Mavzu: yosh avlod ma’naviyatini shakllantirishda ota-ona va mahallaning mas’uliyati reja



Download 49,02 Kb.
bet2/2
Sana14.01.2022
Hajmi49,02 Kb.
#363301
1   2
Bog'liq
Yosh avlod manaviyatin shakllantirishda ota-ona va mahalla masuliyati

Foydalanilganadabiyotlar:

1. Karimov. I.A. O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1-jild, T. 1996.

2. Karimov. I.A. Istiqlol va manaviyat. T. 1994.

3. Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida havfsizlikka tahdid barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T.1997 yil.

4. Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. T. 2000

5. Karimov. I.A. Yuksak manaviyat-engilmas kuch. T. 2008.

6. Karimov. I.A. Mustaqillikka erishish ostonasida. T. 2011.

6. I.Irgashev Milliy g‘oya va rahbar mas‘uliyati T.2007



1- masalaning bayoni: Inson tarbiyasi o’zoq muddatli, o’zluksiz davom etadigan murakkab jarayon. Xususan, Sharqda tarbiyaga alohida e‘tibor qaratiladiki, bu sharqona an‘analar va demografiy xususiyatlar bilan chambarchas bog’liq. Zero, sharqliklarga xos bo’lgan bag’rikenglik, o’za totuvlik, bir-biriga daxldorlik tuyg’ulari o’sib kelayotgan farzandlar tarbiyasida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki barkamol avlodni tarbiyalash insoniyatning eng yorqin orzusi bo’lib qolgan. Bunday orzudagi insonlar o’z oilasi, mahallasida kamol topib, azaliy ma‘rifatga, ma‘naviyatga mansub bo’lgan yurtlarning donishmandlari eng mo’tabar ziyolilari, hukumdorlari hisoblanganlar. Masalan, barkamol avlodni tarbiyalash borasida Farobiyning intilishi, ―Fozil odamlar shahri‖ asaridagi jamiyat fuqarosi - fozil kishini kamol toptirish niyati o’z ifodasini topadi. Fozillar shahri aholisi bir-biriga hurmatda bo’ladi. Ota-ona, farzand, ustozu shogird o’rtasida sharqona nazokat mehr va ehtirom bo’ladi. Ana shular haqida fikr yuritishimiz boisi bobolarimizning ma‘naviy darajasi naqadar yuksak bo’lishida oila, mahallaning ma‘suliyati yotadi. Ya‘ni, tarixdan ayonki, taraqqiyot taqdirni ma‘naviy jihatdan yetuk odamlar hal qiladi. Zero, aqliy zakovat va ruhiy - ma‘naviy salohiyat ma‘rifatli insonni ikki qanotidir. Bugungi yoshlarni hayoti porloq bo’lishi uchun texnikaviy bilimi, murakkab texnalogiyalarni egallashda, erkin tafakkurni shakllanishi, milliy qadriyatlarni urf-odatlarni mohiyatini tushuntirish jarayonini oila, mahalla, ta‘lim -tarbiya, madaniyat maskanlari aniq reja-dasturlar asosida faoliyat olib borishi zarurdir. Chunki o’zlikni anglab, ichki bir tabniy kuch bilan kelajak uchun hayotga munosabatini o’zgartirib, o’z taqdirini ona elning istiqbolini o’ylash ehtiyoji bor va uni yechimini topish uchun bugun shart-sharoitlar mavjuddir. Ya‘ni, har-bir oila, mahalla, ta‘lim-tarbiya maskanlari bilan hamkorlikda yoshlarni ilk davridanoq ahloqli, odobli qilib tarbiyalashning ahamiyati katta. Ulug’ fiqhshunos olim Burhoniddin al-Marg’inoniy fikricha , ahloqda diyonat, islomiyat, g’ayrat, qanoat, shijoat, ilmi sabr intizom, vijdon, vatanni sevmoq, iffat, hayo, idrok, hayri-hohlik, sadoqat, muhabbat kabi qator insoniy fazilatlar oilada, ota-ona, mahalla- ko’y namunasida shakllanib, kamol topadi. Demak, ahloq shaxs ma‘naviyatni rivojlantirish asosidir, insonning umri esa farzandlarida davom etadi. O’sib kelayotgan farzandlarda insoniy sifatlarning shakllanishida oiladagi, atrofdagi (mahalla, ko’cha, bog’cha, maktab, oliy o’quv yurti), ijtimoiy muhit va tarbiyalanuvchiga bo’lgan munosabat muhim rol o’ynaydi. ―Yuksak ma‘naviyat - yengilmas kuch‖ asarida ta‘kidlab o’tilganidek, ―Odamzot uchun bir umr zarur bo’ladigan tabniy ko’nikma va xususiyatlar, masalan, har qaysi bolaning o’ziga xos va o’ziga mos qobiliyati, atrofidagi odamlar bilan muomalasi, tengdoshlari orasida o’zini qanday his qilishi, yetakchilik hislatlariga ega bo’lishi yoki ega bo’lmasligi, kerak bo’lsa, dunyoqarashi — bularning barchasi avvalo uning tug’ma tabiati, shu bilan birga, oilada oladigan tarbiyasiga uzviy bog’liq ekanini hayot tajribasi ko’p misollarda tasdiqlab beradi‖.15 Ushbu sohada olib borilgan ko’p yillik ilmiy izlanishlarimiz natijalarining ko’rsatishicha, 10 o’sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasining o’zluksizligini quyidagi ko’rinishda olib borish maqsadga muvofiq ekan: Tarbiya inson umrining oxirigacha davom etadigan jarayon bo’lib (inson umrining oxirigacha o’rganadi, degan naql asosida tarbiyalanib), doimiy ravishda rivojlanib, takomillashib, komillikka intilib yashaydi. Oila va mahalla boshqa tarbiyaviy muassasalardan farqli ravishda odamning butun hayoti davomida uning barcha tomonlariga, qirralariga ta‘sir ko’rsatishga qodirdir va odatda ta‘sir ko’rsatadi. Oila va mahallaning yuksak tarbiyaviy imkoniyati bolalar va ota- onalarning o’ziga xos xususiyatlari: qon-qarindoshligi, qo’ni-qo’shniligi, muhabbati, yaqinligi, ishonchi, burch hissi, obro’ligi va hokazolar bilan ta‘minlanadi. Oila va jamoatchilik hamkorligidagi tarbiyaning qimmatliligi va ahamiyati yana shundaki, insonning kichiq bolalik paytidagi oilada egallagan narsalari bir umr saqlanib qoladi. 1. Oila tarbiyasi orqali bola ongida umuminsoniy va milliy qadriyatlar, yashashdan maqsad haqida dastlabki tasavvurlar hosil bo’ladi. Oilada shaxsning ijtimoiy-qimmatli fazilatlari o’sa boshlaydi. O’zbekiston sharoitida oilaviy tarbiya mazmuni tashkil etilishiga oid pedagogik omillar mavjudki, bularni hisobga olishga majburdirmiz. Bola maktabga qadam qo’yganda yaxshi va yomon narsalar haqida o’z tasavvuriga ega bo’ladi. O’qituvchi bolada qanday axloqiy tushunchalar mavjudligini va axloqiy fazilatlar qanday sharoitda shakllanganligini ham bilmog’i kerak. Shuning uchun ham muallim o’quvchilarning ota-onalari , kerak bo’lsa uning mahallasi bilan aloqa bog’lab, bolani tarbiyalashda ular bilan hamkorlikni yo’lga qo’yishi darkor. Tarbiyaning samaradorligi ko’pincha oila, mahalla va maktabning bolaga nisbatan bir xil talab qo’ya bilishiga bog’liq. Shuning uchun ham azaldan Sharqda o’qituvchi bilan ota-onalarning o’zaro munosabatlari, muomalasiga katta e‘tibor beriladi, muallim oila bilan aloqa va hamkorlik qilmasdan turib, bolani axloqiy tarbiyalash vazifasini bajara olmaydi. Chunki maktab oilada shakllangan axloqiy fazilatlarni mustahkamlashi yoki illatlarni yo’qotishi lozim bo’ladi. Maktabda bolaga chuqur bilim, ta‘lim-tarbiya mafkuraviy g’oya, o’zbekona milliy qadriyatlar, halol mehnat, biror bir kasb-hunarni egallashlari uchun mustahkam poydevor yaratishdek mas‘ul vazifani zamonaviy talab darajasida amalga oshirish lozim. Bolalarni barkamol inson qilib yetishtirishda maktabni oila bilan bog’lamasdan, muvaffaqiyatga erishib bo’lmaydi. Shuning uchun maktab ota-onalar o’rtasida ta‘lim-tarbiyaga oid ishlarni kengaytirishi lozim. O’qituvchilarning, mahalla faollarining ota-onalar bilan bo’lgan uchrashuvida aytgan fikrlari ayniqsa, ota-onalar uchun qimmatlidir, chunki ular o’z farzandlari to’g’risida ko’proq narsalarni bilib oladilar. Shunday ekan, bola tarbiyasining tub mohiyatini unutgan har bir ota-ona oila, mahalla va maktab o’rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga intiladi. Bola maktabga kirib, to uni tamomlab chiqqunga qadar otaona maktab bilan yaqin aloqa o’rnatishi, farzandining o’zlashtirishi, xulq-atvoridan hamisha xabardor bo’lishi tarbiya masalalari bo’yicha o’qituvchi, sinf rahbari bilan maslahatlashib, uni darsdan so’ng bolani nima bilan mashg’ulligidan xabardor qilishi lozim. 2. O’z navbatida o’qituvchi ham bolaning o’qishi, odobi, xulqi, maktabda o’zini tuti bilishi haqidagi ma‘lumotlarni ota-onaga yetkazishi, zaruriyat tug’ilganda hosil bo’lgan muammolarni ota-ona, zaruriy hollarda ba‘zan mahalla oqsoqoli bilan birgalikda hal etishi zarur. Shundagina o’quvchi oldiga bir hil talab qilishiga erishiladi. Bolasi maktabga borgan ota-ona shu jamoaning a‘zosiga aylanadi. Shu sababli otaonalar maktabning ijtimoiy hayotida faol qatnashishlari shart. Demak, sharqona tarbiyaning uch teran ildizi bo’lgan, maktab, oila va jamoatchilik 11 hamkorligi bolalar tarbiyasida asosiy hal qiluvchi bo’g’in bo’lib, bunda o’qituvchi-tarbiyachi (ota-ona)larning bir maqsadga yo’naltirilgan tarbiyaviy ishlari muammoni ijobiy hal etuvchi omil hisoblanadi. Yuksak taraqqiyot va intellektual rivojlanish davrida mamlakatimizda komil farzand tarbiyalash uchun oila, maktab va jamoatchilik, (mahalla)ning hamkorligi milliy farovonlik asosidir. Har bir millat o’ziga xosligi, milliy madaniyati, milliy adabiyoti, milliy tili va shu millatning ruhiy tarzini majmuasida, ya‘ni milliy ruhiyatida o’z ifodasini topadi. Binobarin, xalq va elat ma‘naviyati va ruhiyatini yosh avlodga singdirish ishini oiladan boshlash kerak. Oilada farzand tarbiyasining pedagogik-psixologik xususiyatlarini analiz qilinganda, ahloqiy tarbiyani izchil va tartibli amalga oshirishda oila muhim rol o’ynaydi. Inson ahloqiy, ma‘naviy va ruhiy qiyofasining poydevori oilada qo’yiladi. 3. Psixologiyadan shaxs rivojlanishining yosh davrlari to’g’risidagi qarashlarda ham deyarli asosiy e‘tibor dastlabki yosh bosqichlariga qaratilgan (L.S.Vigotskiy, D.B.Elkonin, Z.Freyd). Bola tarbiyasi eng murakkab faoliyatlardan biri hisoblanadi. Agar bolani to’g’ri tarbiyalash amalga oshirilmasa, ayrim hattiharakatlari kutilmagan ko’ngilsizliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Bolaning oiladagi tarbiyasi bilan ta‘lim-tarbiya jarayonidagi munosabatlari orasida ko’pgina tafovutlar ko’zatiladi. Ayrim hollarda bolaning oilada ota-onasi tomonidan ko’rsatilayotgan ortiqcha hayrihohlik, erkalashlar, uning hohish istagiga ko’ra talablarini qondirishlari atrofdagi tengdoshlari bilan munnosabatlarida tafovutlarga olib kelayotganligi amaliyoti ko’zatilmoqda. Shuningdek, pedagog-murabbiy bilan ota-ona munosabatlardagi nomutanosiblik ham bola tarbiyasi uchun salbiy ta‘sir ko’rsatmoqda, deyish mumkin. Ko’p hollarda ota-onalar farzandlaridagi injiqlik, ―gapga quloq tutmaslik‖, e‘tiborsizlik, qaysarlik va boshqa shu kabi salbiy odatlarning xulq-atvorida uchrayotganlik sabablarini bilmasliklari, bu borada o’qituvchilari bilan bamaslahat ish tutmasliklari oqibatidir. 4. Farzand tarbiyasida sharqona odatlar, azaliy udumlarga, otabobolarimiz, ajdodlarimizdan qolgan tajriba va milliy an‘analarimizga tayaniladi.Buning uchun otalar o’zbek xalqining asrlar davomida yaratgan,avloddan avlodga o’tib kelayotgan tarbiya tizimidan boxabar bo’lishi, uning tarbiyaviy ahamiyatini bilishi kerak. Farzandning har tomonlama yetuk inson bo’lib yetishishi oiladagi ta‘lim- tarbiya muhitiga, ota- onaning bilim darajasiga va ma‘naviy hayot ilmidan xabardorligiga bog’liqdir. Hakim Sulaymon ta‘kidlaganlaridek, —Ota qodiri qayum ( qudratli tarbiyachi ) va ona roziqi marsum ( qonuniy rizq beruvchidir)». Darhaqiqat,otalik buyuk tuyg’u bo’lishi bilan birga, katta mas‘uliyat hamdir. Qudratli tarbiyachi bo’lish otadan tarbiyaviy, axloqiy, iqtisodiy va psixologik yetuklikni talab etadi. Chunki u farzandi uchun ibrat, o’rnak vazifasini o’taydi. 5. Unsur al-Ma‘aliy Qaykovus ham o’zining ―Qobusnoma‖ asarida farzand tarbiyasiga oid durdona fikrlarni keltirib o’tadi: ―Ey farzand, agar farzanding bo’lsa, anga yaxshi ot qo’yg’il, nedinkim, otadan farzand haqlaridin biri, unga yaxshi ot qo’ymoqdur. Yana biri uldurkim, farzandni oqil va mehribon doyalarga topshirg’aysan. Sunnat qilur vaqtida sunnat qilg’aysan, qudratingga loyiq to’ytomosha qilg’aysan hamda o’qishni o’rgatg’aysan. Ulug’roq bo’lg’ondin so’ng, agar raiyat (xalq) bo’lsang, unga hunar va kasb o’rgatgaysan, agar sipoh ahli (harbiy kishilar)din bo’lsang, sipoh ilmin o’rgatgaysan. Bularni bilg’ondan so’ng shinovarlik, ya‘ni suvda yuzmakni o’rgatg’il. Bas, kerakdurkim, har turlik fazl va hunarin farzandingga o’rgatg’aysan, to otalik shafqati shartin bajo keltirmish bo’lg’aysan. Kishi boshiga na ish tusharin bilmag’usidur, fazl va hunar ishga yarag’usidir‖. 16 Каримов И.А. Юксак маънавият - енгилмас куч. -Т.: Маънавият, 2008 йил, 55-бет 12 Shuningdek bola psixologiyasi va unda ota-onalarning roli qanday bo’lishi haqida ―Qobusnoma‖da quyidagi durdona fikrlar ham kltirilgan: ―Bolalarga muallimlar adab bersunlar, toki sendan o’g’lingning ko’nglida gina qolmasin. Ammo uning ko’ziga o’zingni haybatlig’ ko’rgo’zg’il, to seni xor tutmasin va u hamisha sendin hayiqib yursin. U bir narsani orzu qilsa, qudrating yetguncha undin ayamag’il. Farzandga adab, hunar o’rgatmakni meros deb bilgil. Agar sen xoh unga adab o’rgatg’il, xoh o’rgatmagil turmush mashaqqatlarining o’zi unga o’rgatur. Undoqkim debdurlar, otaona tarbiyalamasa, kecha va kundo’z uni tarbiyalaydurlar‖. 6. Oilada qat‘iy intizom va kun tartibining bo’lishi bolalar tarbiyasiga ijobiy ta‘sir qiladi. Farzandlarning bilim olishdagi yutug’i, ahloqi, salomatlik darajasi ko’p jihatdan oilada qaror toptirilgan rejimga bog’liq. Ota-onaning ibrati, bu rejimga oqilona amal qilib namuna bo’lishlari zarur. 7. Oila o’ziga xos turmush o’chog’idir. Bundan mehnat asosiy o’rin egallaydi. Farzandlar ota-onadan mehnat qilishga mustaqilikka, shaxslararo ibratli munosabatga o’rganadi. 8. Agar oilada ota-onalar halol mehnatlari evaziga mehnat kechirayotgan bo’lsalar, bunday oiladagi bolalar hayotda munosib inson bo’lib yetishadilar. Farzand hayot haqidagi, yaxshilik va yomonlik, yoki zararli tushunchalarni birinchi bor oiladan oladi. Farzandlarni mehnat orqali tarbiyalash alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki qadimdan mehnat tarbiyaning asosi bo’lib hisoblangan. Inson tarbiyasi mehnatga bo’lgan munosabatiga qarab belgilandi. 9. Farzand tarbiyasi ota-onalardan maxsus pedagogik va ruhiyat bo’yicha bilimlar, alohida ko’nikmalar bo’lishini qat‘iy ravishda talab qilmasalar doimiy yuz beradigan tarbiya muammolarini to’g’ri hal qilish ustida fikr yuritishni taqazo etadi. 10. Ota - oila boshlig’i, posbondir. Oilada otaning raxbarlik va yo’lboshchilik roli to’g’risida ulug’ insonlar, buyuk siymolar hikmatli so’zlar aytishgan. Jumaladan, shoir Alisher Navoiy farzandlarni o’z ota-onalarini qadrlashga da‘vat etib: ―Birisin oy angla, birisin quyosh‖, deya madh etadi. 11. Oilada o’z hatti-harakati bilan farzandga namuna ko’rsatishi kerak. Otaning serqirra hayoti farzandni oqil qilur, otaning xudbin hayoti farzandni qotil qilur. Murg’ak tasavvurli bola ilk tarbiyani oiladan oladi. Farzand ota-onaning og’ushidan, iliq nafasidan, qalb haroratidan bahra olib o’sadi. Shuning uchun ota- ona farzandlarining birinchi tarbiyachisi deyiladi. Tarbiyani to’g’ri yo’lga qo’yishning asosiy vositasi uning ma‘naviy olamida e‘tiqodni shakllantirishdir. Bunga do’qpo’pisa, buyruq berish bilan erishib bo’lmaydi. 12. Ota-ona, oilada oila qadrli bo’lishini o’rgatish uchun ular turli yoshdagi farzandlari ruhiy dunyosiga mos muomala qilishlari darkor. Ota-onalar farzandlari davrasida obro’ orttirish uchun ularning ruhiy dunyosiga asta-sekin kirib borishlari ayni muddaodir. 13. Ota-onalar farzandlarining fe‘l-atvori, xulqi, qobiliyati, qiziqishi, ruhiy dunyosini chuqur bilgan taqdirdagina oilada ruhiy iliq iqlim yaratishi mumkin. Oilada kattalar obro’si qo’rqitish asosida vujudga kelmasdan, balki samimiylik, hurmat zamirida qurilishi muhimdir. Oiladagi katta-kichiq insonlarni yurish-turishi, inoqligi, hatti-harakati, qiyinish madaniyati, mehnat faoliyati, dunyoqarashi, murg’ak qalbiga o’zgacha yangi timsollarni olib kiradi. 16 Каримов И.А. Юксак маънавият - енгилмас куч. -Т.: Маънавият, 2008 йил, 55-бет 13 14. Kichiq yoshdagi bolalar tarbiyaga beriluvchan va kattalarga ishonuvchan bo’ladilar. Ota-onalar bu holatni hisobga olishlari shart. Farzandlarda salbiy illatlarning shakllanishi atrof-muhitning, ularning ruhiy asabiylashishi yoki erishmagan ehtiyojlari, shaxsining tan olinmasligi, ortiqcha tanbehlarning oqibati bo’lishi shubhasiz. Bundan ko’rinadiki, ota-ona ta‘lim-tarbiya jarayonining boshlang’ich davrlaridanoq bola tarbiyasiga e‘tiborli bo’lishlari, zarur hollarda mutaxassislar bilan maslahatlashishlari, bolaning kamchiliklarini ogohlantirish bilan bir qatorda uning yutuqlarini rag’batlantirish, bolani o’yin orqali undagi ruhiy toliqish, asabiylik, jizzakilik, qaysarliklardan holi bo’lishlikka erishish mumkin. ―Oilaviy tarbiya masalasida xatoga yo’l qo’ymaslik uchun avvalo har qaysi xonadondagi ma‘naviy iklimni o’zaro hurmat, axloq-odob, insoniy munosabatlar asosiga qurish ayni muddao bo’lur edi‖16 . Mustaqil yurtimiz yoshlarning bugungi ma‘naviyati, ma‘rifati, ertangi kelajagi buyuk davlat poydevorining qanchalik mustahkam bo’lishini belgilovchi omillardan biridir. Ma‘lumki, shaxsni uning ma‘naviy qiyofasi tanitadi. Ma‘naviyatning ibtidosi esa tarbiyadir. tarbiya esa bilim-zakovat bilan shakllantiriladi. Ibn sino aytganidek, ―Ruh - shamchiroqqa, bilim - ana shu shamchiroqdan taralayotgan yog’duga, Allohning zakosi - moyga o’xshaydi. Shamchiroq yonishdan to’xtamas ekan - sen tiriksan. Agar u o’chsa - sen o’liksan‖1 . Insoniyat tamonidan o’nlab ming yilliklar davomida yaratilgan o’zgarmas qadriyatlar orasida oila eng buyugi hisoblanadi. Hech bir millat, hech bir madaniy jamiyat oilani chetlab o’tmaydi. Er kishi, umuman, oilaning tinchligi to’g’risida qayg’urish bilan birga, eng muhim ta‘minotlar bo’lgan ozuqa, kiyim-kechak, boshpana bilan ta‘minlashga mas‘uldir. Ushbu mas‘ullik shariat nuqtai nazaridan vojib deb qaraladi. Ya‘ni, ushbu mas‘uliyatni bajarmagan odam Alloh taolo oldida qattiq gunohkor hisoblanadi. Mutaxassislarning fikricha, tarbiyaning bosh asosi besh yoshda nihoyasiga yetadi. Demak, biz farzandimizga besh yoshgacha nima qilgan bo’lsak, bu tarbiyaviy jarayonning 90 foizini tashkil etadi. Keyingi tarbiya esa qayta tarbiyalash negizida davom etadi. Ana shu jarayonda bola tarbiyasiga o’ta e‘tiborli bo’lishimiz lozim. O’g’il-qizlarimizning qalbi va ongida sog’lom hayot tarzi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat-ehtirom tuyg’usini shakllantirish, ularni har jihatdan barkamol etib tarbiyalash maqsadga muvofiq. O’z navbatida, farzand tarbiyasida onaning mehri otaning talabchanligi, lozim bo’lganda qattiqqo’lligi bilan mushtarak bo’lmog’i kerak. Oilada ayniqsa otaning o’rni beqiyos. O’z o’rnida, farzand tarbiyasida onaning ham o’ziga xos o’rni borligini inkor etib bo’lmaydi. Olimlarning tadqiqotlariga ko’ra, o’z onasi tarbiyasini olgan, uning g’amxo’rligi, mehrini doimo his etib turgan bolalar butunlay o’zlarini jamoat ishlariga baxshida qilib, farzandlaridan o’zilib qolgan onalarning bolalariga qaraganda sog’lom, aqlli, tarbiyali va ko’ngilchan bo’lib ulg’ayishar ekan. AQShda o’tkazilgan tadqiqotlarda qamalganlarning yarmidan ko’pi ona mehriga to’ymagan yoshlar ekani ma‘lum bo’lgan. Farzandga mehr degan ulug’ tuyg’uni onadan boshqa hech kim bera olmasligi ushbu misoldan ham yaqqol ko’rinib turibdi. Yana shuni ham ta‘kidlash kerakki, oilada farzand tarbiyalashda bobo va buvilarning tajribalariga tayanish an‘anaviy qadriyatlarimizning uzviy qismi bo’lib kelgan. Yoshi ulug’ otaxon-onaxonlarimizning o’z nevaralariga bergan: suvga tupurma, nonni ko’zingga surt, kattaga hurmatda, kichiqka izzatda bo’l, haromdan hazar qil, odob-axloqli bo’l singari hayotiy o’gitlari, pandnasihatlari ularning kelgusida har tomonlama yetuk, ma‘naviy barkamol, komil shaxslar bo’lib yetishishiga sabab bo’lganiga tarixda misollar juda ko’p. Bu o’rinda birgina 1 Х,акщат манзаралари. 96 мумтоз файласуф. - Т.: Янги аср авлоди, 2002 йил, 197-бет. 86 16 Каримов И.А. Юксак маънавият - енгилмас куч. -Т.: Маънавият, 2008 йил, 55-бет 14 Mirzo Ulug’bekni buvisi Bibixonim tarbiyalagani haqida to’xtalish kifoY. ―Tarbiyani kimlar qilur? Qayda qilinur? degan savol keladur. Bu savolga javoban: birinchi - uy tarbiyasidur. Bu Onalarning vazifasidur. Ikkinchi - maktab va madrasa tarbiyasidur. Bu Otalar, muallim, mudarris va Hukumat vazifasidur. Menga savol berurlar: Qaysi onalarni aytursiz? Bilimsiz, boshi paxmoq, qo’li to’qmoq onalarnimu? O’zlarida bo’lmagan tarbiyani qanday berurlar? Qaysi ota? To’ychi, uloqchi, bazmchi, do’mbirachi, karnaychi, surnaychi, ilm qadrini bilmagan, ilm uchun bir pulni ko’zi qiymagan, zamondan xabarsiz otalarnimi aytursiz? Avval ularni o’zlarini o’qutmaqlik kerakdur.Bu so’zlar kishini yuragini ezar, bag’rini yondirur...‖ Yirik ma‘rifatparvar alloma Abdulla Avloniyning bir necha yillar muqaddam keltirgan so’zlari hamon o’z dolzarbligini yo’qotmagan. Yoshlar tarbiyasini —hayot-mamot masalasi», deb ta‘riflagan mutafakkir naqadar haq ekanini barchamiz yaxshi bilamiz. Chunki tarbiyasi mo’rt yoshlardan jamiyat, mahalla yoki oila uchun hech qanday naf yo’q. Yoshlarning hayotda adashishi, to’zatib bo’lmas xatolari tarbiyada yo’l qo’yilgan xato yoki befarqlikning achchiq in‘ikosidir. Imom G’azzoliyning "Ihyou ulumiddin" kitobida Asmo binti Xorijaning turmush qurayotgan qiziga nasihatlari keltiriladi: "Qizalog’im, o’sib-ulg’aygan o’yingdan chiqding va o’zing tanimaydigan va oldin yaqin bo’lmagan kishining uyiga ketding. U uchun yer bo’l, senga osmon bo’ladi. U uchun o’rin bo’l, senga ustun bo’ladi. U uchun cho’ri bo’l, senga u qul bo’ladi. Unga xiralik qilma, yoqtirmay qoladi. Ya‘ni, hadeb undan har narsani talab qilaverma, zada bo’ladi. Undan o’zoqlashma, esdan chiqarib qo’yadi. Senga yaqin bo’lsa, unga yaqin bo’l. Sendan o’zoqlashsa, undan o’zoq bo’l. Uning burni, qulog’i va ko’zini muhofaza qil, Sendan faqat shirin hidlasin, faqat go’zal so’z tinglasin va sening chiroyingni ko’rsin". Mazkur rivoyatda qiz bolani nikohga tayyorlashning ibratli tomonlari mujassam. Aslida ham farzandlarda eng oliyjanob fazilatlarni tarbiyalash o’zbek oilasining azaliy qadriyatlaridandir. Ayniqsa, farzandlarning jins tarbiyasiga o’zbek oilasida ota-onalar alohida e‘tibor qaratilib kelishgan. Jumladan, qiz bolalarni yoshi ulg’aygan sari oilaviy hayotga tayyorlash, ularni yangi oilada odob-axloq meyorlariga, urf-odatlarga, oila yumushlariga va hayotning nozik sohalariga puxta tayyorlab borish vazifasi ayniqsa, onadan juda katta mehnat talab qiladi. Farzandlar mustaqil oila qurishganda oilasi mustahkam bo’lishi ham qiz bolalarning o’z oilalarida olib ketgan tarbiyasiga bog’liqligini barcha yaxshi anglaydi. O’zbek oilasida onalar qiz bolaning jins tarbiyasi bilan shug’ullanib kelganlar. Qiz farzandiga onasining —Sen qiz bolasan.», ―Katta bo’lsang kelin bo’lasan.‖ - deya qulog’iga sirli so’zlarni quyishi, ehtiyotkor bo’lishi, nomusini saqlash kabi mas‘uliyatni yuklashi qiz bolaning o’z jinsi xususiyatlarini erta anglashiga va o’zini keyingi hayotga tayorlashiga tartki bo’ladi. Qizlar bolalikdan oilada, opa-singillari, va qo’niqo’shnilari va tengdoshlari bilan o’ynaydigan o’yinlar ularda jinsga xos sifatlarni shakllantiradi. Oilada qizlar bolalikdan ―Xola-xola‖, ―Mehmon-mehmon‖ kabi milliy o’yinlarni o’ynash jarayonida nazokat, ibo, o’zini tutish kabilar onasi tomonidan o’rgatib boriladi. Qiz bolani o’yinda turli rollarni o’ynashi kelajak turmushga tayyorgarlik vazifasini o’taydi. Bu kabi jarayonlar qiz bolalarning o’smirlik davrida ro’y beradigan psixologik, fiziologik va garmonal o’zgarishlarga ham tayyorlaydi. Shuning uchun, o’smir qizlarda inqiroz holat lari yengilroq kechadi. 2- masalaning bayoni: Bolaning ulg’ayib shaxs sifatida kamolga yetishida ota-ona tarbiyasi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu o’rinda savol tug’iladi. Xo’sh, tarbiya o’zi nima, u qanday ma‘noni anglatadi? Tarbiya - inson kamolotiga ta‘sir etuvchi tashqi va eng muhim omil hisoblanadi. ―Tarbiya‖ arabcha so’z bo’lib, o’stirdi, rahbarlik qildi, isloh qildi degan ma‘nolarni bildiradi. Islom ulamolaridan Rog’ib Asfihoniy tarbiyani quyidagicha ta‘rif qiladi: ―Tarbiya bir narsani bir holdan ikkinchi holga o’tkaza borib, batamom nuqtasiga yetkazishdir. Tarbiyaning ma‘nolaridan biri, insonning diniy, fikriy va axloqiy quvvatlarini uyg’unlik va muvozanat ila o’stirishdir ‖. Tarbiyani insonga yetkazishda ota-onaning o’rni beqiyosligini Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) ta‘kidlaydilar. Abu Hurayra(roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: ―Nabiy (sollallohu alayhi va sallam): ―Har bir tug’ilgan bola faqat fitrat (sof tabiat) bilan tug’iladi. Bas, ota-onasi uni yahudiy yoki nasroniy yoki majusiy qiladi...‖. Aslida oilaning muqaddas burchi va vazifasi nafaqat farzandni dunyoga keltirish, shuning barobarida farzandlarni yuksak ma‘naviyatli va ma‘rifatli qilib tarbiyalash, jamiyatda mustaqil hayotda ularni o’z o’rinlarini topishiga shart-sharoit yaratib yordam berishdir. Agar oiladagi ma‘naviy muhit bolalar tarbiyasida to’g’ri yo’lga qo’yilgan bo’lsa, bu uchun otaona o’rnak va ma‘suliyati har qachongidan muhimdir. Oila munosabatlari otaona va farzandlar o’rtasida kechganligi bois ota oilada birinchi o’rinda bo’lib, u oilaning sarboni, bosh-qoshi va barcha muammolarni xal qilib otaning fikri hamda dono maslaxati bilan amalga oshadi. Shu o’rinda Sharq mutafakkirlarining farzand tarbiyasida ota onaning o’rni va mas‘uliyati haqidagi fikrlarini keltirib o’tish maqsadga muvofiq: Farobiy bilimidan ma’rifatli yetuk odamning obrazini tasvirlar ekan, bunday deydi: «Har kimki ilm xikmatni o‘rganmagan desa, uni yoshligidan boshlasin, sog‘ - salomatligi yaxshi bo‘lsin, yaxshi ahloq va odobi bo‘lsin, so‘zining uddasidan chiqsin, yomon ishlardan saqlangan bo‘lsin, barcha qonun - qoidalarni bilsin, bilimdan va notiq bo‘lsin, ilmli va dono kishilarni hurmat qilsin, ilm va ahli ilmdan mol - dunyosini ayamasin, barcha real moddiy narsalar to‘g‘risida bilimga ega bo‘lsin». Bu fikrlardan Farobiyning ta‘lim - tarbiyada yoshlarni mukammal inson qilib tarbiyalashda xususan, aqliy - axloqiy tarbiyada aloxida e‘tibor berganligi ko’rinib turibdi, uning e‘tiqodicha, bilim, ma‘rifat, albatta yaxshi axloq bilan bezatmog’i lozim, aks holda kutilgan maqsadga erishilmaydi, bola yetuk bo’lib yetishmaydi. Ibn Sino bola tarbiyasi va tarbiya usullari haqida qimmatli fikrlarini bildirgan. Ibn Sino bolaning axloqiy tarbiyasi haqida bildirgan fikrlarida uy - ro’zg’or tutish masalalari xususida ham so’z yuritadi. Bolani tarbiyalash oila ota - onaning asosiy maqsadi va vazifasidir. O’z kamchiliklarini to’zatishga qodir bo’lgan ota - ona tarbiyachi bo’lishi mumkin. Axloqiy tarbiyada eng muhim vositalar bolaning nafsoniyatiga, g’ururiga tegmagan holda, yakkama - yakka suhbatga bo’lish unga nasixat qilishdir. Ibn Sino bolada axloqiy xususiyatlarni mehnat, jismoniy aqliy tarbiya bilan uzviy birlikda shakllantirishni, uni inson qilib kamol toptirishda asosiy omil deb biladi. Shuningdek, Abu Ali ibn Sino oila tarbiyasida ota-onaning o’rniga alohida to’xtalib: ―Bola tug’ilgach, avvalo, ota unga yaxshi nom qo’yishi, so’ng uni yaxshilab tarbiya qilishi kerak... Agar oilada tarbiyaning yaxshi usullaridan foydalanilsa, oila baxtli bo’ladi‖ degan fikrni ilgari suradi. Yusuf Xos Xojibning uqtirishicha har bir kishi jamiyatga munosib bo’lib kamol topmog’i kerak. Buning uchun u tug’ilgan kundan bolab zarur tarbiyani olmog’i lozim. U qobil qizning tarbiyasi haqida fikr yuritar ekan, ularning o’zlariga xos xususiyatiga e‘tibor berishni ta‘kidlaydi. Farzandlar tarbiyasi nihoyatda erta boshlanmog’i shart. Shundagina ularning noo’rin xatti - harakatlariga berilishining oldi olinadi. Mirzo Ulug’bekning oila muhiti sog’lom avlodni yetishtirish haqidagi fikrlari shundan iboratki, alloma uqtirishicha, bolaning bilim olishiga bo’lgan qiziqish, xavasini oshirishda u tarbiyalanayotgan muhit muhim o’rinni egallaydi. Oilada ota - onalar ayniqsa o’qimishli ota - onalar o’z farzandlarining haqiqiy inson bo’lib kamol topishiga aloxida e‘tibor berishlari lozim. Alisher Navoiy bolaning voyaga yetishida, kamol topishida tarbiyaning kuchi va qudratiga alohida e‘tibor beradi. Tarbiya natijasida bolaning foydali va yetuk kishi bo’lib o’sishiga ishonadi. Yosh bolaning juda kichiq yoshidan boshlab tarbiyalamoq zarur. Tarbiya insonga o’zida yaxshi odat va fazilatlar xosil qilishga yordam beradi. U odam shaxsi kishilar bilan munosabatda, ayniqsa kishilarning bir - birlariga bo’lgan ruhiy ma‘naviy ta‘sirlari natijasida tarkib topadi deb voyaga yetkazishda asosiy omillardan biri tarbiya ekanligi o’qtiradi. Voiz Al - Koshifiyning o’qtirishicha insonni ta‘lim - tarbiya orqali qayta tarbiyalash aqliy qobiliyatni o’stirish mumkin. Koshifiy o’zining pedagogik qarashlaricha bolalarda mustaqil fikrlash qobiliyatini o’stirish masalasiga aloxida e‘tibor beradi. Ota - onalar muallimlardan bu masalaga aloxida ahamiyat berishni talab etadi. Bu masalada oilaviy hamda tashqi muhit muhim o’rin tutadi. Bola to’g’ri so’zli, vadaga vafodor, yaxshi xulqli qilib tarbyalanishi kerak. Jaloliddin Davoniy ota - onaning bolani tarbiyalashdagi ahamiyatiga keng to’xtalgandi. Uning fikricha oila tarbiyasida ota ham, ona ham teng huquqli, teng ishtirok etishi bolaning yaxshi xulq - odob qoidalarini muayyan bir kasbni egallashiga ko’maqlashishi ilm - fan va kasb - hunar egallashining moddiy asosi bo’lmishoziq - ovqat, kiyim - kechak, keraqli buyum va jixozlarni yetkazib berish uchun jozibalik ko’rsatishi kerak. Sharq mumtoz adabiyotining buyuk namoyondalaridan biri Muslixiddin Sadi Sheroziyning fikricha, oila, bolaning baxti, kelajagi uchun zamin yaratuvchidir. Oilada asosiy tayanch otadir. U ma‘suliyatli tarbiyachidir. Ota o’z bolalarini tarbiyalashi, o’qitishi, hunarga o’rgatishi, jismonan chiniqtirishi kerak. Sadining pedagogik qarashicha bola qobiliyatli va kamqobiliyatli bo’lishi mumkin. Qobiliyat o’z - o’zidan rivojlanmaydi. Uning rivojlanishi uchun bolani tarbiyalash kerak, tarbiya bo’lmasa, boladagi qobiliyat so’nadi, tarbiyani 3 asosiy - aqliy, nafosat va jismoniy mehnat tarbiyasiga bo’ladi. Adib bolani tarbiyalash vazifasini ularning ota - onalariga, ya‘ni oilaviy tarbiyaga kata e‘tibor beradi. Sadi ota - onalarga harakterini hisobga olgan holda axloqiy tarbiyani bolaning yoshligidan boshlashni tavsiya etadi, harakter shakllangach, bolaga ta‘sir etmaydi. XIX asr o’zbek ijtimoiy va adabiy hayotning yirik vakillaridan biri Komil Xorazmiy o’z asarlarida ma‘rifat axloqiy kamolot, vatanparvarlik g’oyalarini olg’a surdi.U ilmma‘rifatning xalq, jamiyat farovonligiga, insonning axloq kamolatida tutgan o’rni, axloqiy va nafosat tarbiyasini uzviy birligi xaqidagi pedagokik fikrlarini ham bayon etadi. Komil Xorazmiyning fikricha ilm-xunar, ilm-ma‘rifat inson axloqiy kamoloti, ijtimoiy ma‘naviy hayotning rivoji uchun xizmat qilishi kerak. Kamtarlik eskirmaydigan, eng go’zal insoniy fazilatdir. Bu fazilatlarga ega bo’lganlar obro’-e‘tiborli komil insonlardir. Kamtarlik insonni turli noxushlikdan xijolatdan saqlaydi. Shoir tarixshunos, tarjimon va hattot Munis Xorazmiy tilga ko’p erk bermaslikni maslaxat beradi. Uning ta‘kidlashicha, ortqcha so’zmonlik kishi boshiga olin o’rniga qattiq tosh bo’lib tegishi mumkin. Shoir yomon so’zli, ozor beruvchi murodlar sifatini tasvirlab, kishilarni jumladan yoshlarni ular bilan hamsuhbat bo’lmaslikka undaydi. Munis Xorazmiy o’z asarlarida xalqni adolatli, ongli, bilimli bo’lishga, jaholat dan yiroq turishga da‘vat etadi, uning fikiricha, adolat sharaf ko’rki, osoyishtali, xushnutlikdir. U yoshlarni kamtarlik bilan muloqotda bo’lishga, ularni hurmat qilib e‘zozlashga chorlaydi. Munis Xorazmiyning asarlariga bayon etilgan ta‘lim - tarbiyaga oid fikrlar faqat u yashagan davr uchun emas, balki xozirgi davr uchun ham qimmatlidir. Mohlar oyim Nodiraning inson va tabiatiga nisbatan qarashlariga faqat shaxsiy tuyg’u emas, balki yoshlar tarbiyasida milliy an‘analarning roli haqidagi fikrlari ham namoyondir. Nodiraning tarbiya haqidagi qarashlarida insonparvarlik g’oyalari-adolat, insof, xalq manfaati muhim o’rinni egallaydi. Nodira hayotning tub mohiyatini yaxshilik binosini barpo etishdan iborat deb biladi. Uning fikricha, kimki tiriklik chog’ida yaxshilik bunyod etgan bo’ladi, o’zining bu ezgu ishlari bilan o’zidan keyin hayotda yorqin xotira qoldiradi. Umuman, Nodira o’z she‘rlarida barkamol insonni ulug’laydi. Ta‘lim - tarbiyaga oid ko’p foydali o’gitlarni bayon etdi. Muhammad Rizo Ogahiy o’z ijodiy faoliyatini pedagogik qarashlarida nafosat tarbiyasi ham yuqori baholanadi. Ogahiy milliy an‘analarimiz mexmondo’stlikni go’zal fazilatlardan biri hisoblaydi. Mehmonga chuqur hurmat bilan qarash, mehmon kutish, ko’zatish odobi Ogahiy ijodidan o’z ifodasini topdi, odamlarni bu fazilatni egallashga da‘vat etdi. Ogahiyning ta‘kidlashicha, insonga do’st va dushmanni ajratib olish hayotda o’z o’rnini topib olishda g’oyat muhimdir. Uning fikricha to’g’ri so’z kishilar hayotda qiyinchilik bilan yashasalarda, dunyoning mavjudligini saqlab turadilar, mangu yashaydilar. Ogahiy ta‘lim-tarbiya ilmlarni egallash va tilni bilishda ham muhim ahamiyatga molik ekanligini ta‘kidlaydi. Muhammad Rizo Ogaxiy o’z ijodiy faoliyatida binobarin yoshlarni odamlarni xalq, vatan, jamiyat farovonligi yo’lida xizmat qilishga da‘vat etdi. U do’stlikni mehmondo’stlikni axloqiy go’zallikni ulug’ladi. Insonlarni ziyraqlikka, to’g’ri so’zli bo’lishga chorlaydi. Ogahiyning buf ikr o’gitlari hozir ham pedagogik qadriyat sifatida qimmatlidir. Berdimurod Berdaq Qaraqolpog’iston xalq shoiri butun ijodi davomida xalqlar tengligi, insonparvarlik, vatanparvarlik, adolat haqidagi g’oyalarini olg’a suradi. Berdaq insonning shaxsiy baxti xalq baxti bilan bog’liq deb biladi. Uning ta‘kidlashicha, har bir odam haqiqiy baxtga erishishi uchun o’z shaxsiy manfaatini xalq manfaati bilan birlashtirishi, xalq baxti uchun kerak bo’lsa jonini ham ayamasligi kerak. Berdaqning fikricha inson oliy axloqiy sifatlariga, chunonchi, beg’arazlik, olijanoblik, vijdoniylik, mehnatsevarlik, mardlik fazilatlariga ega bo’lishi lozim. Berdaq yoshlarning aqliy tarbiyasida maktabning mavqei katta ekanligini ta‘kidlaydi. Maktabda bolani yaxshi xulqi atvorli qilib tarbyalash lozim. Uning fikricha maktabda dars beruvchi muallim o’z xushmuomilaligi, pok qalbligi, haqgo’yligi, o’z fanini yaxshi puxta bilishi bilan bolalarga o’rnak bo’lishi kerak. Berdaq oilaning bola tarbiyasida, muhim o’rin tutishni aloxida ta‘kidlaydi, oila muhitida ota - onalar bilan bolalar o’rtasida o’zaro hurmat bo’lgandagina tarbiya yaxshi natijalarga erishishi mumkinligini aytadi. Berdaqning uqtirishicha, inson tug’ilgan kundanoq tarbiyaga muxtojdir, uning ilk tarbiyachilari, albatta ota - onalardir. Berdaqning fikricha barcha odamlar insonparvar va adolatli bo’lsa jamiyat gullab yashnaydi. Buning uchun esa, xalqqa ta‘lim berish, unda ijobiy xulq-atvorni tarbiyalash lozim. Markaziy Osiyo xalqlari ilm - fani va madaniyatini jahon miqyosiga olib chiqqan Markaziy Osiyoda pedagogik fikr taraqqiyotiga munosib hissa qo’shgan ulug’ siymolardan biri Mirzo Ulug’bek. U avvalo yosh avlodning aqliy va ma‘rifiy tarbiyasiga katta ahamiyat berib, ularni dunyoviy bilimlarini egallashga da‘vat etdi. Faqat rivojlangan fan va madaniyat inson tafakkurining komil topishini ta‘minlashga ishondi. Allomaning uqtirishicha, bolaning bilim olishga bo’lgan qiziqishi, havasini oshirishda u tarbiyalanayotgan muhit muhim o’rinni egallaydi. Oilada ota - onalar ayniqsa, o’qimishli ota - onalar o’z farzandlarining xaqiqiy inson bo’lib kamol topishiga aloxida e‘tibor berishlari loz im. Mirzo Ulug’bek o’z pedagogik qarashlarida bolalarning jismonan sog’lom, harbiy xunarni puxta egallagan, jasur, mard bo’lib yetishuviga aloxida ahamiyat beradi. Ulug’bekning fikricha odam sog’lom va baquvvat bo’lishi uchun yoshlik chog’idayoq jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishi, ta‘lim - tarbiyada poraxo’rlik, qalloblik bo’lmasligi uchun mudarrislar odil va halol bo’lishi kerak. Buyuk shoir va olim, fors - tojik mumtoz adabiyotning ulug’ namoyondasi Nuriddin Abduraxmon Jomiy o’zidan keyin turli fan, adabiyot, jumladan pedagogikaga doir o’lmas me‘ros qoldiradi. U o’z asarlarida, ayniqsa, nasriy yo’lda yozilgan ―Bahoriston" asarida ta‘lim - tarbiya masalalari xususida fikr bildirdi. Jomiy o’z asarlarida yoshlarni ilmlarini egallashga da‘vat etadi. U o’z pedagogik qrashlarida kishilarni adolat, xushmuomalalik va dono so’z bilan zulmkorlarga ma‘sir etishga da‘vat etadi. 3- masalaning bayoni: Farzand tarbiyasida oila qanchalik mas‘ul bo’lsa, mahallaning mas‘uliyati ham undan kam bo’lmaydi. Oilaviy tarbiya uzluksiz tarzda, mahalla bilan hamohang davom etadi. Bunda hech bir institut oila yoki mahalla bilan bilan tenglasha olmaydi. Haqiqatan, inson tug’ilgandan boshlab to umrining oxirigacha oila va mahallaning ta‘siri ostida bo’ladi. Oila va mahallaning o’sib kelayotgan yosh avlodga noyob ta‘sirini oilaviy va sharqona tarbiya jarayonining o’ziga xosligi ham belgilaydi. Ota-ona va mahalla ulug’larining avtoriteti, hamda shaxsiy namunasi, qarindoshlik tuyg’ulari bolani har tomonlama rivojlanishida roli katta, bularga oila va mahalladan tashqarida erishib bo’lmaydi. Hech bir mubolag’asiz aytish mumkinki, shaxs avvalo oilada, so’ng mahallada shakllanadi. Aynan oilada shunday qimmatbaho sifatlar- borlig’ni diqqat bilan kuzatish, tabiat va san‘atdagi go’zallikni his qilish, bilimga serhavas bo’lmoqlik, intizomlilik, vijdonli, o’z mehnat majburiyatlariga ma‘suliyat bilan yondashish, boshqalarning extiyojlariga hamdardlik bilan qarash va zarur bo’lgan holarda yordam ko’rsatish kabi xislatlar shakllanadiki, xuddi shu sifatlar yetuk insoniy shaxsning fazilatlar hisoblanadi. Insoniyat yaralibdiki, doimo uyushib, jamoa tarzida yashab kelgan, Chunki bir joyda uyushib yashash turli xil xavfdan himoyalanishni osonlashtirgan. Shu sababli ovullar, qishloqlar va shaharlar paydo bo’lgan. Ayniqsa, ishlab chiqarishning o’sishi va mehnatni tashkil etish masalasi kun tartibiga qo’yilishi xalqning bir joyda to’planib yashash istiqbolini yanada rivojlantirganligini tarixiy manbalardan yaxshi bilamiz. Bu hol mamlakatimiz xalqlari tarixiga ham xos bo’lib, xalqimizning turmush tarzi va tafakkurida o’chmas iz qoldirgandir. Ayniqsa, o’zbek qishloqlarida turli marosim va to’ylarni o’tkazish uchun oqsoqollar muhim rol o’ynagan. Qishloq oqsoqoli obro’li, halol inson bo’lib, boshqalarga o’z ta‘sirini o’tkazgan. Chorvador xalqlarda ham qishki va yozgi yaylovlarda muvaqqat ovullar bo’lgan, ularni ham oqsoqollar, yurtning obro’li insonlari boshqarganlar. Shaharlarning paydo bo’lishi bilan mahallalar yuzaga kelgan. O’zoq tarixda turli xil kasb egalari alohida-alohida bo’lib birlashganlar. Shu sababli baqqollar, kosiblar, kulollar va h.k. mahallalari paydo bo’lgan. Lekin yaqin o’tmishda barcha kasb egalari aralash-quralash bo’lib ketgandan keyin ma‘lum bir hudud mahalla bo’lib yashash shakllandi. Mahallalar ham davrga qarab o’zgarib bordi, ularning boshqaruv shakli ham yildan-yilga takomillashib, bugungi kundagi yuksak darajadagi ko’rinishga ega bo’ldi. Shu o’rinda mahalla tushunchasi tarixiga batafsilroq to’xtalib o’tishni, eng avvalo mahalla iborasining lug’aviy ma‘nosini keltirib o’tishni lozim deb topdik: Mahalla (arabcha «mahalla» - joy, o’rin, makon) - so’zidan olingan bo’lib «mahalliy joy» degan ma‘noni anglatadi. Tarixiy manbalardan ma‘lumki, bundan bir necha ming yillar oldin qadim Turonzaminda mahalla hududiy-ma‘muriy birlik hisoblangan. Odamlar urug’- urug’, jamoa-jamoa bo’lib yashagan. Jamoa a‘zolari taqdiri, ularning hayotiga va bir- biriga bo’lgan munosabati qat‘iy nazoratda turgan. Shu boisdan ham mahallalarda ko’pdan- ko’p hayotiy muammolar o’z yechimini topib kelgan. Shu nuqtai nazardan mahallachilik o’zoq an‘analarga, boy va ma‘naviy-axloqiy udumlarga ega bo’lgan ulkan hayot maktabidir. Ko’chmanchilarning o’troq turmush tarziga o’tish jarayonida alohida oila vakillarining birlashishi natijasida mahalla shakllana borgan. Dehqonlar orasida keng tarqalgan mahalla an‘analari asta-sekin chorvadorlar orasida ham tarqalib mahalla butun O’rta Osiyo hududida tanilgan, uning ibtidoiy unsurlari, qadriyatlari shakllanib borgan. Ulug’ tarixchi olim Narshaxiyning IX asrda yozgan «Buxoro tarixi» asarida qayd etilishicha, Buxoroda bundan bir ming bir yuz yil ilgari ham bir necha mahalla bo’lgan. Sohibqiron Amir Temur markazlashgan yagona davlatni boshqaruvida mahalla mutasaddi shaxslariga tayangan, ular bilan yaqin muloqotda, doim mashvaratda, maslahatda bo’lgan, kezi kelganda ularning faoliyatini bevosita qo’llab-quvvatlab, homiylik qilgan. Bu haqda bobokalonimiz o’z ―To’zuklar‖ida shunday yozib qoldirganlar: ―Har el va har mamlakatning ulug’larini, boshliq oqsoqollarini qadrladim, ularga sovg’a-salomlar berib 18 xizmatlaridan foydalandim‖ . Manbalarda qayd etilishicha, Amir Temur davrida shaxsan uning o’z say-harakatlari bilan mahalliy joylarda jamoa oqsoqoli saylangan, unga xalqning e‘tibori, ishonchi, tayanishi katta bo’lgan. Shuningdek, Amir Temur oqsoqollarga e‘tibor berish bilangina cheklanmay, ayni paytda oqsoqollarga javobgarlik mas‘uliyatini ham yuklagan. ―Temur to’zuklari‖da yozilishicha, o’sha davrda jamoa oqsoqollariga ya‘ni kadxudolarga mamlakatni boshqarishda katta vaqolatlar berilgan. Jumladan, ―Kadxudolar, kalontarlar, dehqonlar va ekin maydonlariga ishlov beruvchilarni (mo’zorion) ko’nglini xushnud etib, o’zlariga qaratsinlar‖ va ―Faqiru miskin, biron kasb qilishga ojiz shol-ko’rlarga nafaqa belgilasinlar‖2 , deb ta‘kidlangan. Shu o’rinda so’z mulkining sultoni, ulug’ bobokalonimiz Alisher Navoiyning ―mahalla‖ atamasiga bergan izohi haqida to’xtalib o’tishimiz maqsadga muvofiq. Chunki, ―mahalla‖ atamasining eng qisqa va puxta izohini hech kim Alisher Navoiy darajasida to’liq bera olmagan bo’lsa kerak. Hazrat Navoiyning ―Hayratul-abror‖ asarida Hirot shahri quyidagicha ta‘riflanadi: Shaharlar otini mahallot etib, 20 Bo’ldi chu yuz shahar Hiri ot etib Ushbu ta‘rifdan ko’rinib turibdiki, ―Mahalla - shahar ichidagi shaharcha‖ dir. Alisher Navoiy yashagan davrda ham mahallalardagi tarbiya muhiti tufayli kishilar o’rtasida birodarlik, mehr-oqibat, ustoz va shogirdlik kabi insoniy fazilatlar naqadar yuksak bo’lganligini ko’ramiz. Taniqli adabiyotshunos olim A.Hayitmetovning yozishicha, Alisher Navoiy o’zining ―Majolis un-nafois‖ tazkirasida mahallalar xususida quyidagi ma‘lumotlarni yozadi: ―Do’stmuhammad - Murg’aniy mahallasidindur. Ham she‘rg’a, ham muammog’a ta‘bi yaxshidur‖3 . Ushbu ta‘kid shuni ko’rsatadiki, buyuk shoir va davlat arbobi, olim, fan va madaniyat homiysi A.Navoiy yashagan davrda ham mahallaning hayotda tutgan o’rni, nufo’zi diqqatga sazovor bo’lgan hamda mahalladoshlar o’rtasida o’zaro hurmat, tinchlik, shohu gadonin bir- 2 Темур тузуклари /Форсчадан А.Согуний ва Х,.Кароматов тарж.; Б.Ахмедов тахрири остида. - Т.: Fафур Fулом номидаги нашриёт матбаа бирлашмаси, 1991йил, 96-97 бетлар. 3 Алишер Навоий. Мукаммал асарлар туплами: 20т. /УзР ФА А.Навоий ном. Адабиётлар ин-ти; К.С.Сулаймонов номидаги кулёзмалар ин-ти /Тахрир хайъати: К.Яшин ва бошц. - Т.: Фан, 1987-2002. 92 biriga bo’lgan munosabatida g’amxo’rlik qadrlangan. Qur‘oni Karim oyatlarida ham, Hadisi shariflarda ham, qolaversa, buyuk allomalarimizning tabarruk meroslarida ham mahalla bo’lib yashash, qo’ni-qo’shnichilik haq-huquqlari, odoblari haqida juda ko’p hikmatlar mavjud. Fikrimizning dalili sifatida quyidagi hadislarni keltirib o’tmoqchimiz: ―Qo’shnisiga yomonligini yetkazib turadigan odam mo’mini komil emas‖, ―Yonida qo’shnisi och turib, o’z qornini to’yg’azib yuradigan odam mo’mini komil emasdir‖, "Kimning imoni Allohga va oxirat kuniga imon-ishonchi 22 sodiq bo’lsa, qo’shnisiga yaxshilik qilsin‖. Yoshlar tarbiyasiga katta ta‘sir ko’rsatuvchi omillardan biri mahalla bo’lganligi uchun ham doimo mahallaga katta ishonch bildirib kelingan. Mahalladagi samimiy aloqalar tinchlik, totuvchilikni ta‘minlab berish bilan birga yoshlar tarbiyasida ham katta rol o’ynab kelgan. O’zbek mahallalari shu xududda yashayotgan oilalarning turmush sharoitlarini, oila o’rtasidagi munosabatlarni, fardzandlar tarbiyasiga berilayotgan e‘tiborni yaxshi va yomon tomonlarini boshqalardan ko’ra ko’proq bilganlar, yoshlar tarbiyasiga barcha mahalla a‘zolari mas‘ul bo’lganlar. Har bir oila turli xildagi muammolarni mahalladan uyalganligi uchun tashqariga chiqarmaslikka harakat qilganlar va har qanday muammolarni oila davrasida xal qilishga intiladilar. Har bir yosh avlodning ma‘naviy yetuk, komil shaxs bo’lib voyaga yetishida musaffo havo, tabiat bilan birgalikda mahalla va oila muhiti juda katta rol o’ynaydi. Buyuk yunon olimi Demokritdan bir kishi kelib so’raydi: — Hozirgi yoshlar to’g’risida nima deya olasiz? — Hozir yoshlar o’z bilganlaridan qolmaydilar, ularda kattalarga hurmat, kichiqlarga izzat yo’qolgan, mahmadona va o’zboshimcha bo’lib ketishgan. Buning oldini olish uchun oiladagi va mahalladagi tarbiyani kuchaytirish kerak, deb javob beribdi buyuk mutafakkir. Bundan tashqari Demokrit mahallada tarbiyani yaxshi yo’lga qo’yish uchun uni yaxshi boshqarish lozimligini alohida ta‘kidlab, shunday deydi: ―Yaxshi boshqarilayotgan davlat bir qo’rg’ondir‖.4 Mahalla a‘zolarining, jamoatchilikning milliy va diniy an‘analarimizga amal qilgan holda yoshlar ma‘naviy kamolotiga ta‘sir etishi doimo takomillashtirilib kelingan va milliy tarbiyaning ajralmas qismiga aylangan. O’zbek oilalarning mahalla bilan munosabatlariga asos bo’lgan hamkorlik, hamdardlik, maslahatgo’ylik, g’amxo’rlik singari ma‘naviy omillari yoshlar tarbiyasida doimo katta ahamiyat kasb etib kelgan. Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq yoshlar tarbiyasiga muhim ta‘sir ko’rsatadigan bunday hamkorlikni kuchaytirishga katta e‘tibor qaratib kelinmoqda. Xalqimiz tomonidan avaylab kelingan bunday qadriyatlarni rivojlantirish ma‘naviy kamolotimizning muhim omili bo’lib kelmoqda. Mahalla insonlarning millati, yoshi, jinsi, dini, irqi, tili, e‘tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat‘i nazar ularni ezgulik yo’lida jipslashtiruvchi va birlashtiruvchi katta oila hisoblanadi. Bu oila insonlarning bir-birlariga bo’lgan o’zaro hurmati, muhabbati, mustahkam do’stligi asosida yashaydi, faoliyat ko’rsatadi. O’tmishda har bir mahallada asosan bir kasbdagi odamlar - hamkasblar istiqomat qilishgan. O’z o’zidan mahallalar ham shunga qarab nomlangan: zargarlik, misgarlik, ko’nchilik, qoshiqchilik, pichoqchilik, temirchilik, taqachilik va hokazo. Bugungi kunda mahallalarda turli xil kasb- 4 С. Йулдошев ва бошк. Кддимги ва урта аср Fарбий Европа фалсафаси. - Т.: Шарк, 2003 йил, 40-бет. 93 kordagi, turli millatga mansub kishilar istiqomat qilishadi. Lekin, shu bilan bir qatorda, asosan hamkasblarning oilalari yashaydigan mahallalar ham mavjud. Masalan Toshkent shahrining Sobir Rahimov tumanidagi ―Professorlar‖, ―Shifokorlar‖, Mirzo Ulug’bek tumanidagi ―Olimlar‖ kabi mahallalar shular jumlasidandir. 4- masalaning bayoni: Tarixiy manbalarni o’qiganimizda 1932 yil 17 aprelda O’zbekiston Respublikasida birinchi marta ―O’zbekiston shaharlaridagi mahalla qo’mitalari to’g’risida Nizom‖ chiqqanligini guvohi bo’ldik. Bundan tashqari 1961 yil 30 avgustda ham O’zbekiston Oliy Kengashi tomonidan ―Respublika, shahar, qishloq, posyolkalardagi va ovullardagi mahalla qo’mitalari to’g’risidagi Nizom‖ tasdiqlangan. Lekin, mazkur ikkita Nizomda ham mahallalarga yuridik shaxs maqomi berilgan emas. Mustaqilligimizning birinchi kunlaridanoq mamlakatimizda o’zini o’zi boshqarish organlarining yetakchi, xalqqa eng yaqin muhim bo’g’ini mahalla tizimini tiklashga, nufo’zini oshirishga alohida e‘tibor qaratildi. O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.Karimov mahallaning nazariy va amaliy tamoyillarini belgilab berdi. Jumladan, istiqlol yillarida mahalla fuqarolar yig’inlari, Oqsoqollari va faollarining huquqlarini yanada kengaytirish, ularga tegishli imtiyozlar berish, nufo’zini ko’tarish maqsadida Prezidentning maxsus Farmonlari chiqarildi, qonun, qator meyoriy hujjatlar qabul qilindi. Mahallani tiklash, ravnaq toptirish yo’lidagi sayharakatlar o’zini o’zi boshqarish organlari bilan bog’liq bo’lgan ijtimoiy- siyosiy voqealar, qimmatli hujjatlar salnomasida ham yaqqol ko’rinadi. Shu o’rinda ushbu solnomaning ayrim sahifalarini keltirib o’tishni lozim deb topdik: (1 - slayd): 1992 yil 12 sentabr - O’zbekiston Respublikasi Prezidentining —Respublika ―Mahalla‖ xayriya jamg’armasini tashkil etish to’g’risida‖gi Farmoni e‘lon qilindi; 1992 yil 8 oktabr - O’zbekiston Respublikasi Prezidentining —Respublika ―Mahalla‖ xayriya jamg’armasiga mablag’ ajratish to’g’risida‖ gi Farmoni e‘lon qilindi; 1992 yil 17 oktabr - O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Respublika ―Mahalla‖ xayriya jamg’armasi faoliyatini tashkil etish masalalari to’g’risida‖gi Qarori qabul qilindi; 1993 yil 2 sentabr - ―Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari to’g’risida‖gi Qonun qabul qilindi; 1993 yil 1 dekabr - O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ―Respublika ―Mahalla‖ xayriya jamg’armasining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida‖gi Qarori qabul qilindi; 1994 yil 23 avgust - O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Kam ta‘minlangan oilalarni ijtimoiy himoyalashni kuchaytirishga oid tadbirlar to’g’risida‖gi Farmoni e‘lon qilindi; 1994 yil 24 avgust - O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ―Kam ta‘minlangan oilalarni ijtimoiy-himoya qilishni tashkil etish masalalari to’g’risida‖gi Qarori qabul qilindi; 1996 yil 10 dekabr - O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Bolali oilalarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish to’g’risida‖gi Farmoni qabul qilindi; 1996 yil 10 dekabr - O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ―Bolali oilalarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora tadbirlari to’g’risida‖gi Qarori qabul qilindi; 1998 yil 23 avgust - O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarini qo’llab-quvvatlash to’g’risida‖gi Farmoni e‘lon qilindi; 1998 yil 28 oktabr - O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ―To’y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma‘raka va marosimlarni, marhumlar xotiralariga bag’ishlangan tadbirlarni o’tkazishni tartibga solish chora-tadbirlari to’g’risida‖ Farmoni elon qilindi; 1998 yil 3 noyabr - O’zbekiston musulmonlar idorasi raisi Muftiyning ―To’y, marosim va ma‘rakalarni meyorida o’tkazish haqida‖gi Fatvosi e‘lon qilindi; 1999 yil 13 yanvar - O’zbekiston Respublikasi Prezidentining — Aholini aniq yo’naltirilgan ijtimoiy madad bilan ta‘minlashda fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari rolini oshirish to’g’risida‖gi Farmoni e‘lon qilindi; 1999 yil 15 aprel - O’zbekiston Respublikasining ―Uy-joy mulkdorlarining shirkatlari to’g’risida‖gi Qonuni qabul qilindi; 1999 yil 19 aprel - O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ―Jazoni o’tash joylaridan ozod qilingan shaxslarga ijtimoiy-maishiy jihatdan va ishga joylashishda yordam ko’rsatish bo’yicha Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar kengashi va hokimliklar ho’zuridagi maxsus komissiyalar ―Mahalla posboni‖ jamoat tuzilmalari va fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari xo’zuridagi yarashtirish komissiyalari to’g’risidagi nizomlari tasdiqlash haqida‖ Qarori qabul qilindi; 2000 yil 19 dekabr - O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Kommunal xizmatni boshqarish tizimini yanada isloh qilish to’g’risida‖gi Farmoni qabul qilindi. Mustaqillik yillarida 100 dan ortiq meyoriy-huquqiy hujjatlarda fuqarolar o’zini o’zi boshqarish organlarining jamiyat hayotining muayyan sohasidagi ishtiroki o’z aksini topdi. Jumladan, O’zbekiston Respublikasining 1993 yil 02 sentabrda "Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari to’g’risida"gi Qonuni (Yangi tahriri 915-XII-son), 2018 yil 15 oktabrda "Fuqarolar yig’ini raisi (oqsoqoli) saylovi to’g’risida"gi Qonuni(Qonunchilik palatasi tomonidan 21.09.2018 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 27.09.2018 y. maqullangan) hamda 20 ga yaqin meyoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Shuningdek tizimda faoliyat ko’rsatayotgan xodimlarning malakasini oshirish bo’yicha o’quv kurslari hamda "Mahalla" teleradiokanali tashkil etildi. Jumladan, mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 3 fevraldagi "Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to’g’risida"gi PF-4944-son farmoni mahallaning joylardagi dolzarb masalalarni samarali hal qilishdagi rolini oshirish, uyushmaga birlashish huquqlarini ro’yobga chiqarish, moddiytexnika bazasini mustahkamlash hamda davlat va jamoat tashkilotlari bilan o’zaro hamkorligini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilab berdi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 iyuldagi "Mahalla iftixori" ko’krak nishonini ta‘sis etish to’g’risida"gi PQ-3132-son Qaroriga muvofiq endilikda Ko’krak nishoni bilan jamiyatda fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarining o’rni va rolini kuchaytirish, joylarda ma‘naviy muhit barqarorligini ta‘minlash, millatlararo do’stlik va hamjihatlikni mustahkamlash, yosh avlodni ona Vatanga muhabbat va istiqlol g’oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash, keng qamrovli profilaktika tadbirlari va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, mahalla fuqarolar yig’inlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish ishlariga munosib hissa qo’shib kelayotgan faol, tashabbuskor fuqarolar va jamoatchilik tuzilmalari vakillari taqdirlanadi. Ko’krak nishoni bilan O’zbekiston fuqarosi bo’lmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin. Ko’krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar eng kam oylik ish haqining to’rt baravari miqdorida bir yo’la to’lanadigan pul mukofoti oladilar. Bir yo’la to’lanadigan pul mukofotlari O’zbekiston «Mahalla» xayriya jamoat fondi mablag’lari hisobidan amalga oshiriladi. Ko’krak nishoni, uning guvohnomasi va pul mukofoti Mustaqillik kuni bayrami arafasida tantanali vaziyatda topshiriladi. Ko’krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar «Mahalla» xayriya jamoat fondi hisobidan mamlakat sanatoriylarida davolanishlari uchun bir marotabalik bepul yo’llanma olish huquqiga ega bo’ladilar. Davlat darajasida qabul qilingan bu kabi huquqiy, meyoriy hujjatlarni, amaliyma‘naviy hamda moddiy tadbir va yordamlarni ko’plab sanash mumkin. Bu kabi qonun va qonunosti hujjatlari shu sohadagi ishlarni yanada yaxshilash, mahallaning xalq va davlat oldidagi mavqeini yuksaltirish uchun huquqiy asos yaratdi. Bunga ko’ra davlat mustaqilligiga va siyosiy suverenitetga erishish sharoitida davlatchilikning milliy shaklini tiklashga, O’zbekiston xalqlarining ijtimoiy turmushida milliy an‘ana va odatlardan yanada to’laroq foydalanishga intilish kuchaydi. Bugun mahalla - fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlariga juda keng imkoniyatlar berildi. Yaqingacha qishloq aholisi o’z muammolarini tuman hokimiyatida hal etishga harakat qilishar edi, lekin odatda ularning iltimosu shikoyatlari, takliflari yana qishloq Kengashiga qaytarilar edi. Bugungi kunda o’zini o’zi boshqarish organlariga juda keng vaqolatlar berilgan bo’lib, mahalla fuqarolar yig’ini raislari tashabbusni o’z qo’llariga olishmoqda, ular ko’pgina muammolarni joylarning o’zida mustaqil hal qilishmoqda.

MAVZUGA OID TAYANCH TUSHUNCHA VA IBORALAR: Jamoatchilik, oila, er, xotin, farzand, ilm, ma‘rifat, tarbiya, axloq, din, munosabat, qadriyat, e‘tiqod, o’git, mustaqillik, bola tarbiyasi, islomiy aqidalar, burch, shariat, hadis, Qur‘on, diniy bag’rikenglik, Olloh, musulmonchilik, an‘ana, rasm-rusum, muhit, mehrmuhabbat, samimiylik, tushuntirish, davlat siyosati, yoshlar tarbiyasi, ma‘naviyat, an‘ana, urf-odat, axloqiy nizom va qadriyatlar.

MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOLLAR:

1. Ma‘naviy barkamol, jismoniy sog’lom farzandlarni tarbiyalashda ota-onaning o’rni nimadan iborat?

2. Ota-ona oldidagi vazifalar, farzandning ota-ona oldidagi burchi nimalardan iborat?

3. Oilada farzand tarbiyasiga bo’lgan axloqiy nizom va qadriyatlarga nimalar kiradi?

4. Oila a‘zolarining amal qilishi majburiy bo’lgan urf-odatlarni sanab bering.

5. Sharq mutafakkirlarining farzand tarbiyasida ota onaning o’rni va mas‘uliyati haqidagi fikarlaridan ixtibos keltiring...

6. Mahalla qaysi so’zdan olingan va qanday ma‘noni anglatadi?

7. So’z mulkining sultoni, ulug’ bobokalonimiz Alisher Navoiyning ―mahalla‖ atamasiga bergan izohi haqida to’xtalib o’ting.

8. Mustaqillik yillarida qancha meyoriy-huquqiy hujjatlarda fuqarolar o’zini o’zi boshqarish organlarining jamiyat hayotining muayyan sohasidagi ishtiroki o’z aksini topdi?

9. O’zbekiston Respublikasining "Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari to’g’risida"gi Qonuni (Yangi tahriri 915-XII-son) qachon qabul qilingan?



10.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "Mahalla iftixori" ko’krak nishonini ta‘sis etish to’g’risida"gi Qarori qachon qabul qilindi?
Download 49,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish