Negri missiyasi (1820) - Erondagi rus elchixonasining katta maslahatchisi A. F. Negri (1784—1854) rahbarligida savdo shartnomasi tuzish uchun Buxoroga yuborilgan missiya. Tar-kibi polkovnik Ye.K. Meyendorf, paleontolog X. G. Pander, zoolog va botanik E. A. Eversman, topograflar Val-xovskiy va Timofeyev, tarjimon Yakovlev va boshqalardan iborat boʻlgan. Negri missiyasi biror aniq bitimning imzolanishiga erisha olmagan boʻlsada, kelajakda Buxoro bilan Rossiya oʻrtasidagi aloqalarning tiklanishiga, savdo-sotiqning yoʻlga qoʻyilishiga hamda har ikki davlat diplomatik munosabatlarida iliq vaziyatning vujudga kelishiga sabab boʻldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |