Yo`l transport xodisalaridan keladigan iqtisodiy zarar
Harakat xavfsizligini oshirish uchun bajariladigan ishlar ko`lamini va YTH natijasida xalq xo`jaligiga yetkaziladigan zararni aniqlash SQM 3-81 «Avtomobil yo`llarini loyihalashda yo`l-transport hodisalaridan xalq xo`jaligiga keladigan zararni hisobga olish yo`riqnomasi» ga asosan olib borilishi maqsadga muvofiq. Quyida bu yo`riqnomaga binoan YTH da yetkaziladigan zararni hisoblashni keltiramiz.
YTH natijasida bo`ladigan zararni aniqlash.
Harakat xavfsizligini yaxshilash uchun bajariladigan ishlarning ko`lamini aniqlashda YTH natijasida xalq xo`jaligiga keltirilgan zararni baholash zarur.
Davlat statistikasiga kiritilmaydigan bitta YTH dan keladigan zararni quyidagi formula orqali hisoblash mumkin.
P*SP1P2
Bu yerda: S-transport vositasining, yo`l sharoitlarining yoki ortilgan yukning buzilishidan bo`ladigan zarar; P1-YTH bo`lgan joyda boshqa o`tayotgan transportlar yo`qotadigan vaqtdan va yo`l harakat qismini tozalashga ketadigan xarajatlar;
P2-DHXN tomonidan ketadigan xarajatlar.
Davlat statistikasiga kiritiladigan bitta YTH bo`ladigan o`rtacha zararni quyidagi formulaga asosan aniqlash mumkin:
; so`m
bu yerda: P0, P0, Px-YTH da odam ishtirok etgan vaqtda yengil, og`ir jarohatlardan va halok bo`lishi natijasida xalq xo`jaligi ko`radigan zararlar; n0, n0, nx-bitta YTH o`rtacha yengil, og`ir jarohat ko`rganlar yoki halok bo`lganlar sonini hisobga oluvchi koeffitsientlar, bu koeffitsientlar shahardan tashqaridagi yo`llar uchun n0*0,06, n0*0,758, nx*0,182; S1, P11, P12-mos ravishda S, P1, P2-oldingi ma’nodagi ko`rsatkichlar.
Iqtisodiy hisoblarda xalq xo`jaligi ko`radigan jami zararni quyidagi formula bo`yicha aniqlanadi:
bu yerda: mt-jarohatlanish og`irligini hisobga oluvchi jamlovchi koeffitsient,
N-o`rtacha yillik harakat miqdori, avtsut; L-yo`l uzunligi, km;
Snt7.5-7,5 m qatnov qismiga to`g`ri keladigan zararni hisobiy miqdori, tiyinavt-km;
ENP-har xil vaqtlarga to`g`ri keladigan xarajatlarni keltirish me’yori, 0,08.
Yuqorida keltirilgan mt, Snt, YeNP qiymatlarini t yillar o`zgarishi bo`yicha «VSN» 3-81 me’yoriy xujjatdan yangi narxlarni hisobga olgan holda qabul qilish mumkin.
Xulosa
YTH ni hisobga olish ishlari O`zbekiston Respublikasi xududida Davlat harakat xavfsizlik nazorati (DHXN) xodimlari tomonidan olib boriladi. Ayrim vazirliklar, korporatsiyalar, kontsernlar va uyushmalar o`z tashkilotlariga tegishli avtotransport yoki yo`llarda sodir etilgan YTH ni alohida hisob qilib boradilar, bunda ular birlamchi axborotni DHXN bo`linmalaridan oladilar. Masalan «Toshshaharyo`lovchitrans» uyushmasi, «Uzneftgaz» korporatsiyasi avtokorxonalriga tegishli avtomobillar sodir etgan YTH ni, «O`zavtoyo`l» kontserniga tegishli yo`l xo`jaliklarida esa umum foydalanuvdagi avtomobil yo`llarida qayd etilgan YTHni hisobga olib borish bilan birgalikda to`plangan ma’lumotlarni batafsil tahlil qilinadi. Shuningdek, sog`liqni saqlash vazirligiga qarashli tibbiyot tashkilotlarida YTH da jabrlanganlarni ro`yxatga olinadi.
YTH ni hisobga olish tartibi va ma’lumotlar yig`ish ishlari DHXN bo`linmalarida bir xil tartib bo`yicha olib boriladi. Bu tartibga asosan hamma YTH ikki gruppaga bo`linadi.
Birinchi gruppaga YTH da halok bo`lganlar yoki jarohat olganlar kiradi. Bunday YTH ma’lumotlari maxsus kartochkalarda hisobga olinib, davlat statistika hisobiga kiritiladi.
Agarda YTH da jarohat ko`rmasdan faqat moddiy zarar ko`rilsa yoki yengil jarohat olinsa, bunday holatda YTH ni ikkinchi gruppaga kiritiladi. Bu xildagi YTH davlat statsitka hisobotiga kiritilmaydi va ularni shahar, nohiya, vazirliklar darajasida ko`rib chiqiladi.
Agarda tan jarohati oluvchi kishi o`zining ish qobiliyatini yo`qotsa, kasalxonada bir sutkadan kam bo`lmagan vaqtda davolansa yoki birinchi tibbiy yordamdan keyin qatnab davolanish belgilansa, uholda YTH da jarohat olgan hisoblanadi
Foydalanilgan adabiyotlar
1. I.A. Karimov, Jahon moliyaviy inqirozi O`zbekiston sharoitida uni bartara etish yo`llari va choralari. Toshkent. “O`zbekiston” – 2009 y. – 56 bet.
2. “Yo`l harakati qoidalari”. Toshkent – 2001 y.
3. “Yo`l belgilari va yo`l chiziqlari”. Toshkent – 2001 y.
4. Q. X. Azizov. “Yo`llarda xavfsiz harakatlanish asoslari”. Toshkent – 2005 y.
5. N. F. Muhitdinov, G. K. Nurmuhamedov, R. N. Dimitov “Yo`l harakati qoidalariga sharhlar”. Toshkent – 2005 y.
6. Azizov K. X., Dorobov M., Sayfutdinova R.A. Obespechenie bezopasnosti dvijeniya na gorodskix ulitsax. –T; TADI. 2009.-132 st.
Do'stlaringiz bilan baham: |