MAVZU: YORUG’LIK TEZLIGI VA UNI O’LCHASH USULLARI
REJA:
1. Kirish. 2
2. Yorug’lik haqida umumiy malumot 4
3. Yorug’lik tezligini o’lchashdagi tajribalar 6
4. Yorug’lik tezligini aniqlashdagi olimlarning o’zaro nomunotosib fikirlar
5. Xulosa
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi.
Respublikamizda «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ning amalga oshirilayotganligi munosabati bilan umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalaridagi fizika ta’limi mazmunining yangilanishi, ularning yangi laboratoriya sinflari, yangi laboratoriya jihozlari bilan ta’minlanishi, ta’lim jarayonida axborot texnologiyalaridan keng foydalanish fizika o’qituvchilariga alohida mas’uliyat yuklamoqda. O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to`g`risida” gi qonuni, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” asosida o`rta maxsus ta’limini yanada rivojlantirish uchun quyidagi talablar belgilab berilgan:
-akademik litsey va texnikumlar faoliyat ko`rsatishining normativ ba’zalarini ishlab chiqish va joriy etish;
-soha uchun oliy ta`lim muassasalarining, ishlab chiqarish, fan va madaniyat sohasining mutaxassislarini jalb etgan holda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil etish;
-o`rta maxsus ta`limi davlat standartlarini ishlab chiqish va joriy etish;
- o`rta maxsus ta`lim o`quv muassasalari uchun ta`lim dasturlari, o`quv-uslubiy majmualar ishlab chiqish;
-akademik litseylarning o`quvchilari mehnat faoliyati ko`nikmalarini egallashlari uchun ixtisoslashtirilgan dasturlar ishlab chiqish;
-Texnikumlardagi talabalar tayyorlanadigan mutaxassislarga nisbatan texnikumda malaka talablarining ro`yxatini ishlab chiqish;
-akademik litseylar, texnikumlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash.
Yuqorida sanab o`tilgan talablarning bajarilishi ta’lim tizimimizning o`rta bosqichida sezilarli darajada o`zgarishlarning vujudga kelishiga sabab bo`ladi, desak adashmagan bo`lamiz. Shuni ham ta’kidlab o`tish lozimki, biz oliy ta’limda tahsil olayotgan talabalardan yuqori saviyani talab qilar ekanmiz, avvalo, ta’limning quyi va o`rta bosqichlariga yetarli darajada e’tibor berishimiz kerak. Umumiy o`rta ta’lim maktablarining yuqori sinflarida, akademik litseylarda, boringki, texnikumlarda berilayotgan ta’lim – tarbiya o`z faoliyatini professional ta’limda davom ettirmoqchi bo`lgan har bir o`quvchi uchun yetarli darajada bo`lsin, ya’ni akademik litsey, o`quvchilari uchun tuzilgan darsliklarda berilgan ma’lumotlar o`z navbatida oliy ta’limda mantiqiy izchillikda davom etsin. Aytmoqchimizki, ta’limning quyi va o`rta bo`g`inlarida berilayotgan bilimlar oliy bo`g`in uchun mos bo`lsin. Zero, kurs ishimiz bilan tanishib chiqqan oddiy maktab o`quvchisi ham berilgan ma’lumotlarga tushuna olsin va o`zi uchun yangi bilimlarni kashf etsin
1111111111111111111111111111111
Do'stlaringiz bilan baham: |