Mavzu: yosh futbolchilarni tayyorlashning o'ziga xos xususiyatlari. Reja



Download 309,93 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/13
Sana21.12.2022
Hajmi309,93 Kb.
#892450
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
YOSH FUTBOLCHILARNI TAYYORLASHNING O\'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI1

 
 


O‘zbek futboli haqida 10 fakt 
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi yettinchi bor Jahon chempionatlari 
saralashlarida qatnashib, yana muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Albatta, terma 
jamoa tarixida jahon chempionatiga chiqish uchun atigi bir gol yoki bir g‘alaba 
yetishmagan paytlar ham bo‘ldi, hattoki uning g‘alabasi bekor qilingan chog‘lar ham. 
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston futboli ayrim yutuqlarga ham erishgan. Keling, ularni 
bir-bir esga olaylik. 
CheMPIONATLAR 26 TA, CheMPIONLAR 27 TA 
1992 yildan buyon, 26-marta tashkillashtirilgan O‘zbekiston milliy chempionatining bu 
yilgi mavsumida Toshkentning «Lokomotiv» klubi ikkinchi bor chempion bo‘lishga 
juda yaqin turibdi va yangi chempion O‘zbekistonning 27-chempioni bo‘ladi. Eng 
dastlabki chempionat — 1992 yilgisida Toshkentning «Paxtakor» va Farg‘onaning 
«Neftchi» klublari ochkolari teng bo‘lgani bois birvarakayiga qo‘sh chempion, deya 
e'lon qilingan. Kumush medal hech kimga berilmagan. 
JAHON CheMPIONLARI O‘ZBeKISTON CheMPIONATIDA 
O‘zbekiston chempionatida jahon chempioni to‘p surgan va jahon chempioni bo‘lgan 
murabbiy ishlagan. 2002 yilgi jahon chempioni, 1999 yilda «Oltin to‘p» mukofoti va 
FIFAning «Yilning eng yaxshi o‘yinchisi» Rivaldo 2008-2010 yilgi mavsumlarda 
O‘zbekiston chempionatida to‘p surgan va hattoki 2009 yili 20ta gol bilan 
chempionatning eng yaxshi to‘purari sifatida tarixda qolgan. U ikki bor O‘zbekiston 
chempioni (2008-2009) va bir bor mamlakat kubogi sohibi (2008) ham hisoblanadi. 
Murabbiy sifatida 2002 yilgi jahon chempioni Luis Felipe Skolari ham «Bunyodkor»ni 
2009-2010 yillarda boshqargan va 2009 yili chempionlik sari yetaklagan. 
O‘ZBeK FUTBOLINING ENG KATTA YuTUG‘I XIROSIMADA RO‘Y BeRGAN 
O‘zbek futbolining eng esda qolarli yutug‘i 1994 yili Yaponiyaning Hirosima shahrida 
o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlarining futbol musobaqasida quchgan zafaridir. Guruh 
uchrashuvlarida Saudiya Arabistoni (4:1), Malayziya (5:0), Hongkong (1:0), Tailand 
(5:4) ustidan g‘alaba qozongan O‘zbekiston futbolchilari chorak finalda Turkmanistonni 
3:0, yarim finalda Janubiy Koreyani 1:0 hisobida yengib, finalda xitoylik futbolchilar 
ustidan 4:2 hisobida g‘alaba qozonishadi. 
O‘sha paytlarda Osiyo o‘yinlarida milliy terma jamoalar ishtirok etishardi. Yangi asrdan 
Osiyo o‘yinlaridagi futbol turnirida olimpiya (U23) terma jamoasi ishtirok etadigan 
bo‘ldi. 
JAHON CheMPIONATI SARALASh O‘YINI QAYTADAN O‘TKAZILGAN 
2006 yili Germaniyada o‘tkazilgan jahon chempionati saralash turnirining O‘zbekiston 
va Bahrayn terma jamoalari o‘rtasidagi OFK mintaqasi pley-off uchrashuvining 
dastlabkisi Toshkentda bo‘lib o‘tadi. O‘yinni boshqargan hakam — yaponiyalik 
Toshimitsu Yoshida o‘yinda bahraynliklar darvozasiga penalti belgilaydi. Server 
Jyeparov tomonidan amalga oshirilgan penalti gol bo‘ladi. Biroq Temur Kapadze 


penalti ijro etilayotgan chog‘da raqib jarima maydoniga zarbadan avval kirgani sababli 
penalti qaytadan ijro etilmasdan, Bahrayn foydasiga erkin to‘p belgilanadi. Garchi 
o‘yinda O‘zbekiston 1:0 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lsa ham, O‘zbekiston futbol 
federatsiyasi hakamlik ustidan shikoyat qilib xat yozadi. FIFA o‘yin natijasini bekor 
qilib, o‘yinni boshqatdan o‘tkazadi. Toshkentdagi qayta o‘tkazilgan o‘yin 1:1 hisobida 
yakunlanadi va Manamadagi o‘yinda hisob ochilmaydi. Qit'alararo pley-offga Bahrayn 
yo‘l oladi. Yoshida esa hakamlikdan chetlatiladi. 
15 YILDAN BeRI FAQAT POYTAXT JAMOALARI CheMPION BO‘LMOQDA 
Agar 2017 yilgi chempionatda Toshkentning «Lokomotiv» jamoasi chempion 
bo‘ladigan bo‘lsa, O‘zbekiston chempionligi kubogi qatorasiga 16 yil ketma-ket 
poytaxtni tark etmaydigan bo‘ladi. Viloyat jamoalari ichidan so‘nggi bor O‘zbekiston 
chempionatida 2001 yili Farg‘onaning «Neftchi» klubi chempion bo‘lgan edi. So‘nggi 
15 chempionatda «Paxtakor» 9 marta, «Bunyodkor» 5 marta, «Lokomotiv» bir marta 
g‘alaba nashidasini surgan. 
O‘ZBeKISTON O‘SMIRLARI VA YoShLARI JAHON CheMPIONATI ChORAK 
FINALIGA ChIQIShGAN 
2011 yili Meksikada o‘tkazilgan 17 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasidagi jahon 
chempionatida va 2013 yili Turkiyada o‘tkazilgan 20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar 
o‘rtasidagi jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi a'zolari chorak final 
yo‘llanmasini qo‘lga kiritishgan. O‘smirlar urugvaylik tengdoshlariga imkonni boy 
bergan (0:2) bo‘lishsa, yoshlar tarkibida Pogba, Umtiti, Dine kabi bo‘lajak yulduzlar 
to‘p surgan fransiyalik futbolchilarga 4:0 hisobida yutqazishgan. 
O‘ZBeKISTON TeRMA JAMOASI BIR O‘YINDA 15 TA GOL URGAN 
1998 yili Tailand poytaxti Bangkokda o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlarining futbol turnirida 
qatnashgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi saralash bosqichi G guruhida 
Mo‘g‘uliston terma jamoasi darvozasiga javobsiz 15ta to‘p yo‘llagan. Qayd etish joizki, 
O‘zbekiston o‘shanda 4 yil avvalgi natijasini takrorlay olmagan va chorak finalda 
bo‘lajak chempion — Eronga 0:4 hisobida yutqazib, musobaqani erta tark etgan. 
O‘ZBeK KLUBLARI OSIYo VA MDH KUBOKLARINI QO‘LGA KIRITGAN 
2011 yili o‘zbek futbol klublari tarixida xalqaro miqyosdagi eng yuksak natija qayd 
etilgan. Qarshining «Nasaf» klubi OFK kubogini qo‘lga kiritdi. Ta'kidlab o‘tish joizki, 
final uchrashuvi Qarshida tashkillashtirilgan va mehmon jamoa — Kuvaytning «Al-
Kuvayt» klubini 2:1 hisobida mag‘lub etilgan. 
Bungacha 2007 yilda Toshkentning «Paxtakor» jamoasi MDH kubogi g‘olibi bo‘lgan 
edi. Moskvada o‘tgan finalda paxtakorchilar Latviyaning «Ventspils» klubi ustidan 
penaltilar seriyasida g‘olib kelishgan edi. 
SeRVeR JYePAROV IKKI BOR OSIYoNING ENG YaXShI O‘YINChISI 
BO‘LGAN 


O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Server Jyeparov ilk marta 2008 yili 
Osiyoning eng yaxshi o‘yinchisi, deb topilgan. O‘shanda u «Bunyodkor» klubi safida 
to‘p surardi. Oradan 3 yil o‘tib, 2011 yili ham u ikkinchi bor qit'aning eng yaxshi 
o‘yinchisi deb topildi. Bunga sabab qilib Server Jyeparovning Qatarda o‘tgan Osiyo 
kubogidagi yorqin o‘yinlari ko‘rsatilgan. Bu vaqtga kelib u Saudiya Arabistonining 
«Ash-Shabob» klubiga o‘tgan edi. 
Bungacha qit'a miqyosida O‘zbekiston terma jamoalari bosh murabbiylari — 1999 yili 
Mahmud Rahimov (marhum) va 2007 yili Rauf Inileyev eng yaxshi murabbiylar deb 
topilishgan. 
«Paxtakor» (Toshkent) esa 2002 yili qit'ada yilning eng yaxshi klubi bo‘lgan. 
O‘ZBeK HAKAMI RAVShAN ERMATOV JAHONDA ReKORD QO‘YGAN 
O‘zbekistonlik hakam Ravshan Ermatov Jahon chempionatlarining 9 ta uchrashuvini 
boshqarib, bu borada rekord o‘rnatgan. U 2010 yili Janubiy Afrika Respublikasida 
tashkillashtirilgan jahon chempionatida 5 ta, 2014 yili Braziliyada o‘tgan jahon 
chempionatida 4ta o‘yinni boshqargan. 2018 yili Rossiyada o‘tadigan jahon 
chempionatida ham qatnashish imkoni borligi hisobga olinsa, u yaqin orada 
yangilanmaydigan rekord sohibiga aylanishi mumkin. 
Ravshan Ermatov 5 marta (2008–2011 yillar va 2014 yilda) Osiyoning tengsiz hakami 
deb e'tirof etilgan. 

Download 309,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish