihozlangan o‘ziyurar taqsimlovchi mexanizmlardan foydalanish tavsiya etiladi.
Yo‘l qurilishda tayyorgarlik ishlari ta’mirlashni tashkil etish loyihasi (QTEL) va ishlab chiqarishni tashkil etish loyihalari (IChTEL) asosida yo‘l poyi qurilgunga qadar amalga oshirilishi lozim. Bu ishlar: trassani tiklash va bog‘lash, ajratilgan mintaqani tozalashdan, yo‘l poyi elementlarini joyida belgilashdan, suv chetlatish va quritish, yo‘l ko‘tarma asosini tayyorlash, vaqtinchalik yo‘llar va inshootlar ta’mirlash, aloqa va elektr tarmog‘i tortish, energiya, suv, bug‘ va gaz ta’minotini tashkil etish ishlari kiradi.
Geodezik rejalash asosining hajmi va tarkibi, hamda qurilish jarayonida geodezik ishlarni bajarishdagi haqiqiy o‘zgarishlar ShNQ 3.01.03-09 talablariga javob berishi kerak. Trassani tiklash va joyiga bog‘lashda yo‘lning har ikki tomoniga ustunchalar o‘rnatish bilan yo‘l mintaqasi ajratib olinadi. Ta’mirlashni joyiga geodezik bog‘lash asoslarini, odatda, buyurtmachi amalga oshirib, qurilish-montaj ishlari boshlanmasdan oldin 10 kun muddat ichida unga tegishli texnik hujjatlarni, hamda ta’mirlash maydonidagi bog‘langan punktlar va belgilarni pudratchiga topshirishi kerak.
Yo‘l poyini qurilish ishlari boshlanmasdan oldin tozalash paytida yig‘ilgan chiqindilarni yo‘l mintaqasida qoldirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Grunt uchun zahira yer va kar’erlarni ishlatishga tayyorlash paytida, ajratilgan yer maydonini chegaralash, tozalash va gruntni tashish yo‘llarini qurish ishlarini bajarish kerak.
Grunt uchun zahira yer va kar’erlarga ajratilgan maydonlarda suv yig‘iladigan joylar bo‘lsa, unda tuproq va tozalash ishlari boshlanmasdan oldin yuza suvlarini chetlatuvchi qurilmalarni ta’mirlash kerak bo‘ladi. Agar ishlov beriladigan tuproqning namligi me’yordan ortiq bo‘lsa, unda tuproqni quritish choralari ko‘riladi.
Agar avtomobil yo‘lining qurish sur’ati yer osti inshootlarini ta’mirlash ishlaridan oldinda bo‘lsa, unda tegishli idoralar bilan kelishgan holda, yo‘l poyining butunligini saqlash uchun inshootlar o‘tkaziladigan joylarda kojuxlar yoki boshqa xildagi qurilmalar o‘rnatiladi.
Qurilish ishlari tugagandan so‘ng vaqtincha foydalanishga ajratilgan yer maydonlari loyihada ko‘rsatilgandek qayta ishlanib, foydalanuvchilarga topshirilishi zarur.
Qurilish ishlarining sifatini ta’minlash bo‘yicha asos bo‘luvchi talablar ShNQ 3.01.01-03 «Qurilishda ishlab chiqarishni tashkil etish. Umumiy qoidalar» da qat’iylashtirilgan. Unga ko‘ra, inshootlarning sifati va ishonchliligi qurilish tashkilotlari tomonidan qurilishi kerak.
Sifatni ta’minlash bir – biri bilan bog‘langan, bir – birini to‘ldiradigan ishchi loyihadan boshlab, ob’ektni topshirguncha davom etadigan texnik, iqtisodiy va tashkiliy masalalarni qamrab oluvchi tadbirlar majmuasi bo‘lishini taqozo etadi.
Ta’mirlash – montaj ishlarining sifatini nazorat qilish quyidagi cxema bo‘yicha amalga oshiriladi (1-rasm):
Do'stlaringiz bilan baham: |