Mavzu: Yengil atletika sport inshoatlarini qurish, jixozlash va ishlatish.
Reja.
Yengil atletika sport inshoatlarini qurish, jixozlash va ishlatish.
Engil atletika .Engil atletika yugurish yo‘lkasi
Engil atletika sektorlari
Samarqand-2022
Engil atletika
Engil atletika maydonining asosiy qismi – sport yadrosi hisoblanadi. Sport yadrosi – bu ochiq sport kompleksi bo‘lib, o‘z ichiga sport o‘yinlari uchun maydon, maydonchalarni, yugurish yo‘lakchalarini, shuningdek maxsus sakrash va irg‘itish uchun joylarni oladi. Bu joylar
yugurish yo‘lkalarining ichida yoki tashqarisida joylashadi.
Sport yadrosi asosan 400 m yugurish yo‘lkasiga ega bo‘ladi. Lekin yugurish yo‘lkalarining uzunligi 330 m, 250 m va 200 m li bo‘lishi mumkin.
Yulkaning qiya aylanma radiusi 36 m ga teng. To‘g‘ri yo‘l uzunligi 86 m bo‘ladi. YUgurish yo‘lkalarining soni 6 ta dan 8 ta gacha bo‘ladi. Yo‘lkalar atrofida xavfsizlik zonalari kengligi 1 m dan 1,5 m gacha bo‘ladi. Undan tashqari sport yadrosi maydonida ikkita engil atletika sektorlari joylashadi: shimoliy sektorda yadroni irg‘itish, uzunlikka va balandlikka hamda balandlikka tayoq bilan sakrash bo‘limlari bo‘ladi. SHuningdek bu erda nayza irg‘itish yo‘lkalari ham bo‘lishi mumkin. Sektor burchagida disk va molotni irg‘itish uchun betonlashtirilgan joyi bo‘ladi. Janubiy sektorda balandlikka sakrash, uch hatlab sakrash va ikkita nayza irg‘itish bo‘limlari joylashadi. Har qanday sport yadrosi maydoni tomoshabinlar uchun o‘rindiqlarga ega bo‘lishi shart.
Engil atletika yugurish yo‘lkasi
Engil atletika yugurish yo‘lkasining aylana uzunligi 400 m, aylana radiusi 36 m va burilish markazi oralig‘i 86 m ni tashkil kiladi (23-rasm).
YUgurish yo‘lkasining uzunligini yo‘lka tashqi chegara chizig‘i chetidan 30 sm uzoqlikda o‘lchanadi, yo‘lka ichki qirg‘og‘i qalinligi ham yo‘lkaning radius o‘lchamiga kiradi. Yo‘lka kengligi har bir yuguruvchi uchun 1,25 m bo‘lib u
chegara chizig‘ining ichki qirg‘og‘idan o‘lchanadi.
Engil atletika aylana bo‘ylab yugurish maydonining g‘arbiy tomonida joylashgan to‘g‘ri yugurish yo‘lkasi asosiy yugurish yo‘lkasi deb ataladi. SHu bilan birga to‘g‘riga yugurish yo‘lkasininng sharqiy tomoni yordamchi yugurish yo‘lkasi deb ataladi.
– asosiy to‘g‘riga yugurish yo‘lkasining kengligi quyidagicha bo‘lishi
kerak:
6,25 m – katta sport maydonlari uchun;
7,50 m – kichik sport maydonlari uchun;
8,75 m – o‘rtacha o‘yingohlar uchun.
B – yordamchi to‘g‘riga yugurish yo‘lkasining kengligi quyidagicha bo‘lishi kerak:
5,0 m – katta sport maydonlari uchun;
5,00-7,50 m – kichik o‘yingohlar uchun;
6,25-7,50 m – o‘rtacha o‘yingohlar uchun.
Sport maydonlarining asosiy aylana qismi yugurish yo‘lkasining tashqi tomoni bevosita 1,5 m li himoya zonasi quriladi.
Himoya zonasi har xil to‘siqlardan holi turishi kerak. Himoya zonasining uzunasiga shug‘ullanuvchilarga xavfsiz bo‘lgan har kanday xomashyodan balandligi 0,5-0,8 m li to‘siq o‘rnatiladi.
YUgurish yo‘lkasining ustki koplami barcha atmosfera ta’sirlariga (yomg‘ir, qor, muzlama, shamol) qarshi bardosh bera oladigan elastik va ravon changimaydigan bo‘lishi lozim.
YUgurish yo‘lkasi chetining ichki va tashqi tomoni balandligi 3 m gacha va 5-6 sm kenglikda maydon atrofi o‘raladi. Ular shug‘ullanuvchilarga xavfsiz ko‘rinishli, o‘zgarmaydigan barcha xomashyodan tayyorlanishi mumkin. Maydon aylana chetining ustki qirralari tuxumsimon shaklda bo‘lishi kerak.
YUgurish yo‘lkasining marra chizig‘ida balandligi 1,3, kengligi 8 sm va qalinligi 2 sm li ikkita olib quyiladigan marra ustunlari o‘rnatiladi. Ustunlar yo‘lka chetidan 30 sm uzoqlikda tashqi tomoniga o‘rnatiladi.
YUgurish yo‘lkasini qurish uchun 20-25 sm li chuqur qaziladi. CHuqur ichi yo‘lka cheti tomoniga shimilgan zaxob suv aylana quvurga tushishini ta’minlash uchun juda aniqlik bilan 0,01 qiyalab tekislanadi.
YUgurish yo‘lkasi chetining ostidagi aylana quvurga zaxob suvlarini tushishi uchun chuqurligi 30-40 sm li ariq kovlanadi. Ariq yon tomoni – 1:1 dan to 1:1,5 gacha va ariq ichki kengligi 30 sm gacha bo‘ladi.
Diametri 80-100 mm li zaxob suvlarni qabul qilish uchun ustki qismi teshilgan, asbezsement yoki keramika quvurlarini aylanma quvur sifatida qo‘llaniladi. Bunday quvurlar 60 mm gacha bo‘lgan yirik shag‘al aralashmasi bilan ko‘mib tashlanadi (g‘isht siniqlaridan ham foydalanish mumkin).
Agar quvurlar bo‘lmasa, ularning barchasini yirik tosh shag‘al bilan tuldirish mumkin. Yirik tosh shagal
Do'stlaringiz bilan baham: |