Kurs ishi maqsadi: Yoshlarda sog’lom turmush tarzini ta’minlash, barkamol avlodni tarbiyalashning muhim omilining mazmun mohiyati o’rganish
Kurs ishi ob’ekti: Yoshlarda sog’lom turmush tarzini ta’minlash, barkamol avlodni tarbiyalashning muhim omilining mazmun mohiyatini tashkil etish jarayoni
Kurs ishi predmeti: Yoshlarda sog’lom turmush tarzini ta’minlash, barkamol avlodni tarbiyalashning muhim omili sifatining mazmun-mohiyati, usullari va vositalari
Kurs ishining maqsadi: Yoshlarda sog’lom turmush tarzini ta’minlash, barkamol avlodni tarbiyalashning muhim omili sifatidaning mazmun-mohiyatini anglash va uni kelajakda o’quvchilar va talabalarga mazmunli tadbiq etish.
Kurs ishining vazifasi:
Yoshlarda sog’lom turmush tarsi va uni tashkil etuvchi omillar
Yosh, barkamol avlodni tarbiyalashda milliy an’analarimiz, qadiryatlarimiz ruhini singdirish.
Sog’lom turmush tarzini ta’minlash.
Kurs ishining metadologik asoslari:
Shaxs va uning shakllanishiga ta'sir ko'rsatuvchi ijtimoiy omillarning mazmun-mohiyati metodlarini yoritish, bilim va ko’nimalarni samaradorligini oshirish usullarini qo’llashda talabalar va o’quvchilar bilan muntazam ishlab tajriba oshirish usullaridan foydalanish.
Kurs ishini tuzilishi: Kurs ishi 4 qism ya’ni (kirish, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar) 25 sahifadan iboratdir.
Yoshlarda sog’lom turmush tarsi va uni tashkil etuvchi omillar
Salomatlikni o’rganuvchi fan bu “Valeologiya” fanidir. Bu atamani 1982 yilda Brexman fanga kiritgan. “Valeologiya” lotincha so’z bo’lib, “Valeo” –sog’lomlik, sog’lom bo’lmoq degan ma’noni bildiradi. Demak valeologiya sog’lom odamning sog’lomlik holatini o’rganadi. Valeologiya integrativ fan sifatida gigiena, epidemiologiya, normal fiziologiya, tibbiy psixologiya, pedogogika, etika va ekologiya hamda boshqa ijtimoiy fanlar bilan uzviy bog’langan holda ularning uslublari va dalillaridan, insonlarni sog’lomlashtirish maqsadida foydalanadi. Bu o’rinda esa har bir pedagog inson ruhiyatining bilimdoni bo’lishi kerak. Shundagina STTni shakllantirishda insonning sog’likka nisbatan dunyoqarashini o’zgartirish mumkin. Uning sog’lom umri davomiyligini saqlash mumkin.
Valeologiyani – sog’lom turmush tarzini amalga oshirishda, yana bir masala, bu ham bo’lsa, sog’lom turlmush tarzini shakllantirishda psixologik ruhiy tayyorgarchilikning ahamiyati. Bu borada har bir inson STT talablari asosida yashashga urinishida, undagi xohishni rivojlantirish uchun psixologik nuqtai – nazardan tayyor bo’lmog’i lozim. Demak, STT ta’limotini o’zgartirish bu masalaga insonning ongli yondashishi, xatti-harakatlarini ongli ravishda tartibga solish va ko’zlangan maqsadga erishishi, buni amalga oshirishda uchraydigan to’siqlarni (shubha, qo’rqinch, ishonchsizlik kabilarni) irodaga tayanib engish katta ahamiyat kasb etadi. STTni shakllantirishda ruhiy-hissiy holatni ongli ravishda amalga oshirish asosiy masala bo’lib qoladi. Chunki ong-bu kishining moddiy dunyo, ijtimoiy hayot va uning qonuniyatlarini o’z imkoniyatlari darajasida anglash hamda voqea – hodisa yoki hayotiy muammolarni ijobiy hal qilish qobiliyatidir. Shuning uchun ham insondagi sog’likka bo’lgan qiziqishni shakllantirish uchun uning ruhiyatini ko’taruvchi holatlarni yaratish, jumladan, inson psixologiyasiga ta’sir etish yo’li bilan insonlar sog’ligini asrash, uzoq umr ko’rish g’oyasini insonlar ongiga singdirish katta ahamiyat kasb etadi.
Valeologiya fanining predmeti – inson. Maqsadi esa insonlar salomatligini yaxshilash va mustahkamlash, insonning hayotdagi faol umrini uzaytirish, kasalliklarni kamaytirishga hamda kasalliklar kelib chiqishini oldini olishga, sog’lom turmush tarzini shakllantirishga qaratilgan. Vazifasi esa shu maqsadlarni amalga oshirishdan iborat. Buning uchun valeologiya yuqorida keltirilgan fanlar bilan uzviy bog’langan holda o’z maqsadi sari boradi va insonning komillikka erishish jarayonida ularga yordamchi bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |