Guruhlarga darsning oltin qoidalarini eslatib o’tamiz. Intizom.
Faollik.
Vaqtga rioya qilish.
Asosli va mantiqli fikr bildirish.
Fikrni takrorlamaslik.
O‘zaro hurmat.
O‘ng qo‘l qoidasi.
To‘g‘ri javob uchun rag`bat.
O’tgan mavzu bo’yicha savollar? O’tgan mavzu bo’yicha o’quvchilarga tarqatma savollar va topshiriqlar beriladi.
Savollar?
1.Yaponiyaning xaritadan joylashgan o’rnini ko’rsating.
2.Yaponiyaning maydoni qancha?
3.Yaponiya hududi asosan qaysi yirik orollarda joylashgan?
4.Yaponiya aholisi qanchani tashkil etadi?
5.Yaponiya aholisining o’rtacha umr yoshi necha yosh? O’zbekistondachi?
6.Yaponiya aholisi etnik tarkibi haqida nima bilasiz?
7.Aholisining o’rtacha zichligi qancha? O’zbekistondachi?
8.Yaponiya aholisining necha foizi shaharlarda yashaydi? O’zbekistondachi?
9.Yaponiyada nechta millioner shaharlar bor? O’zbekistondachi?
10.Yaponiyada qurilayotgan binolarning o’ziga xos hususiyati qanday?
Savollarga to’g’ri va aniq javob bergan o’quvchilarga rag’bat kartochkalari beriladi. To’liq javob bera olmagan o’quvchilarga esa “harakat qiling” kartochkasi beriladi.
Yangi mavzuni o’rganishda biz bugungi darsimizda “Zinama-zina” metodidan foydalanamiz. Guruhlarga yangi mavzu rejalari bo’yicha bo’lib beriladi.
I-guruh- Yaponiya sanoati
II-guruh-Yaponiya qishloq ho’jaligi
III-guruh-Yaponiya tashqi iqtisodiy aloqalari
Guruhlar o’z taqdimotlarini tayyor qilgunlaricha ular uchun yordam tariqasida ekranda “Yaponiya” mavzusida tayyorlangan taqdimot namoish qilinadi.
Taqdimot namoishidan so’ng guruhlar javobi tinglanadi. Har bir guruhdan bittadan o’quvchi doskaga chiqib o’zlariga berilgan rejani yoritib beradilar. Barcha guruhlar javobi tinglanib o’qituvchi tomonidan baholanadi.
Mavzuning yoritilmagan qismlari ya’ni Yaponiyaning ichki tafovutlari haqida o’qituvchi gapirib o’tadi.
Yaponiyada iqtisodiy jihatdan yaxshi rivojlangan hududlar bilan birga, hali yetarli darajada o’zlashtirilmagan rayonlar ham mavjud.
Tinch okeani sanoat mintaqasi iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan rayon bo’lib hisoblanadi. Bu mintaqada Tokio qo’ltig’idan Osaka qo’ltig’igacha cho’ziladi. Aslida Tokaydo megapolisini tashkil qilgan bu hududning relyefi nisbatan tekis. Bu tekislik Tinch okeani bo’ylab o’rtacha 15-65 km li tor yo’nalishda 600 km dan ortiq masofaga cho’zilgan.
Mamlakatning rivojlanish darajasiga ko’ra ikkinchi rayoni xonsyu orolining janubiy va Kyusyu orolining shimoliy qismlaridir. Rayonda faqat Kitakyusyu(Shimoliy Kyusyu) sanoat aglomeratsiyasi yuqori darajada rivojlangan metallurgiya va og’ir mashinasozlik sanoatlari bilan ajralib turadi. Yaponiyaning uchunchi rayoni Kyusyuning janubiy qismi va butun Sikoku hamda Xokkaydo orollaridir. Rayonda sanoat rivojlanish darajasiga ko’ra Sapporo sanoat aglomeratsiyasi ajralib turadi.