By: Jurayev A. Reja: - Rivojlanishga nisbatan iqtisodiy o’sish: turmush sifati va ekologik cheklovlar.
- Siyosiy yuksalish, globalizatsiya va offshoring.
- Davlatning makroiqtisodiy barqarorlashtirish siyosati.
Iqtisodiy o‘sish deganda - bevosita yalpi ichki mahsulot (YaIM) va uning aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi qiymatining ortishi tushuniladi.
Agar YaIM hajmining o‘zgarish sur'ati aholi sonining o‘zgarish sur'atidan yuqori bo‘lsa, aholining turmush faro-vonligi ortadi. Agar ushbu ko‘rsatkichlar bir xil bo‘lsa, aholining turmush darajasi
o‘zgarmaydi. Mabodo, YaIM hajmining o‘zgarish sur'ati aholi sonining o‘zgarish sur'atidan ortda qolsa, aholi turmush darajasining pasayishi kuzatiladi.
Bu o‘rinda iqtisodiy o‘sishga ta'sir qiluvchi ikki omilni keltirish kerak bo‘ladi. Ular:
ekstensiv intensiv omillar hisoblanadi.
Ekstensiv omil deganda ishlab chiqarishning eski shakli saqlab qolingan holda dehqonchilikda yer maydonini kengaytirish, sanoatda yangi quvvatlarni ishga tushirish orqali erishilgan iqtisodiy o‘sish tushuniladi
Iqtisodiy o‘sishning intensiv omiliga esa mahsulot chiqarish miqyoslarini kengaytirishga ishlab chiqarish vositalarini sifat jihatidan takomillashtirish, ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash, ishchilar malakasini oshirish, shuningdek, mavjud ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanish orqali erishiladi
Iqtisodiy farovonlikka ta’sir ko’rsatuvchi omillar: - Real daromad;
- Ishdan qoniqish;
- Ishda kelajagini ko’ra bilish;
- Bo’sh vaqt;
- Atrof muhit\havoning ifloslanishi
- Baxtlilik darajasi;
- Yashash davomiyligi;
- Ta’lim;
- Yashash xarajatlari;
- Uy joyga egalik qilish imkoniyati
Bugungi kunda dunyo davlatlari iqtisodiyoti o’zaro juda kuchli bog’langan. 1990 yilda Sovet ittifoqi qulaganidan so’ng dunyo davlatlari o’zaro hamkorlikni yo’lga qo’ya boshladi. Bunda transport texnologiyalarining rivojlanishi, ma’lumot almashinuvi tezligi oshishi
va mamlakatlarning savdoni rivojlantirishga intilishi yangi globalizatsiya jarayonining kelib chiqishiga zamin yaratdi
Siyosiy yuksalish: tashqi siyosat - Markaziy Osiyo davlatlari bilan yaxshi qo’shnichilik munosabatlari o’rnatildi;
- Minglab oddiy odamlarga chegaralardan bemalol o’tish imkoniyati yaratildi;
- O’zbekiston mintaqaviy xavfsizligini ta’minlash bo’yicha Afg’onistonda tinchlik o’rnatishga qaratilgan muloqotlarda faol ishtirok etmoqda.
Globalizatsiya Globallashuv (globalizatsiya) -lotincha “glob” so‘zidan olingan bo‘lib,aynan uni “dumaloqlashuv”, “kurralashuv” deb tarjima qilish mumkin. “Globallashuv” atamasi dastlab amerikalik olim T.Levitt tomonidan 1983 yili «Garvard biznes rev`yu» jurnalida chop qilgan maqolasida qo`llangan. T.Levitt yirik transmilliy korporatsiyalar ishlab chiqaradigan turli-tuman mahsulot bozorlarining birlashuv jarayonlarini “globallashuv” deb atagan. Ofshoring Ofshoring ham globalizatsiya jarayonining bir ko’rinishi bo’lib, ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatishning bir davlatdan boshqa davlatga ko’chirilishi hisoblanadi. Odatda malakali arzon kadrlar bilan ta’minlaydigan mamlakatlarga rivojlangan mamlakatlardan bizneslar jarayonlar ko’chirilishi mumkin.
Davlatlar tomonidan makroiqtisodiy barqarorlashtirish siyosatini olib borish deganda mamlakatda yalpi talab, yalpi taklif, to’lov balansi, fiskal daromadlar, investitsiyalar miqdori kabi ko’rsatkichlar o’zaro muvozanatda bo’lishini ta’minlashga qaratilgan chora tadbirlar majmui tushuniladi.
Makroiqtisodiy barqarorlashtirish siyosati davlatning o’z xususiyatlaridan: tabiiy sharoiti, demografiyasi, geosiyosiy o’rni va boshqa omillardan kelib chiqib amalga oshiriladi. Bunda asosiy e’tibor kambag’allik qisqartirish, mamlakatda sohalarning rivojlanishini muvozanatli olib borish kabilarga qaratiladi.
Makroiqtisodiy beqarorlik, masalan, inflatsiya darajasining yuqori bo’lishi odatda
kambag’al aholi qatlamiga juda katta zarar keltiradi. Chunki kambag’al aholida
odatda ko’chmas mulk va boshqa narxi inflatsiyadan tez o’suvchi aktivlar bo’lmaydi,
aksincha ularda ko’proq naqd pul bo’ladi. Iqtisodiy o’sishning o’ta past bo’lishi ham
kambag’al aholiga uzoq muddatda zarar keltiradi, masalan, iqtisodiy o’sish juda past
bo’lgan yillarda Afrikada 10 milliondan ortiq o’quvchi maktablarni tashlab ketgan.
Makroiqtisodiy beqarorlik 2 ta sababga ko’ra kelib chiqishi mumkin: Ekzogen omillar(savdo embargosi, tabiiy ofatlar, kapitalning chiqib ketishi) Noto’g’ri ichki siyosat(masalan juda bo’sh fiskal yoki pul kredit siyosati 2008 yilgi inqiroz) E’tiboringiz uchun raxmat
Do'stlaringiz bilan baham: |