Mavzu: yozma ishlarni tashkil etish


Davlat ta'lim standartida belgilangan yozma ish turlari



Download 16,96 Kb.
bet2/3
Sana04.03.2022
Hajmi16,96 Kb.
#481953
1   2   3
Bog'liq
2-amaliy

Davlat ta'lim standartida belgilangan yozma ish turlari
Vazirlar Mahkamasining “2005-2009-yillarda umumta'lim maktablari uchun darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalar nashr etish dasturi to‘g‘risida”gi Qarorning hayotga tatbiq qilinishi yuzasidan muayyan ishlar amalga oshirildi. Takomillashtirilgan Davlat ta'lim standartlari va modernizatsiya qilingan o‘quv dasturlari asosida darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalarni yaratish, nashrga tayyorlash,chop etish va ta'lim muassasalarini ular bilan ta'minlashning yagona kompleks tizimi yaratildi.
O‘rta umumta'limmaktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarinnig og‘zaki hamda yozma nutqini rivojlantirish maqsadida DTSda belgilangan mavzularni mustahkamlash uchun turli xil yozma ish turlaridan foydalanish lozim. Buning uchun ta'lim bosqichlaridagi o‘quvchi va talabalarga matnlar tanlab kelish, shu matnlar asosida diktantning turli xil xususiyatlarini ochib berish talab etiladi. «Diktantlar to‘plami»dagi matnlar shu kunning talabiga to‘liq javob bermasligini hisobga olib, yangi matnlar tuzish talab etiladi. O‘tilgan u yoki bu mavzu haqidagi nazariy ma'lumotni mustahkamlash maqsadida o‘quvchilarning yozma va oqzaki nutqini o‘stirishda diktantning ahamiyati katta. Chunki o‘quvchi diktant yozayotganda xato qilmaslik uchun orfografik va punktuatsion qoidalarni eslashga harakat qiladi.
Umumiy o‘rta ta'lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida ona tili fanidan o‘quvchilarning olgan bilim, ko‘nikma va malakalarini mustahkamiash maqsadida yozma ishlar (mashqlar, diktant, bayon, insho) o‘tkaziladi.
Diktant - o‘quvchilarning savodxonligini oshirish va tekshirish, bilim, malaka, ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida kundalik hamda oraliq nazorat shaklida o‘tkaziladi.
Diktantlar ta'limiy va nazorat diktantlarga ajratiladi.
Ta'limiy diktantlar o‘quv jarayonida, ma'lum mavzularni takrorlash, mustahkamlash maqsadida o‘tkaziladi.
Ta'limiy diktantlar izohli yozuv, ta'kidiy, izohli diktant, saylanma, ijodiy, erkin, lug‘at diktantlari kabi turlarga bo‘linadi.
Nazorat diktant o‘quvchilarning savodxonligini aniqlash uchungina emas, balki u ta'limiy xarakterga ham egadir. Nazorat diktant, avvalo,o‘quvchilarga ko‘pgina imlo qoidalarini eslatadi, o‘qituvchi esa diktantda yo‘l qo‘yilgan xatolarni bartaraf qilish uchun mashg‘ulotlar o‘tkazadi. Demak, nazorat diktant ham ta'limiy ham ilmiydir.
Izohli yozuv, ta'kidiy va izohli diktant, lug‘at, nazorat diktantlarda matn o‘zgartirilmay yoziladi.
Saylanma, erkin va ijodiy diktantda esa matn ma'lumot o'zgartirish bilan yoziladi. Uzlyuksiz ta'limda yozma ish turlarini dastur asosida 4 turga bo‘lib o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. Ular mashq, diktant, bayon va insho turlaridir.
Diktant turini o‘tkazishda tanlangan matn ijodiy bo‘lishi, o‘quvchiga notanish bo‘lgan asarlardan olingan bo‘lishi, sara gaplardan yoki tayyor adabiy-badiiy parcha holida bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Matn o‘rganilgan mavzu mohiyatidan kelib chiqqan holda o‘tilgan mavzu yuzasidan bilim, ko‘nikma, malakalarni mustahkamlashga hamda tekshirishga xizmat qilishi lozim.
Diktantning yuqorida keltirilgan turlarini o‘tkazish o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirish, ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, yozma nutq malakalarini mustahkamlashga xizmat qiladi. Bunda matnlar tanlashda o‘quvchilarning yosh xususiyatlari, ma'naviy va ruhiy rivojlanish jihatlari e'tiborga olinadi. Matnlar ona tili o‘quv dasturi talablariga asosan tanlangan bo‘lib fonetika, leksikologiya, morfologiya, sintaksisga oid mavzularning o‘zlashtirilishini mustahkamlash va tekshirishga mo‘ljallangan bo‘ladi.



Download 16,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish