Mavzu: Yalpi talab -yalpi taklif. Reja; kirish yalpi talab tushunchasi, yalpi talab egri chizig‘i va uning hajmiga ta’sir qiluvchi omillar
макро 13 mustaqil ishi (1)
*Davlat sarflarining boshqa yo‘nalishlari to‘g‘risida ma’lumot bo‘lmaganligi sababli faqat davlat investitsiya sarflari hajmi keltirildi. Jadvaldan ko‘rinadiki, 2004 yilda mamlakatimizdagi yalpi taklif va yalpi talab o‘rtasidagi farq 1704,0 mlrd so‘mni tashkil etmoqda. Biroq, bunday farqning hosil bo‘lishida davlat sarflari (investitsiya sarfidan tashqari) ning hisobga olinmaganligi ham ta’sir ko‘rsatgan. Ta’kidlash lozimki, 2004 yilda aholining pul daromadlarining 7634,4 mlrd. so‘mni tashkil etgani holda, uning faqat 5874,6 mlrd. so‘migina (76,9%) talab shaklida namoyon bo‘lgan. Pul daromadlarining 1686,5 mlrd. so‘mi esa jamg‘armalarni o‘stirish, turli to‘lov va badallar ko‘rinishida sarflangan, Ya’ni yalpi talabga aylanmagan. Xulosalar Yalpi talab - bu barcha iste’molchilar, Ya’ni aholi, korxonalar va davlat tomonidan narxlarning muayyan darajasida turli tovarlar va xizmatlarni sotib olish mumkin bo‘lgan milliy iqtisodiyotdagi real pul daromadlari hajmidir. Yalpi talab turli tovarlarning miqdori, sifati va narx darajasiga bevosita bog‘liq. Agar yakka talab egri chizig‘i turli narx ko‘rsatkichlarida alohida iste’molchining muayyan tovarga bo‘lgan talabi miqdori o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalasa, yalpi talab egri chizig‘i mamlakatdagi narxlarning turli darajasi hamda ishlab chiqarishga bo‘lgan talab hajmi o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalaydi. Yalpi taklif – bu mamlakatda narxlarning muayyan darajasida ishlab chiqarilib, sotishga chiqarilayotgan barcha tovarlar va xizmatlar hajmidir. Bu narxlarning har xil mumkin bo‘lgan o‘rtacha darajasida milliy ishlab chiqarishning mavjud real hajmini ko‘rsatadi. Yalpi taklifga eng avvalo narxlar darajasi bilan ishlab chiqarilgan tovarlar ijtimoiy qiymati o‘rtasidagi nisabtning o‘zgarishi ta’sir ko‘rsatadi. Narxlar darajasining qiymatdan oshishi qo‘shimcha tovarlar ishlab chiqarish uchun rag‘bat yaratadi. Narxlar darajasining qiymatdan pasayishi esa tovar ishlab chiqarishning qisqarishiga olib keladi. Shu sababli narxlar va milliy ishlab chiqarish hajmi o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bevosita bog‘liqlik mavjud bo‘ladi. Yalpi taklifga narxdan tashqari yana bir qator omillar ta’sir ko‘rsatadi: a) resurslar narxining o‘zgarishi; b) samaradorlikning o‘zgarishi; v) huquqiy me’yorlarning o‘zgarishi. Iqtisodiyot nazariyasida yalpi taklifga uch xil nuqtai nazardan yondoShuv mavjud: yalpi taklif narxlar darajasiga bog‘liq emas; narxlar darajasiga bevosita bog‘liq; yalpi taklifning o‘sishida yoki kamayishida narxlar darajasi o‘zgarishsiz qoladi. Shuning uchun yalpi taklif egri chizig‘i grafigi uchta kesmaga ega: tik, yotiq va oraliq kesmalar. Yalpi talabning o‘sishi yalpi taklifga turlicha ta’sir qiladi: taklif egri chizig‘ining keynscha kesmasida taklif aynan o‘sha miqdorga ortadi, oraliq kesmada – narxlar darajasining o‘sganligi uchun taklif oz miqdorda ortadi; klassik kesmada esa – yalpi taklifda o‘zgarish bo‘lmaydi, Chunki barcha resusrlar jalb etilgan bo‘ladi, lekin narxlar darajasi keskin o‘sadi. Yalpi talab egri chizig‘i va yalpi taklif egri chizig‘i kesishgan nuqta umumiqtisodiy muvozanatni ifodalab, bu holatga narxning muvozanatli darajasi va milliy ishlab chiqarishning muvozanatli real hajmi orqali erishiladi. Iqtisodiyot doimiy ravishda makroiqtisodiy muvozanat tomon harakat qiladi va ma’lum darajada bu tenglik ta’minlab turiladi. Biroq, yalpi talab va yalpi taklifga ta’sir etuvchi omillarning o‘zgarib turishi natijasida muvozanat buziladi va iqtisodiyot yangi muvozanat tomon harakat qiladi. 1 2 1 Download 194,58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |