Mavzu: Yangi mahsulotni ishlab chiqish strategiyalari


Strategik menejerga qo’yiladigan asosiy talablar



Download 0,55 Mb.
bet3/13
Sana15.12.2022
Hajmi0,55 Mb.
#886623
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Kurs ishi Strategik menejment (Usmonjonov Shohijahon)

Strategik menejerga qo’yiladigan asosiy talablar.
Bugungi kundagi murakkab va tez o’zgaruvchan vaziyatda raqobatlashish uchun firma strategiyani ishlab chiqishni boshqaruvchilarni - strategik menejerlarni aniqlab olishi lozim. Ularning vazifasi - butun tashkilot faoliyatining ma’lum bir yo’nalishda borishini ta’minlashdir (ular ko’pincha kompleks menejerlar deb ataladi). Ular biznesning ayrim funksiyalarining (xodimlar, ta’minot, ishlab chiqarish, savdo, mijozlarga xizmat ko’rsatish, hisob) bajarilishini ta’minlaydigan funksional menejerlardan farq qiladi va butun tashkilotni strategik jihatdan boshqarib, kompaniyada o’ziga xos o’rin egallaydi.
E.Vrappning fikricha (Chikago universiteti), eng omadli strategik menejerlar quyidagi xislatlarga ega bo’lishi kerak:

  • ko’p narsadan yaxshi xabardor bo’lishlari;

  • o’z vaqti va energiyasini boshqara olishlari;

  • yaxshi siyosatchi bo’lishlari (konsensus topa olishlari);

  • ekspertlarga o’xshab «bir narsaga yopishib olmasliklari»;

  • dasturni xususiy yo’nalishlarda ilgari sura olishlari lozim.

Ko’p narsadan xabardor bo’lish boshqaruvning turli pog’onalarida keng ko’lamli boshqaruv qarorlarini qabul qila olishga imkon beradi. Menejerlar tashkilotning turli qismlarida axborot manbalari tarmog’ini tashkil qilishlari kerak, bu ularga operativ voqelikdan xabardor bo’lib turishga imkon beradi.
Ular o’z vaqti va energiyasini turli ishlar, qarorlar va muammolar o’rtasida to’g’ri taqsimlay olishlari kerak. Ular qachon javobgarlikni taqsimlash kerakligi, qaysi paytda esa xususiy muammolarga aralashish kerakligini bilishlari lozim.
Yaxshi siyosatchi o’z fikrlari asosida konsensus topa olish san’atini egallagan bo’lishi, ularni o’z obro’si bilan ilgari surish uchun bosim ko’rsatmasligi kerak. U diktator emas, balki koalitsiyaning a’zosi yoki rahbari sifatida ish tutishi lozim.
O’zgaruvchan dunyo strategik menejerdan moslashuvchanlikni talab qiladi. U manevrlarga va vujudga kelgan vaziyatga moslashishga tayyor turishi kerak. Bu esa firma ma’lum bir maqsadlarsiz ish tutsada, biroq ularni o’zgartirishga tayyor turishi kerakligini anglatadi.
Strategik rejalashtirish bo’limining roli va vazifalari axborotlar to’plash va ularni ishlash, strategiyani har yili qayta ko’rib chiqish tizimini yaratish va kelajakda uni boshqarishdan iborat bo’ladi. Direktorlar kengashi muhim strategik yo’nalishlarni ko’rib chiqadi va yuqori boshqaruv tizimi tavsiya etgan strategik rejalarni rasmiy jihatdan tasdiqlaydi. Mana shu marosim davomida kengash oxir-oqibatda qabul qilingan strategiya uchun javobgar bo’ladi.
Direktorlar kengashining vazifasi - bu barcha korxonalar yetarli darajada tahlil qilib va ko’rib chiqilganligiga hamda taklif etilgan strategik chora-tadbirlar mavjud variantlardan eng yaxshisi ekanligiga ishonch hosil qilishdan iboratdir.

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish