Mavzu: Yoshlik jurnalidagi yangi asarlarga munosabat bildirish Reja: 1. Yoshlik jurnali haqida 2.Yoshlik jurnalidagi maqolalar 3.Yoshlik jurnalidagi asarlar tahlili Matbuot tili leksikasi eng tez o‘zgaruvchi va jamiyat tomonidan eng samarali qabul qilinuvchi sath hisoblanadi. Bu ustunlik (yoki imtiyoz) nashrlarning davriy ekanligi tufaylidir. To‘rtinchi hokimiyat maqomini olgan OAV zimmasiga yuqoridagi ustunlik-imtiyoz o‘quvchilari auditoriyasi, demakki, jamiyat a’zolarining umumiy saviyasiga javobgarlikni ham yuklaydi. Zotan, matbuot ijtimoiy ongni o‘zgartirishga, o‘zga yo‘nalishga solishga qodir. Bu esa barcha tub burilishlar ibtidosidir. “Yoshlik” jurnali milliy matbuotimizning kishilik jamiyatiga doimiy va faol ta’sir ko‘rsata, ijtimoiy tafakkur shakllanishi va yo‘nalishini nazorat qila, o‘quvchilar auditoriyasi aro ommaviy muloqot o‘rnata olayotgan asosiy nashrlaridan biri sanaladi. O‘z o‘rni va mavqeini tobora kengaytirib borayotgan jurnal boshqa adabiy nashrlardan o‘ta talabchanligi, muharrirlik ishini zargarona olib borishi bilan ajralib turadi. Shu bois unda asar chiqarish mushkul. Bosilgan asar esa zumda ommalashadi. “Yoshlik” 2012 yil davomida taqdim etib borgan asarlar hayotiy ko‘lami kengligi, murakkab insoniy taqdirlarni, qahramonlar ruhiyatidagi cheksiz tovlanishlarni voqealar asnosida ko‘rsata bilishi nuqtai nazaridan har qanday sinovga bemalol dosh beradi. Ularda qahramonlar kechinmasini tasvirlash, obrazlar yoki hikoyachi kayfiyati ifodasini berishdan ko‘ra, shu tuyg‘ularning paydo bo‘lish jarayoni va ildizlarini ko‘rsatishga ko‘proq e’tibor qaratilgan. Jurnalda chop etilgan qissalarga muallif pozitsiyasi bo‘rtib turmasligi, hissiyot voqealar qa’riga berkitilishi, qahramonlar esa harakatda kashf etilishi xosdir. Luqmon Bo‘rixon, Ismoil Shomurodov, Istam Hamroyev, Dinora Rahimova, Akbar Mirzo, G‘ozi Rahmon va Zulfiya Misbaxlarning asarlari zamonaviy o‘zbek nasrining diqqatga loyiq namunalari hisoblanadi. Qissa qahramonlari individual fe’l-atvorga ega jonli odamlardir. Bu tirik odamlarning xatti-harakatlari, gap-so‘zi o‘ziga xos, ularda ijodkorlarning san’atkorligi namoyon bo‘lgan. Yoshlik” jurnalida chop etilgan qissalarni kuzatgan kishi o‘zbek adabiyotida jahon adabiyoti namunalari bilan bemalol bellasha oladigan saviyadagi asarlar bor va juda ko‘pligiga guvoh bo‘ladi. Tahririyat asarlarni juda sinchiklab tanlaydi, muharrirlik malakasiga ega o‘quvchi sifatida o‘qib, pichoqqa ilinganini: asar syujeti o‘quvchi kutmagan tarzda yakunlangan, biz har kuni ko‘radigan odamlarning biz ko‘p-da ko‘ravermaydigan qirralari bo‘rtib turgan, ya’ni el qatori odamning el qatori bo‘lmagan tomonlari yoritilgan asarlarni oladi. Ismoil Shomurodovning “Kultepada kechgan hangomalar” qissasi shunday asardir. Asar “Qishloqdagi yagona jinoyatchi Nurmon – “Shilliqqurt” beshinchi marta qamalib chiqqach, … halol yashashni” odam qilgani bilan boshlanadi. Ammo “… uning “halol yashash” tushunchasi jamoa qarashlari bilan ayro ekan”. Shuningdek, Istam Hamroyev qalamiga mansub “Tazarru” qissasi ham badiiy mantig‘i bilan kishi e’tiborini tortadi. Ko‘ngli istaganiday yashash u qadar oson, yoqimli emasligi chavandoz obrazi misolida ko‘rsatib berilgan. Qissa qahramonlari tirik odamlar, ayniqsa, chavandozning onasi Bozorgul yaxlit, to‘laqonli chiqqan. Dinora Rahimovaning “Qishloqdagi buvijonim” qissasi ham samimiy, bolalarga xos beg‘ubor ifoda tarziga ega. Inson ko‘ngliga, uni qiynayotgan og‘riq va armon, orzu-istaklariga daxldor asarlar, qachon bitilganidan qat’iy nazar, ohorini yo‘qotmaydi, hamisha o‘qiladi. Chunki inson yaralganidan buyon tuyg‘ulari, hatto chekadigan iztiroblari deyarli o‘zgarmagan. Jurnalda chop etilgan hikoyalarga bu kabi inson haqidagi iztiroblar tasviri xosdir. Ular shuning uchun ham hayrat va hayajon bilan o‘qiladi, eskirmaydi. E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Do'stlaringiz bilan baham: |