Mavzu: YAXSHI MUALLIM—SIFATLI TA’LIM
Har bir xalqning, millatning ertangi kuni o‘sib kelayotgan yosh avlodga bog‘liq bo‘lganidek, hur O‘zbekistonimizning yorqin kelajagi ham bugun bizdan o‘qituvchi-ustozlardan ta’lim-tarbiya olayotgan farzandlarimizga, ularning har tomonlama yetuk va barkamol insonlar bo‘lib yetishishlariga bog‘liq. Zero, Prezidentimiz Islom Karimov aytganlaridek “Shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarda yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo‘lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim-tarbiya olishiga bog‘liq”.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida: “Yosh avlodni ma’naviy axloqiy tarbiyalashda xalqning boy milliy, madaniy-tarixiy an’analari, urf-odatlar hamda umumbashariy qadriyatlariga asoslangan samarali tashkiliy, pedagogik shakl va vositalar ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etiladi. Shaxsni tarbiyalash va uni har tomonlama kamol toptirishning ustuvorligi ta’minlanadi”, deb qayd etilgan. Shuningdek pedagogik texnalogiyalarni joriy qilish va keng ommalashtirish zaruriyati ham qayd etib o‘tilgan. Shuning uchun ham “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturining 71-bandida boshlang‘ich ta’lim tizimga bosqichma-bosqich ilg‘or pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish masalasi bo‘yicha alohida vazifalar belgilangan. Ana shu vazifalar mas’uliyatini chuqur anglagan holda, men AKT dan har bir dars jarayonida foydalanaman. Men buni o‘z ish tajribamda sinab ko‘rdim va quyidagi natijalarga erishdim:
-
Berilayotgan materialning o‘quvchilar tomonidan chuqur va mukammal o‘zlashtirilishi imkoniyati mavjud bo‘ldi.
-
Olingan bilimlar bola xotirasida uzoq vaqt saqlanib qoldi.
-
O‘quvchilarning aqliy va intellektual qobiliyati rivojlandi.
-
O‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishi va bilim saviyasi oshdi.
Yosh avlodni barkamol inson etib tarbiyalash jamiyatimiz oldida turgan dolzarb masalalardan biridir. Hozir maktablarimizda ta’lim-tarbiya olayotgan yosh avlod kelgusida ajdodlarining hayrli ishlarini davom ettiradigan, o‘zidan keyingi avlodlarga ozod va obod Vatanni meros qilib qoldiradigan hamda O‘zbekistonning buyuk kelajagini yaratuvchi kishilardir. Shu sababli prezidentimiz Islom Karimov butun diqqat e’tiborini barkamol avlod tarbiyasiga qaratmoqda. Buni Prezidentimizning quyidagi so‘zlari ham tasdiqlaydi: “Vatanimiz kelajagi, xalqimizning etangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi obro‘-e’tibori, avvalambor, farzandlarimizning unib-o‘sib, qanday inson bo‘lib hayotga kirib borishiga bog‘liq”.
Shularga amal qilgan holda men o‘z ish tajribamda quyidagilardan foydalanaman:
-
Men foydalanadigan dars o‘tish shakllari: muammoli va muammoli bo‘lmagan yarim izlanishli dars shakllari, suhbat, sinov, kinodars, videodars, QVN, tadbirli o‘yinlar, rolli o‘yin, viktorina, munozara, donolik darslari, ertak dars va sovg‘a darslar. Bulardan ayrimlarining tasnifini quyida berib o‘taman.
Darsning bu shakli o‘quvchilarni mustaqil ishlashga o‘rgatadi. Ularning dunyoqarashini kengaytiradi. Fikrlash doirasini oshishiga yordam beradi. Men ikkinchi sinfga dars o‘tayotganim uchun buni shu sinflar uchun qo‘lladim. Masalan, ikkinchi sinf “O‘qish” kitobidagi “Sayoq bola” hikoyasini o‘qishda ushbu dars shaklidan foydalandim. Bu dars shakli boshlang‘ich ta’lim kompetensiyasida belgilangan A1 daraja uchun tinglab tushunish, o‘qish va gapirish kompetensiyalarining o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishiga yordam berdi.
Muammoli darsni tashkil qilish:
Sinf 4 guruhga bo‘ldim. Har bir guruh o‘ziga nom tanlashdi. “Sayoq bola” hikoyasi 4 qismdan iborat. Har bir qism uchun bitta topshiriq tuzdim.
-
Hikoya qahramonlari haqida ma’lumot bering.
-
Tuflijon uchun nega darsda o‘tirish afzal ekanini tushuntiring.
-
Ozodalik haqida tuflijonning fikri qanday ekanini ayting.
-
Sayoq yurgan tayoq yeydi maqolining ma’nosini hikoya orqali tushuntiring.
O‘quvchilar bu topshiriqlar orqali o‘zlari mustaqil harakat qildilar. Ular ahil inoqlikda kelishib topshiriqlarni bajarishdi.
Natija: O‘quvchilarning mustaqil izlanishdi, o‘qish va tushunganlarini so‘zlab berish malakasi oshdi, og‘zaki nutqi rivojlandi, ahil inoqlikda harakat qilishdi. DTS da belgilangan o‘rganilgan matnni tushunish va idrok qilish ko‘nikmasi shakllandi. Tinglab tushunish kompetensiyasida belgilangan asar qahramonlariga xos fazilatlarni anglab yetish va tushungan holda munosabat bildirish malakasi rivojlandi.
Bu dars shakli ham o‘quvchilarda do‘stona raqobatning rivojlanishiga yordam beradi Sosiolingvistik kompetensiyada belgilangan A1 daraja uchun o‘zaro muloqot va kundalik hayotdagi vaziyatlarda tildan foydalanib o‘z fikrini ravon bayon eta olish malakasi shakllanadi. Bunda maktabdagi ikkita sinfga videoqamera o‘rnatiladi va ular internet orqali bir-biriga ulanadi. O‘qituvchilar darsning boshidayoq ikkala sinf o‘rtasida do‘stona muhit hosil qiladilar. Bu darslar asosan mustahkamlash mavzularida qo‘l keladi. Masalan, men ikkinchi sinf “Ona tili” darsida maktabdagi 2-“B” sinf o‘qituvchisi Sapayeva Sevara bilan hamkorlikda “Kishilarning ismi va familiyasida bosh harf” mavzusida videodars o‘tkazdim. Ikkala sinf ham bir-birini monitor orqali kuzatishdi. Topshiriqlarni birga guruhlararo raqobat tarzida olib borishdi.
Natija: O‘quvchilarning darsga qiziqishi oshdi. Ularda do‘stona raqobat hosil bo‘ldi. O‘quvchilarning yutib chiqishga intilishlari oshdi. Guruh ichida guruh bo‘lib harakat qilishdi. O‘quvchilarning mas’uliyati oshdi. DTS talablarida begilangan 4-5 ta gapdan iborat sodda matn tuza olish ko‘nikmasi hosil bo‘ldi.
Darsning bu shaklidan ham dars jarayonlarida samarali foydalanaman. Bunda o‘quvchilarga mavzudagi rollar bo‘lib beriladi va ulardan sahna ko‘rinishini tayyorlash so‘raladi. Masalan, men bu dars shaklidan 2-sinf “O‘qish” kitobidagi Muhabbat O‘rinboy qizining “Barglar nega sarg‘ayadi?” hikoyasini o‘qitishda foydalandim.
Natija: O‘quvchilar rolga kirishib o‘ynadilar. Mavzuni ancha vaqtgacha takrorlab, eslab yurdilar. Og‘zaki nutqlari rivojlandi. Dunyoqarashlari kengaydi. DTS da belgilangan 1 daqiqada 30-40 so‘zni o‘qiy olish malakasi hosil bo‘ldi. Boshlang‘ich ta’lim kompetensiyasida qayd etilgan berilgan matnni ifodali o‘qish malakasi rivojlandi.
Darsning bu shaklidan Matematika darsida samarali foydalanish mumkin. Bunda o‘qituvchi tomonidan maktab jamoasidan yoki mahalla, qishloqdan yaxshi tanilgan kishilar yoki o‘quvchilar darsga taklif qilinadi. Masalan, men 2-sinf “Matematika” kitobidagi “Ko‘paytirish” darsida maktabimizning 6-“A” sinf o‘quvchisi “Bilimlar bellashuvi” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi g‘olibi Nurillayeva Mahliyoni taklif qildim. U o‘zi bilan foydalanadigan adabiyotlari, qo‘lga kiritgan diplomlari va sovrinlarini olib keldi. Darsning boshida 8 daqiqa va so‘ngida 5 daqiqa Nurillayeva Mahliyo bilan savol-javob uyushtirdim. O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan hamma savollarga javob olishdi.
Natija: Dars odatdagidan qiziqarliroq o‘tdi. O‘quvchilarning unga havaslari ortdi. Har bir misolga alohida his hayajon va diqqat bilan e’tibor qilishdi. Ko‘paytirish va bo‘lishning hayotda juda katta o‘rni borligini his qilishdi.
Bu dars turidan men asosan sinfdan tashqari o‘qish darslarida foydalanaman. Bu dars shakli qiziqarliligi, kutilmagan vaziyatlarga boyligi, takrorlanmas hususiyatlari bilan boshqa dars shakllaridan tubdan farq qiladi. Shuning uchun bo‘lsa kerak o‘quvchilar sinfdan tashqari o‘qish darslarini intizorlik bilan kutishadi. Masalan, Anvar Obidjonning “Berkinib olgan sirg‘acha” hikoyasini o‘qishda shu shakldan foydalandim. O‘quvchilarning bir nechtasini oldindan tayyorlab sahna ko‘rinishi tuzdim. Ular darsda qolgan o‘quvchilarga o‘z sahna ko‘rinishini sovg‘a tarzida namoyish qilishdi.
Natija: O‘quvchilarning og‘zaki nutqlari oshdi, ularda halollik, to‘g‘riso‘zlik kabi fazilatlari o‘sdi. O‘zlarini tutishlari, rolga kirishib ketishlari yaxshilandi. Ko‘rgan voqealarini qayta hikoya qilish ko‘nikmasi rivojlandi.
-
Men darslarda qo‘llayotgan metodlarim: Aqliy hujum, ikki qismli kundalik, sinkveyn, Venn diagrammasi, BBB, zig-zag, T-chizma, “Birgalikda o‘qiymiz” metodi, arra usuli, guruhlarda ishlash, refleksiya, case-study metodi, zanjir, tarmoqlash (klaster) metodlari, ma’nodoshini top, davomini top, davom ettir, alifbo bilag‘oni kabi didaktik o‘yinlar.
-
“Ikki qismli kundalik” texnologiyasi
“Ikki qismli kundalik” texnologiyasi—bu pedagogik texnologiya bo‘lib, yozma nutqni rivojlantiradi. Bu uslub o‘qib chiqilgan mavzu bo‘yicha tushunchalarni shaxsiy tajriba bilan bog‘lashga imkon beradi.
Maqsad: o‘rganilayotgan mavzuga qiziqish uyg‘otish, yozma nutqni rivojlantirish.
O‘tkazish bosqichlari:
1-bosqich: o‘quvchilarga oldindan tayyorlab qo‘yilgan matn o‘qish uchun taklif etiladi.
2-bosqich: hamma matn bilan tanishganiga ishonch hosil qilib, daftarni vertiqal chiziq bilan ikkiga bo‘lish so‘raladi.
3-bosqich: o‘quvchilarga, daftarning chap tomoniga muallif fikrlarini yozishlari aytiladi.
4-bosqich: o‘ng tomonga o‘quvchi o‘zining mazkur fikrga berilgan izohini yozadi.
5-bosqich: topshiriqning shu qismi tugaganidan keyin o‘quvchilarga(o‘z hohishiga ko‘ra) bittadan fikrni va unga berigan izohni o‘qish taklif etiladi. Fikrlar va ularniing izohi o‘qilayotganda savol berish yoki mazkur g‘oyaga o‘z izohini berishga ruhsat etiladi.
O’quvchilar sherik(uchliklar yoki kichik guruhlar) bo‘lib ham ishlashlari mumkin.
Masalan, 2-sinf “O‘qish” darsi Quddus Muhammadiyning “Momaqaymoq” she’rini o‘qitishda shu metoddan foydalandim.
Elchi guli bahor kelganidan darak beruvchi
Tilla marjon sariq oltinga o‘xshab marjondek tizilib o‘sadi
Uchar shar sharga o‘xshab yengil uchib ketadi
Chaqaloq qalpog‘idek chaqaloqlarning qalpog‘idek dumaloq
Natija: o‘rganilayotgan mavzuga qiziqish uyg‘ondi, boshlang‘ich ta’lim kompetensiyasida belgilangan yozma nutqda o‘quvchiga tanish bo‘lgan va ko‘z oldiga keltira oladigan buyum manzara voqea-hodisalar tasvirini ifodalash ko‘nikmasi rivojlandi.
“Sinkveyn” so‘zi beshlik ma’nosini anglatadi. Biror so‘zni o‘qituvchi o‘quvchilarga beradi. O‘quvchilar esa bu so‘zning 5 ta sifatini aniqlashlari kerak bo‘ladi. Bu metodni men asosan ona tili darslarida qo‘llayman. Masalan, go‘zallik so‘zi.
-
Ot: go‘zallik
-
Sifat: go‘zal
-
Fe’l: go‘zal bo‘lmoq
-
Ibora: kundek go‘zal
-
Sinonim: chiroyli
Natija: berilgan so‘zning ma’nosi 5 qatorda aniqlandi, o‘quvchilarning lug‘at boyliklari oshdi. DTS da belgilangan so‘z va so‘zga so‘roq berish malakasi shakllandi. Boshlang‘ich ta’lim kompetensiyasida A1 daraja uchun belgilangan so‘zning lug‘aviy ma’nosini anglash ko‘nikmasi hosil bo‘ldi. Agar bu metodni o‘qish darslarida qo‘llasak, fanlar orasida integratsiya bo‘ladi.
Yozuv taxtachasi uch ustunga ajratiladi. Birinchi ustunga—“Bilaman”, ikkinchisiga—“Bilib oldim”, uchinchisiga—“Bilishni hohlayman” degan so‘zlar yoziladi. So‘ngra o‘qituvchi o‘quvchilardan qanday ma’lumotlarga ega ekanlikarini so‘raydi va bildirilgan fikrlarni “Bilaman” nomli ustunga yozib qo‘yadi. Keyingi bosqichda o‘quvchilar mavzu bilan tanishib chiqqandan so‘ng, fikr yuritishadi va mavzuga oid yana qanday ma’lumotlarni o‘zlashtirganliklarini “Bilib oldim” ustuniga yozadilar. So‘nggi bosqichda o‘qituvchi o‘quvchilardan yangi mavzu bo‘yicha yana qanday ma’lumotlarni o‘zlashtirish istagida ekanliklarini so‘raydi va bildirigan fikrlarni “Bilishni hohlayman” ustuniga yozadi. Bu jarayonni har bir o‘quvchiga savolnoma tarqatish orqali amalga oshirsa ham bo‘ladi. Bunda o‘quvchilarning yozma nutqi va mustaqil fikrlash ko‘nikmasi ortadi. Bu metodni men tez-tez qo‘llayman. Chunki bu metoddan barcha darsda foydalansa bo‘ladi. Masalan 2-sinf matematika darsida “Bo‘lish” mavzusida shu metoddan samarali foydalandim.
O‘quvchilarning yozganlari quyidagicha edi:
Bilaman
|
Bilib oldim
|
Bilishni hohlayman
|
Ko‘paytirish jadvalini, juft sonlarni ikkiga bo‘lishni
|
Ko‘paytirish bilan bo‘lish bir biriga bog‘liq ekanini, bo‘lish jadvalini
|
Ustun shaklida ko‘paytirish va bo‘lishni
|
Natija: o‘quvchilar o‘tilgan mavzularni yodga olishdi. Mantiqan fikrlab, berilgan savollarga mustaqil javob yozdilar. O‘z-o‘zlarini baholab bordilar. DTS talablarida belgilangan 5-6 ta gapda o‘z fikrini yozma bayon qila olish malakasi shakllantirildi. Boshlang‘ich ta’lim kompetensiyasida A1 daraja uchun belgilangan husnihat va imlo qoidalariga rioya qilgan holda yozish malakasi rivojlandi.
-
Yangi mavzuni tushuntirish usullari: Multimedialar orqali, sahna ko‘rinishlari orqali, muammoli vaziyat yaratib, ekskursiya orqali, viktorinalar orqali, turli interfaol metodlar orqali. Yangi mavzuni e’lon qilishda krosswordlardan, testlar, Quvnoq Alifbo metodlaridan foydalanaman. Bularning bari ta’lim tizimida samarali usullar hisoblanadi. Ulardan ayrimlariga quyida tasnif berib o‘tmoqchiman.
-
Multimedia dasturlari orqali
Bu usul O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim Markazi tomonidan yaratilgan multimedia dasturlariga asoslanadi. Undan foydalanish juda qulay bo‘lganligi, samaradorligi va o‘quvchilar xotirasida uzoq vaqt saqlanib qolishi bilan ajralib uradi. Masalan, men 2-sinf o‘qish darsidagi Miraziz A’zamning “Bolajon hayajoni” mavzusini o‘qitishda multimediadan foydalandim. Undagi berilgan topshiriqlar chiroyli rasmlar asosida bolalar uchun juda qiziqarli tarzda loyihalashtirilgan.
-
Natija: O‘quvchilarda she’rni ifodali o‘qish malakasi rivojlandi. Krassvordni yechishda mashinalar rasmiga qarab ularning nomini topish shartini o’quvchilar juda hushnudlik bilan bajarishdi. Darsda faolliklari oshdi. DTS da belgilangan tuzilishi sodda so’zlarni yaxlit o’qish malakasi shakllandi. Berilayotgan materialning o‘quvchilar tomonidan chuqur va mukammal o‘zlashtirilishi imkoniyati mavjud bo‘ldi. Olingan bilimlar bola xotirasida uzoq vaqt saqlanib qoldi. O‘quvchilarning aqliy va intellektual qobiliyati rivojlandi. O‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishi va bilim saviyasi oshdi.
-
Muammoli vaziyat yaratish usuli
Bu usul o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga, o‘z fikrini erkin bayon qilishga, tanqidiy mushohada yuritishga o‘rgatadi. Bunda o‘qituvchi mavzu yuzasidan bir savol tayyorlab keladi. Masalan 2-sinf Matematika darsida “Katta sonni kichik songa ko’paytirish” mavzusini o‘rgatishda shu usulni qo‘llash mumkin. Bunda quyidagi vaziyatni muammo sifatida o‘quvchilarga taqdim qilinadi.
Katta sonni kichik songa ko’paytirish osonmi yoki kichik sonni katta songa ko’paytirish osonmi?
Natija: O‘quvchilarning o‘zlari kerakli xulosani chiqarib oldilar. Mantiqiy fikrlash doiralari kengaydi. Eshitib tushunish malakalari oshdi. Tushunilgan matndan xulosa chiqarish ko‘nikmasi shakllandi. DTS da belgilangan o‘qigan va eshitgan voqea hodisalarni tahlil qilish va hulosa chiqarish ko‘nikmasi rivojlandi. Boshlang‘ich ta’lim sosiolingvistik kompetensiyasida A1 daraja uchun belgilangan ijtimoiy hayotda ro‘y bergan voqea hodisalarga o‘z munosabatini bildirish malakasi rivojlandi.
-
Men foydalanadigan o‘quvchilar bilimini baholash usullari: guruhlarni baholash, yakka tartibda baholash, juftliklarni baholash, o‘quvchilarning bilimini, ijodkorligini turli boshqa metodlardan foydalanib baholash. O‘quvchilarning yakka tartibda baholashda men foydalanadigan metodlar: “Davom ettir” metodi, “Birga bir” metodi, “Little-Leader” metodi, test va boshqa interfaol usullar. Bular ham ta’lim sifatini oshirishda va o‘quvchilarning bilimini haqqoniy baholashda juda katta samara beradi. Ulardan ayrimlariga quyida tasnif berib o‘tmoqchiman.
Bu metoddan nafaqat o‘quvchilarning bilimini baholashda balki darsning hohlagan qismida foydalanish mumkin. Bu metod quyidagi ikki qismdan iborat bo‘ladi: Bu metodda o‘qituvchi oldindan tayyorlab kelingan savollarni o‘quvchilarga bittadan beradi. O‘quvchilar unga nisbatan darhol javob qaytarishlari lozim bo‘ladi. Masalan, 2-sinf matematika darsi. O‘qituvchi o‘quvchiga bitta misol aytadi, o‘quvchi darhol uni og‘zaki hisoblab javobini aytadi. Yoki o‘qituvchi bir sonni aytadi. O‘quvchi uning tarkibini aytishi kerak bo‘ladi. Masalan, 32 soni aytilsa, o‘quvchi: 16+16; 22+10; 30+2 kabi javob qaytaradi. Men o‘quvchilardan ko‘paytirish jadvalini so‘rashda shu metoddan foydalanaman. Masalan: 3 sonini ko‘paytirish va 3 ga bo‘lish mavzusini baholashda 27 desam, o‘quvchilar 9•3; 3•9 kabi javobni qaytarishdi.
Natija: o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash doirasi kengaydi. Hozirjavoblik sifatlari rivojlandi. DTS talablarida belgilangan qo‘shish va ayirishga doir sodda misollarni og‘zaki hisoblay olish malakalari o‘sdi. O‘quvchilar boshlang‘ich ta’lim kompetensiyasida A1 daraja uchun belgilangan egallangan hisoblash malakalarini amaliyotda qo‘llay olish darajasiga erishdilar.
Bu metod quyidagi tartibda amalaga oshiriladi. Bunda bitta o‘quvchi doskaga chiqadi qolgan o‘quvchilar esa unga o‘tilgan mavzulardan turli tuman savollar berishadi. Sharti shuki o‘quvchi 1 daqiqa davomida iloji boricha ko‘proq savollarga to‘g‘ri javob berishi kerak. Uning javoblari o‘qituvchi tomonidan hisoblab boriladi. 1 daqiqadan keyin o‘qituvchi o‘quvchining jami to‘plagan to‘g‘ri javoblarini hisoblab e’lon qiladi. Noto‘g‘ri javoblarini ham qayerda xato qilganini tushuntirib beradi. Bu metod har qaysi fanda qo‘llash mumkinligi bilan ajralib turadi. Bu metodni 2-sinf Ona tili va Matematika darslarida juda samarali foydalandim.
Natija: O‘quvchilarning darsda ilg‘or tarzda qatnashishlari ta’minlandi. Hozirjavoblik, tez hisoblash, to‘g‘ri javobni aniq aytish malakasi o‘sdi. Boshqa o‘quvchilar ham o‘tilgan darslarni yana bir bor takrorlashdi. DTS da belgilangan olingan bilimlarni erkin bayon qila olish malakasi shakllandi. Boshlang‘ich ta’lim pragmatik kompetensiyada A1 daraja uchun belgilangan nutq sharoiti, nutq vaziyatiga mos ravishda til imkoniyatlaridan foydalanish malakasi o‘sdi.
-
Juftliklarni baholash usuli
Bunda o‘qituvchi oldindan o‘quvchilarni juft guruhlarga ajratadi va ularga bitta topshiriq beradi. Shunday qilish kerakki o‘quvchilar sheriklarisiz topshiriqni uddalay olishmasin. Masalan, men 2-sinf “Atrofimizdagi olam” darsida “Yer—sayyora” mavzusini baholashda shu metoddan foydalandim. O‘quvchilarga quyidagi ko‘rinishdagi topshiriqni uyga vazifa qilib berdim.
-
“Dunyo bo‘ylab” telekanalidan yer sayyorasi haqidagi hohlagan ko‘rsatuvdan bir matn yozib olish va uni so‘zlab berish.
-
“Bolajon” telekanalidan sayyoramizdagi ne’matlar haqida ma’lumotlarni yozib olish va gapirib berish
-
“Yoshlar” telekanalidan “Davr” yangiliklaridan Dunyo habarlari haqida matn tayyorlash va ularni aytib berish ba h.k.
Natija: O‘quvchilar darsdan keyin uchrashib sherigi bilan birga ahillikda vazifani bajarishdi. Ular kelishib teleko‘rsatuvlardagi ma’lumotlarni ikkiga bo‘lib yozib olishdi. Yozma va og‘zaki nutqlari rivojlandi. Vazifani uddalashda bir-biriga tayangan holda ish tutishdi.
-
Men foydalanadigan uyga vazifa berish usullari: Krossword, test tarqatmali materiallar, “My home” metodi, “Qardonim yonimda” metodi, bularning barchasi uyga vazifani tayyorlashga qiziqish orttiradi va ta’lim sifatini oshirishga yoprdam beradi. Bundan tashqari qo‘shimcha adabiyotlardan topshiriqlar berib boraman. Hozirda maktab kutubxonasiga kelgan “Quvnoq matematika”, “Qiziqarli topishmoqlar”, “Bilimdonga savollar” kabi kitoblardan foydalanib kelmoqdaman.
Buni uyga vazifa qilib berganda kalit so‘zi krossvord ichiga yashiriladi va o‘quvchilarga kalit so‘zini topish va unda berilgan topshiriqni bajarib kelish vazifasi topshiriladi. Ayniqsa 2-sinf o‘qish darsida uyga vazifani krossvord kataklari ichiga yashirib berish yaxshi samara beradi. Masalan, “Gunafsha” she’rini uyga vazifa qilib bermoqchi bo‘lsak quyidagicha krossvord tuzishimiz mumkin:
-
Guldonga nimani solib qo‘yamiz?
-
“U” so‘zining ko‘plik shakli qanday bo‘ladi?
-
…--aziz ne’mat.
-
Kichkina dekcha, ichi to‘la mixcha.
-
Quruqlikdagi eng katta hayvon.
-
Quyosh chiqadigan dunyo tomoni qaysi?
-
Harflar tartib bilan saf tortishsa nima hosil bo‘ladi?
G
|
U
|
L
|
|
|
|
U
|
L
|
A
|
R
|
|
|
N
|
O
|
N
|
|
|
|
A
|
N
|
O
|
R
|
|
|
F
|
I
|
L
|
|
|
|
SH
|
A
|
R
|
Q
|
|
|
A
|
L
|
I
|
F
|
B
|
O
|
Natija: o‘quvchilar mustaqil ravishda savollarga javob topishdi. Nafaqat o‘qish darsidan boshqa fanlardan ham o‘tilganlarni takrorlashdi. Ular o‘zlari bilmagan holda yarim izlanishli muammoli o‘qishda ishtirok qilishdi. She’r nomini hosil qilishdi va uni yodlab kelishdi.
Bu metod o‘quvchilarni erkin fikrlashlariga yordam beradi. Bunda o‘qituvchi uyga vazifani chiroyli tarzda rasm shaklida ekranda taqdim qiladi. Rasmda uy shakli ham tasvirlanadi va unda uyga vazifa nomi yozilgan bo‘ladi. Faqat uyga yetib olish uchun bir necha topshiriq beriladi. Bu o‘qituvchining hohishiga ko‘ra labirint, misollar, savollar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
-
Men darslarda foydalanadigan ko‘rgazmali vositalar: men asosan maktab ixtiyoridagi jahon banki ko‘rgazmalari, “Sehrli daraxt” metodi, “Orzular osmoni” kabi plakatlatlardan, o‘zim yasagan turli tuman ko‘rgazmalardan foydalanaman.
-
“Bilimlar ustuni” ko‘rgazmasi.
Bunda tomonlari 50 sm li kubiklar ustma ust qo‘yiladi. Kubiklarning har bir tomoniga bittadan topshiriq yozilgan bo‘ladi. Quyida bitta kubikka yozilgan toshiriqlar berilgan. Agar sinf 3 guruhga bo‘linsa, bunday kubiklardan har guruhga bittadan 3 ta yasash kerak bo‘ladi. Guruhlar undagi topshiriqlarni bajarib bo‘lishgach ular ustma-ust qo‘yiladi. Natijada sinfning ramziy bilimlar ustuni hosil bo‘ladi.
-
Men foydalanadigan uyga vazifa tekshirish, baholash usullari: “Do‘stim menga pand bermadimi?” metodi, “Zig-zag” metodi, test.
-
“Do‘stim menga pand bermadimi?” metodi
Bu metod uyga vazifani tekshirganda juda qo‘l keladi. Bunda o‘quvchilar juftliklarda ishlaydilar va o‘zaro daftarlarini almashadilar. Bir o‘quvchi doskada uyga vazifani ishlab beradi. Qolgan o‘quvchilar sherigining daftarini tekshiradi. Qaysi o‘quvchi xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, shu o‘quvchi do‘stiga pand bergan hisoblanadi.
Natija: O‘quvchilarning darsda ilg‘or tarzda qatnashishlari ta’minlandi. Hozirjavoblik, tez hisoblash, to‘g‘ri javobni aniq aytish malakasi o‘sdi. Boshqa o‘quvchilarning daftarlarini tekshirish orqali ham o‘tilgan darslarni yana bir bor takrorlashdi. DTS da belgilangan olingan bilimlarni erkin bayon qila olish malakasi shakllandi. Tanqidiy fikrlash malakalari oshdi.
Men hozirgi matnni ikkinchi sinf kesimida yaratdim. Ammo bu metodlardan barcha sinflarda samarali foydalanish mumkin.
Ishtirokchi: Qalandarova Sharofat
Do'stlaringiz bilan baham: |