Mavzu: Yangilanayotgan O‘zbekiston: milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari. Reja



Download 359,72 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/35
Sana18.01.2022
Hajmi359,72 Kb.
#391778
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
 

 

Tayanch  tushunchalar:  Mustaqillik,  milliy  yuksalish,  Harakatlar 

strategiyasi, 

Davlat 

va 

jamiyat 

qurilishi,qonun 

ustuvorligi,iqtisodiyotni 

liberallashtirish,  millatlararo  totuvlik,  diniy  bag’rikenglik,  jamoatchilik  nazorati, 

milliy mafkura 

 

1. 


Mustaqillik - milliy tiklanishning asosidir. 

Mustaqillik yillarida milliy istiqlol g‘oyasi xalqimizning milliy tiklanishiga 

xizmat  qildi.  G‘oyaviy  kurashlarda  kunimizga  yaradi.  Xalqimizni  birlashtirdi, 

buzg‘unchi g‘oyalar mohiyatini tushuntirdi. 2017 yildan boshlab O‘zbekiston o‘z 

taraqqiyotining  yangi  –  Milliy  yuksalish  bosqichiga  kirdi.  Konstitutsiyamizga 

asoslangan,  xalqimizning  tub  manfaatlariga  javob  beradigan  O‘zbekistonni 

rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi amalda. Keyingi yillarda erishilgan yuksak 

marralar  xalqimizni  baxtli  qilishga  qaratilgan  islohotlar  samaralarini  yaqqol 

ko‘rsatmoqda. 

      O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  SHavkat  Mirziyoev  rahbarligida 

mamlakatimizda  amalga  oshirilayotgan  barcha  islohotlarning  bosh  maqsadi, 

xalqimizni turmush darajasini keskin ko‘tarish va bu borada rivojlangan davlatlar 

qatoridan munosib o‘rin olishga qaratilgandir. Bu borada Prezidentimizning 2020 

yil  24  yanvar  kuni  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisiga  qilgan  

Murojaatnomasida  biz  hozir  milliy    taraqqiyotimizning  mutlaqo  yangi  bosqichiga 

o‘tayotganligimizni, milliy g‘oyani rivojlantirishimiz zarurligi alohida ta’kidladilar.  

      Ma’lumki,  2019  yil  8  aprel  kuni  Prezidentimizning  O‘zbekiston 

taraqqiyotining yangi bosqichida milliy g‘oyani rivojlantirish konsepsiyasini ishlab 

chiqishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risidagi farmoyishi qabul qilindi. Mazkur hujjat 

qabul  qilinishining  zarurati  nimalarda  namoyon  bo‘ladi?  Rivojlangan 

mamlakatlarda milliy g‘oya davlat maqsadlarini xalq maqsadlariga uyg‘unlashtiradi. 

“Bir hudud – bir xalq” e’tiqodini shakllantirib, mamlakatlar aholisini birlashtirgani, 

umumiy maqsad yo‘lida safarbar qilganiga misollar ko‘p. Ularning aksarida milliy 

g‘oya milliy qadriyatlarga bog‘lab singdirilganini ko‘ramiz. 




      Masalan,  “Tarix  –  sintoizm  –  konfutsiylik  –  samuraylik  irodasi” 

qadriyatlari  negizida  yapon  milliy  g‘oyasi  ishlab  chiqildi.  Odamlarga  ishonch, 

rag‘bat berildi. Maktabning tarbiyaviy ishlar tizimi, g‘oyasi isloh qilindi. Uyushgan 

millatning  juda  qattiq  mehnati  o‘laroq,  dunyo  “YApon  mo‘‘jizasi”ning  guvohi 

bo‘ldi.  Xitoyda  ham  milliy  zaminga  –  Konfutsiy  ta’limotiga  murojaat  qilindi. 

Konfutsiy merosidan diniy ta’limot emas, balki axloqiy (xulq uchun) asos sifatida 

foydalandi. Yoshlar tarbiyasi “Ona Vatanga xizmat qilish va sodiq bo‘lish” g‘oyasi 

asosida  tashkil  etildi.  YOshlarga  shaxsiy  va  milliy  manfaatlarni  uyg‘un  tutish 

o‘rgatib borildi. 

          AQSHda  davlat  mafkurasi  yo‘q,  deb  hisoblanadi.  Ammo 

amerikaliklarning  ma’naviyatini  o‘rgangan  olimlar  AQSH  kabi  mafkuralashgan 

davlatni  topish  qiyin,  deyishadi.  AQSHda  mafkura  vazifasini  “Amerika  orzusi” 

(American Dream) bajarmoqda. U Amerika davlatining oliy qadriyatlari yig‘indisi, 

millatning  ma’naviy  onasi  deb  tushuniladi.  “Amerika  orzusi”ning  asosiy 

tushunchalarini  shaxs  erkinligi,  erkin  tadbirkorlik,  demokratiya,  muvaffaqiyatga 

erishishga qaratilgan mehnat tashkil qiladi. Amerikaliklar mafkura bo‘lmasa, davlat 

boshqaruvida  tizimlilik  bo‘lmaydi,  tizimsiz  esa  samarali  siyosat  bo‘lishi  mumkin 

emas,  deb  hisoblashadi.  SHu  bois,  amerikalik  davlat  arboblaridan  biri  U.Sefayr 

“Agar Amerika tuzumi – skelet bo‘lsa, amerikancha orzu – uning qalbidir“ degan 

edi.    Janubiy  Koreyada  ham  milliy  g‘oya  xalqning  milliy  o‘zligiga  va  yoshlar 

tarbiyasiga  quril  di.  Maktabda  milliy  g‘oya  yoshlar  ongiga  urf-odatlar,  axloqiy 

ideallar orqali singdirib borildi. YOshlarni hayotga tayyorlashda oila, maktabgacha 

ta’limga alohida e’tibor qaratildi. Hozir ham koreys oilalarida umumiy byudjetning 

ellik  olti  foizi  bolaning  ta’lim-tarbiyasi,  inson  kapitali  –  Human  Capital  uchun 

sarflanmoqda. 

      Mamlakatimizda milliy g‘oyaga yangi davr, millatimiz tarixining yangi 

bosqichi talablaridan kelib chiqqan real talablar qo‘yilmoqda.Ilgari milliy g‘oyani 

tushunish  va  tushuntirishda  noqulayliklar  uchrab  turar  edi.  Masalan,  odamlarning 

quloqlari milliy g‘oya davlat va xalq birligi tarannumini eshitardi. Lekin ko‘zlarimiz 

hokimliklar,  vazirlik  va  idoralarning  oldidagi  temir  panjaralarni  ko‘rar  edi.  Xalq 

davlat organlariga xizmat qilishi kerak, degan noto‘g‘ri qoida amalda edi. Fuqaro 

hokimiyatga  emin-erkin  kirolmas,  dardini  aytolmas  edi.  CHunki  amalda  xalqdan 

davlatni  ajratuvchi  temir  panjara  bor  edi.  Panjaralar  kesib  tashlandi.  Lekin  ayrim 

amaldorlarimiz ongida bu panjara haligacha turibdi. Tafakkurdagi temir panjaralarni 

qo‘porib  tashlash  qiyin  kechyapti.  Milliy  g‘oya  ana  shunday  vaziyat  talablaridan 

kelib chiqib yangilanmoqda. 

        Ilgari milliy g‘oya ijtimoiy-gumanitar, ma’naviy-ma’rifiy masala, deb 

tushunildi. 

Bugun 

uning 


iqtisodiy-siyosiy 

poydevori 

–  O‘zbekistonni 

rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi bor. Taktikasi – har yilning bosh Dasturi, 

mablag‘i, ijrochilari bor. Demak, yangi davrda milliy g‘oya gumanitar masala bo‘lib 

qolmaydi.  CHunki  uning  natijasiga  qaratilgan  iqtisodiy  tizim  ishlamoqda.  Milliy 

g‘oya  ro‘yobi uchun  demokratik  muhit  hal  qiluvchi  rol  o‘ynaydi.  Demokratiya  – 

to‘g‘rilik,  rostlik,  adolat,  qonuniylikning  sharti.  Nohaqdan  –  haqni,  zolimdan  – 

mazlumni, zo‘ravondan – ojizni himoya qilishga xizmat qiladi. SHu haqda jar soladi. 

Jamoatchilik nazoratini ishga soladi. CHunki milliy g‘oya aholining bir toifasi emas, 




hamma  yaxshi  yashasin,  hayotdan  rozi  bo‘lsin,  deydi.  Mamlakatda  adolat, 

qonuniylik buzilar ekan, demokratiya ham, milliy g‘oya ham quruq shiorlar bo‘lib 

qoladi.  Xalq  norozi  bo‘ladi.  Xalq  norozimi,  demak,  milliy  g‘oya  o‘z  bongini 

urmayotgan, vazifasini bajarmayotgan bo‘ladi. 

      Xulosa qilib aytganda, Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev tomonidan olib 

borilayotgan islohotlar milliy g‘oya xalqimizning kuch-qudratiga aylanishi uchun 

sharoit  yaratdi.  Endi  gap  milliy  g‘oyani  har  bir  o‘zbekistonlikning  niyatiga  va 

harakatiga  aylantirishda.  YAxshi  fikr  yaxshilikka,  yomon  fikr  yomonlikka  yo‘l 

ochadi. Axborot maydonini nuqul negativ kontent egallab olmasligi uchun pozitiv, 

yaxshi,  nekbin  mazmun,  mavzular  bilan  mutanosib  to‘ldirishga  alohida  e’tibor 

qaratmog‘imiz zarur. Negaki, biz kattalar ham, bolalarimiz ham har kuni yaxshi-

yomon  fikrlardan  ta’sirlanamiz.  Bir-birimiz  bilan  ijtimoiy  tarmoqda  tortishamiz, 

aytishamiz, urishamiz. Lekin biz bularning negativ fikrlardan boshlangan g‘oyalar 

kurashi ekanligini anglamaymiz. 

 


Download 359,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish