Mavzu:XX asrning 80-yillar oxiri 90-
yillar boshida sobiq SSSRni saqlab qolishga bo‘lgan urinishlar va ularning O‘zbekiston mustaqilligiga ta’siri.
Maxmudov Akbar.
Mustaqil talim N°1
SSSR 1964-1985-yillarda.
•
Mamlakatdagi ahvol N. Xrushchyovning mavqeyini tushirdi. 1964-yili
oktabrda boʻlib oʻtgan KPSS MK Plenumi uni bir qator xato va
kamchiliklarda ayblab, lavozimlaridan ozod qildi. N. Xrushchyov
oʻrniga KPSS MK
Birinchi kotibi qilib Leonid Brejnev, SSSR Ministrlar
Soveti Raisi etib Aleksey Kosigin saylandi. L. Brejnev hokimiyatda
turgan yillar (1964 -
1982)ning dastlabki oʻn yili iqtisodiy islohotlarni
davom ettirish va jadal rivojlanish yillari boʻldi. Ammo 1970
-yillarning
ikkinchi yarmidan jamiyatda boshlangan inqiroz sovet davlati tarixida
«turgʻunlik» davri nomini
olgan.
•
N. Xrushchyovdan farqli ravishda L. Brejnev oʻz hokimiyatidan juda
ehtiyotkorlik bilan foydalandi. Umurakkab muammga duch kelganda
yaxshisi hech narsa qilmaslikni ma'qul koʻrardi. Unda boshqalarning
xushomadiga, turli xil unvonlar ordenlarni yig‘ishga moyillik kuchli edi. Uni
maqtash, ulug'lash jarayoni 1970-yillardan boshlandi va keyingi yillari
borgan sari kulgili tus olib bordi.Ayniqsa, uning tushunib bo'lmaydigan
nutqlari aholining keng qatlami orasida kulgi aralash nafrat, buyuk
mamlakat uchun achinishuyat hissini uyg'otdi.1980-yillarga SSSR
jamiyatning chuqur inqirozi holatida kirib keldi. N.S. Xrushchyovning 1980-
yillarda
kommunizm qurish toʻgʻrisidagi rejasi barbod boʻlgan, odamlar endi
kommunizm safsatasiga deyarli ishonmay qo'ygan edi. Shunday holatda
1982-yil 10-noyabrda L. Brejnev vafot etdi. Undan keyin hokimiyatga
kelgan Yuriy Andropov va Konstantin Chernenko keksa, kasalmand
kishilar boʻlib, ularning hokimiyatga kelishi tugab borayotgan sovet
tuzumining ramzi edi.
Qayta qurish
•
1985-yil martda KPSS MK Plenumi Mixail Gor-
bachyovni Bosh kotib qilib sayladi. KPSS MKning 1985-yil aprel
Plenumida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish
kursi yangi rahbariyat va butun sovet jamiyatining maqsadi deb
e'lon qilindi. Ilmiy-texnik taraqqiyot, mashinasozlikni texnik qayta
qurollantirish va inson omilini faollashtirish, ya'ni mehnat intizomini
va ishchilarning tashabbuskorligini oshirish bu kursning asosiy hara-
katga keltiruvchi kuchi sifatida qaraldi. 1987-yili M. Gorbachyov e'lon qil-
gan «qayta qurish», ijtimoiy hayotnidemokratizatsiyalash «oshkoralik»
siyosati ommaning siyosiy faolli-gini keskin oshirdi. Oshkoralik tu-
fayli oʻzgarishlarning muhim omiliga,gʻoyalar orzularning
ifodachisigaaylangan matbuot jamiyatning ma'naviy
ozod bo'lishida, o'tmishni va yuz berayotgan hodisalarni anglashida juda
katta rol oʻynadi. Ayni paytda, bu hodisalar sovet xalqlarining milliy
oʻzlikni anglash, milliy mustaqillikka intilish jarayonini jadallashtirdi,
SSSRning tarqalib ketishini tezlashtirdi.
Avgust inqirozi
•
SSSRning tarqalishi. 1991-yil 19-avgustga o'tar kechasi Favqulodda holat
davlat komiteti (GKCHP) tuzilganligi toʻgʻrisida e'lon qilinib, unga SSSRning
vitse-prezidenti, bosh vaziri kabi yuqori lavozimli kishilar kirdi. GKCHP
mamlakatning bir qator hududlarida favqulodda holat e'lon qildi, 1977-yilgi
konstitutsiyaga xilof ravishda faoliyat yuritayotgan hokimiyat tizimlari
tarqatib yuborildi, muxolifatdagi partiya va harakatlar faoliyati to‘xtatildi,
ommaviy axborot vositalari ustidan qat'iy nazorat oʻrnatildi, Moskvaga
qo'shin kiritildi.GKCHPga qarshi harakatga demokratik kuchlar yetakchilik
qildi. Ular 19-avgust kuni Rossiya fuqarolariga murojaat qilib, GKCHP
harakatlari g'ayrikonstitutsion to'ntarish, uning qarorlari noqonuniy, deb
e'lon qilindi. 19-avgust kuni minglab moskvaliklar Rossiya Oliy Soveti binosini
himoya qilishga kirishdi. Tanklarda kelayotgan qo‘shinni toʻxtatishga harakat
qilgan bir necha yoshlar halok boʻldi.
SSSRning parchalanishi
•
21-avgust kuni Rossiya Oliy Sovetining favqulodda sessiyasi ochildi.22-
avgust kuni GKCHP a'zolari qamoqqa olindi. Avgust voqealaridan keyin
obro'si tushib ketgan KPSSning faoliyati to‘xtatildi. Uning mulki
natsionalizatsiya qilindi.1953-yil 5-mart kuni I. Stalin vafot etdi.1979-yilda
Afg'onistonga sovet qoʻshinlari kiritildi. Avgust davlat to'ntarishidan keyin
barcha respublikalar birin-
ketin oʻz mustaqilligini e'lon qildi. 1991
-yil 8-
dekabr kuni Minsk shahrida Rossiya, Ukraina, Belorussiya rahbarlari 1922-
yilgi Ittifoq shartnomasini bekor qilib, Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi
(MDH) tuzilganligini e'lon qildi. Unga Gruziya, Latviya, Litva va Estoniyadan
boshqa barcha sobiq sovet respublikalari a'zo boʻldi. Shu tariqa SSSR
tarqalib ketdi.
Oʻzbekiston SSR siyosiy rahbariyatidagi yangi
oʻzgarishlar
1989-yil 23-
iyunda tajribali iqtisodchi va partiya xodimi Islom Karimov O‘zbekiston
Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi sekretari qilib saylandi. U oʻzi saylangan
plenumda soʻzlagan nutqida Oʻzbekistonning Ittifoqda tutgan oʻrni va rolini aniq va ravshan
belgilab berdi, madaniy merosni va Islomtarix haqiqatini tiklash, milliy urf-odatlar va
an`analarni Karimov rivojlantirish obyektiv zaruriyat ekanligini ta'kidladi.“Birlik” xalq harakati
va “Erk” demokratik partiyasining ijtimoiy
-siyosiy cheklanganligi va xatolari. Bu davr
Oʻzbekiston ijtimoiy
-
siyosiy O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetiga 1989
-1990-yillarda
Mirahmad Mirqosimov va 1990-yil mart - oktyabr oylarida Shukurulla Mirsaidov raislik qildi.
hayotida jiddiy oʻzgarishlar, ayniqsa, jamoat tashkilotlarining faollashuvi
va siyosiy madaniyatning keskin ko'tarilishi yuz berdi. 1988-yil noyabrda
“Birlik” xalq harakati (rahbari professor Abdurahim Po'latov) jamoat
tashkiloti sifatida tashkil topdi. Shuningdek, harakat huzurida Oʻzbekiston
yoshlarining erkin uyushmasi (1988-yil noyabrda asos solingan) hamda
"To'maris” ayollar harakati ham faoliyat koʻrsatdi. Ular XX asr 80
-yillari oxiri
va 90-yillari boshlarida respublika ijtimoiy-
siyosiy hayotida katta rol oʻynadi.Harakatning
“Birlik”, “Toʻmaris” va boshqa gazetalari yarim ochiq holatda nashr etildi hamda Oʻzbekiston
aholisi oʻrtasida tarqatildi.
Oʻzbekiston SSRda prezidentlik
boshqaruvining
…………………….joriy e
tilishi
…………………….
•
1990-yil 24-
martda boʻlgan Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining
o'n ikkinchi chaqiriq I sessiyasida Oʻzbekistonda prezidentlik
boshqaruvi ta'sis etildi va Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy
Komitetining birinchi kotibi Islom Karimov O‘zbekiston SSR
Prezidenti qilib saylandi. Ittifoqdosh respublikalar oʻrtasida
birinchi boʻlib Oʻzbekistonda prezidentlik boshqaruvi joriy
qilindi.
•
Birinchi bosqich 1990-yil mart
–
oktyabr oylarini tashkil qiladi. Unda
1990-
yili mart oyida Oʻzbekiston SSR Prezidenti lavozimini ta'sis etish hamda "Oʻzbekiston
SSR Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni)ga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi
Qonun qabul qilinib, Oʻzbekiston SSRning birinchi Prezidenti saylandi. 1990
-yil iyun oyida
Oʻzbekistonning Mustaqillik deklaratsiyasi qabul qilindi.
Ikkinchi bosqich 1990-yil noyabr
–
1991-
yil avgust oylarini oʻz ichiga
oladi. 1990-yil 1-
noyabrda “O‘zbekiston SSRda ijroiya va boshqaruv hoki
-
miyatining tuzilishini takomillashtirish hamda Oʻzbekiston SSR Konstitutsiyasi (Asosiy
Qonuni, 1978-
yil qabul qilingan)ga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi
Qonun qabul qilindi. Qonunga koʻra, Oʻzbekistonda prezidentlik hokimiyati bilan Ministrlar
Sovetining ijroiya boshqaruv hokimiyati qoʻshib yuborildi. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Soveti
Oʻzbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga aylantirildi. Oʻzbekiston SSR
Prezidenti Islom Karimov ayni bir vaqtda Vazirlar Mahkamasining raisiboʻldi.
Uchinchi bosqich 1991-yil sentyabr
–
1992-yil yanvar oylaridan ibo-
rat boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin 1991
-
yil 29-
dekabrda birinchi marta yashirin ovoz berish yoʻli bilan oʻtkazilgan
toʻgʻridan
-
toʻgʻri umumiy va muqobil asosdagi prezidentlik saylovida Islom
Karimov 5 yil muddatga Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti qilib
saylandi. Bu bosqich 1992-yil 4-
yanvarda “O‘zbekiston Respublikasining vitse
-prezidenti
lavozimini tugatish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimini ta'sis etish va
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni)ga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi
Qonun qabul qilinishi bilan yakunlandi.
Mustaqillik Deklaratsiyasi va uning ahamiyati
•
Oʻzbekistonda va keyinchalik boshqa ittifoqdosh respublikalarda
prezidentlik lavozimining joriy qilinishi Markaz uchun kuchli zarba boʻldi.
Lekin shunga qaramasdan Moskva va uning respublikalardagi yugurdaklari
butun imkoniyatlarini ishga solib Ittifoqni saqlab qolish yoʻlidan bordi. Biroq
tarix hukmi boshqacha edi.1990-yil 20-
iyunda boʻlgan Oʻzbekiston SSR Oliy
Soveti o'n ikkinchi chaqiriq II sessiyasida Mustaqillik Deklaratsiyasi qabul
qilindi. Aynan Mustaqillik Deklaratsiyasi Oʻzbekistonning mustaqilligi sari
tashlangan juda muhim vazalvorli qadam boʻldi. Xullas, Mustaqillik
Deklaratsiyasi Oʻzbekiston milliy
davlat mustaqilligining huquqiy va siyosiy asoslarini yaratish uchun katta
xizmat qildi. 14-
dekabrda Oʻzbekiston SSR tarkibidagi Qoraqalpog‘iston
ASSR suvereniteti toʻgʻrisida Deklaratsiya qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining
………………….
e'lon qilinishi
………………
•
Oʻzbekiston hali Ittifoq tarkibida boʻlib, SSSRning konfederativ
davlatga aylanishiga koʻpchilik umid qilib turgan mahalda muhim
siyosiy voqea yuz berdi. Oʻzbekiston oʻzini SSSRdan mustaqil deb e'lon
qildi. 1991-yil 31-
avgustda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
oʻn ikkinchi chaqiriq navbatdan tashqari VI sessiyasida Oʻzbekiston
Respublikasining Davlat Mustaqilligi toʻgʻrisida prezident
I.A.Karimovning ma’ruzasi tinglandi. Sessiyada "Oʻzbekiston
Respublikasining Davlat Mustaqilligi asoslari toʻgʻrisida” Qonun qabul
qilindi.
•
Mazkur qonun 17 moddadan iborat boʻlib, unda suveren Oʻzbekiston
Respublikasining asosiy belgilari aniqlab berildi.Shunday qilib,
xalqimizning mustaqillikka erishishdek asriy orzusi ro'yobga chiqdi.
Rossiya imperiyasi va SSSRning 125 yil davom etgan mustamlakachilik
davriga chek qo'yildi. Oʻzbek xalqining muqaddas va tarixiy orzusi
ushalib,O‘zbekiston Respublikasi tinch parlament yoʻli bilan oʻzining
mustaqil davlatchiligiga qayta erishdi. Bu nodir voqea kamida 3500
yillik oʻtmishga ega oʻzbek xalqi va davlatchiligi tarixiga zarhal sahifalar
boʻlib yozildi.Mustaqillik xalqimizning XX asrda erishgan eng yuksak
yutugʻi, ajdodlarimiz toʻkkan qutlug' va tabarruk qonning mahsuli
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |