Mavzu: Yer osti suv resurslaridan samarali foydalanish.
Yer osti suvlarini xillarga ajratishda ularning hosil bo'lishi, yer ostida yotish holati, tarkibi va boshqalarga e‟tibor beriladi. Yer
osti suvlari paydo bo'lish sharoitiga (yer qatlamlarida uchrashiga) qarab uch xil:
Yuza suvlar (verxavodka), grunt (sizot) suvlar, bosimli yoki artezian suvlarga bo'linadi.
Yuza suvlar. Suv o'tkazmaydigan qatlamdan ancha yuqorida vujudga kelgan suvlar yuza suvlar deb ataladi. Ular suv
shimiluvchi qatlamlar orasidagi gil yoki soz tuproq ustida qum, qumoq jinslarda to'planadi. Yuza suvlar to'planuvchi qatlamning
qalinligi 2-3 m dan oshmaydi. O'zbekistonda Qashqadaryo, Buxoro viloyati cho'llarida, ayniqsa Qizilqumda ko'p uchraydi. Bunday yer
osti suvlari ko'pincha chuchuk bo'ladi, dashtlarda va cho'llarda ulardan aholini suv bilan ta‟minlash maqsadida foydalaniladi.
Grunt suvlari. Yer yuzasi bilan suv o'tkazmaydigan qatlam orasidagi suvlardir. Bu suvlar, odatda g‟ovakli jins (qum, shag‟al,
lyoss) orasida ko'proq uchraydi. Bundan tashqari, qatlamli va serdarz jinslar orasida ham uchrab turadi. Grunt suvlarini
o'tkazmaydigan qatlam ustida yana suv o'tkazmaydigan qatlam bo'lmaganligi uchun bu suv joylashgan qatlam bilan uni suv bilan
ta‟minlovchi qatlam birdir. Grunt suvlarining sathi yer betidan har xil chuqurlikda yotadi. Yer osti suvlarining suv bilan to'yingan
qatlam yuzasi yer osti suvlarining oynasi deyiladi. Suv bilan to'yingan qatlam suv saqlovchi qatlam deb ataladi. Grunt suvlarida bosim
bo'lmaydi, chunki uning ustida suv o'tkazmaydigan qatlam bo'lmaydi. Grunt suvlari pastqam joylarda (soy, jar, ariq) yer betiga sizilib
chiqib qoladi. Yer osti suvlari yer yuzasiga chiqmagan joylarda quduq qazilganda ham yer osti suvlaridan ko'tarilishi, ularning
umumiy sathidan oshmaydi. Bunga O'rta Osiyoda grunt suvlar yuzasini birlashtiruvchi quduqlar (kyariz) usuli misoldir.
Yer osti suvlari daryo, ariq suvlariga nisbatan ancha sekin harakatlanadi. Yer osti suvlari tog‟ jinslari orasidan ko'pincha
nishab tomonga qarab sizib o'tadi. Rel'yefning bunday joylaridan yer osti suvlari buloq yoki sizot suv tarzida chiqib turadi.
Bunday suvlar Sirdaryo viloyatidagi yangi o‟zlashtirilgan joylarda ko'plab uchraydi.
Sizot (grunt) suvlar tog‟ jinslari orasidan sekin, lekin doim o'tib turadi. Ularning tezligi jinsning suv o'tkazuvchanligiga
va yer osti suvini saqlovchi qatlamning qiyaligiga bog‟liq.
Yer osti suvlarining harakat tezligi, ularning qanday jinslar orasidan o'tishiga bog'liqdir. Mayda qum orasidan bir sutkada 1-5
m, yirik qumda 15-20 m, shag‟al yoki serdarz jinslarda 100 m va undan ham tezroq siljishi mumkin.
Artezian suvlar. Bosimli suv odatda yer qatlamlarining tektonik jarayoni natijasida qatlamlar orasida to'planadi. Bundan
tashqari, artezian suvlar monoklinal va tektonik yoriqlarida ham paydo bo'ladi.
Sinklinalning ikki suv o'tkazmaydigan qatlami orasidagi suv o'tkazuvchi qatlamga ko'p suv to'planishidan artezian suvi hosil
bo'ladi. Artezian suvining hosil bo'lishi uchun suv o'tkazuvchi qatlamning yer yuziga chiqqan qismi shu qatlamning yer ostidagi
qismiga nisbatan balandda bo'lishi shart.
Sinklinal qatlamlarda hosil bo'lgan yer osti suvini burg‟u qudug‟i bilan qaziganda ikkita suv o'tkazmaydigan qatlam orasidagi
suv otilib chiqadi. Toshkent mineral suvi xuddi shunday sinklinal qatlamda joylashgan bo'r davri dengiz qumi yotqiziqlari orasidan
(1800-1850m chuqurlikdan) chiqmoqda.