Mashg’ulot yakuni:
1. Faol ishtirok etgan ta’lim oluvchilarni baholaydi va rag’batlantiradi.
Uyga vazifani berilishi:
2. Kelgusi mashg’ulotga vazifa va uni bajarish yuzasidan yo’riqnoma beradi.
Mavzu: Yo’l harakatini tartibga solish vositalari. Svetofor va uning turlari xamda svetofor ishoralarining ahamiyati.
Мashg’ulot rejasi:
1. Yo’l harakatini tartibga solish vositalari. Svetofor ishoralarining ahamiyati va ishoralarga muvofiq haydovchining harakati.
2. Qo’shimcha tarmoqli va alohida yo’nalishlar bo’yicha qo’llaniladigan svetoforlar.
3. Reversiv svetoforlar.
Vizual materiallar.
Yo’l harakatlarini tartibga solish vositalari
Svetofor ishoralari harakatni tartibga solishda muhim vosita hisoblanadi. Ular chorrahalarda, temir yo’l kesishmalarida, yopiq maydonlarda, yo’lning alohida qismlarida, jamoat transporti uchun ajratilgan yo’l bo’laklari va alohida yo’l bo’laklarida barcha transport vositalari va piyodalarning harakatini tartibga soladi.
Svetoforlarda yashil, sariq, qizil va oq rangli yorug’lik ishoralari qo’llaniladi. Svetofor ishoralari vazifasiga bog’liq ravishda doirasimon, yo’naltirgich, piyoda tasviri tushirilgan va X simon ko’rinishda bo’lishi mumkin.
Doirasimon ishorali svetoforlarda yashil doirali ishoralar bilan bir sathda, yashil yo’naltirgich ko’rinishidagi bitta yoki ikkita qo’shimcha tarmoq joylashgan bo’lishi mumkin. CHorrahada transport vositalarining harakatini tartibga solish uchun 3 tarmoqli tik (vertikal), yoki yotiq (gorizontal) svetoforlar qo’llaniladi.
Svetofor ishoralarining ahamiyati va ishoralarga muvofiq haydovchining harakati
Svetoforning doirasimon ishoralari quyidagi ma’noni bildiradi:
- yashil ishora harakatlanishga ruxsat beradi; miltillovchi yashil ishora esa harakatlanishga ruxsat berish bilan birga, uning ta’sir vaqti tugashi hamda ko’p o’tmay, taqiqlovchi ishora yonishi haqida axborot beradi.
- yashil ishora o’chishiga soniyalarda (sekundlar) qancha vaqt qolganligi haqida axborot berish uchun raqamli tablo qo’llanilishi mumkin;
- sariq ishora harakatni taqiqlaydi va ishoralar almashuvi haqida ogohlantiradi. Lekin Qoidalarning 8.13 - bandida ko’rsatilganidan boshqa hollarda, ya’ni keskin tormoz bermasdan to’xtashga ulgura olmaydigan transport vositalarining haydovchilariga harakatni davom ettirishga ruxsat etiladi;
- miltillovchi sariq ishora harakatlanishga ruxsat beradi. Tartibga solinmagan chorraha yoki piyodalar o’tish joyi borligidan xabardor qiladi va xavf-xatar haqida ogohlantiradi. Undan transport oqimi siyrak bo’lgan, ularning navbat bilan harakatlanib o’tishlarini tartibga solishga hojat bo’lmagan, lekin ba’zi bir sabablarga ko’ra xavfli bo’lgan chorrahalarda qo’llaniladi;
- qizil ishora, shuningdek, miltillovchi qizil ishora harakatlanishni taqiqlaydi;
- qizil va sariq ishoralarning bir vaqtda yonishi harakatlanishni taqiqlash bilan birga, ko’p o’tmay yashil ishora yonishi haqida axborot beradi.
- navbatma – navbat miltillovchi ikkita qizil ishorali svetofor temiryo’l kesishmalari oldida o’rnatilib, transport vositalarining kesishmadan o’tishlarini taqiqlaydi;
Agar svetofor ishorasi piyoda tasviri ko’rinishida bo’lsa, u faqat piyodalarning harakatiga ta’sir ko’rsatadi. Bunda yashil ishora piyodalarning harakatlanishiga ruxsat beradi, qizil ishora esa taqiqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |