Mavzu: Yoshlarning g'oyaviy dunyoqarashi va manaviy fazilatlarini shakllantirish mavzuni o'rganish metodikasi. Mundarija: Kirish I bob. Yoshlarning g'oyaviy dunyoqarashi kelajak mezoni


II bob. Ma’naviy-axloqiy fazilatlar shakllanishining ahamiyati



Download 59,31 Kb.
bet4/6
Sana13.07.2022
Hajmi59,31 Kb.
#792757
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Husniddin kurs ishi

II bob. Ma’naviy-axloqiy fazilatlar shakllanishining ahamiyati.
2.1. Ma’naviyat va yoshlar.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, hozircha bolani oilada tarbiyalash, oilaviy tarbiyaning ilmiy jihatdan asoslangan dasturi va shunga muvofiq uslubiy qo‘llanmalar yo‘q hisobi. Holbuki, bolaning kelajakda qanday inson bo‘lib kamol topishi ko‘p jihatdan oilaga bog‘liq. Yetti yoshgacha bo‘lgan bolaning ongiga, ruhiga qanday fikr, his-tuyg‘u kirsa, uni butun umri davomida saqlaydi, qadrlaydi. Demak, uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimining tarkibiy qismi sifatida oila tarbiyasiga munosabat belgilash dolzarb masaladir.
Ta’limiy qadriyatlar jamiyatda kechayotgan ijtimoiy o’zgarishlar asosida yuzaga keladi. O’zbekiston Respublikasida mustaqillik yillarida amalga oshirilgan ta’limiy islohotlar malakali kadrlarni tayyorlash tizimini tubdan qayta shakllantirishni taqozo yetadi. Ayni vaqtda ta’lim jarayonini tashkil etish, mutaxassislarning chukur kasbiy bilim va malakaga yega bo’lishlarini ta’minlovchi ilg’or, texnologik xarakterdagi yondashuv qaror topdi. Yoshlarda bilim o’rganish hamda muayyan kasb yoki hunar sirlarini uzlashtirishga nisbatan ijobiy munosabat shakllandi.
Ta’limiy qadriyat — ta’limning milliy yo’nalganligi, uning milliy tarix bilan uyg’unligi, O’zbekiston xalqlari madaniyatini asrash va boyitish, ta’limning milliy rivojlanishning muhim vositasi ekani, boshqa xalqlar tarixi va madaniyatini hurmat qilishdan ibortadir. Pedagogik ta’limni munosabatlar madaniyati bilan boyitish zarur. Ta’limning tashkil etilishi va mazmunida o’quvchi va o’qituvchi o’zaro munosabatlariga — moyili asos qilib olinishi kerak. O’qituvchi o’quvchini ma’naviy himoya qilishi, turli salbiy hodisalardan asrashi borasidagi zarur ma’lumotlarga ega bo’lish maqsadga muvofiq (maxsus usul va tarbiyaviy texnologiyalar talab etuvchi pedagogik himoyalash).
Jamiyatning ma’naviy yangilanishi kasb-hunar va hayotiy yo’lini tanlash kabi ta’lim qadriyatini vujudga keltiradi. Bu yerda ta’limning haqiqiy sharoitlarida qadriyatlarni taxmin qilish, asoslash va bularning hammasini ijtimoiy kontekstda turli hal etish muhimdir. Ta’limiy qadriyatlardan yana biri-shaxsni ijtimoiylashtirish va uning ijtimoiy — madaniy qadriyatlarini qayta tiklab, ijodiy faoliyatini tashkil etish, shuningdek, o’quv yurti, jamiyat hayotida faol ishtirok etishini ta’minlashdan iborat. Bu qadriyatlar zamonaviy shaxsni shakllantirish maqsadiga qaratilgan jarayon orqali rivojlanib, yangi ijtimoiy qadriyatlarning shakllanishida asos bo’lib xizmat kiladi.
Yangi ijtimoiy qadriyatlar ta’limiy dasturdarni yaratish yoki amaldagilarini takomillashtirish, xalqning boy intellektual, ma’naviy - axloqiy merosi, umuminsoniy qadriyatlari, fan va texnika, texnologiya va madaniyatning ilg’or yutuqlari asosida pedagogik va axborot texnologiyalarini yaratish zaruriyatini yuzaga keltiradi. Ikki bosqichli oliy ta’lim (bakalavriat, magistratura) o’qitish, mustaqil ta’lim olish, masofadan o’qitish tizimini individuallashtirishni, ta’limning insonparvarlikka yo’nalganligini ta’minlashni ko’zda tutadi. Ta’limni rivojlantirish tizimining yangi yo’li — bu xalqning boy, o’ziga xos madaniy — tarixiy an’analariga, umuminsoniy qadriyatlarga, milliy va jahon pedagogika fani yutuqlariga, ma’naviy va madaniy qadriyatlariga murojat etishdir. Zamonaviy ta’lim - bu shaxsning ijtimoiy, shuningdek, ta’limiy qadriyatlarga ongli munosabatda bo’lishi, kasbiy, ijodiy, ma’naviy — axloqiy va shaxsning jismoniy imkoniyatlarini shakllantirishga qaratilgan «innovatsion» ta’limdir.
Ijtimoiy yetuklikning boshlanishida, ayniqsa qonunlarni bilish va unga bo‘ysunish taqozo etadi. Agar bu davrda yoshlarga ijtimoiy ta'sir susaysa, ular turmush me'yorlariga, ota-onaga zid hatti-harakatlar qilishlari mumkin. Chunki turli yovuz va qabih niyatli kuchlarning hatti-harakatlari, noto‘g‘ri g‘oyalari yoshlarimiz ongi va qalbiga ta'sir etib, har qanday usullar bilan o‘z tomonlariga og‘dirishga harakat qiladilar va ba'zi yoshlar e'tiqodi sustligi, qonun va uning talablarini bilmasliklari tufayli bunday yot ta'sirlarga berilib ham ketadilar. Shuning uchun ham milliy qadriyatlar yoshlarda mas'uliyat va burch hissini anglab olishda muhim hisoblanada.
O‘z oilasidan uzoqqa o‘qishga ketgan yosh yigit-qizlar dastlab talabalik davrida paydo bo‘lgan murakkab vaziyatlar, mustaqil hayot oldida esankirab qolishlari mumkin. Chunki talabalarning dastlabki kunlarida kayfiyatning ko‘tarinkiligini, zavq-shavq tuyg‘usini yoshlarga baland ruh bersa, kundalik turmush urinishlari, o‘qish jarayonidagi muayyan qonun-qoidalar, qiyinchiliklar ta'sir etib, ular ruhiyatida ba'zida tushkunlik ro‘y beradi. Natijada ichki va tashqi omillar ta'sirida talaba ruhiyatida ishonchsizlik, umidsizlik kabi his-tuyg‘ular paydo bo‘lib, biz yuqorida aytganimizdek, yot g‘oyalar ta'siriga berilishi, noto‘g‘ri yo‘lga kirib ketishi mumkin. Jumladan, 17-19 yoshda talaba hali o‘z xulqi, hatti-harakatini boshqara olmaganligi, hayotiy tajriba yetishmasligi tufayli ko‘p masalalarda xatoliklarga yo‘l qo‘yishi, ehtiyotsizlik holatlari kuzatiladi. Ularda o‘z faoliyatini tahlil, nazorat qilish, baholash, tanqid qilish kabilar yetishmaydi. Shuning uchun ham ular faoliyatida ziddiyatlar mavjud bo‘ladi. Lekin yuqori kurslarga o‘tgan sari ularning ijodiy tafakkuri, his-tuyg‘ulari, axloqiy hislari, o‘z-o‘zini baholash asosida e'tiqodi ham shakllana boradi. Yuqoridagi psixologlarning fikriga ko‘ra, yetuklik davri 18-20 yosh bo‘lib, fiziologik imkoniyatlar yuksak darajada rivojlanadi.
Inson a'zolarining tashqi ta'siriga javobi, qon bosimining optimal darajasi ortadi, qon kislorod bilan to‘yinadi. Insonda o’quvlilikning qulay imkoniyatlari paydo bo‘ladi. O‘quv-axborotni qabul qilish, eslash va xotirada saqlab qolish qobiliyati shakllanadi11. Ana shu davrdan insonda psixologik funksiyalarning o‘sishi boshlanib, o’quvlilik imkoniyatlari pasaymaydi. Insonning yetuklik davri quyidagi qonuniyatlar bilan farqlanadi:
1. Turli funksiyalarning rivojlanishi bir tekis va bir vaqtda amalga oshmaydi. Masalan, xotira bir bosqichda esa tafakkur amalga oshadi, tez sur'atlar bilan o‘sadi.
2. Yoshiga qarab turli funksiyalar o‘zaro bog‘liq holda muvofiqlashgan xususiyat kasb etadi.
3. Yetuk inson aqlining funksional o‘sish darajasi yosh evolyusiyasining har xil bosqichida etarli darajada yuqori bo‘ladi.
4. Mazkur funksiyalar dinamikasida hech qanday pasayish bo‘lmaydi.
5. Yetuklik davrida o’quvlilik kamaymaydi.
Ma'lumki, yoshlarning yot ta'sirlarga berilib ketishi natijasida, avvalo, oilalar, ota-onalar va ularning bolalari aziyat chekadilar. Shuning uchun bugungi kunda jamiyatni sog‘lomlashtirishda, ayniqsa, talaba-yoshlarning yot ta'sirlarga berilib ketishidan ehtiyot bo‘lish, bu xavfdan asrash uchun talabalarga chuqur bilim berish asosida ularni ongli ravishda kurashishga yo‘llash lozim. Avvalo, talabalar hozirgi davrda jamiyatimizga xavf solayotgan mafkuraviy tahdidlarning asl mohiyatini tushunib olishlari zarur.
Ma'naviy-ma'rifiy sohada ajdodlarimizning ibratli hayotlari, yurtimiz ozodligi va mustaqilligi yo‘lidagi jasoratlari, milliy va umuminsoniy qadriyatlar misolida zamonaviy bilimlarni egallash va shu orqali yoshlarning ongiga “Vatan menga nima berdi?” deb emas, “Men xalqim, vatanim uchun nima qilmoqdaman?”, “Vatan yagonadir, vatan bittadir” degan qarashlarni, “Bu davlat meniki bo‘lsa, shu yurt meniki bo‘lsa, uning farovonligi, yorug‘ istiqboli uchun, avvalo, o‘zim kurashishim kerak” degan g‘oyani singdirish kerak. Buning uchun ta'sirchan ma'naviy-ma'rifiy tarbiya usullari, ommaviy axborot vositalaridan samarali foydalanish, har bir yoshning ishda, shaxsiy va ijtimoiy hayotida barcha yoshlarga namuna bo‘lishga erishish muhim vazifalardandir.
Buyuk mutafakkirlarimiz, mumtoz allomalarimiz tomonidan yaratilgan boy ilmiy merosimiz, shuningdek, ilm fan va texnika taraqqiyoti, zamonaviy, falsafiy ilmlarni chuqur o‘rganish, ularni uyg‘unlashtirgan holda yosh avlod dunyoqarashini shakllantirish, diniy bag‘rikenglik, yoshlarning diniy bilim ma'lumotga ega bo‘lishlari asosida jamiyatda diniy ayirmachilikka yul qo‘ymaslik, dunyoviy va diniy qarashlar hamda aqidalarni bir-biriga qarama-qarshi qo‘yishga yo‘l bermaslik ruhida tarbiyalash zarur.
Turli zararli g‘oya va mafkuralar, yozuv kuchlarga qarshi kurashish, yoshlarga tinchlik va totuvlikni qadrlash madaniyatini shakllantirish, srg‘lom turmush tarzini vujudga keltirishga ko‘maklashish ham dasturda nazarda tutilgan. Shuningdek, har qanday ko‘rinishdagi separatizm va ekstremizmga qarshi kurashish, ularning g‘arazli niqoblarini ochishda faollik ko‘rsatish ham asosiy maqsadimizdir.
Yosh iste'dodlarni izlab topish va ularni qo‘llab-quvvatlash hamda talabayoshlar o‘rtasida jinoyatchilik, diniy aqidaparastlik, giyohvandlik, loqaydlik kabi turli illatlarga qarshi kurashish, vatanimiz boyliklarini saqlash, atrof-muhitni muhofaza qilishni, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish lozim. Ijtimoiy-iqtisodiy sohada esa yoshlarni zamonaviy kasb-hunarga o‘rgatish va unga milliy an'analarimiz, ustoz-shogird tajribasidan foydalanish, yoshlarni boqimandalik kayfiyatidan xalos etish, bozor iqtisodiyoti ko‘nikmalari, mulkka egalik kilish shakllantirish, oliy o‘quv yurtini tugatayotgan yoshlarni ish bilan ta'minlash uchun imkoniyatlardan foydalanish va yangicha fikrlaydigan mulkdorlarni tarbiyalash, “yosh oila” dasturini ishlab chiqish asosida ularni ijtimoiy jihatdan qo‘llab – quvatlash, ko‘maklashish, harbiy-vatanparvarlik tarbiyasiga e'tiborni kuchaytirish, talaba-yoshlarning zamonaviy iqtisodiy bilimlarni egallashlari uchun shart-sharoit yaratish asosiy vazifalardandir12.
Sport va jismoniy tarbiya sohasida uning ommaviy va milliy turlari, xalq o‘yinlarini jismoniy madaniyat tarkibiga kiritish, oliy o‘quv yurtlari talabalarining olimpiada va universiadalar hamda boshqa sport musobaqalarida ishtirok etishi, talaba-yoshlarni o‘quv maskanlarida jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlariga keng jalb etish, sport maydonchalari, mashg‘ulot zallari hamda sog‘lomlashtirishga xizmat qiladigan boshqa inshootlar tarmog‘ini kengaytirish ham muhimdir. Jamoatchining oilaga munosabati ham xalqimizning eng muhim axloqiy xislatlaridan hisoblanadi. Masalan, kelin tushurish, qiz uzatish, boshqa to‘yhashamlar, marakalar va hokazo tadbirlar, oilaviy janjallarni mahalla oqsoqollari va kayvoni buvilarning maslahatlaridan foydalanib hal etish kerakligi maqsadga muvofiq.
Katta yoshlilar, ustoz-murabbiylarga hurmat milliy qadriyatlarning eng muhim jihatlaridandir. O‘zbekiston hududida qadimdan bir necha qatlamli oilalar mavjud bo‘lgan. Mazkur oilalarda bobo va buvi, ota-ona va farzandlar ham yashagan. Xulq-odob, yurish-turishda, yoshlar kattalarga qat'iy bo‘ysunganlar, birbiriga hurmat-e'tibor, g‘amxo‘rlik juda kuchli bo‘lgan. O‘zbeklar qadimdan mehmondo‘st xalq hisoblangan13. Mehmondo‘stlik me'yorini hozirgi kunda diplomatik aloqalar, bag‘rikenglik, hamjihatlik, do‘stlik, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik tamoyillari darajasiga ko‘tarish maqsadga muvofiqdir.
Milliy qadriyatlar yosh avlodda hayot va turmush estetikasi hamda uni avaylab asrashga muhabbat tuyg‘ularini ham tarbiyalab kelgan. Hozirgi davrda zamonaviy binolarni bezashda xalqimizning milliy me'morchilik va boshqa san'at namunalaridan foydalanilmoqda. Xalq musiqa san'atining ravnaqi ham uning boy va zamonaviyligidan dalolat beradi. Xalqimiz yoshlarni tabiatni sevish, uni avaylab-asrash ruhida tarbiyalashga ham e'tibor bergan. Hozirgi davrda tabiat va inson munosabatlarini aniqlash, uni muhofaza etish va saqlashda ham bu xislatlarni rivojlantirish katta ahamiyatga ega ekanligini talaba yoshlarga uqtirish lozim.
G‘oyaviy tarbiyaning, milliy qadriyatlar ruhda yoshlarni tarbiyalashning boshqa usullari, xususan, tushuntirish, ishontirish, ma'rifatli qilish, tabaqalashgan holda yondashish, sistemali, yondashish, o‘z-o‘zini ishontirish olib borilayotgan davr, sharoit, muhit, obyekt, vaziyatga qarab belgilanadi.
Shunga ko‘ra, yoshlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash jarayonida bu usullarning barchasidan ham foydalanish taqozo etadi, ularni ustuvor deb ko‘rsatish sharoit, muhit, obyektsiz o‘rinsizroq hisoblanadi. Lekin, ularni barchasining asosiy maqsadi milliy g‘oya, milliy mafkuraning asosiy maqsadi bu ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot barpo etish, ularning asosiy g‘oyalari: vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi, komil inson, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik, dinlararo bag‘rikenglik va boshqalarni omma ongiga, avvalo yoshlar ongi va qalbiga singdirish zarur.
G‘oyaviy tarbiya, yoshlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash odatda uch shaklda olib boriladi: og‘zaki, yozma, ko‘rgazmali. Yoshlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashning og‘zaki shakli odatda suhbat, ma'ruza, trening, savol-javob, bahs va boshqa ko‘rinishlarda olib boriladi. Yoshlar ongi va qalbiga milliy qadriyatlarni singdirishning bu shakli samaradorligi voizning, tarbiyachining, murabbiyning, muallimning, ustozning bilimi, e'tiqodi, jamiyatimiz muammolari va uni bartaraf etish yo‘llarini aniq batafsil dalillar bilan ilmiy asosda 61 tushuntirib bera olishiga bog‘liq.
Hozirgi davrda bu sohadagi tarbiyada muloqot, savol-javob, trening shakllariga katta e'tibor berilmoqda. Yoshlarning milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashning yozma shakli ham yoshning dunyoqarashini shakllantirishda, ayniqsa, o‘zini-o‘zi tarbiyalashda muhim o‘rin egallaydi. Xususan, O‘zbekiston mustaqilligi, mustaqillikning muvaffaqiyatlari aholining ma'naviy-ma'rifiy darajasining oshishi, aholining, jumladan, yoshlarning e'tiqodi, dunyoqarashi, ahloqiy fazilatlari, xullas, milliy g‘oya, milliy mafkura muammolariga bag‘ishlangan asarlar, risolalar, maqolalarning ko‘plab chiqarilishi mamlakatimizda nashr qilinayotgan gazeta va jurnallarda g‘oyaviy tarbiyaga, yoshlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda doimiy, sistemali, ilmiy asosda e'tiborning ortishi bu sohada amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini oshiradi.
Yozma adabiyotning ta'sirchanlgini kuchaytiradi. G‘oyaviy dunyoqarashni shakllantirishda, yoshlar ongi va qalbiga milliy qadriyatlarni singdirishda zamon, davr talablariga javob bera oladigan shior, film, plakat, sxema va boshqa ko‘rgazmalarda keng foydalaniladigan vositalarning ham o‘ziga xos o‘rni, ahamiyati mavjud. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda bu sohaga katta e'tibor berilmoqda. Oldingi qo‘lda, qing‘ir-qiyshiq yoziladigan ko‘rgazmali targ‘ibot-tashviqot uchun tayyorlangan vositalar o‘rnida komyuterlarda ishlangan ko‘rgazmali vositalar turi, shakli, ko‘rinishlari yildan-yilga yangilanib bormoqda. Lekin, bu borada eski mafkuraga xizmat qilgan ko‘rgazmali vositalarning saqlanib qolishi fuqarolar, xususan, yoshlar ongi, dunyoqarashiga salbiy ta'sir qiladi. Yoshlar ongiga va qalbiga milliy qadriyatlarni singdirishning ko‘rgazmali shakli ham nafaqat zamon, davr, mustaqillik talablariga javob berishi, balki, ayni paytda bu jarayonning ilmiy asoslari estetik jihatdan did bilan amalga oshirilgan bo‘lishi zarur.
Shu jihatdan keyingi yillarda shahar, qishloqlarimizda amir temur, motamsaro ona kabi haykallarni o‘rnatilishi diqqatga sazovordir. Ayni paytda milliy qahramonlarimiz to‘maris, shiroq, spitamen, manguberdi, temur malik, mahmud tarobiy va boshqalarning nomlarini ham abadiylashtirish yoshlarni, xususan, yoshlarni milliy g‘oya ruhida tarbiyalashda muhim o‘rin egallaydi. Yoshlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda bizning fikrimizcha o‘zbek milliy mentalitetiga xos bo‘lgan g‘oyalar va ezgu fazilatlarni, ayniqsa globallashuv sharoitida, mafkuraviy kurashlar keskinlashgan paytda kuchli himoya qilish va ularni zamon, davr, taraqqiyot ruhiga moslashtirib rivojlantirish zarur. Mamlakatimizda fikrlar xilma-xilligi, fikrlar rang-barangligi, sog‘lom muhitni qaror toptirish dolzarb muammolardan hisoblanadi.

Download 59,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish