Induktiv xulosa chiqarish bevosita xulosa chiqarish qatoriga kiradi.
Induktiv xulosa chiqarish yordamida predmetlar va xodisalarning turli xususiyatlari o’rganiladi, ularning umumiy tomonlari haqida xulosa chiqariladi. Induktsiyaning asosini yakkalik, xususiylik va umumiylikning uzviy aloqasi tashkil etadi.
Uning asosiy xususiyati shundan iboratki, induktsiya xodisalarni birma-bir o’rganishga asoslanadi. Induktsiya kuzatish va eksperiment bilan bog’liq.
Induktsiyaning yana bir xususiyati shundaki, uning xulosalari ko’pincha extimoliy xarakterga ega bo’ladi. Bu induktsiyaning xodisalarni birma-bir o’rganishga asoslanganligi xamda kuzatish va eksperiment bilan bog’liq bo’lganligidan kelib chiqadi. Induktiv xulosa chiqarish deb nisbatan torroq bilimlardan nisbatan kengroq bilimlarga fikran xarakat qilishdan iborat bo’lgan xulosa chiqarishga aytamiz. Mantiq fani induktiv xulosa chiqarishning ikki turini o’rganadi. Bular to’liq va to’liqsiz induktsiyadir.
Ilmiy induktsiya. Ilmiy induktsiya xulosa chiqarishning shunday turiki, unda xulosa chiqarish uchun xodisalar o’rtasidagi sababiy bog’lanish asos qilib olinadi. Ilmiy induktsiyada xulosa, xodisalarning muxim xususiyatlarining takrorlanishini o’rganish natijasida xosil bo’ladi.
Analogiya Analogiya shunday xulosa chiqarish turiki, unda predmetga ma’lum bir belgining xosligi xaqidagi xulosa shu predmetning boshqa predmet bilan muxim xossalariga ko’ra o’xshashligiga asoslanib chiqariladi.
Analogiya predmetlar, ularning xususiyatlari o‘rtasidagi aloqalar va munosabatlarga tayanadi, ya’ni u o‘zining ob’ektiv asosiga ega.
Mantiqda yana xulosaning aniqlik darajasiga qarab, qat’iy analogiya, qat’iy bo’lmagan analogiya va xato analogiyalar ajratiladi. Analogiya bo’yicha chiqariladigan xulosaning aniqlik darajasini, ya’ni chin bo’lish extimolini oshirish uchun ma’lum bir shartlarga rioya qilish lozim. Analogiyaning bir qancha turlari mavjud. O’xshatilayotgan ob’ektlarning xarakteriga qarab, xususiyatlar analogiyasi va munosabatlar analogiyasi farq qilinadi. Bunda ikkita predmet o’xshatilib, biridan ikkinchisiga fikran birorta xususiyat ko’chiriladi. Xulosa. - Xulosa chiqarish xulosaning chinlik darajasiga ko’ra, aniqrog’i, xulosa chiqarish qoidalarining qat’iyligiga ko’ra hamda xulosa asoslarining soniga va fikrning harakat yo’nalishiga ro’ra bir qancha turlarga bo’linadi.
- Mazkur mustaqil ishda xulosa chiqarishni fikrning harakat yo’nalishi bo’yicha turlarga ajratish nisbatan mukammalroq bo’lib,u xulosa chiqarishning boshqa turlari haqida ham ma’lumot berish imkonini yaratadi. Xususan, deduktiv xulosa chiqarish, zaririy xulosa chiqarish, indurtiv xulosa chiqarish va analogiya ehtimoliy xulosa chiqarish, deb olib qaralishui, bevosita xulosa chiqarish esa deduktiv xulosa chiqarishning bir turi sifatida o’rganilishi mumkin
Адабиётлар 1. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. T., 2003 yil. 2. Karimov I.A «Istiqlol va ma’naviyat». –T.: «O’zbekiston» nashriyoti, 1995 yil. 3. Karimov I.A. «O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura», 1-jild, Toshkent, «O’zbekiston» nashriyoti, 1996 yil. 4. Karimov I.A. «Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir». 3-jild, Toshkent, «O’zbekiston» nashriyoti, 1996 yil. 5. Karimov I.A. «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyoti kafolatlari». Tashkent, «O’zbekiston» nashriyoti, 1997 yil.
Do'stlaringiz bilan baham: |