Mavzu: Yalpi talab yalpi taklif va ularning hajmiga tasir etuvchi omillar



Download 0,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/41
Sana11.01.2022
Hajmi0,57 Mb.
#339674
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
Bog'liq
Mavzu Yalpi talab yalpi taklif va ularning hajmiga tasir etuvch

Yalpi

 

 

 

taklif

 

 

 

o’zgarishining

 

 

 

ta’siri

 

 

 



35 

 

4. Talab va taklif tahlili asoslari. 

Taklif  va  talabni  iqtisodiy  nuqtai  nazardan  tahlil  qilish,  juda  ko‘p  va  keng 

muammolarni  hal  qilishda  universal  vosita  bo‘lib  xizmat  qiladi.  Bunday 

muammolarga  quyidagilar  kirishi  mumkin:  jahondagi  iqtisodiy  sharoitlar 

o‘zgarishining  mahsulot  ishlab  chiqarishga  va  uning  samaradorligiga  ta'siri; 

narxlarni  nazorat  qilish  bo‘yicha  davlat  tomonidan  ko‘riladigan  chora-tadbirlarni 

baholash;  iqtisodiy  rag‘batlantirish  va  minimal  ish  haqini  belgilash;  soliqlarning, 

subsidiyalarning,  importga  qo‘yiladigan  poshlinaning,  ishlab  chiqaruvchilar  va 

iste'molchilar  faoliyatining  chegaralashlarning  umumiy  iqtisodiyotga  ta'siri  va 

hokazo. 

Talab  va  taklif  orqali  bozor  mexanizmini  o‘rganish,  ularning  grafiklarini 

tahlil  qilishdan  boshlandi.  Ma'lumki,  davlatning  aralashuvisiz,  talab  va  taklif 

muvozanat holatga keladi va unga asosan tovarning bozor narxi o‘rnatiladi hamda 

muvozanatni  ta'minlaydigan  mahsulotning  umumiy  hajmi  o‘rnatiladi.  Lekin, 

qanday qilib, narx va mahsulot hajmi talab va taklifning ba'zi bir xarakteristikalari 

bilan bog‘langan? Qanday qilib ular vaqt bo‘yicha o‘zgaradi va qanday qilib ularga 

umumiy  iqtisodiy  faollik,  ish  haqi  xarajatlari  ta'sir  qiladi?  Nima  uchun  talab  va 

taklif bozorlar (raqobatlashgan, monopol, oligopol va boshqa) bo‘yicha farq qiladi? 

Nima uchun ba'zi bir bozorlarda tovarlar tanqis va hokazo savollarga javob berish 

uchun talab va taklifning diagrammasini qarashdan boshlaymiz. 

Yuqori  narx,  mavjud  firmalarni  ishlab  chiqarishni  kengaytirishga  da'vat 

etadi, bozorga yangi firmalarni o‘z mahsuloti bilan kirib kelishini ta'minlaydi, ular 

ishlab  chiqargan  yuqori  xarajatli  rentabel  bo‘lmagan  mahsulotlari  yuqori  narxda 

rentabel  bo‘ladi.  Bunday  holda,  firmalarda  ishlab  chiqarishning  kengayishi  qisqa 

vaqt oralig‘ida intensiv bo‘lsa, uzoq muddatda esa ekstensiv amalga oshiriladi. 

Talab  chizig‘i    (

Demand)

  iste'molchilarning  berilgan  narxlarda  qancha 

miqdorda  mahsulot  sotib  olish  mumkinligini  bildiradi.  Talab  chizig‘ining  pastga 

ketishi,  iste'molchilarning  narx  qancha  past  bo‘lsa,  ular  shuncha  ko‘p  mahsulot 




36 

 

sotib  olishini  anglatadi.  Past  narxlar,  xaridorlarga  yanada  ko‘proq  miqdorda 



tovarlar sotib olishiga hamda ilgari sotib olaolmayotgan iste'molchilarga esa hozir 

u tovarni sotib olishga imkon yaratadi. 

Xom  ashyo  narxi  pasayishining  taklif  egri  chizig‘iga  boshqacha  ta'sirini, 

ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori  o‘zgarmaganda kuzatish mumkin. Haqiqatdan 

ham,  o‘zgarmaganda, uni ishlab ishlab chiqarish  uchun ketgan xarajat kamayadi 

(xom ashyo narxi pasaygani uchun), demak, tovar narxi ham kamayadi, ya'ni uning 

narxi  dan  ga o‘zgaradi. Bu o‘zgarish ishlab chiqarilgan tovar miqdoriga bog‘liq 

emas. Natijada,  taklif  egri  chizig‘i o‘ngga  siljiydi.  Umuman olganda,  xom  ashyo 

narxi o‘zgarishining taklif chizig‘iga ta'sirini o‘rganishda, yuqorida keltirilgan ikki 

hol ham xususiy hollardan bo‘lib, eng  chetki holatlarni anglatadi. Haqiqatda  esa, 

xom  ashyo  xarajatlari  kamayganda  narx  ham,  tovar  miqdori  ham  o‘zgarishi 

mumkin.  Bu  o‘zgarishlar  yangi  taklif  egri  chizig‘ining  talab  chizig‘i  bilan 

muvozanatga kelishi bilan bog‘liqdir  



37 

 

Xulosa 

Yalpi  talab  –  bu  barcha  istе’molchilar,  ya’ni  aholi,  korxonalar  va  davlat 

tomonidan narxlarning muayyan darajasida turli tovarlar va xizmatlarni sotib olish 

mumkin bo’lgan milliy iqtisodiyotdagi rеal pul daromadlari hajmidir.  

Yalpi  talab  turli  tovarlarning  miqdori,  sifati  va  narx  darajasiga  bеvosita 

bog’liq.  Agar  yakka  talab  egri  chizig’i  turli  narx  ko’rsatkichlarida  alohida 

istе’molchining  muayyan  tovarga  bo’lgan  talabi  miqdori  o’rtasidagi  bog’liqlikni 

ifodalasa, yalpi talab egri chizig’i mamlakatdagi narxlarning turli darajasi hamda 

ishlab chiqarishga bo’lgan talab hajmi o’rtasidagi bog’liqlikni ifodalaydi.  

Yalpi  taklif  –  bu  mamlakatda  narxlarning  muayyan  darajasida  ishlab 

chiqarilib,  sotishga  chiqarilayotgan  barcha  tovarlar  va  xizmatlar  hajmidir.  Bu 

narxlarning har xil mumkin bo’lgan o’rtacha darajasida milliy ishlab chiqarishning 

mavjud rеal hajmini ko’rsatadi.  

Yalpi  taklifga  eng  avvalo  narxlar  darajasi  bilan  ishlab  chiqarilgan  tovarlar 

ijtimoiy  qiymati  o’rtasidagi  nisabtning  o’zgarishi  ta’sir  ko’rsatadi.  Narxlar 

darajasining qiymatdan oshishi qo’shimcha tovarlar ishlab chiqarish uchun rag’bat 

yaratadi.  Narxlar  darajasining  qiymatdan  pasayishi  esa  tovar  ishlab  chiqarishning 

qisqarishiga  olib  kеladi.  Shu  sababli  narxlar  va  milliy  ishlab  chiqarish  hajmi 

o’rtasida to’g’ridan-to’g’ri yoki bеvosita bog’liqlik mavjud bo’ladi.  

Yalpi taklifga narxdan tashqari yana bir qator omillar ta’sir ko’rsatadi:  

a)

 



rеsurslar narxining o’zgarishi;  

b) samaradorlikning o’zgarishi;  

v) huquqiy mе’yorlarning o’zgarishi. 

Iqtisodiyot  nazariyasida  yalpi  taklifga  uch  xil  nuqtai  nazardan  yondashuv 

mavjud:  yalpi  taklif  narxlar  darajasiga  bog’liq  emas;  narxlar  darajasiga  bеvosita 

bog’liq;  yalpi  taklifning  o’sishida  yoki  kamayishida  narxlar  darajasi  o’zgarishsiz 

qoladi.  Shuning  uchun  yalpi  taklif  egri  chizig’i  grafigi  uchta  kеsmaga  ega:  tik, 

yotiq va oraliq kеsmalar.  




38 

 

Yalpi  talabning  o’sishi  yalpi  taklifga  turlicha  ta’sir  qiladi:  taklif  egri 



chizig’ining  kеynscha  kеsmasida  taklif  aynan  o’sha  miqdorga  ortadi,  oraliq 

kеsmada – narxlar darajasining o’sganligi uchun taklif oz miqdorda ortadi; klassik 

kеsmada  esa  –  yalpi  taklifda  o’zgarish  bo’lmaydi,  chunki  barcha  rеsusrlar  jalb 

etilgan bo’ladi, lеkin narxlar darajasi kеskin o’sadi.  

Yalpi  talab  egri  chizig’i  va  yalpi  taklif  egri  chizig’i  kеsishgan  nuqta 

umumiqtisodiy muvozanatni ifodalab, bu holatga narxning muvozanatli darajasi va 

milliy ishlab chiqarishning muvozanatli rеal hajmi orqali erishiladi.  

Iqtisodiyot doimiy ravishda makroiqtisodiy muvozanat tomon harakat qiladi va 

ma’lum darajada bu tеnglik ta’minlab turiladi. Biroq, yalpi talab va yalpi taklifga 

ta’sir  etuvchi  omillarning  o’zgarib  turishi  natijasida  muvozanat  buziladi  va 

iqtisodiyot yangi muvozanat tomon harakat qiladi.  

 



39 

 


Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish