II Bob. Yengil sanoat
2.1. Yengil sanoat tarmoqlariga tavsif.
Yengil sanoat yirik fabrika industriyasining tarmogʻi tarzida VIII asrning 2-yarmida barpo qilindi. Yengil sanoatning qadimiy tarmoqlaridan biri boʻlgan toʻqimachilik sanoatida texnika taraqqiyoti toʻqimachilik sanoatining kapitalistik manufaktura bosqichidan yirik mashinalashgan industriya bosqichiga oʻtishi uchun baza yaratgan VIII asrdagi ulkan kashfiyotlar bilan bogʻliq. Lekin qoʻlda paxta va jundan ip tayyorlash va toʻqish, charmdan poyabzal tikish uchun terini kayta ishlashning oddiy usullari Hindiston, Xitoy, Misr, Oʻrta Osiyoda mil. avval bir necha asr ilgari maʼlum boʻlgani tarixiy adabiyotlarda qayd etilgan va arxeologik topilmalar bilan tasdiqlangan. Hoz. Oʻzbekiston hududida IX asrning oxiriga qadar xoʻjalik taraqqiyoti xonaki, kosibchilik,hunarmandchilik ishlab chiqarishidan iborat edi. Sanoat usulida ishlab chiqarilgan kiyim-kechak, poyabzal, trikotaj mahsulotlari, gazmollar asosan Rossiyaning markaziy shaharlaridan olib kelingan, chetga, asosan Rossiyaga paxta tolasi, xom ipak, teri va boshqa xom ashyo turlari chiqarilgan.
Oʻzbekistonda Yengil sanoat mahsulotlarini sanoat asosida ichki chizimga 19-asrning oxirida, 1874-yilda Toshkent shahrida paxta tozalash zavodi qurilishi bilan asos solingan. 20-asr boshlarida Yengil sanoat sohasi asosan paxtani qayta ishlash korxonalaridan iborat boʻlib, yalpi sanoat mahsulotining qariyb 4/5 qismi shu sohaga toʻgʻri kelgan. 1920-yillardan paxta tozalash zavodlari, pillakashlik, yigiruv-toʻquv, tikuvchilik, charm-galantereya, poaybzal fabrikalari qurila boshladi, respublikaning oʻzida yetishtirilgan xom ashyodan tayyor mahsulot ichki chizim maqsadlarida mayda tarqoq hunarmandlarni birlash-tirib, sanoat asosi yaratildi. 1926-yilda Toshkentda "Qizil tong" tikuvchilik fabrikasi, 1927-yilda Toshkent poyabzal fabrikasi, 1928-yilda Toshkent koʻn zavodi, 1926-yilda Fargʻona tikuvchilik fabrikasining birinchi navbati (10000 urchuq va 300 toʻquv dastgohi) ishga tushirildi. Fargʻona (1927), Samarqand (1927), Buxoro va Margʻilon (1928) pillakashlik fabrikalari, Samarqand shoyi toʻqish fabrikasi tayyorlanadi. Yengil sanoat jahondagi koʻpgina mamlakatlarda, jumladan Italiya, Fransiya, Chexiya, AQSH va boshqalarda gʻoyat taraqqiy etgan va shu mamlakatlar eksportida muhim oʻrinda turadi (yana q. Koʻn-poyabzal sanoati, Trikotaj sanoati, Toʻqimachilik sanoati, Chinni-fayans sanoati).
Ko’n-poyabzal sanoati. Ko’nchilik-O'zbekiston hunarmandchili-gining qadimiy turlaridandir. Samarqand, Buxoro, Xiva, Qo’qon shaharlarida ko’plab ko’nchilik do’konlari bo’lib, ularda har xil charmlar tayyorlangan. Dastlabki ko’n zavodi Toshkentda 1928 yilda qurilib ishga tushirildi. 1967 yilda ikkinchi ana shunday korxona ishga tushdi. Bu ikki korxona orasida Xonobod (Andijon)da ham teri oshlash zavodi ish boshladi.
Poyafzal sanoati ham qadimiy tarmoqlardandir. 1927 yil Toshkentda poyafzal fabrikasi ishga tushirildi. Keyinroq Yangiyo’l poyafzal fabrikasi, Pop rezina poyafzal fabrikasi, Farg’ona poyafzal fabrikasi ish boshladi. Hozirda bu shaharlardan tashqari Samarqand, Buxoro, Qo’qon, Chirchiq, Andijon, Namangan shaharlarida ham poyafzal fabrikalari ishlab turibdi. Ularda hayvonlar terisidan yumshoq va qattiq charm, tabiiy va sun`iy charmdan turli poyabzal (tufli, botinka, etik, sandal, shippak, piyma, kalish va b.), shuningdek, telpak, ot-ulov asboblari, attorlik buyumlari ishlab chiqariladi.
Poyabzal ishlab chiqarishni takomillashtirish sohasida xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik yaxshi yo’lga qo’yilgan. Masalan, 1995 yildan "Farg`onapoyabzal" aksiyadorlik jamiyati Germaniyaning "Salamander" firmasi bilan hamkorlikda "O’zsalamander" qo’shma korxonasi barpo etilib, eksportbop mahsulot chiqara boshladi. Ushbu korxona yilliga 8 turdagi 500 ming juft erkaklar poyabzali ishlab chiqarish quvvatiga ega.(1930) ishga tushirilishi bilan Oʻzbekistonda ipakchilik sanoati poydevori yaratildi. 1937-yilda toʻqimachilik sanoati gigantlaridan biri — Toshkent toʻqimachilik kombinati ishlay boshladi. Ikkinchi jahon urushigacha boʻlgan davrda trikotaj sanoati tarmogʻida Qoʻqon ip yigiruv-paypoq toʻquv kombinati, Fargʻona va Toshkentda trikotaj buyumlari fabrikalari ishga tushirildi. Urushdan keyingi yillarda Yengil sanoat tarmoqlari yanada rivojlandi, bu
Do'stlaringiz bilan baham: |