4.1-rasm. To`rli sirtlarning ko`rinishi
Paxtadan yirik iflosliklarni ajratib olishda arrachali barabanga ega bo`lgan CHX-3M2, CHX-5 tipidagi hamda 1XP tipidagi tozalagichlar ishlatiladi. Bu mashinalarning asosiy ishchi organlariga arrachali baraban, kolosnikli panjara hamda cho`tkali baraban kiradi.
Tozalash mashinalarning loyihalariga qo`yiladigan texnologik talablar
1. Ishlov berilayotgan xom ashyoga kamroq mexanik ta`sir etish maqsadida iloji boricha ishchi barabanlar sonini kamaytirish bilan bir vaqtda yuqori tozalash samaradorligini ta`minlash.
2. Texnologik mashinaning tozalash samaradorligi yuqori darajada bo`lib, uning ish unumdorligi oshirilganda kamayib ketishiga yo`l qo`ymaslikka erishish.
3. Tozalash jarayonida tola va chigitning tabiiy xususiyatlariga salbiy ta`sir etmaslik.
4. Yuqori tozalash samaradorlikni ta`minlagan holda yuqori ish unumdorlikka erishish.
5. Tozalash jarayonini avtomatik boshqarish tizimini yaratish.
Tozalash mashinalari ishlov berilayotgan xom ashyoga ta`sir etish uslubiga qarab asosan to`rtta turga bo`linadi.
1. Zarba ta`sirida tozalash turi. Ushbu asosan qoziqchali barabanli tozalash mashinalari kiradi. Ular tarkibiga 6A-12M, SCH-02,1XK belgili tozalagichlar kiradi.
2.Tarash uslubi asosida tozalash turi. Ushbu turga asosan arrachali barabanli tozalash mashinalari kiradi. Ular tarkibiga asosan CHX-3M, CHX-5, RX-01, 1XP belgili tozalagichlar kiradi.
3.Havo oqimi ta`sirida tozalash turi. Ushbu turga tozalash kuchi havo bosimi asosida hosil qilinadigan separatorlar, chigit tozalash moslamalari, tosh ushlagichlar va kondensorlar kiradi.
4.Murakkab uslub asosida tozalash turi. Ushbu turga yuqoridagi turlarning ikki yoki uch uslubi ishlov beriluvchi xom ashyoga birgalikda ta`sir etish asosida tozalash turi kiradi.
Asosiy ish organi bo`lgan barabanning umumiy ko`rinishi 4.1-rasmda keltirilgan. 4.2-rasmda baraban tarkibidagi ishchi valiklarning turlari keltirilgan. Ular asosan uch xil turdan iborat bo`ladi: o`zgarmas kesimli, o`zgaruvchan kesimli hamda quvursimon kesimli. Baraban konstruktsiyasiga ko`ra asosan ikki turda bo`lib, ularning birinchisi arrachali, ikkinchisi esa qoziqchali.
XULOSA
To’qimachilik, yengil va paxta sanoati mashinasozligining asosiy muhim vazifalaridan biri mamlakatimizda ishlab chiqariladigan to’qimachilik, yengil va paxta sanoati mashinalari konstruktsiyasi va tayyorlash sifati bo’yicha chet ellarda ishlab chiqilgan mashinalardan ustun bo’lishiga erishishdir. Buning uchun muhandis-mashinasozlar, konstruktorlar va texnologlar to’qimachilik, yengil va paxta sanoati uchun yuqori unumdorli, ishonchli va uzoq muddat ishlaydigan avtomatlashtirilgan jihozlar yaratish uchun chuqur ilmiy-texnik bilimlarga ega bo’lishi kerak.
Har bir muhandis-konstruktor konstruktorlik hisoblarini bajarishni, har tomonlama texnologiyaboplikni hisobga olgan xolda detalni loyihalashni, ular uchun materialni ratsional ravishda tanlashni, loyihalanadigan mashinaning ishonchliligini va uzoq muddat ishlashini belgilashni, iqtisodiy va texnik estetika talablarini hisobga olishni, mashina va mexanizmni yaratishda tajribaviy tadqiqotlarni rejalashtirishni va bajarishni bilishi zarur. Ushbu masalalarning umumiy ko’rinishdagi qisqacha bayoni to’quv dastgohlarini loyihalash misolida mazkur kurs loyihasida keltirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |