MAVZU:YER YUZASI, GEOLOGIK TUZILISHI VA FOYDALI QAZILMALARI
Reja:
1.O‘zbekiston tabiiy xaritasini ko‘zdan kechiring. Respublikamiz hududidagi asosiy tekislik, vodiy va tog‘larni toping.
2.Yer yuzasining asosiy xususiyatlari
Yer yuzasining tuzilishi jihatidan O‘zbekiston hududi ikki qismga bo‘linadi, katta (78,7 foiz) qismi tekislikdan, qolgan (21,3 foiz) qismi tog‘lardan va tog‘ oralig‘idagi botiqlardan iboratdir. Respublikamiz yer yuzasi g‘arb va shimoli g‘arbdan sharq va janubi sharq tomon ko‘tarilib boradi (28- rasm). Tekisliklari. O‘zbekistonning tekislik qismi Turon tekisligining bir qismi bo‘lib, uning g‘arbi va shimoli g‘arbini egallagan. Tekislikning shimoli-g‘arbiy chekkasida Ustyurt platosi joylashgan. U atrofidagi tekisliklardan va Orol dengizi yuzasidan tik ko‘tarilib turadigan yonbag‘irlar bilan o‘rab olingan, ular chinklardeb yuritiladi. Platoning O‘zbekiston joylashgan qismining okean sathidan balandligi 120—180 m atrofida bo‘lib, uning eng yuqori nuqtasi Qorabovurqirida (292 m). Ustyurtning yer yuzasi butunlay tekis bo‘lmasdan bir qancha botiqlar (Borsakelmas, Asaka-Îvdonva boshqalar) uchraydi, platoning janubi-sharqiy qismida esa Sariqamishbotig‘i joylashgan. Amudaryoning quyi oqimida juda katta delta hosil bo‘lgan. Uning yuzasi daryoning qadimgi (Ko‘hnadaryo, Daryoliq) va hozirgi o‘zanlari bilan kesilgan. Uning o‘rta qismida tub tog‘ jinslaridan tuzilgan kichik-kichik balandliklar ko‘zga tashlanadi. Amudaryo deltasidan sharqda Qizilqumcho‘li boshlanadi. Yer yuzasining tuzilishi juda xilma-xil. Bu yerda past tog‘lar —
Bo‘kantov, Tomditov, Ovminzatov, Quljuqtov, Yetimtov, uning g‘arbiy qismida esa Sulton Uvaystog‘i qumli va gilli tekisliklar orasida qad ko‘tarib turibdi. Qizilqumning kata qismini qumli tekisliklar egallagan. Past tog‘lar orasida esa botiqlar (Mingbuloq, Oyoqog‘itma, Qoraxotinva boshqalar) joylashgan. Ulardan Mingbuloq botig‘ining tubi okean sathidan 12 m pastda joylashgan. Qizilqum hududida Amudaryo, Sirdaryo va Zarafshon daryolarining qadimgi o‘zanlari ham uchraydi. Qizilqum cho‘lidan sharq va janubi sharqda Mirzacho‘l, Qarnob, Qarshi, Malikgilli cho‘llari joylashgan. Tog‘lari. Tyanshan va Hisor-Oloytog‘ tizmalarining g‘arbiy va janubi-g‘arbiy tarmoqlari O‘zbekiston hududidajoylashgan. Ularning okean sathidan balandligi janub va g‘arb tomon astasekin pasayib borib, tekisliklarga tutashib ketadi(29- rasm). O‘zbekistonning shimoli-sharqiy qismida G‘arbiy Tyanshanning bir qancha tog‘ tizmalari (Qorjontov, Ugom, Piskom, Chatqol, Qurama) joylashgan. Bular Talas Olatovidan boshlanadi. Bu tog‘ tizmasida Manas nomli cho‘qqi bo‘lib, uning ocean sathidan balandligi 4484 m dir. Chatqol tog‘ tizmasining O‘zbekiston hududida joylashgan qismida esa Katta Chimyon nomli cho‘qqi bo‘lib, uning balandligi 3309 m ga yetadi. Chatqol va Qurama tog‘ tizmalari orasida Ohangaron platosi joylashgan. G‘arbiy Tyanshan tog‘ tizmasining okean sathidan balandligi 2500—4000 m bo‘lib, uning yuqori qismlarida muzliklar uchraydi. Farg‘ona botig‘ining markaziy qismi O‘zbekistonda joylashgan bo‘lib, g‘arbdan Qurama, shimoldan Chatqol, sharqdan Farg‘ona, janubdan Oloy, Turkiston tog‘ tizmalari o‘rab olgan. Turkiston tog‘idan shimoli g‘arbga qarab Morguzarva Chumqortog‘lari ajralib chiqqan. Chumqor tog‘ining faqat shimoliy yonbag‘rigina O‘zbekistonga qaraydi. Morguzar tizmasining shimoli g‘arbida Nurotatog‘ tizmalari o‘rin olgan bo‘lib, ular bir-biridan Sangzor daryosining «Amir Temur darvozasi» darasi bilan ajralib turadi. Nurota ikki qismdan — Shimoliy va Janubiy Nurota tizmalaridan iborat. Shimoliy tog‘ tizmasidagi Hayotboshi cho‘qqisining balandligi 2169 m ga yetadi. Janubiy Nurota alohida ko‘tarilmalar (Oqtov, Qoratov, Qarachatog‘, G‘ubdintog‘)dan iborat. Zarafshon daryosi vodiysining janubida Zarafshon tizma tog‘lari joylashgan bo‘lib, u O‘zbekiston hududida Chaqilkalon va Qoratepa nomlari bilan ataladi va ancha pasayib qoladi. Bu tog‘larning g‘arbida esa Zirabuloq, Ziyovuddinnomli past tog‘ tizmalari bo‘lib, ularning eng baland qismi 1115 m ga yetadi. Zarafshon tizma tog‘larining janubida Hisor tog‘ tizmasining janubi-g‘arbiy tarmoqlari (Yakkabog‘, Surxontog‘, Ko‘hitangva boshqalar) joylashgan. O‘zbekistonning eng baland cho‘qqisi Hazrat Sulton (4643 m) Hisor tog‘ida joylashgan. Janubiy O‘zbekistonda Bobotog‘tizmasi ko‘tarilgan bo‘lib, Z a rkosa cho‘qqisining balandligi 2289 m dir. Tog‘ oraliq botiqlari.O‘zbekistonning tog‘li qismida tog‘ oraliq botiqlari alohida o‘rin egallaydi. Bularning paydo bo‘lishi tog‘ tizmalarining ko‘tarilishi bilan bog‘liqdir. Hamma tog‘ oraliq botiqlarining yer yuzasi deyarli tekis bo‘lib, faqat daryo o‘zanlari bilan kesilgan. Ularning yer yuzasi tog‘ tizmalariga yaqinlashgan sari ko‘tarilib boradi. O‘zbekiston hududida katta tog‘ oraliq botiqlaridan biri Chirchiq-Ohangaronbotig‘idir. Uni sharqda G‘arbiy Tyanshan tog‘ tizmalari o‘rab olgan, g‘arbda esa Mirzacho‘l bilan tutashib ketadi. Uning o‘rtacha balandligi 300—500 m ga teng. Chirchiq-Ohangaron botig‘ining janubi sharqida Farg‘ona tog‘ oraliq botig‘i (vodiysi) joylashgan. Botiqni Sirdaryo kesib o‘tgan. Vodiyning okean sathidan o‘rtacha balandligi 300—400 m orasida. Mirzacho‘lning janubi g‘arbida Nurota, Qo‘ytosh tog‘lari joylashib, uning janubida esa Sangzor-Nurotatog‘ oraliq botig‘i bor. U shimoli sharqda Morguzar va shimolda Nurota, janubda Janubiy Nurota va Chumqor tog‘lari bilan o‘rab olingan. Uning okean sathidan balandligi janubi sharqdan shimoli g‘arbga tomon 800 m dan 300 m gacha pasayib boradi. Janubiy Nurota hamda Zarafshon va Zirabuloq, Ziyovuddin tog‘ tizmalari orasida Zarafshonbotig‘i joylashgan. Bu botiqdan Zarafshon daryosi oqib o‘tadi va Samarqand shahri yaqinida ikkiga — Oqdaryo va Qoradaryoga ajraladi. Xatirchi qishlog‘i yaqinida yana birlashadi va uzunligi 100 km, kengligi 15 km ga yaqin Miyonqol orolini hosil qiladi. Botiqning okean sathidan balandligi sharqiy qismida 900 m, g‘arbida esa 300 m. Zarafshon tizma tog‘larining janubida Kitob-Shahrisabz tog‘ oraliq botig‘i joylashgan bo‘lib, u janubi sharqdan Hisor tog‘ining janubi-g‘arbiy tarmoqlari bilan o‘ralgan, g‘arb tomoni esa ochiqdir. Uning okean sathidan balandligi g‘arbida 500 m, sharqida esa 1000 m gacha ko‘tarilgan. O‘zbekistonning janubiy qismida Surxon-Sherobodbotig‘I shimoli sharqdan janubi g‘arbga qarab cho‘zilgan. U shimol, shimoli g‘arb va g‘arbdan Hisor tog‘i va uning tarmoqlari bilan o‘rab olingan. Botiqning o‘rta qismidan Surxondaryo va Sherobod daryolari kesib o‘tadi. Surxondaryo vodiysiningokean sathidan balandligi janubi g‘arbida 300 m, shimoli sharqida esa 700 m.
Savol va topshiriqlar
1. O‘zbekistonning yer yuzasi qanday o‘ziga xos xususiyatlarga ega?
2. Respublikamizning tekislik qismida qanday plato, delta, botiq (vodiy)lar va past tog‘lar bor?
3. Siz yashayotgan joyda qanday tog‘ tizmalari joylashgan?
Do'stlaringiz bilan baham: |