1.2. Yoshlarning manaviy fazilatlari va dunyoqarashi .
Mafkura ijtimoiy ongning tarkibiy qismi sifatidan ijtimoiy o‘zgarishlarga faol munosabatda bo‘ladi, ularni yo ma’qullab qo‘llab-quvvatlaydi, yoki inkor etadi. Binobarin, mafkura o‘z mohiyatiga ko‘ra ijtimoiy o‘zgarishlarga befarq bo‘la olmaydi.
Jamiyatdagi turli sotsial guruhlar, sinflar, qatlamlar mafkura asosida siyosiy-ijtimoiy jarayonlarga o‘z munosabatlarini belgilaydilar. Biroq mafkuraning safarbar etuvchilik xususiyati sotsial o‘zgarishlar jarayonida doim ham ko‘zga aniq tashlanavermaydi, balki, tub ijtimoiy o‘zgarishlar davrida yaqqolroq namoyon bo‘ladi. Masalan, mamlakat mustaqilligi va yaxlitligiga tahdid soladigan mafkuraviy xavf-xatarlar kuchaygan paytlarda kishilarni Vatan istiqloli, ravnaqi yo‘lida jipslashtirish va safarbar etishda milliy mafkura muhim rol o‘ynaydi.
Siyosiy kurashlar davrida aholining juda oz qismini va tor doiradagi manfaatlarni ko‘zlovchi, buzg‘unchilikni maqsad qilib olgan mafkuralar ham dunyoga kelishi mumkin. Bunday mafkuraga ega bo‘lgan guruhlar bilan aholining asosiy qismini tashkil etuvchi guruh va sinflar o‘rtasida mafkuraviy masalalarda turli ixtiloflar kelib chiqadi. Zero, Prezidentimiz ta’kidlagani kabi: «Xalq-o‘zining ming yillik an’ana va tajribalari, so‘nmas xotirasi va buyuk tuyg‘ulari bilan yashab kelayotgan qudratli kuch YOlg‘onga, aldovga duch kelgan paytda uning asriy qadriyatlari, doimo uyg‘oq vijdoni tilga kiradi, nohaqlikka, qabihlikka qarshi kurashga da’vat etadi».
Mafkuraning safarbar etuvchilik funksiyasi, ayniqsa, mafkuraviy kurashlar jarayonida to‘laroq namoyon bo‘ladi. Zero, mafkuraviy ziddiyatlar keskinlashgan davrda maqsadga erishishning qo‘pol vositalari, xususan bosqinchilik, terror, qo‘poruvchilik, inqilobiy usullar ishga solinishi mumkin. Bu –mafkuraviy kurashning o‘ta qo‘pol va g‘ayriinsoniy usullari bo‘lib ularga, qarshi turishda sobiqadamlik, bardosh, sabot va faolik talab qilinadi.
Bu jarayonda bunyodkorlik g‘oyalari bilan qurollangan keng xalq ommasining ideallari, manfaatlarini o‘zida mujassamlashtiruvchi mafkuragina insonparvarlik, taraqqiyparvarlik tamoyillari asosida mamlakat, xalq taqdirida ijobiy ahamiyatga ega bo‘ladi, kishilarni ezgu ishlarga da’vat etadi.
Kishilarni ma’naviy-ruhiy jahatdan qo‘llab-quvvatlash. Mafkura milliy taraqqiyotning eng og‘ir murakkab davrida, ayniqsa, bir ijtimoiy-siyosiy tuzumdan yangisiga o‘tish jarayonida keng xalq ommasini ma’naviy –ruhiy jihatdan qo‘llab-quvvatlaydi, ularda kelajakka ishonch tuyg‘ularini uyg‘otishga xizmat qiladi. Ana shu sababdan ham chinakam milliy mafkura bo‘lgan istiqlol g‘oyasi istiqbolga umid bilanqarashga da’vat etadi. Unda xalq fantaziyasi, orzu-umidlarining qay darajada aks etishi ham muhim ahamiyatga ega. CHunki, to‘q, farovon va baxtli hayot qurish, ijtimoiy adolatni qaror toptirish, millatlararo totuvlik, tinchlik, do‘stlik er yuzasidan barcha xalqlarning azaliy orzusidir. Demak, milliy istiqlol mafkurasining hayotiyligi, ta’sirchanligi xalq orzu-umidlarini nechog‘li to‘la va yorqin aks ettirishi, ularni ro‘yobga chiqarishning yo‘llari va vositalarini qay darajada to‘g‘ri belgilashga bog‘liqdir.
Zero, jamiyat a’zolari milliy istiqlol mafkurasida o‘z hayotiy manfaatlari, orzu-umidlari ifodasini ko‘rsagina odamlarni ruhan bardam, uyg‘oq va faol qila oladigan kuchga aylanadi. G‘oyaviy tarbiyalash. Jamiyatdagi mavjud g‘oyalarga faol munosabat, faol hayotiy pozitsiyani tarbiyalash mafkuraning yana bir muhim maqsadidir. g‘oyaviy tarbiya axloqiy, siyosiy, huquqiy tarbiyaning asosini tashkil etadi. Har qanday axloqiy, siyosiy, huquqiy tarbiya muayyan g‘oyani himoya qilish, targ‘ib etish va rivojlantirishga qaratilgan bo‘ladi. Xususan, yovuzlik, behayolik, shafqatsizlikni targ‘ib etish orqali yoshlarni axloqiy jihatdan buzishga qaratilgan badiiy filmlarda jamiyat barqarorligiga raxna solishdan iborat mafkuraviy maqsad yashiringandir. «Ongi shakllanib ulgurmagan aksariyat yosh tomoshabinlar bunday filmlardan ko‘pincha turli yovuzlik, yirtqichlik, shafqatsizliklarni o‘rganadi, xolos10. Natijada ularning diydasi qotadi, qalbidan toshbag‘irlik, zo‘ravonlik, axloqsizlik kabi illatlar joy olganini o‘zi ham sezmay qoladi. Hatto shunday tomosha va filmlarning qahramonlariga ko‘r-ko‘rona taqlid qilishni talqinlar ta’sirida qo‘l urayotgan ishi qanday ayanchli oqibatlarga olib kelishini tushunib etmaydi».
Binobarin g‘oyalar oshkora yoki yashirin, bevosita yoki bilvosita, to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki ramziy shakllarda targ‘ib etilishi mumkin. Inson faoliyati aniq bir g‘oyaviy maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lib, bu niyat ko‘pincha ko‘zga tashlanmaydi, g‘oyaviy tarbiyaning asosiy maqsadi kishilarda hushyorlik, sezgirlik hissini shakllantirish, yot va zararli g‘oyalarga qarshilik ko‘rsatish qobiliyatini shakllantirishdan iboratdir.
G‘oyaviy immunitetni shakllantirish. G‘oyaviy tarbiya jarayonida kishilarda yot va zararli g‘oyalarga qarshi kurashish uchun mafkuraviy immunitetni shakllantirishga alohida e’tibor beriladi. Bu uzoq davom etadigan jarayondir.
Mafkuraviy immunitetni shakllantirish kishilar ongiga bir xil g‘oyani zo‘r berib tiqishtirish emas, balki odamlarda oq-qorani ajratish, zararli g‘oyalarga qarshi hushyor va ogoh bo‘lish xususiyalarini tarbiyalash demakdir.
Manfaatlar bor erda muqarrar ravishda g‘arazli, nopok g‘oyaviy niyatlarni amalga oshirish uchun intilishlar ham bo‘ladi. YOshlarda rol o‘ynaydi. g‘oyaviy immunitetni shakllantirish -g‘oyaviy-tarbiyaviy ish samaradorligining muhim mezoni hisoblanadi.
Harakat dasturi ekanligi. Mafkura jamiyatda ijtimoiy- siyosiy harakatning o‘ziga xos dasturilamali bo‘lib xizmat qiladi. CHunki u bugungi kun muammolarini hal etish uchun odamlarni jipslashtirish va safarbar etish zaruriyatidan vujudga kelsa-da, ayni vaqtda uzoq istiqbolni ko‘zlaydi. Tarixiy davr o‘zgarishi bilan milliy mafkurani yanada takomillashtirish yangi mazmun bilan boyitish zaruriyati vujudga keladi.
Milliy mafkura jamiyatdagi barcha sotsial qatlamlar va guruhlarning umumiy harakat dasturi, ularni faollikka da’vat etuvchi vosita hisoblanadi. Mafkuraviy maqsad-g‘oyaviy faoliyatni amalga oshirishdan kutiladigan ideal natijadir. Milliy istiqlol g‘oyasini fuqarolar ongini singdirishning quyidagi shakllari hozirgi paytda yaxshi natija bermoqda.
Oila, mahalla, ta’lim-tarbiya muassasalarida talaba yoshlarni, fuqarrlarni Duneqarashini rivojlantirishga, ongliligini oshirishga, Vatan ravnaqi uchun kerak bo‘lgan sifatlarni kamol toptirishga yo‘naltirish.
Fan va ilmiy muassasalar hamda ularda yaratilayotgan darslik, o‘quv qo‘llanma, uslubiy tavsiyanoma va ko‘rsatmalar orqali. Madaniy ma’rifiy muassasalar tomonidan olib borilayotgan ommaviy tadbirlar.
Adabiyot va san’at asarlari orqali hamda ularning teatrlashtirilgan ko‘rinishlari, shuningdek, hujjatli filmlar. Hadis ilmida komillikka intilish g‘oyalarining bugungi hayotimizdagi talqini misollari, Sport musobaqalarini tashkil etish orqali, Ommaviy axborot vositalaridagi eshittirishlar.
Nodavlat tashkilotlarining ma’rifiy faoliyati, ma’rifiy ko‘rsatuv va boshqalar. Milliy istiqlol g‘oyasini fuqarolar ongiga singdirish vositalarini quyidagicha ifodalash mumkin:
Ta’lim dargohidagi yoshlarga ularning yoshiga qarab, milliy istiqlol g‘oyasini singdirish o‘quv dasturini yaratish;
Milliy istiqlol g‘oyasini teran aks ettiruvchi o‘quv dasturlari, darslik, ko‘rgazmali qurollar;
Bugungi taraqqiyotni olijanob umidlarimizni aks ettiradigan adabiyot, kino, musiqa, san’at asarlari, muzey, me’moriy obidalar;
g‘oyaviy ta’lim tarbiyada informatsion texnikalar (EHM, masofaviy ta’lim, Internet kabilar);
ilmiy ko‘rgazmalilik;
Milliy istiqlol g‘oyasi mAqsad va vazifalari asosidagi bahs. munozara, davra suhbati, saxna ko‘rinishlari tashkil etish;
OAV yordamida axborotlar oqimini muntazam ravishda kuzatib, tahlil qilib bori shva kerakli joylarda ularning jamiyatimiz taraqqiyotiga ta’siri haqida chiqishlar qilish.
“Mafkuraviy tarbiya” tushunchasi, uning mazmuni va namoyon bo‘lish xususiyatlari. Mafkuraviy tarbiyaning yo‘nalishlari va ijtimoiy funksiyalari. Ta’lim-tarbiya tizimida milliy g‘oyani rivojlantirish imkoniyatlari. Ijtimoiy institutlarning an’anaviy, individual jamoaviy mafkuraviy funksiyalari: Milliy g‘oyani rivojlantirishda ommaviy va siyosiy tashkilotlarning, oila, mahalla, nodavlat-notijorat tashkilotlarning rolini oshirishning ahamiyati. Milliy g‘oya va mafkurani targ‘ib-tashviq qilishda mutaxassislar roli va mas’uliyati. Milliy g‘oyani ommaga transformatsiya qilishda kadrlar korpusini shakllantirish, ularning salohiyatini rivojlantirishda "O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim to‘g‘risidagi Qonuni" va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da belgilangan vazifalarni amalga oshirish masalalari.
Jamoa tomonidan hal etilishi ko’zda tutilgan yetakchi tarbiyaviy vazifa shaxsni har tomonlama tarbiyalash, unda ijobiy sifatlarni tarbiyalash hamda mustahkam hayotiy pozitsiyani qaror toptirishdan iboratdir. Umumiy o’rta ta’lim muassasalarida jamoani shakllantirish ma’suliyatli vazifa sanaladi. Maktab jamoasi tarkibida eng barqaror bo’g’in - bu muayyan sinflar negizida shakllangan jamoalar sanaladi. Sinf jamoasi tarkibida o’quvchilar tomonidan amalga oshiriluvchi asosiy faoliyat o’qish faoliyati sanaladi. Aynan sinf jamoasida shaxslararo aloqa va munosabatlar tarkib topadi. Shuningdek, sinflar jamoalari negizida maktab jamoasi shakllanadi. Maktab jamoasi ikki muhim bo’g’in – o’qituvchilar jamoasi hamda o’quvchilar jamoasi asosida tarkib topadi. O’quv yurtlari jamoasi tarkibida o’quvchilar jamoasi asosiy qismni tashkil etadi. O’quvchilar jamoasi - bu ijtimoiy ahvoli shuningdek, umumiy saylov organlari oldidagi umumiy javobgarlik, barcha a’zolarning huquq va burchlari tengligi asosidagi o’zaro birlikka ega o’quvchilar guruhidir. O’quvchilar jamoasi unga rahbarlikni olib boruvchi o’qituvchilar hamda bolalardan iborat jamoaning murakkab birlashmasi bo’lib, o’z-o’zini nazorat qilish hamda o’z-o’zini boshqarish huquqi, shuningdek, o’ziga xos psixologik muhit va an’analariga ega bo’ladi.
Ta’lim-tarbiya tizimini insonparvarlik yo‘nalishida tubdan o‘zgartirish va yangi zamon talablari darajasiga ko‘tarishning birinchi sharti - unga bir butun tizim sifatida yondashish va shunga muvofiq, ish olib borishdan iboratdir. Ma’lumki, har qanday barqaror tizim qismlar, elementlaming muayyan tuzilmalaridan tarkib topadi. Binobarin, undagi har bir qism o‘z o‘rnida turganda va har qaysisi o‘z vazifasini mukammal tarzda bajargandagina tizim tashqi ta’sirlarsiz, o‘z-o‘zini boshqarish tomon yo‘nalishi mumkin. Bu holatda ta’lim-tarbiya tizimining uzluksiz harakati, uzluksiz takomillashuvi uning bir maromda ishlashining zarur sharti bo‘lib qoladi.
Ta’lim-tarbiyaga uzluksiz tizim sifatida qaralishining o‘zi insonparvarlikning amalda namoyon bo‘lishidir. Ayni vaqtda insonparvarlik ta’lim-tarbiyaning uzluksiz va izchil bo‘lishini taqozo etadi. Zero, bundan kuzatilgan asosiy maqsad muayyan kasb-kori mukammal egallab olish va ayni vaqtda sog‘lom, barkamol inson shaxsini vujudga keltirish, uni hozirgi zamon fan-texnika va texnologiyasi yutuqlaridan bahramand etish, axborot asri sifatida namoyon bo‘layotgan XXI asming yuksak talablariga muvofiq kadrlar bo‘lib yetishishlariga erishishdir. Kadrlar chuqur va keng bilimli, yuqori malakali mutaxassis www.ziyouz.com kutubxonasi bo’ lishlari zarur, ammo bu bilimdonlik tarixiy-milliy zaminlarda qaror topadigan boy ma’naviy ait, pok axloq, imone’tiqod butunligi bilan omuxta bo‘lib ketgandagina ijtimoiy ahamiyat kasb etadi, tor ixtisoslik tafakkur tarzidan keng miqyosli falsafiy tafakkur tarzi tomon rivojlanish uehun yo‘l ochiladi. Bu juda katta o‘zgarish sifat jihatidan yangilanishga olib kelishi kerak.
Chunki muayyan tarixiy va ijtimoiy sabablarga ko‘ra, tor ixtisoslik natijasida tafakkuming torligi ham barqaror bo‘lib qolishi mumkin. Bunda mutaxassis o‘z kasb-kori doirasidagina fikr yuritish bilan chegaralanib qoladi. Bu esa milliy, ham umumbashariy munosabatlaming bundan buyongi rivojiga monelik qiladi.
«Ta’lim to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida ko‘zda tutilgan muammolami hal etayotganda masalaning ana shu jihatiga asosiy e’tibomi qaratish lozim. Bugun tug‘ilib voyaga yetayotgan bola muayyan vaqtdan keyin biron bir kasbda ishlaydi, agranom, muhandis, o‘qituvchi, shifokor va boshqa ommaviy kasb egasi bo‘ladi yoki davlat va nodavlat tuzilmalarida faoliyat ko‘rsatadi. Uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimini insonparvarlik ruhi bilan sug‘orilgan bo‘lsa, bo‘lajak avlod ongi, his-tuyg‘usi shu ruhdan oziq oladi va bunday odamlarda ma’naviyat eng yuksak cho‘qqiga chiqadi. Odamlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar chinakam insoniy tus olsa, shubhasiz, bu holat jamiyatning butun faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |