Mavzuning dolzarbligi shundaki, umumta'lim maktab darsliklarida chet tilini o'rganish va o'rgatishda yozuv qay darajada ahamiyatli ekanligi haqida to'liq tatqiqotlar amalga oshirilmagan. Ayniqsa, boshlang'ich sinflarda tili o'rganilayotgan mamlakat yozuvini o'rgatishda qay si usullardan foydalanish samarali natija berishini hisobga olish bilan bog'liq muammolar yetarli. Bitiruv malakaviy ishida bu muammolarga ham e'tibor qaratiladi. Tatqiqot obyekti sifatida, umumta'lim maktab nemis tili darsliklari xizmat qiladi. Tatqiqot ishining maqsadi va vazifasi umumta'lim maktab darsliklarida nemis tilini o'rgatish va o'rganishda yozuvdan unumli foydalanish yo'llarini izlab topish, ularni tatqiqqa tortish, til o'rganuvchilar uchun oson va qulay yo'llarni taklif qilishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |