Mavzu: yalpi talab va yalpi taklif 1-§. Yalpi talab tushunchasi va uning hajmiga ta’sir qiluvchi omillar



Download 245,03 Kb.
bet8/15
Sana24.04.2022
Hajmi245,03 Kb.
#579578
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
Yalpi talab va yalpi taklif

II. Oraliq kesma. Y va Yt nuqtalar orasidagi mazkur kesma milliy ishlab chiqarish real hajmining ko‘payishi narx darajasining o‘sishi bilan birga borishini ko‘rsatadi. Bu ishlab chiqarishning to‘liq quvvat bilan ishlay boshlaganidan, korxonalarning ancha eski va kam samarali uskunalardan foydalana boshlaganligidan guvohlik beradi. Ishlab chiqarish hajmining kengayib borishi bilan qo‘shimcha ishchi kuchi ham ishga jalb qilinadi. SHu barcha sabablarga ko‘ra mahsulot birligiga qilinadigan harajatlar ortadi, korxonalar ishlab chiqarishining rentabelli bo‘lishi uchun tovarlarga ancha yuqori narx belgilaydi. SHu sababli oraliq kesmada milliy mahsulot real hajmining ko‘payishi narxlarning o‘sishi bilan birga boradi.
III. Tik kesma. U ba’zida «klassik» kesma deb ham atalib, iqtisodiyot o‘zining to‘liq yoki tabiiy darajasiga erishganligini ko‘rsatadi. Bunda iqtisodiyot ishlab chiqarish imkoniyatining shunday nuqtasida (chizmadagi Yt nuqta) joylashadiki, bunda qisqa muddatda ishlab chiqarish hajmini yanada kengaytirishga erishish mumkin emas. Narxning to‘xtovsiz oshib borishi xam ishlab chiqarish real hajmining ko‘payishiga olib kelmaydi, chunki iqtisodiyot to‘liq quvvat bilan ishlay boshlaydi. Qisqacha aytganda, bu kesma milliy ishlab chiqarish hajmi doimiy bo‘lib qolishi, narx darajasi esa o‘zgarishi mumkinligini ko‘rsatadi.
YAlpi taklif hajmiga ta’sir qiluvchi omillar. YAlpi taklifga narxdan tashqari bir qator omillar ta’sir ko‘rsatadi. Bu omillardan bir yoki bir nechtasining o‘zgarishi yalpi taklifning o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. YAlpi taklifning narxdan tashqari bu omillari bitta umumiy xususiyatga ega: agar ular o‘zgarsa, mahsulot birligiga ishlab chiqarish xarajatlari ham o‘zgaradi. Natijada yalpi taklif egri chizig‘i joyini o‘zgartiradi.
1. Resurslar narxining o‘zgarishi. Resurslar narxi tayyor mahsulot narxidan farq qilib, yalpi taklifning muhim omili hisoblanadi. Boshqa sharoitlar o‘zgarmay qolganda, resurslar narxining oshishi mahsulot birligiga xarajatlarning ko‘payishiga, resurs narxlarining pasayishi esa xarajatlarning kamayishiga olib keladi. Resurs narxlariga bir qator omillar ta’sir ko‘rsatadi. Resurslar taklifining ko‘payishi ular narxini pasaytiradi va natijada mahsulot birligiga xarajatlar kamayadi. Resurslar taklifining kamayishi esa qarama-qarshi natijaga olib keladi. Endi alohida resurslar taklifi o‘zgarishining yalpi taklifga ta’sirini qarab chiqamiz.
Er resurslari taklifi yangi erlarning ochilishi, sug‘orish inshootlarining qurilishi, erga ishlov berish texnik imoniyatlarining takomillashuvi tufayli ko‘payishi mumkin. Er resurslari taklifining ko‘payishi erga bo‘lgan sarflarning kamayishiga olib keladi va shu orqali mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan xarajatlarni pasaytiradi. Irrigatsiya qurilmalari shahobchalarining kengayishi, dehqonchilikning intensiv usullarini qo‘llash tufayli er resurslarining kamayishi qarama-qarshi natijaga olib keladi.

Download 245,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish