Mavzu: Yer munosabatlari va yerdan foydalanishning nazariy asoslari. 1917 yildagi yer to‘g‘risidagi Dekret va uning O‘zbekistonda amalga oshirilishi. Reja



Download 38,72 Kb.
bet2/3
Sana12.02.2022
Hajmi38,72 Kb.
#445770
1   2   3
Bog'liq
1-Mavzu

Tayanch iboralar: yer munosabatlari, yer tuzish, yer egaliklari, feodal, krepostnoylik, jo‘ziya, xiroj, chorikorlik, Pishkek, ko‘chmanchi, o‘troq, mulk va vaqf, prinsip, Dekret, agrar, yer tuzish markaziy organi.
Foydalanilgan adabiyotlar: A1, A2, A3, A4, Q1, I1, I2, I3.

O‘zbek xalqi boy tarixiy o‘tmishga ega. Uning tarixiy saxifalari eng qadimiy madaniy taraqqiyot beshigi bo‘lmish O‘rta Osiyo yerlaridagi halqlarning tarixi bilan chambarchas bog‘liqdir. Serhosil tuproqlar va qulay iqlimiy sharoitlari tufayli Amudaryo va Sirdaryo, Zarofshon vohalari qadim zamonlardan boshlab odamlar istiqomat qiladigan ko‘rkam joylarga aylangan edi.


O‘rta Osiyo qadimgi Sharqning Mesopatomiya va Eron, Xitoy va Hindiston kabi mamlakatlari o‘rtasidagi bog‘lovchi halqa vazifasini o‘tagan. O‘tmish taqdirlari bir-biri bilan o‘zaro mahkam chatishib ketgan hozirgi o‘zbek , tojik, turkman, qirg‘iz va qoraqolpoqlarning ajdodlari Osiyo va Yevropa xalqlari bilan siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalar o‘rnatib kelganlar.
Shu aloqalarning eng asosiy manbasi – yer hisoblangan.
Yer munosabatlari – bu odamlar o‘rtasida, sinflar va ijtimoiy guruhlar o‘rtasida yerni taqsimlash, unga egalik qilish yoki foydalanish bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlardir. U ishlab chiqarish munosabatlarning asosiy qismi bo‘lib jamiyatning iqtisodiy bazasi tarkibiga kiradi.
Yer munosabatlari o‘zining asosiy rivojlanish qonuniyatlariga egadir.
Yer munosabatlarining rivojlanish qonuniyatlari tarkibiga quyidagi kiradi:
1. Ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasining, ishlab chiqarish munosabatlariga mos tushishi.
2. Yer munosabatlarining ijtimoiy ishlab chiqarish turiga mos tushishi.
3. Har bir davlat o‘zining yer munosabatlari tizimini tashkil etishi.
4. Yer munosabatlarini tartibga olishning davlatda qaror topgan ijtimoiy ishlab chiqarish usuliga mos tushadigan mehanizmini ishlab chiqish.
Hamma tarixiy formatsiyalarini mehnat jarayonlarida yer va boshqa ishlab chiqarish vostalarini bir-biriga qo‘shish hamda moslash davom etib keladi.
Ibtidoiy jamoa tuzumida bu ishlar tasodifiy harakterga ega bo`lgan bo‘lsa, mulkchilik paydo bo‘lib, chorvadorlar va dehqonlar orasida mehnat taqsimoti yuzaga kelgach, yerlarini bo‘lish, chegaralash zarurati tug‘ildi. Xususiy mulk va jamiyatda sinflar paydo bo‘lgandan keyin, odamlar yer munosabatlarini ongli ravishda tartibga solganlar va undan ma’lum maqsad yo‘lida foydalana boshlaganlar. Bu jarayonlarni amalga oshirish uchun qilingan harakatlar dehqonchilik, chegaralash va hozirgi davrda esa yer tuzish deb atala boshlandi.
Ma’lumki, aholining zarur va arzon oziq-ovqat mahsulotlariga, chorvachilikning yem xashakka hamda sanoatning xom ashyoga bo‘lgan talablarini qondirish qishloq ho‘jaligida asosiy ishlab chiqarish vositasi bo‘lgan yer maydonlaridan samarali foydalanishni tashkil qilishga bog‘liqdir. Bu esa o‘z navbatida oqilona ravishda o‘tkaziladigan yer tuzish tadbirlari yordamida amalga oshiriladi.
Yer tuzish- bu ijtimoiy jarayon bo‘lib, yerdan samarali foydalanish, uni muhofaza qilishni tashkil etish, yer egalari va yerdan foydalanuvchilarni, maxsus yer fondlarini tashkil qilish va tartibga solish, qishloq xo‘jalik korxonalari, dehqon, fermer xo‘jaliklari hududlarini tashkil qilish, tabiiy landshaftlarni yaxshilash va maq’bul ekologik muhit yaratishga qaratilgan tadbirlar tizimidir.
Yer tuzish bu aniq ijtimoiy va ishlab chiqarish maqsadlariga mos keladigan qilib, yerda hududiy tartib o‘rnatishdan iborat. Yer bilan ajralmas bog‘langan boshqa ishlab chiqarish vositalari ham yer tuzish jarayonida tartibga solinadi, tuziladi. Bunda odamlarning yerga va umuman tabiatga bo‘lgan munosabati namoyon bo‘ladi.
Bu harakatlar ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish va rivojlantirishga qaratilgandir.
Aniq yer bo‘lagini ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlar manbai sifatida tuzish (joylashtirish, bo‘lish, qo‘shish va shu), yerga egalik qilish va yerdan foydalanish bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlarni amalga oshirish yo‘lida xizmat qiladi.
Masalan: yer tuzish natijasida belgilangan chegaralar joylarda mulkdorlarning yerga bo‘lgan huquqlari chegarasini belgilaydi, ya’ni yer tuzish yordamida ishlab chiqarish munosabatlari masalalari hal qilinadi. Demak, yer tuzish bir vaqtning o‘zida bir tomondan ishlab chiqarish kuchlarining elementi bo‘lsa, ikkinchi tomondan ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanish elementi hamdir.
Yer tuzishning bu ikki tomoni ham ajralmas birlikda bo‘lganligi uchun u hamma ijtimoiy ishlab chiqarish usullarining asosiy qismi hisob lanadi.
Uning mazmuni shuki, u yerning ishlab chiqarish vositasi sifatida boshqa ishlab chiqarish vositalari bilan birgalikda tashkil qilinishi va foydalanilishi va unga egalik qilishda yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlarni qamrab oladi.
Bizgacha yetib kelgan ilmiy manbalardan ma’lumki, quldorlik tuzumi davrida O‘rta Osiyo halqlari yerga bo‘lgan xususiy mulkchilikka, hatto feodal mulkchilikka ham yetib bormadilar. Cho‘l va issiq iqlim sharoitidagi sun’iy sug‘orish bu yerda qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishining asosiy sharti hisoblanadi. Yer unumdorligi asosan sun’iy sug‘orish va sug‘orish kanallari shaxobchasini o‘tkazish evaziga ortib borgan.
Kanalarni tozalash, sug‘orish inshootlarini ta’mirlash yoki yangi kanallar qazish ishlarida har yili minglab kishilar odamlar qatnashardi.
Joylarda suv inshootlarining butligini jamoalar kuzatib turardi. Irrigatsiya ishlariga, suvni taqsimlashga, kanallar va tug‘onlarni tartibli saqlashga har yili yuz minglab odamlarni safarbar etib turish faqat jamoaning qulidan kelardi. Shu munosabat bilan O‘rta Osiyoda shunday bir ijtimoiy-siyosiy tizim tarkib topdiki, bunda podsho va amirlar yerning oliy darajadagi egasi hisoblanib, u yerni har qanday formatsiyada ham hech kim bilan baham ko‘rmadi, Jamoa esa joylardagi kollektivga ega bo‘lib, yerga bo‘lgan huquqni an’ana yoki urf-odatlar, yo bo‘lmasa hukumdor farmoyishiga ko‘ra olardi. Jamoa irrigatsiya inshoatlariga zarur mablag‘lar ajratadigan, jamoa a’zolari huquqlari va manfaatlarini qo‘riqlaydigan oliy mulkdor bo‘lgan hukumdorga, hukumdor esa yerdan va suvdan foydalanish qoidalariga bevosita rioya qiluvchi hamda ishlarni bajarish uchun hukumdor ixtiyoriga ko‘plab ishchi kuchini yetkazib beruvchi jamoaga muhtoj edi.
Bunday jamoalarning hususiyati shundan iborat ediki, ulardan har biri o‘zicha bir yopik dunyo edi. Har bir qishloq va har qaysi jamoaning ma’murlari-oqsoqollari, hisobchisi, mirobi, temirchisi, duradgori, kuloli, sartarosh va hokozolari bo‘lar ediki, ular jamoaning barcha ishlarini olib boradilar.
O‘rta Osiyoda, jumladan O‘zbekistonda, yer mulkchiligi bo‘lmaganligi jamoaning saqlanib qolishiga olib keldi, jamoaning saqlanib qolishi esa urug‘chilik tizimini saqlab qoldi, bu esa quldorlikka va qullikning ishlab chiqarish usuliga aylanishiga qarshi ishonchli himoya edi.
Feodal ishlab chiqarish usuli O‘zbekistonning bir joyida biron tarzda to‘la shakllanmadi. Agar umumiy prinsiplarga asoslanadigan bo‘lsa, feodalizmning feodal va feodal krepostnoylikdan iborat eng keng tarqalgan tizimlarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Feodal-krepostnoylikdan iborat eng keng tarqalgan tizimlarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Feodal-krepostnoylik tizimi yerning feodal shaxsiy mulki bo‘linishi nazarda tutadi. Yevropa mamlakatlarida, Rossiyada feodal yer egasi bo‘lib, dehqonlar tekin ishlab berish (barshina)ga, ya’ni yerda ishlashga majbur qilingan.
Bu dehqonlarni haddan tashqari majbur qilishga, qonun yo‘li bilan krepostnoyga aylantirishga asoslangan feodalizmning eng tugallangan namunasi edi. Rossiyada feodal- krepostnoylik tizimi qonun yo‘li bilan XVI asrdan e’tiboran shakllandi va 1861 yilgacha davom etdi. O‘rta Osiyoda feodal ishlab chiqarish usuli sal boshqacha shaklda tarkib topdi.
Katta territoriyalarda sug‘oriladigan yerlardagi sug‘orishni muttasil tartibga solish tufayli O‘rta Osiyodagi dehqonlar jamoasi yerga favqulodda qattiq bog‘langan bo‘lib, g‘oyat daraja yashovchan bo‘lgan. Tekin ishlab berish bu yerda iqtisodiy jihatdan foydali bo‘lmaganligi sababli sug‘oriladigan dehqonchilik hukmron bo‘lgan Osiyoda ekspluatatsiya shakli renta-soliq harakterini kasb etdi.
Arablar egallab turgan O‘rta Osiyoda soliqlarning yagona tizimi joriy etilgan bo‘lib, aholidan jonboshi o‘lponi (jo‘ziya) va yer boshi solig‘i (xiroj) olinardi. Arablar dehqonlarning yuqori tabakalari tasarrufida yer va ko‘chmas mulklarni saqlab qoldilar. Ulardan feodal dehqonlar qatlamini tuzdilar, lekin ular endi yerning sherik egalari bo‘lib qolgan edilar. Chunki yer xudo mulki hisoblanib, payg‘ambarning noibi- halifaga qarashli edi. Shu bilan birga arablar feodal yer egaligining eng dastlabki shakli bo‘lgan ikta tizimini keng joriy etdilar. Bu harbiy boshliqlar va amaldorlarni davlat yeri bilan ta’minlashda ifodalanadi. Bu yer meros qoldirilishi mumkin edi, lekin halifa yerning oliy darajadagi egasi bo‘lib qolgani holda, ikta egalariga o‘z huquqlarining bir qisminigina berardi. Iktadorlar unga hosilning undan bir qismini tashkil etadigan ushur to‘lashlari lozim edi. Ikta faqat yer uchastkasi bo‘lishi shart emasdi, u xiroj olinadigan har qanday joy, masalan bozor, qishloq, choyxona va hokozo bo‘lishi mumkin edi.
Ikta sifatida taqsimlanadigan yer fondlari turlicha bo‘lib, uning asosiy qismini VIII asr birinchi yarmidagi harbiy harakatlar natijasida halok bo‘lgan mahalliy urug‘lar zodagonlarining yerlari tashkil qilgan va ularning yer mulklari halifalikka berilgan edi.
Arablar qishloq jamoasiga tegishga jur’at etmadilar, u davlat va feodallarni eski urf-odat va an’analar bilan hisoblashishga majbur etib, jamoatchi dehqonlar manfaatini himoya qilib qola oldi.
Bu urf odat va an’analar esa kanalar, sug‘orish inshoatlar, yaylovlar va utloqlar qishloq jamoasi mulki hisoblanib kelganligidan iborat edi. Ayni vaqtda soliqlar, harbiy xizmat, talonchiliklar jamoadan tashqaridagi dehqonlar ommasini xonavayron qilardi. Ular feodallarning homiyligiga o‘tdilar, ularning yer uchastkalari ham o‘shalarga o‘tdi, dehqonlar feodallar foydasiga turli xil majburiyatlarini bajarishlari sharti bilan bu uchastkalarga egalik huquqlarini saqlab qolishlari mumkin edi. Feodallar davlat bilan bir qatorda soliqlar olish huquqiga ega edilarki, bu narsa soliqlarni ikki baravar ko‘paytirib yubordi.
Chorikorlik keng tarqaldi, bunda dehqonlar olingan hosilning bir qismini yer haqi sifatida to‘lashlari kerak bo‘lardi. Suvdan foydalanish dehqonlarni eksputatsiya qilishning muhim shakli edi. Dehqonlar suvdan foydalaganliklari uchun feodallar yerlari va mol-mulklarini saqlashda qatnashishlari kerak edi. Arablar dehqonlarning feodallarga qarashligini kuchaytiradigan ko‘pdan-ko‘p tartiblar yaratish yo‘li bilan qishloqka feodal munosabatlarini zo‘r berib joriy qilar hamda mustaqil dehqonlar sinfi yaratilishiga kumaklashardilar.
Bora-bora xo‘jalik munosabatlarining rivojlanishi va davlat muassasalarining tashkil topishi barcha tarqoq qabilalarning til va din, turmush tarzi, axloq-odob, urf-odat hamda an’analar mushtarakligi negizida bitta halq bo‘lib birlashishiga qaratilgan integratsion jarayonlar kuchayishiga olib keldi. O‘zbek qabilalarini qamrab olgan turli davlat birlashmalariga qaramay, keyinchalik o‘zbek halqi bo‘lib qolgan etnik birlik tashkil topganligini to‘la asos bilan aytish mumkin. Bu o‘z hududi, aniq sinfiy qiyofasi bo‘lgan hamda asta-sekin qon-qardoshlik aloqalarini yo‘qota borgan, umumiy adabiy va so‘zlashuv tili hamda iqtisodiy turmushning tarkib topayotgan mushtarakligiga ega bo‘lgan etnik birlik edi.
Qishloq xo‘jaligida XVIII asrning oxirida ham feodal ishlab chiqarish munosabatlari saqlanib qolgan edi. Yer barcha boyliklar manbai bo‘lib, o‘nga bo‘lgan mulkchilik formasi ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantirishni haraklantiruvchi asosiy omildir.
O‘rta Osiyoda minglarcha yil aval bo‘lganidek, oliy hukumdor yerning birdan-bir egasi edi, u yerni foydalanish hamda mulk qilib olish uchun mahalliy feodal va diniy tashkilotlarga ulashar edi. Yerga xususiy mulkchilikning bo`lmaganligi dehqonchilikdagi daromadlarning qo`shimcha va jamg‘arma shakllari hisoblangan absolyut va differensial renta bo‘lmasligi uchun sharoit yaratgan edi. Bu esa o‘z navbatida, yerdan foydalanishda dehqonlarning yer hosildorligini oshirishga mablag‘ sariflashdan manfaatdor bo‘lmasligiga olib keladi. Yevropada yerga xususiy mulkchilik qishloq xo‘jaligi taraqqiyoti va dastlabki kapital jamgarish jarayonining qo‘dratli omili bo‘ldi. Osiyoda esa mulk va dehqonchilik shakllari minglarcha yilar davomida o‘zgarmay keldi, iqtisodiy munosabatlar, ishlab chiqarish kuchlar va feodal ishlab chiqaruvchi usuli o‘zgarishsiz qolaverdi.

  1. Butun yer shariatga ko‘ra davlatga, mazkur holda xonga, amirga qarashli bo‘lib, aholiga foydalanish uchun turli shartlar bilan berilardi. Qaror topgan meyorlarga muvofiq yer 3 ta asosiy toifaga bo‘linardi:

  2. Davlat yerlari (amlok).

  3. Egalik yerlari (mulk).

  4. Vaqf (ya’ni diniy va xayriya muassasalari yerlari).

Davlat yerlariga suvsiz dashtlar, to`qayzor, ko‘chmanchi jamoalar foydalanuvidagi ishlov berilmagan yerlar kirardi. Hokimlar ularga foydalaniladigan hududlarni belgilab berardilar. Bu yerlar sotilmasdi, shu bilan birga ayirboshlanmasdi. Ular uchun umumiy o’lpon (hiroj) to‘lanardi. Hususiy mulk yerlari mazkur mulk qanday hosil bo‘lganligi va undan davlat solig‘i olinishi-olinmasligiga qarab bir necha guruhlarga (mulki hur, mulki hiroj va mulki ushriy) bulinardi. Ularning hammasiga umumiy daromadning yarmisiga yetib boradigan turli soliqlar solinardi.
Garchi yer davlat hukumdor mulki ekanligi to‘g‘risida hech kim bahslashmagan bo‘lsada, vaqt o‘tishi bilan yer amalda undan foydalanuvchiga berkitilgan va tasarruf qilingan, hatto sotilgan, meros sifatida bo‘lib berilgan.
Chingizxon zamonidan tarhon huquqi saqlanib qolgan bo‘lib, bu huquq xon farmoyishlari bilan yerlarni o’lponlardan ozod qilardi, lekin bu yuridik huquqning emas, balki xon shaxsiy istagining oqibati bo‘lganligidan yangi hon uni saqlab qolar yoki bekor qilar edi.
Yerdan foydalanuvchining aniq tuzilgan meyorlari va puhta tashkil etilgan muassasalarining yuqligi, ma’murlarning o‘zboshimchaligi hamda yer egaligi shartnoma hujjatlarining bo‘lmaganligi yer-suv munosabatlarida o‘ta chalkashliklarga olib keldi va bu chalkashliklar barcha xonliklarda yil sayin tobora murakkablanish, ular yashagan davr ohirigacha saqlanib qoldi.
XVII asrning ohiri XIX asrning boshlarida O‘rta Osiyoda jami 2,0mln.ga sug‘oriladigan yer bo‘lib, jon boshiga 0,5 ga to‘g‘ri kelardi.
Ayni vaqtda yer-mulklarning ancha badavlat tabaqalar qo‘lida to‘planishi va yirik zamindorlar sinfining shakllanish jarayoni borardi. Suvdan foydalanish sistemalaridagi noaniqlik ham yirik feodallar yer mulklari kengayishiga yordam berardi. Ariq oqsoqollari, miroblar va boshqalarning o‘z vazifalarini suiste’mol qilishlari boy zamindorlar suvning katta qismini olishiga, bu bilan shariatning suv savdosiga yo‘l quyib bo‘lmasligi to‘g‘risidagi asosiy qoidasi buzilishiga olib kelardi.
Dehqonlar va mohir irrigatorlarning ulkan mehnati natijasida murakkab suv xo‘jaligi barpo etildiki, unga yirik suv manbalaridan suv olish ishlarini tashkil etish, turli hil suv olgich inshoatlarini qurish, kanallarni tozalash, suvni undan foydalanuvchilarga taqsimlash kirardi. Sug‘orish tarmog’i katta tizimi bo‘lib, uning shahobchalari suvni juda katta maydon uzra tarqatardi. Ko‘pdan-ko‘p ariqlar ayrim tumanlarni sug‘orardi.
Farg‘ona vodiysida sug‘orish ishlari ayniqsa keng ko‘lam kasb etdi. Bu yerda XVIII asr oxiri XIX asr boshlarida yirik Shahrihonsoy (uzunligi 100 km), Andijonsoy (uzunligi 100 km) va Yangiariq (uzunligi 100 km) kanallari qurildi. Ular Norin va Qorasuv daryolari qo‘shilib, hosil bo‘lgan Sirdaryo suvini dalalarga oqizish imkonini berdi.
1868-1871 yillarda qazilgan Ulug‘nor kanali katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Toshkent viloyatida 1822-1842 yillarda qazilgan Honariq kanali katta yer maydonini barqaror sug‘orish tizimi, Anhor, Narpay, Kaimil kanallari tiklandi. XIX asrda Hiva xonligida Porsi, Ho‘jayli va Lavzon kanallari qurildi.
O‘rta Osiyo xalqlarining sug‘orish inshoatlarini qurish ko‘nikmalari asrlar mobaynida vujudga keldi. Bu ko‘nikmalarga Horazm va Samarqand ilmiy maktablari asos solgan. Matematika, geometriya va astranomiyadagi ilmiy yutuqlar, har bir viloyat va qishloqda yashagan ko‘pdan-ko‘p o‘zi ta’lim olgan mohir sug‘orish mutahassislari tajribasi, suvni ehtiyot qilib, ustalik bilan tarqatgan va barcha sug‘orish inshootlarida qatnashgan ko‘p sonli miroblarning yuksak malakasi jam bo‘lgan edi. Aytishlaricha, Xorazm miroblari to’g‘onlar olishda nihoyatda ustaliklari bilan ajralib turganlar.
Sug‘orish inshootlarini qurishga amalda butun aholi jalb etilardi. Qishloqlar va ovullar har yili yangi kanallar qurish hamda ariq tozalash uchun muayyan miqdorda odam ajratish kerak edi. Bosh kanallarni tozalash va sozlash ishida har bir dehqon xonadoni yiliga 60 kundan 100 kungacha ishlab berishi talab qilinar edi. Bundan tashqari natural majburiyat ham bo‘lib, bunga hech bir haq olmay qurilish materiallari yetkazilib berilardi.
1855-1875 yillar Qrim urushidagi ruslarning mag‘lubiyati O‘rta Osiyoning Rossiya uchun siyosiy va strategik ahamiyati qanchalik katta ekanligini ko‘rsatadi. Sharqiy masalada, ya’ni Dardanell bug‘ozlari masalasini hal qilishda Angliya Rossiyaning asosiy raqibi edi. Bu bug‘ozlar tez rivojlanib borayotgan janubiy rus viloyatlariga O‘rta dengizga chiqish imkonini berardi. Angliya harbiy va iqtisodiy jihatdan Rossiyadan ustun turardi. Ingliz floti Rossiyaning barcha qirg‘oqlarida hukumronlik va barcha yurtlarni qamal qila olar, Rossiya sohillarining istalgan joyiga desant tushira olar edi.
Qrim urushi Rossiyaga Yevropadagi o‘z mavqeyini saqlab qolish uchun Angliyaga qarshi hujum quroliga ega bo‘lish qanchalik muhim ekanligini ko‘rsatdi. Bu hol oxir oqibatda ruslarning O‘rta Osiyoni bosib olishiga sharoit tuhdirdi. Natijada 1847 yilda ruslarning bosqinchilik harakatlari boshlandi.
Ruslarning O‘rta Osiyo siljib borishining yangi to‘lqini 1853 yilda Qo‘qon honligi qal’asi Oq maschitning olinishidan boshlanadi.
Uning nomi Petrovsk qurg‘oni deb o‘zgartirildi, keyin Qizil O‘rda shahriga aylantirildi. Ayni paytda O‘rta Osiyoning sharqiy chekkalarida ham harakat boshlandi. 1860 yil To‘qmoq va Pishkek (hozirgi Bishkek), 1865 yil oktabr oyida Toshkent Rossiya imperiyasiga qushib olinganligi rasmiy ravishda elon qilindi.
1867 yil o‘rtalarida Turkiston viloyatiga ilgari Buhoro amirligi tarkibiga kirgan anchagina yerlar qo‘shildi va shu munosabat bilan bevosita markaziy hukumatga bo‘ysunuvchi Turkiston generalgubernatorligi tuzildi. 1867 yil 14 iyulda baron fon K.P.Kaufman birinchi general gubernator etib tayinlandi.
Rossiya davlati birinchi navbatda bosib olingan hududlarga quyidagi masalalar bo‘yicha o‘z munosabatlarini belgilashi zarur edi:

  1. ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi tumanlardagi yer egaligi;

  2. o‘troq tumanlardagi davlat yer egaligi;

  3. mulk va vaqf yer egaligi;

  4. jamoa yerlaridan foydalanish;

  5. suvdan foydalanish;

  6. soliq tizimi va boshqalar.

Birinchi davrlarda mavjud yer egaligi va yerdan foydalanish shakllari, suvdan foydalanish shakllari, suvdan foydalanish tartibi va soliq tizimi oldingi holatda saqlab qolindi, faqat endi soliqlar Chor Rossiyasi omboriga tushardi. Yer munosabatlarini tartibga solish maqsadida 1873 yil general-gubernator Kaufman o‘zining «Turkiston o‘lkasini boshqarish to‘g‘risidagi qoidalar»ida bir qancha tadbirlarni taklif qilgan .
Birinchidan, joylik feodallardan yer egaligini tortib olish, shu munosabat bilan ularning jamiki iqtisodiy, xatto siyosiy ta’sirini susaytirish: ikkinchidan, kelayotgan soliqlar miqdorini oshirish, uchunchidan, jamoaga tayangan holda, sug‘oriladigan dehqonchilik sharoitida mavjud yerdan foydalanish va suvdan foydalanishi qonunlashtirish natijasida dehqonlarni o‘z tomoniga og‘dirish: to‘rtinchidan, bo‘sh yotgan yerlarni sug‘orish maqsadlari uchun maxsus fondlar tashkil etish hamda joylik aholiga bo‘lgan «ortiqcha» yerlarga Rossiyaning Yevropa qismidan dehqonlarni keng miqyosda ko‘chirib keltirish.
Chor hukumati mulk yerlariga nisbatan Kaufmanning tadbirlarini ma’qulladi, boshqa masalalar buyicha 1886 yil boshqacharok qarorlar qabul qildi. Jumladan, ko‘chmanchi tumanlardagi yerlar davlat mulki deb e’lon qilindi. O‘troq tumanlardagi yerlar shu yerlik aholiga avloddan-avlodga doimiy egalik qilish uchun, umuman hususiy mulk qilib berildi, yerdan va suvdan foydalanish shakllari shu joyning o‘z odamlari orqali aniqlanadi. Odamsiz voqif yerlari barcha yer soliqlaridan ozod qilindi, odami bor voqif yerlarini shu yerda haqiqiy ishlaydigan odamlarning mulki deb e’lon qilindi. Bu yerlardan tushadigan soliqlar to‘g‘ri davlat xazinasiga borib tushishi kerak edi, davlat esa shu mablag‘lardan masjitlar, madrasalar, qabristonlarni tuzatib turishi kerak edi.
Shunday qilib, 1886 yilgacha «qoidalar» yerdan foydalanishning xovli-uchastka shakli rivojlanishiga to’siq bo‘lmadi, yerlarni erkin sotish va sotib olish uchun sharoit yaratdi, bu esa o‘z navbatida tovar xo‘jalikning hamda o‘troq yerlarda paxtachilikning rivojlanishiga olib keldi. Ko‘chmanchilik tumanlardagi yerlar davlat mulki deb e’lon qilinganligi rus ko‘chmanchilari bu joylarni tezlik bilan egalab olishiga imkoniyat tug‘dirdi.
Yer soliqlarining yangi asosdan miqdorini qayta ko‘rib chiqish maqsadida 1888 yili yer-soliq komissiyasi tashkil etildi. Shu yildan boshlab yuqoridagi maqsadlar uchun o‘troq aholisi mavjud bo‘lgan Sirdaryo, Samarqand, Farg‘ona yerlari xaritaga tushirila boshlandi. Shu bilan birga bunda yerlar foydalaniladigan va ishlatilmaydigan qismlarga ajratildi. Bu ishlar tugallanishi hamon olinadigan daromadning 10% miqdorida soliq belgilandi.
Soliq asosan pul shaklida olinadigan uning miqdori har olti yilda bir marta aniqlanadigan bo‘ldi, lekin haqiqatda esa 10 yillar davomida bu soliq miqdori o‘zgartirilmadi.
Ko‘chmanchi aholi yerlarini tasvirga olish, o‘lchash ishlari ancha kechroq boshlandi. Bu ish asosida foydalanishga yaroqli va yaroqsiz yer maydonlarini aniqlash hamda «ortiqcha» yerlarini ko‘chirish fondiga kiritishdan iborat edi.
1869 yildan boshlab Rossiyadan dehqonlarni ko‘chirib keltirish boshlandi.
Har bir odam boshiga ajratiladigan yer miqdori 30 desyatina qilib belgilandi. Keyinrok esa bu ko‘rsatgich 10 desyatinaga tushirildi. Ko‘chirib keltirilganlar o‘zlarining katta maydonlari bo‘la turib yana past bahoda yerlik xalqning yerlarini ijaraga olaboshladir.
Sirdaryo viloyatida 1909 yilga kelib 40 ming ko‘chirib keltirilgan odam bo‘lib, ularning 203 ming desyatina yeri bor edi. Hammasi bo‘lib Turkistonda 326 posyolka ko‘chirib keltirilgan odamlar bilan band bo‘lib, ularda 248,5 ming odam bor edi. Ko‘chirib keltirilganlar bir qancha imtiyozlarga ega edilar. Yerlar ularga bepul berildi, keng va unumdor yerlar ajratildi. Birinchi 5 yil ular soliqlardan ozod qilindilar, keyingi yilar ham soliqlar bir qancha imtiyozlar asosida, ya’ni pasaytirilgan tarzda to‘lanadigan bo‘ldi. Ular qurilish uchun bepul yog‘och, 25-100 sum miqdorida pul summasi, urug‘liklar oldilar.
O‘zbekistonning aholi zich yashaydigan tumanlariga ruslar ko‘chirilmadi. Buning asosiy sababi shundan iboratki, hukumat tekstil kombinatlarining manfaatlariga qarshi bormadilar. Shu sababli hususiy ishbilarmonlar sug‘orish ishlarini rivojlantirishlari zarur edi.
1895 yilda dehqonchilik vazirligi Sirdaryo, Samarqand va Farg‘ona viloyatlarida 600 ming desyatina yerni qidirib , shundan bir qancha yildan so‘ng 209,8 ming desyatina yerga bo‘lgan 8 obekt buyicha sug‘orishga loyiha tuzdi. Lekin, faqat 45 ming desyatina yer bilan Mirzacho‘lni sug‘orish loyihasi qabul qilindi .
1883 yil Qizil O‘rdada 30 ming desyatna yerni sug‘orishga o‘rinib ko‘rildi, ammo sug‘orish o‘rniga bu yerlarni suv bosib ketdi.
Sug‘orish ishlari uchun asosiy kuch mirzacho‘lga tashlandi. Mirzacho‘lni sug‘orish uchun birinchi urinish 1872 yili qilib ko‘rildi.
Kanal qazish hamda Sirdaryo suvi bilan 40 ming desyatna yerni sug‘orish ko‘zda tutildi. Shunga asosan Ho‘jandda 6, Toshkent va Qurama uezdlaridan 53 ming ishchini to‘plab kanal qazila boshlandi Lekin 126 ming so‘m pul sarf qilinib 14 kilometr ariq qazilgandan so‘ng ish to‘xtatildi, bundan hech qanday natija chiqmadi. 1885 yili Mirzacho‘lda Buhoro arig‘ini qurish boshlandi. 6 yil davomida 27 km qazilganda so‘ng suv yuborildi, lekin bu kanaldan suv oqmadi. Natijasiz bu ish ham to‘xtadi.
1891 yilda Buhoro arig‘ining qurilgan bir qismidan foydalanilgan holda Nikolay1 kanali qurila boshlandi. 1895 yili bu kanaldan 6,8 ming desyatina yer sug‘orildi.1900 yili Mirzacho‘lda 45 ming desyatina yer sug‘orila boshlandi. Shunday qilib Mirzacho‘lda hammasi bo‘lib 57 ming desyatina yer sug‘oriladigan bo‘ldi.
Yangi yerlarni o‘zlashtirish, sug‘orish va boshqa tadbirlar hammasi asosan paxtachilikni rivojlantirish qaratilgan edi. Barcha davlat tadbirlari shunga qaratilgan bo‘lib, bular quyidagilardan iborat edi:
1.Soliqlarni natura shaklida pul shaklida o‘tkazish. Bu o‘z navbatida dehqonlarni asosan tovar mahsuloti bo‘lgan paxta ekishga majbur qilgan .
2.Turkistonda paxtachilikning solig‘ini kamaytirish.
3.Turkiston va Buhoroni Rossiyaning Yevropa qismi bilan bog‘lovchi temir yo‘lning qurilishi, o‘lkaning ichki tumanlarida temir yo‘lini qurish. Stratetik maqsadlarga binoan asosiy magistralni Kranavodskdan qurish boshlandi. 1888- yili bu yo‘l Samarqandga, 1898- yili Andijonga,1899- yili Toshkentgacha yetib keldi. 1906- yilga borib yo‘l Orenburgda tutashdi. 1912-1915 yillari Farg‘ona va Buhoro amirligi yerlaridan ichki temir yo‘llari qurildi. Bu esa o‘z navbatida olib ketiladigan paxta harajatlarini kamaytirishga va paxta miqdorining oshishiga olib keldi. Shu bilan birga Rossiyadan arzon bug‘doy olib kelish imkonini berdi.
4.Chet eldan olib kelinayotgan paxtaga soliqning ko‘payishi, ya’ni avvaliga bir pud tolaga-1 sum keyin 1s. 20t, 1s,80t, 3s.15t, 4s.15t, 1915 yili-5 s.75 t va hokazo.
5. Paxta tozalash va yog‘-ekstrak zavodlarining qurilishi.
6.Paxtachilik buyicha tajriba, urug‘chilik va agronomik ishlarining boshlanishi va hokazo.
Bu tajribalar albatta paxtachilikning rivojlanishiga asos bo‘ldi.
1917 yil 25 oktabrdagi revolyutsiyaning g‘alabasi asosan yer munosabatlarining tubdan o‘zgarishga olib keldi. Bu g‘alabaga asosan «Yer to‘g‘risida» dekret qabul qilindi. Bu Dekret 242 ta dehqonlar nakazi asosida tuzilgan edi. Bu Dekretga asosan: barcha yerlarga hususiy mulkchilik bekor qilindi , ya’ni «Barcha yerlar, shu jumladan davlat, kabinet, monastir, cherkov va hokazo mulkchilik, jamoa, dehqon yerlari umumdavlat mulkiga yoki shu yerlardagi mehnatkashlarning mulkiga aylantirildi».
Dekretning asosiy tamoyilarida biri bu yerlarni musodara qilishdir, ya’ni barcha yerlar, yer osti boyliklari, o‘rmon va suvlar davlat mulkiga aylantirildi hamda shu asosda davlat yer fondi va uni boshqaruv apparati tashkil qilindi .
Dekretga yozib quyilishicha, bu yerlardan foydalanish shakllari juda hilma-hil, ya’ni erkin bo‘lishi zarur: hutor, jamoa, artel va hokozo shakllari. Faqatgina odamlarga bo‘lib berilmaydigan yerlar, ya’ni: hunarmandchilik ho‘jaligi yerlari bundan mustasno.
Yer to‘g‘risida Dekretga binoan yerlarni ijaraga berish hamda yollanma mehnatni tadbiq qilish taqiqlangan edi. Shu sababli Dekretning keyingi tamoyili o‘z kuchidan foydalanilgani holda yerlarni ishlash hamda yerdan foydalanishdir.
Buning asosiy mazmuni davlat tomonidan ajratilgan yerlarni har bir dehqon oilasi bilan ishlashi, yollanma mehnatni jalb qilmasligi zarur edi.
Yerlarni oila a’zolarining soniga nisbatan bo‘lib berish. Bu qaror shu davrga nisbatan yagona to‘g‘ri qaror hisoblangan, negaki dehqonlar shu yer uchun kurashgan edilar. Shuning uchun ham rivojlanishning birinchi pog‘onasida dehqonlarga yerlarni bo‘lib berish zarur edi. Dehqonlar yakka, mayda xo‘jaligini yiriklashtirish zaruriyatini borib-borib o‘zlari sezishi lozim edi. Shunga asosan-yerlarni kollektiv bo‘lib ishlash tamoyili vujudga keldi. Bu prinsipga asosan bizga 1928-33 yilar mamlakat qishloq xo‘jaligida kollektivlashtirish jarayoni bo‘lib o‘tdi, yirik xo‘jaliklar: kolhozlar va sovhozlar tuzildi. Vanihoyat- bu yerlardan unumli va oqilona foydalanish tamoyili har bir davrda ham juda muhim ahamiyatga ega, negaki har bir davr o‘z oldiga doimo yerlardan va boshqa ishlab chiqarish vositalaridan shu vaqtga yarasha to‘g‘ri , unumli foydalanishi taqozo qiladi.
Yer to‘g‘risidagi Dekret qabul kilingani hamon uni O‘zbekistonda amalga oshirishga kirishildi. Shuning uchun 1917- yil 14- noyabrda Halq komissarlari Soveti tomonidan «Yer ishlari buyicha komissarlar hakida» qaror qabul qilindi . Shu qarorga asosan qishloqlarga hammasi bo‘lib 50 mingdan ortiq ishchilar, matroslar, soldatlar yuborildi.
Sovet davlatining birinchi kunlaridayoq yerlarni kollektiv bo‘lib ishlashga muhim ahamiyat berila boshlandi. Shu asosda 1918- yilning o‘zida 975 kommuna hamda 604 artel paydo bo‘ldi.
Birinchi Sovet davlat xo‘jaliklari 1918- yilda paydo bo‘ldi va shu yilning oxiriga borib umumiy maydoni 2 mln. desyatina bo‘lgan 3101 sovhoz tashkil bo‘ldi .
1919- yilning boshiga kelib mamlakatda sotsialistik tipdagi kollektiv ho‘jaliklarini tashkil qilish boyicha bir qator tajribalar to‘plangan edi. Shu tajribalar asosida kollektiv xo‘jaliklarni tashkil qilish va ular yerlarini to‘g‘ri foydalanishni tashkil qilish muhim ahamiyatga ega edi.
Shu sababli 1919- yil 14- fevralda «Sotsialistik yer tuzish hamda sotsialistik dehqonchilikka o‘tish tadbirlari haqida ko‘rsatmalar» qabul qilindi. Bu hujjatning qabul qilinishi keng ko‘lamdagi yer tuzish ishlarining boshlanishi bo‘ldi. Bu ko‘rsatmalar asosan Moskva mejevoy institutining o‘qituvchilari tomonidan tuzilgan edi.
Bu ko‘rsatmalarda «yerdan foydalanishning yakka hol formasidan kollektiv formasiga o‘tish zarur. Yirik sovet xo‘jaliklari, kommunalar, yerlarni ishlanishning jamoa shakllari maqsadga erishishning muhim omilidir» deyilgan edi. Natijada dehqon xo‘jaliklari majburiy tarzda kolxozlarga biriktirildi va ulardan yer tortib olindi. Ular yollanma ishchilariga aylantirildi.
Bu ko‘rsatmalarga asosan 1919- yili Dehqonchilik halq kommisariati tarkibida yangi «Yer tuzish markaziy organi» tashkil qilindi va unga avvalgi yer o‘lchash-texnik va ko‘chmanchilik bo‘limlarining funksiyalari berildi.
1918- yil 25- fevraldan boshlab Halq Kommisarlar Soveti. Turkiston dehqonchilik xalq kommisiariyatining boylar, chinovniklar va rus burjuaziyasi yerlarini tortib olish boyicha qarorlari asosida ish olib borish tashkil qilindi. Bir qancha savdo birlashmalari, shu jumladan: «Vladimir Alekseyev», «Qoplonbek imeniyasi», «Eski Toshkent», Mirkomil Mirmuminbayev, Yusuf –Davidov, Dadajanov va boshqalar yerlari umumxalq mulki deb e’lon qilindi. Keskin sinfiy kurashlarga qaramasdan o‘lkada agrar masalalarini hal qilish davom ettirildi. Jumladan yer qo‘mitalarini shakllantirish, yerlarini hisob qilish. Vujudga kelgan suv tanqisligiga barham berish maqsadida berildi.



Download 38,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish