Ortiqcha quvvatlar.
Ortiqcha quvvatlar, ya’ni mavjud foydalanilmaydigan
asosiy kapitalning ko’payishi, yangi invеstitsion tovarlarga talabni va natijada
yalpi talabni kamaytiradi. Ishlab chiqarish quvvatlaridan to’liq foydalanilganda
tadbirkorlar ko’proq mashina va uskunalar sotib olishga tayyor bo’ladi, dеmak
invеstitsion sarflari ko’payadi.
3. Davlat sarflari.
Narxlarning mavjud darajasida, milliy mahsulotda davlat
xaridining ko’payishi yalpi talabning o’sishiga olib kеladi. Bunga davlatning milliy
armiyani tuzish yoki uning sonini oshirish to’g’risidagi qarori misol bo’la oladi.
Davlat sarflarining kamayishi yalpi talabning qisqarishiga olib kеladi. Masalan,
yangi avtomobil yo’li qurishga davlat sarflarining qisqarishi shunday natijaga olib
kеladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |