Yer o’qining presession harakati natijasida
kuzatiladigan hodisalar
Yuqorida qayd etilganidek Yer o’qining presession harakati tufayli olam qutblari, ekliptika qutblari atrofida radiusi taxminan 23,5 bo’lgan aylanalar chizadi. Bundan tashqari ekliptika o’qi sayyoraviy presessiya natijasida fazoda harakat qilganligi sababli, olam qutbining chizgan egri chizig’i o’zaro kesishmaydi. Hozirgi paytda shimoliy olam qutbi kichik ayiqning -si yaqinidan o’tadi. Shuning uchun -ga qutbiy yulduz deyiladi. 4000 yil oldin, olam qutbi Ajdar turkumidagi yulduzi yaqinida bo’lgan. 12000 yildan keyin esa Liraning - si (Vega) qutb yulduzi bo’ladi. Olam o’qi yo’nalishi o’zgarishi bilan olam ekvatori holati va Sayyoraviy presessiya natijasida esa ekliptika tekisligi holati o’zgarib boradi. Natijada ekliptika va ekvatorning kesishi nuqtalari tengkunliklar yulduzlar orasidan g’arbga tomon siljiydi. Bu siljishning tezligi bir yilda ni tashkil etadi va ekliptikada umumiy yillik presessiya deyiladi.
Ekvatorda umumiy yillik presessiya m=50,26 cos =46,11 – ga tengdir, bunda ekliptika tekisligini, ekvator tekisligiga nisbatan og’malik burchagi bo’lib, u hozirgi paytda sekinlik bilan kamayapti. Kamayish tezligi bir yilda 047 ni tashkil etadi. Tengkunlik nuqtalari quyoshning ko’rinma harakati yo’nalishi tomon ekliptika bo’yicha ko’chganligi tufayli bu nuqtaga quyosh, nuqta tinch bo’lganiga qaraganda barvaqtroq yetib keladi.
Shuning uchun tropik yil ya’ni quyoshning markazini tengkunlik nuqtasidan o’tish orasidagi vaqt yulduz yili yerning quyosh atrofida aylanib chiqish vaqtidan 20m ga kichik bo’ladi. Bir sutkada 1 yo’l o’tadigan quyosh 5026 masofani 20m da o’tadi.
Yer sharining bir necha punktlarini geografik kengliklarini o’lchash ko’rsatadiki, joyning geografik kengligi davriy ravishda o’zgarib boradi. Bir joyda o’zining o’rtacha qiymati atrofida 03 oshsa, yer sharining o’lchangan nuqtasining qarama-qarshi boshqa yarim sharida 03 ga kamayadi. Bu shuni ko’rsatadiki, yerning tanasi aylanish o’qiga nisbatan siljiydi. Bu harakat yer o’qi yo’nalishiga ta’sir ko’rsatmagani uchun, o’q fazoda o’z yo’nalishini saqlaydi. Natijada qutblarga yerning turli nuqtalari to’g’ri kelib qoladi. Natijada yerning qutblari uning yuzasi bo’yicha ko’chib yuradi.
Yerning shimoliy qutbi, tomonlari 30 metr bo’lgan kvadratdan chiqmagan holda murakkab chiziq chizadi, uning harakati qutbdan kuzatilganda soat strelkasiga teskari yo’nalishda buriladi.
Ekvatorial va ekliptik koordinatalar sistemalarida yoritgichlarning uzunlamalarini o’lchashni hisob boshi qilib, bahorgi tengkunlik nuqta olingan. Shuning uchun, bahorgi tengkunlik nuqtani g’arb tomonga ko’chishi tufayli barcha yoritgichlarni ekliptik uzunlamalari har yili 5026 o’zgarib turib, kenglamalari o’zgarmaydi. Chunki Oy - Quyosh presessiyasi ekliptika tekisligini o’zgartirmaydi. Yoritgichlarni har ikkala ekvatorial koordinatalari uzluksiz ravishda o’zgarib borganligi sababli, Yerning berilgan joyi uchun osmon ko’rinishi juda sekinlik bilan o’zgarib boradi. Natijada ba’zi ko’rinmaydigan yulduzlar chiquvchi va botuvchi bo’lib, ba’zi ko’rinadigan yulduzlar esa chiqmaydigan va botmaydigan bo’ladi. Masalan bir necha yildan keyin Yevropada janubiy Krest yulduzi ko’rinuvchi bo’lsa, Sirius yulduzi hamda Orion turkumining bir qismi ko’rinmaydigan bo’ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. www. uz.wikipedia.org
2.www. google.com
3.www. fayllar.org
Do'stlaringiz bilan baham: |