Sinf: 4
Mavzu: Yosgi ta’til . «Oromgohda» matni.
Dars turi: mustahkamlash
Maqsad:
Ta’limiy- mavzuni yaxshi o’zlashtirish. III-shaxs ko’plikqo’shimchalarini gap tuzish orqali takrorlash.«Oromgohda» matni ustida ishlash.Adabiy va badiiy materiallardan foydalanib mavzuni chuqurroq tushuntiramiz.
Tarbiyaviy- muomala odobiga rioya qilish.
Dars jarayonida sheriklar fikrini xurmat qilish. Sinf xonasini toza tutish.Vatanparvarlik hissini oshirish.Mehnatsevarlikka orgatish.
Rivojlantiruvchi- lug’at ustida ishlash. Tovushlar talaffuzi ustida ishlash.Мustaqil va mantiqiy fikrlashni shakllantirish.Ogzaki va yozma nutqni rivojlantirish.
Foydalaniladigan jihozlar: darslik, tarqatma materiallar, doska,rasmli kartochkalar.Qoshimcha adabiyotlar.
Vaqt-45 min.
Dars borishi
Tashkiliy qism:
O’quvchilar fikrini jamlash maqsadida ular bilan ob-havo, navbatchilik haqida, qisqacha suhbat o’tkaziladi. Uy vazifasi tekshiriladi va baholanadi.
Lug’at ustida ishlash:
yaqinda-скоро, наднях
Ta’til-каникулы
Reja-план
Ko’pchilik-большинство
Oromgoh-лагерь
Chiniqmoq-закаляться
Istamoq-хотеть, желать
Hordiq chiqarmoq-отдыхать
Tabiat- природа
O’tilgan qoidani takrorlash:
lll-shaxs ko’plik –lar, -dilar, -sinlar qo’shimchalar bilan gap tuzish.
1.Bolalar oromgohga ketdilar.
2.O’quvchilar hasharda qatnashsinlar.
3. Qizlar ko’chani boshida uchrashadilar.
4.Ular bog’da sayr qildilar.
5.Do’stlarim kelsinlar.
Asosiy qism:
Bugungi mavzu bilan tanishtiriladi. Darslikdagi (118-bet) suxbat o’qiladi va muhokama qilinadi.
Suhbatdagi mavzuni o’tgan zamonga o’tkazib o’qing.
Suhbat
Nodira, ta’tilda qayerga bording?
Buvimnikiga bordim. Ular menga ko’p narsani o’rgatdilar.
Jasur, o’zing nima qilmoqchi eding?
Men oromgohga bormoqchi edim. Qarindoshlarim ham men bilan birga borishmoqchi edilar.
Ota-onalari rozi bo’ldilar. Shundaymi?
Albatta-da. Amakim, «hammalari bir joyda dam olsinlar, do’stlashsinlar» dedilar.
Juda yaxshi, Jasur. Yaxshi dam olibsizlar.
Rahmat, Nodira. Sen ham maroqli dam olibsan.
O’quvchilar bilan vasifa bajarilgandan keyin 4-mashq bajariladi.
(119-bet)
Matnni o’qing, lll-shaxs ko’plik qo’shimchalarini to’ri talaffuz qiling. Ajratilgan so'lar ’shtirokida gaplar tuzib, daftaringizga ko’chiring.
Ajratilgan so’zlar:
O’yingohlar, musobaqalar, oshpazlar, o’rgatadilar, tartib-intizom.
1.Mahallamizga bolalar o’yingohi qurildi.
2. O’yingohda musobaqalar o’tkazilmoqda.
3. Oshpazlar juda ozoda bo’lishlari kerak.
4.Ustozlar ta’lim-tarbiyaga o’rgatadilar.
5.Maktabda tartib-intizomga rioya qilish kerak.
Jismoniy daqiqa:
Derazamni ochaman,
Toza havo kirsin deb.
Fizkultura qilaman,
Tanim sog’lom bo’lsin deb.
Mustahkamlash:
Tarqatma materiallar bilan lshlash.( gaplarni o’qing, ko’plik qo’shimchalari bor so’zlarni daftarga ko’chirib oling.)
Lug’at ustida ishlash:
Gavjum-многолюдный
Ta’mirlamoq-отремонтировать
O’yingoh-стадион
Tartib-порядок
Rioya qilmoq-соблюдать
Rasmlarga qarab gap tuzing.
Yakuniy qism:
Mavzu yuzasidan savollarga javob berish.
-bugun qaysi matn ustida ishladik?
-lll-shaxs ko’plik qo’shimchalarini aytib bering.
- matn nima haqida ekan?
-bugungi dars sizlarga yoqdimi?
Uyga vazifa:
«Oromgohda» matnini o’qib gapirib berish.
116-119 betdagi so’zlarni lug’at daftarga yozishva yodlash.
Mirobod tumani
31-maktab o’zbek tili o’qituvchisi
Ozoda Rustamovna Mengliyevaning
bir soatlik ochiq dars rejasi
Do'stlaringiz bilan baham: |