4-rasm. CO2 gazi to‘ldirilgan, qo‘lda ishlatiladigan-OU-2, OU-2A, OU-5, OU-5MM, OU-8 rusumli o‘t o‘chirgichlarni tashqi ko‘rinishlari
Kukunli o‘t o‘chirgichlar OP-1, “Moment”, OP-2A, OP-10A, OP-100, OP-250 va SI-120 markali bo‘lib, ular uncha katta bo‘lmagan yong‘inlarni o‘chirishda ishlatiladi. OP-1 va “Moment” o‘t o‘chirgichlaridan avtomobillar va kuchlanishi 1000 V. gacha bo‘lgan elektr qurilmalarida foydalaniladi.
OP-10A ut o‘chirgichi ishqorli metallardagi (natriyli, kaliyli) hamda yog‘och va plastmassalardagi yong‘inlarda ishlatiladi.
SI-2 ko‘chma o‘t o‘chirgichi neft mahsulotlari, metalloorganiq birikmalar va shu kabi boshqa moddalar yonishini o‘chirishda, SJB-50 va SJB-150 o‘t o‘chirgichlari tok ta’siridagi elektr qurilmalar yong‘inini o‘chirishda hamda aerodrom xizmatidagi o‘t o‘chirish mashinalarini jihozlashda ishlatiladi.
Ishlab chiqarish binolari uchun talab etiladigan o‘t o‘chirgichlar soni quyidagicha aniqlanadi
no = mo S,
bu erda S - ishlab chiqarish xonasining yuzasi, m2;
mo- 1m2 maydonga me’yor bo‘yicha belgilangan o‘t o‘chirgichlar soni.
Bu ko‘rsatkich materiallar ombori, garajlar, chorvachilik binolari, bug‘xonalar, tegirmonlar, oshxona va magazinlar uchun 100 m2 maydonga 1 ta, elektr payvandlash sexlari, temirchilik sexlari, labaratoriyalar uchun – 50 m2 maydonga 2 ta qilib qabul qilinadi.
O‘t o‘chirish qurilmalari yong‘inni boshlang‘ich fazada to‘liq bartaraf etish va yong‘in bo‘linmalari kelguncha yong‘in tarqalishini cheklash maqsadida ishlatiladi. Ular statsionar, yarim statsionar va ko‘chma bo‘ladi. Zaryadlovchi moddalarning turi va tarkibiga ko‘ra esa suvli, bug‘li, gazli (uglekislota), aerozol (galoid uglevodorod), suyuqlikli va kukunli bo‘lishi mumkin.
Bundan tashqari o‘t uchirishda ATS-30(66), ATS-40(131), ATS-40(130E) markali mashinalar va MP-600, MP-900, BMP-1600 markali motopompalardan ham keng foydalaniladi.
Birlamchi o‘t o‘chirish vositalariga, tashkilot ishchi va xizmatchilari yoki ixtiyoriy yong‘in navbatchi a’zolari tomonidan ishlatishga mo‘ljallangan, yong‘inga qarshi «qalqonlar»da izohlangan oddiy asboblar va uskunalar kiradi.
Unda yong‘in xavfsizligi me’zonlariga ko‘ra quyidagi o‘t o‘chirish vositalari va asboblari zarur bo‘lganda oson olinadigan qilib osib qo‘yilgan bo‘lishi shart: ikki dona qo‘lda ishlatildigan ko‘pikli va karbonat angidridli o‘t o‘chirgich, ikki dona bolta, ikki dona suv sepish elastik shlankalari va suv spish stvoli, suv bochkasi, qum solingan quti, iki dona konussimon chelak, ikki dona belkurak, ilgakli changaklar va mis uchli lom va h.k.
Ma’muriy binolar va sanoat korxonalarida, yonuvchi ashyolar va portlovchi moddalar saqlanadigan omborxonalar hududida, yong‘in xavfi mavjud bo‘lgan joylarda o‘t o‘chirishda qo‘llaniladigan asboblar o‘rnatilgan bo‘lishi shart. «Yong‘inga qarshi qalqon» 6.2 rasmda aks ettirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |